Banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish mexanizmi va ulardan samarali foydalanish


Tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi



Download 382,66 Kb.
bet7/15
Sana22.07.2022
Hajmi382,66 Kb.
#836623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Elnora Diplom ishi to\'g\'irlangan versiya

1.3 Tijorat banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi

Bugungi kunda banklar va bank tizimi bozor va tovar-pul munosabatlarining ajralmas atributiga aylandi. Bozor munosabatlarining turli sub'ektlari (uy xo'jaliklari, korxonalar va davlat) o'rtasida vositachi vazifasini bajaradigan va kapital aylanmasining murakkab jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan bank tuzilmasisiz pul muomalalari qanday amalga oshirilishini tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy bozor tizimida banklar muhim rol o'ynaydi, chunki ular moliya va pul munosabatlarini boshqaradilar, buning natijasida ular butun iqtisodiyotning barqarorligi va faolligini saqlaydilar. Sanab o'tilgan xususiyatlar nafaqat banklarning moliya sektoridagi etakchi rolini, balki ularning faoliyati bilan bog'liq muammolarning dolzarbligini, shuningdek ularni hal qilish usullarini belgilaydi. Mahalliy banklar uchun asosiy muammo xorijiy kapitalning salmoqli ulushiga ega bo‘lgan, jahon bank bozorida barqaror mavqega va obro‘ga ega bo‘lgan banklar bilan raqobatning yuqori darajasi bo‘lib, bu ularga bank sektorida o‘z shartlarini belgilash imkonini beradi. Bu muammoni hal etishda davlat mahalliy banklar uchun raqobat uchun yangi, yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga va xorijiy raqobatchilar faoliyatini cheklashga alohida e’tibor qaratishi lozim.


AQSH kredit tizimi stixiyali – evolyusion tarzda shakllanib, hozirgi kunda dunyoning eng rivojlangan zamonaviy kredit tizimlaridan biri hisoblanadi. AQSHda bank tizimining tashkil topishini dastlabki davrida banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi Markaziy banki mavjud bo‘lmagan. Buning natijasida banklar mustaqil ravishda pul emissiyasini amalga oshirgan, ayrim davrda ularning soni juda tez ko‘payib ketgan, qator inqirozli va ziddiyatli davrlarni boshidan kechirgan. Masalan, 1850 yillarda banklarning soni 28 tadan 700 taga chiqqan, mos ravishda ularning aktivlari shu ravishda 40 mln dollardan 800 mln dollarga ortgan, aynan shu davr Amerika kredit tizimida juda ko‘p turdagi banknotlar muomalaga chiqarilgan, juda ko‘p banklar moliyaviy qiyinchilik tufayli yopilib ketgan. Bundan esa Amerika iqtisodiyoti va axolisi juda katta iqtisodiy talofatlar ko‘rgan. Bularning barchasi 1863 yilda davlat (milliy) banklari tizimi tashkil etilishiga sabab bo‘lgan, ushbu tizim Vashingtondagi Pul muomalasini nazorat qilish departamentiga bo‘ysundirilgan. AQSH Federal zaxira tizimi tarkibidagi 12 ta bankdan yuqori mavqiega ega bo‘lgan Nyu – York FZT hisoblanib, mamlakatdagi barcha FZTlar aktivlarining ј qismi uning hissasiga to‘g‘ri kelar edi. Depozit mablag‘larining hajmi bir mln dollardan ortiq bo‘lgan barcha banklar FZTning a’zosi bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. FZTning faoliyatini tashkil etish Boshqaruv kengashidan tashqari Ochiq bozordagi operatsiyalarni tashkil etish qo‘mitasi, maslahat kengashi va xar bir FZTda boshqaruv a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruv kengashi 7 kishidan iborat bo‘lib, 14 yil muddatga mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Senat tomonidan tasdiqlanadi. Ularning funksiyasi federal zaxira banklari faoliyati ustidan nazorat qilish, ularning prezidenti va vitse prezidentlarini tayinlash, banknotlar emissiyasi ustidan nazorat qilish, majburiy zaxira foizi va hisob stavkalarini belgilash, pul – kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarni ishlab chiqish va boshqalar hisoblanadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar qo‘mitasi Nyu – York Federal zaxira tizimi orqali davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olish ishlarini amalga oshiradi. SHtatlardagi Federal zaxira banklari boshqaruv a’zolari (3 ta), Boshqaruv kengashi (3 ta) va mazkur hududlarning sanoatchilari (3 ta) tomonidan boshqariladi. Hozirgi paytda, AQSHda jami tijorat banklarning taxminan 40 foizdan ortig‘i a’zosi FZTning a’zosi hisoblanadi, (12 minga yaqin) ushbu banklarning hissasiga jami depozitlarning 75 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. 302 AQSHda 1920 yillarda 14,848 ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatgan, tijorat banklari o‘rtasida monopolistik harakat hukmronlik qiladi. Masalan, mamlakatdagi jami aktivlarning 65,8 foizi 518 ta yirik tijorat banklarning hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSHda tijorat banklari filiallarini shtatdan tashqarida ochishni bank qonunchiligi ta’qiqlaydi, shunga qaramasdan, tijorat banklarning filiallari soni ortib bormoqda. Masalan, 1966 yilda tijorat banklari faoliyati 15,8 mingta bo‘lsa, 1986 yilda ularning soni 43,9 mingtaga etdi. Ko‘pchilik monopolistlar ushbu muammoni bank xolding – kompaniyalari va zanjirli bog‘lanish tizimi orqali echishga harakat qiladi. Xolding kompaniyalar kichik tijorat banklari aksiyalarini sotib olish orqali ularni yirik monopol banklari nazoratiga kiritib qo‘yadi. Zanjirli bog‘lanish tizimida esa ayrim yirik kapitalli shaxslar shtat yoki rayon banklari aksiyalarini sotib olib, ularning nazoratini o‘z qo‘liga oladilar. AQSH banklari xorijiy mamlakatlarda o‘z filiallarini tashkil etish bilan birga, ularning o‘zlari xorijiy mamlakatlar banklari tomonidan qattiq raqobatga duchor bo‘lishadi. Masalan, 1987 yilda AQSHda 259 ta bankning 398 ta bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, AQSH jami banklari aktivlarining 12 foizi ularning ulushiga to‘g‘ri kelgan. AQSH kredit muassasalari tarkibida tijorat banklaridan tashqari ssuda – jamg‘arma banklari, kredit uyushmalari, sug‘urta kompaniyalari, pension fondlar, investitsiya kompaniyalari, pul bozorining qarz fondlari faol faoliyat yuritadi. Ssuda – jamg‘arma banklari tijorat banklari singari mijozlarga kredit berish va omonatlarini jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyotida muhim moliyaviy bo‘g‘inlardan hisoblanadi. Ular asosan qurilayotgan inshootlarni garovi ostida kreditlar beradi. Kredit uyushmalari – asosan a’zolaridan pul mablag‘larini jalb qilish orqali mayda kreditlar beradi. Amerikada ham banklarning asosiy resurs bazasi depozitlar hisoblanadi. Shu sababdan banklarga depozitlarni jalb qilish barcha mamlakatlar qatorida AQSh banklari oldidagi asosiy vazifa hisoblanadi. shu maqsadda mutaxasislarning olib brogan tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki ko‘pchilik odamlarning o‘z omonatlarini bankka qo‘ymayotganliklariga ikkita asosiy to‘siq mavjud. Birinchidan, aholining bir qismi bank faoliyatidan butunlay qochadi. 2019 yilda Gallup so'rovida respondentlarning taxminan 25 foizi moliyaviy institutlarga to'liq ishonmasligini aytdi. Ba'zi odamlar to'lovlar haqida noto'g'ri tushunchaga ega. Boshqalar, ayniqsa, Buyuk turg'unlik davrida, moliyaviy sektor haqidagi salbiy ommaviy axborot vositalaridan qo'rqib ketgan bo'lishi mumkin. Va ba'zi odamlar moliyaviy institutlar taqdim etishi mumkin bo'lgan imtiyozlarni bilishmaydi. Ikkinchidan, odamlar o'z pullarini qo'yish uchun har qachongidan ham ko'proq joylar mavjud. So'nggi yillarda Amazon Pay kabi onlayn to'lov tizimlari ko'paydi. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida AQSh tijorat banklari depozit mablag‘larini yanada ko‘proq jalb qilish uchun “Depozitlarni o‘stirishga 5 samarali yo‘l” (5 Effective Tips to Increase Deposits12) deb nomlangan strategiyani oldi surishdi. Ular quyidagilar:


  1. Download 382,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish