O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASIOLIYVAO‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENTMOLIYAINSTITUTI MOLIYA FAKULTETI “TASDIQLAYMAN” “Moliya” fakulteti dekani v.v.b., i.f.n., prof.
“__” 2022 y.
“MOLIYA”KAFEDRASI
Rizoqulova Elnora Otabek qizi
TIJORATBANKLARIGA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISH MEXANIZMI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH 5230600–“Moliya”ta’limyo‘nalishibo‘yicha bakalavrdarajasiniolishuchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiyrahbar: o‘q. Safarova N.
“Himoyagatavsiyaetiladi” “MOLIYA” kafedrasi mudiri
v.v.b. X. Qobilov
Tijorat banklariga moliyaviy resurslarini shakllantirishning nazariy va iqtisodiy asoslari....................................................
1.1.
Tijorat banklariga moliyaviy resurslarini jalb qilish xususidagi nazariy qarashlar.......................................................................
1.2.
Banklarga moliyaviy resurslarni jalb qilishning iqtisodiy-huquqiy asoslari………...........................................................
1.3.
Tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi............................................
IIBOB.
O'zbekiston tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish amaliyoti....................
2.1.
Tijorat banklari moliyaviy resurslari tarkibi va tahlili…………
2.2.
Respublika tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish holati va ulardan samarali foydalanish tahlili........................
IIIBOB.
Tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishdagi muammolar hamda ularni hal qilish yo'llari.…………………………..............................................
3.1.
Tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish va undan foydalanishda mavjud muammolar..........................
3.2.
Mamlakatimiz tijorat banklari moliyaviy resurslari barqarorligini ta’minlash va ularadan samarali foydalanish imkoniyatini oshirish yo‘llari...................................................
Mavzuningdolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga asoslangan tijorat banklari shakllandi va ko‘paydi. Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shukunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. O‘z navbatida bu kabi vazifalarning bajarilishi banklarning daromadlilik, barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda ularning mijozlar jalbdorligini oshiradi va bu ishlarda amalga bajarish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Albatta, ularning barqaror faoliyat olib borishi, yuqori daromadlilikka erishishi, birinchi navbatda o‘z faoliyatining davomiyligi va uzluksizligini ta’minlasa, ikkinchi navbatda esa mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ham ijobiy holda ta’sir ko‘rsatadi.
Banklar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan subyektlar o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa subyektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o‘z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan bank o‘z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab, banklar mablag‘larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan bog‘liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo‘lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning hatti-harakatiga hamda bozor konyukturasidagi o‘zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to‘g‘ri tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Banklarning samarali faoliyat olib borayotganligi o‘z navbatida ularning foyda ko‘rib ishlayotganligidan dalolat beradi. Albatta, bu maqsadga erishish banklarning depozit va kredit mexanizmini samarali ishlashini ta’minlash, shuning bilan ishlab chiqarishning o‘sishi, investitsiyalarni keng jalb etilishi, iqtisodiyot subyektlari faolligiga ijobiy ta’siri, shuningdektadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish, ularga moliyaviy resurslarni jalb qilish, foydasini ko‘paytirish va takomillashtirish borasida hal qilinmagan masalalar, kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida daromad keltiruvchi operatsiyalar va xizmatlarning miqdorining cheklanganligi, tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ining nisbatan yuqori darajada qolayotganligi, ayrim yirik tijorat banklarining barqaror resurslar bazasining zaifligi, tijorat banklarining resurs bazasini shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi majburiy zaxira talabnomalarining mavjudligi, banklarning kredit portfelini diversifikatsiya qilish borasidagi va boshqa shu kabi ko‘plab o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Shuningdek banklar daromadining asosiy hajmi banklarga kredit investitsiyalari, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar va investitsiyalar hisobiga taqdim etiladi, ammo aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlik yetishmayotganligi sababdan hamda insonlar tasavvurida ortiqcha mablag‘lar sandiqda yoki shunchaki olib qo‘yilishi kerak degan fikr saqlanib qolinganligi natijasida ham banklarga aholi qo‘lidagi ishlatilmayotgan resurslarni yetib kelishi judayam pastligicha qolmoqda. Oqibatda banklar daromad ko‘rish uchun kiritilishi zarur bo‘lgan ma’lum miqdordagi investitsiyalardan mahrum bo‘lmoqda.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida asosiy e'tibor qayd etilgan muammolarning mohiyatini ochib berish va ularni hal etishga qaratiladi.