“A” bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy zaxira sifatida Markaziy bankka o‘tkazilgandan keyin tijorat bankining kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit summasi “B” bankning mijozi bo‘lgan mahsulot etkazib beruvchining hisobvarag‘iga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. “A” bankning krediti “B” bankda depozitni vujudga keltiradi. “B” bank bu depozitdan kredit beradigan bo‘lsa, majburiy zaxirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 (800-160) birlikka teng bo‘ladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (ya’ni depozit va kreditlarning to‘liq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan bo‘lsak, 1000 birlik shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zaxira darajasi 20% bo‘lganda barcha banklar bo‘yicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng bo‘lgan dastlabki kredit miqdori esa 4000 birlikka o‘sishi mumkin.
Agar majburiy zaxira yo‘q deb taxmin qilinsa nazariy jihatdan depozit mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy zahira 100% bo‘lgan taqdirda depozit mul’tiplpkatsiyasi 0 ga teng bo‘ladi.
Depozit (yoki kredit) mul’tiplpkatsiyasining maksimal miqdori yoki chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi.
D=D0*1/R
Bundan:
D – bank tizimida shakllantirilishi mumkin bo‘lgan depozitning maksimal miqdori;
D0 – dastalabkidepozit;
R – depozit birligiga teng keladigan likvidlik zahirasi.
Yuqorida keltirilgan misolimizda depozit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti 5 yoki 5000 birlikka (D=1000*(1/2)), kredit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti esa 4 yoki 4000 birlik (K=800*(1/0.2)ka teng.
Multiplpkatsiya darajasi majburiy zaxira darajasiga teskari mutanosib ravishda o‘zgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.
Depozit mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi g‘oyasi quyidagi iqtisodiy zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib, o‘z mijozlvri oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun uning ma’lum bir qismini likvidlik zahirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois tijorat banklarining kredit berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, majburiy zahira hajmiga bog‘liq. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Ks=D-Mz-Lz
Bu erda:
D – jalb qilingan mablag‘lar;
Mz – majburiy zahira miqdori;
Lz – likvidlikni ta’minlashbo‘yicha zahiralar. Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga:
kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;
bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining depozit siyosatini shakllantirishda hisobga olinadigan uchunchi omil tijorat bankining likvidligi va to‘lovga qobilligining o‘zgarishi hisoblanadi. Tijorat banki balansining joriy likvidlik darajasini pasayishi bankning depozitlar va ularga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatini pasaytiradi.
Banklar balansining umumiy likvidligi yomonlashuvi muddatli va jamg‘arma depozitlarining o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarilmaslik holatlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham bank balansining joriy va umumiy likvidligini ta’minlash tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini ta’minlashning muhum omillaridan biri hisoblanadi.
Tijorat banklarining depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining o‘zgarishi hisoblanadi. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarida ko‘proq qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bo‘lib ishtirok etsa, bu holat tijorat banklarining likvidlikini pasayishiga olib keladi. Bu esa, banklarning depozit siyosatiga tegishli o‘zgarishlarni kiritilishiga sabab bo‘ladi.