Bank aktivi va passivini boshqarish
Bankning aktiv va passivlarini boshqarish – bank likvidligini
boshqarishning ikki muhim yo‘nalishidir (24-chizma).
1-chizma.
Bank likvidligini boshqarish
Likvidlikni boshqarish nazariyasi
tijorat banklarining tashkil
topishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan va rivojlanib kel-
gan. Dastlab bank likvidligi masalasiga ikki turdagi yondashuv mavjud
bo‘lgan.
Birinchi yondashuv
bo‘yicha bank aktivlarining miqdori, tuzilishi
va muddatlari bank passivlari tuzilishga mos tushishi lozim edi. Bu esa
tijorat banklari tomonidan o‘z likvid mablag‘laridan faol foydalanishga
imkon bermas edi. Bu nazariya asosida bankning oltin qoidasi ishlab
chiqilgan edi. Unga ko‘ra bankning talablari miqdori va muddati uning
majburiyatlari miqdori va muddatiga teng bo‘lishi zarur edi, ya’ni: