Maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys



Download 2,62 Mb.
bet1/33
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#272097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Daturiy taminot
4.15, 4.15, AWR029-guruh talabasi Dehqonov Javohir, Bloksxemabu Algoritmni geometric figuralarorqalitavsivlash Al (1), 23 Основы языка SQL. Составление запросов. Примеры., Jquery функциялар, orta masofalarga yugurish texnikasini orgatish, Budjet tashkilotlarida budjet hisobi 4ad7a, yuqori tartibli differensial tenglamalar. tartibini pasaytirish mumkin bolgan bazi bir ikkinchi tartibli differensial tenglamalar (2), 1-amaliy Imlo, Axborot texnologiyalari ma'ruzalar, YANGI YIL SSENARIYSI, #tezlik2 Sayliyev Maddiyor @kimyodtmtest, obyektga moljallangan dasturlash till (1)

1.1. Kompyuterlar tasnifi


Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo‘yicha mikromashinalar toifasiga mansub bo‘lib, hisoblash imkoniyatlari cheklangan, ammo eng ommaviy tarqalgan hisoblanadi. Bu kompyuterning ofis muhitida shaxsiy qo‘llash uchun mos keladigan variantidir. ShKlar bilan bir qatorda mikrokompyuterlar toifasiga grafik, nashriy va izlanish ishlariga mo‘ljallangan ishchi stansiyalar, lokal tarmoq va ma’lumotlar bazalari serverlari hamda tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali tarmoq resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va foydalanishga qulay bo‘lgan bir qator afzalliklarga ega:

  • maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys;

  • qo‘llanilish sohasiga (ta’lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) mos keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to‘plamiga muvofiqlashish hisobiga o‘z ish joyini tashkillashtirishning qulayligi;

  • foydalanishning soddaligi, bog‘lama va qurilmalarni birgal ikda yig‘ish imkoniyatining kengligi, ommaviy foydalanish uchun yuqori ishonchlilik;

  • kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining arzonligi va modellarining ko‘pligi, standartlashtirishning va bir xil shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir.

ShKlarni turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. Rivojlanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar ning boshlarida paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 bitli mashinalaridan, to 64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV) mashinal arigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor xotira hajmi yuzlab Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi o‘nlab Gbaytga yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan barcha ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish mumkin.

Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va rivojlangan tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion tizimga ega bo‘lib, ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy dasturlar bilan jihozlangan. Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali, aloqa va ulanish uchun interfeys tizimi rivojlangan, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p sonli portlari mavjud.

Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.

Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab EXMning chorak milliardan ziyod turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyu terlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir.

ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo‘lib kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari mashhurdir. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II, III, IV protsessorlari qo‘llangan kompyuterlar hisoblanadi.

IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 1998-yildan boshlab yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power Book va iBook noutbuklar, Power Macintosh oilasiga mansub ishchi stansiya modellarini ishlab chiqaradi.

HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi stansiyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham (mobil) ishchi stansiyalarni ishlab chiqaradi.

ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda Compaq firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular HiNote modelli mobil ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol kompyuterlari, VAX Station va DEC Station ishchi stansiyalari, shuningdek, yangi Alpha 212642 protsessorlari asosidagi, taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan zamonaviy ishchi stansiyalardir.



ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompaniyalari Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi