Bag‘rikenglik O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar uchun azaliy xislatdir



Download 22.2 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi22.2 Kb.




Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik

Bag‘rikenglik O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar uchun azaliy xislatdir.

Markaziy Osiyo mintaqasida azaldan turli urf-odat, madaniyat, til, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar yashagan.

Mintaqaning geografik nuqtai nazardan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar qilgani yerli xalqning diniy va madaniyhayotiga kata ta’sir ko‘rsatgan.

Millati va diniy qarashidan qat’I nazar insonni ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash , kattalarga hurmat va boshqalarga izzat qilish kabi tuyg‘ular Markaziy Osiyo xalqlariga xos yuksak fazilatdir.

Yurtimiz allomalarining asarlarida ham diniy bag‘rikenglikka oid fikrlarni ko‘plab topish mumkin.

O‘zga din vakillari bilan yonma-yon yashab kelgan xalqimizda diniy bag‘rikenglik faqat zarurat keltirib chiqargan ehtiyoj emas, balki hayot tarziga singib ketgan o‘ziga xos fazilat ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.

Buni yurtimizda yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlarga bo‘lgan munosabatning tarixiy va zamonaviy holati ham tasdiqlaydi.

Vatanimiz tarixida bag‘rikenglik namunalari

Tarixan Markaziy Osiyo turli madaniyatlarning o‘zaro uchrashuvi, ta’siri va boyishigaimkoniyat yaratgan hududlardan hisoblanadi. Sharqni G‘arb bilan birlashtirib turgan Buyuk Ipak yo‘linigMarkaziy Osiyodan o‘tgani buning uchun qulay sharoit yaratgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar yahudiylarning Markaziy Osiyoda paydo bo‘lish tarixini milodning birinchi asrida vujudga kelgan “Buyuk Ipak yo‘li” bilan bog‘laydilar.

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr mintaqasiga Erondan yahudiy jamoalari ko‘chib keltirilgan.

Mintaqa yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli “Buxor yahudiylari” nomi bilan tanilgan bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan.

Markaziy Osiyo yahudiylari mintaqa minaqa aholisi bilan shu darajada uyg‘unlashib ketganlarki, ular turkey-forsiy tillarda so‘zlashadilar. Shuningdek, ularning kiyimi, taomlari, urf-odatlari, musiqiy madaniyati va yashash tarzida mintaqa aholisiga xos unsurlar seziladi.

Mustaqillikka erishilganidan so‘ng barcha dinlarga, shu jumladan, yahudiy diniga erkin e’tiqod qilish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Hozirda respublikamizda Buxoro hamda Yevropa (ashkenazi) yahudiylarining milliy madaniyat markazlari, sakkizta yahudiy diniy jamoasi faoliyat ko‘rsatib turibdi.

Markaziy Osiyoda xristianlik tarixi ilk havoriylar davri bilan bog‘lanadi. Bu hududga Iso Masih o‘gitlarining kirib kelishiva mahalliy xalqlarning xristianlikka targ‘ib qilinishi apostol Fomaning “Hind o‘lkalari”yo‘nalishi bo‘yicha qilgn safari davomida amalga oshirilgan.

X asrgacha Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlari xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav mitropoliyasi faoliyat ko‘rsatgan.

XV asr boshlarida Temur saroyida bo‘lgan Kastiliya elchisinig guvohlik berishicha, Amir Temur Samarqandda turli din vakillarini yig‘ib, ularga iltifot ko‘rsatgan. Boshqa manbalarda keltirilishicha, xristianlarning muammolarini hal etish uchun mas’ul shaxs biriktirilgan.

Hukmdorlar bilan bir qatorda oddiy xalqning ham o‘zga din vakillariga bag‘rikenglarcha munosabta bo‘lganini aniq tarixiydalillar ham tasdiqlaydi. Misol uchun , XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganlarida, musulmon aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha davr voqealarini ko‘rgan ruhoniy Xariton “Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo‘lmaganida, ularning aksariyati ochlik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lar edilar” , deb guvohlik bergan.

Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlar aro hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rytasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida :Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazildi. Turli dinlarning yurtimizga kirib kelishi yubileylari nishonlandi.

2016-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublikamizda 16 dinga mansub 2223 ta diniy tashkilot, jumladan, 2049 ta islomiy diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda islomdan boshqa quyidagi konfessiyalar rasman ro‘yxatga olingan: Rus paroslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-Iyeteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Yevangel-xristian baptistlar chaerkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy” , Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati va Buddaviylik.

Bugun ular bir osmon ostida tichlik va totuvlikda hayot kechirmoqdalar.


Download 22.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat