Mavzu: XVII asrda rim-katolik cherkovi reja



Download 0,59 Mb.
Sana07.12.2019
Hajmi0,59 Mb.
#28778
Bog'liq
MUSTAQIL ISH YANGI TARIX

Mavzu: XVII ASRDA RIM-KATOLIK CHERKOVI

Reja:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. XVII asr o’rtalarida xristian dini va uning ahvoli

  2. Cherkovning Yevropa mamalakatlariga ta’siri

  3. Puritanlar harakati va uning oqibatlari



  1. XULOSA


KIRISH

Xristianlik- jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa , Amerika mamlakatlarida , Avstraliyada , faol missionerlik harakati natijasida Afrika , Yaqin Sharq va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan .Jahonda bu dinga taxminan 2 milliard kishi e'tiqod qiladi . Xristianlikning asosiy g’oyasi xudo odam – Iusis xristos haqudagi rivoyatlar bilan bog’liq. Xristian ta’limotiga ko’ra , xudo yagona ,lekin u muqaddas uchlikda namoyon bo’ladi . Xristianlik 1 – asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasinimng sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan . Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt o’tishi bilan ruhoniylar va oddiy jamoa a’zolariga bo’lingan . Ayrim jamoalr o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovlarning tarkib topishiga olib keldi. Cherkov kata boylik to’plab , siyosiy kuchga aylanib bordi. Dastlab xristianlarni ta’qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik xristianlik tarafdorlari bo’ldilar . 4 asrdaxristianlik Rim imperiyasida mavjud bo’lgan ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi . Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy qismidagi o’ziga xos tarixiy taraqqiyot xristianlik cherkovini ikkiga : katolik va provaslav bo’linishiga olib keldi . Xristianlikning bu bo’linishi 1054- yilda rasman e’tirof etilgan bo’lsada biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan . 16-asrda reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib xristianlikning uchinchi asosiy oqimi – prtotestantizm yuzaga keldi .

ASOSIY QISM

XVII o’rtalarida Xristian dini va uning axvoli. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr cherkovning roli va uning ahamiyati nuqtai nazaridan qaraganda quyidagi asosiy xususiyatlar bialn ajralib turadi:bu davrda katolik cherkovining roli va hokimiyatining xalqaro ta’siri ancha pasayib ketdi , shu bilan birga katolizm sistemasida milliy cherkov tashkil etish fikrini himoya qiluvchi diniy oqimlar rivojlandi . Protestantizm bir qancha mamlakatlarda katolitizmni siqib chiqarib hokim sinfining asosiy g’oyaviy tayanchi sifatida mustahkamlanib oldi. Ijtimoiy-siyosiy kurashning keskinlashuvi va tabiiyot ilmi erishgan muvaqqiyatlar munosabati bilan rivojlangan antik lirikalizm va din haqida erkin fikr yuritish ancha kuchaydi . yevropaning ko’proq taraqqiy etilgan mamlakatlarida ijtimoiy siyosiy va madaniy hayot cherkov ta’siridan xalos etildi. Yevropa tarixidagi eng so’nngi diniy urushga xotima bergan Vestfaliya sulhi papa Innokentiy X ning manfaati va xohishiga xilof ravishda tuzilgan edi. Papa yorlig’ida bu sulh shartnomasida hech qanday kuchga ega bo’lmagan odil insofga zid , gunohga to’la e’tibordan soqit deb e’lon qilinib Yevropa mamlakatlaridagi katolik aholini bu sulhning qaysi mamlakatlarda tursang o’sha mamlakatning dinini qabul qil degan asosiy prinsipini tan olmaslikka chaqirdi. Lekin bu noroziliklarning hech qanday ta’siri bo’lmadi. Vestfaliya sulhi feodal rekasiyasining siyosiy tayanchi bo’lgan gabusburglar imperiyasining bu mag’lubiyati bilan birga papa hokimiyati ham mag’lubiyatga uchradi va shu paytdan boshlab u o’zining avvvalgi xalqaro ta’sirini yo’qotdi. Bir qancha mamlakatlar bilan shular orasida protestantizm qaror topgan mamlakatlar bilangina emas balki Fransiya va Ispaniya bilan ham papa hokimiyatining munosabatini keskinlashtirib yuboirdi. Fransiyada Lyudovik XIV ning absolutistic rejimi Rim kuriyasining istaklarini juda cheklab qo’ygani sababli Fransiya bilan bo’lgan janjallar nihoyatda keskinlashib ketib papa protestant mazhabidagi mamlakatlar Gollandiya va Angliya hamda Germaniyaning Lyudovik XIV ga qarshi kurash olib borayotgan protestant knyazliklari bilan ittifoq tuzar edi. Ikkinchi tomondan xudoning amir farmonini bajo keltirish uchun kurashayapman deb har qadamda takrorlagan bu o’ziga qaram italyan hukmdorlariga buyruqlar yuborib ulardan impertorning harakatlariga qarshilik ko’rsatishni talab qilardi , holbuki papa imperatorni turklarga qarshi kurashishda qullab quvvatlar edi. Fransuz ruhoniylarining ko’pchiligi Lyudovik XIV ni quvvatlar edi, Lyudovik XIV esa undan foydalanib papa hokimiyatiga cherkov uchun o’lpon yig’ish huquqini berishdan bosh tortar va daromadning bu manbalarini o’z qo’iga kiritib olar edi1.

Galikarnas cherkoving erkinligini himoya qilish shiori ostida 1682- yilda chaqirilgan maxsus assambleyada cherkov yoki reformalar programmasi tuzilib unda galikanlar cherkovining Rimdan haqiqiy mustaqilligi va qirol hokimiyatiga buysunganligi e’lon qilindi . Bu deklaratsiya fransuz absolutizmining mustahkamlanishini va shu bilan birga papa hokimiyatining yana bir marta mag’lub bo’lganini ko’rsatuvchi edi. Qirol hokimiyatini ilohiy hokimiyat deb haqiqatlar qilib kelgan yepiskpop Bossyue boshliq < gallikanlar harakati> ga qarshi papa hokimiyati murosasiz kurash boshladi . Iezuitlar papa hokimiyatining tuzimidan holi bo’lgan milliy cherkov tuzish ruhoniylarni qirolga bo’ysindirish g’oyalariga qarshi keng miqyosda hujum olib bordilar. Shu bilan bir vaqtda ular falsafa va fandagi progressive g’oya;arga ham qarshi chiqdilar. Papa hokimiyatining Fransiyaga dushmanligi shu qadar kuchli ediki , hatto Lyudovik XIV ning gugenotlarga qarshi kurgan choralari va uning 1685- yilda Nant farmonini bekor qilishi ham Rimning jahlini chiqardi. Qirol quyoshning bu siyosati haqiqiu dinni himoya qilish va terislarni yo’q qilish shiorlari bilan niqoblangan bo’lsa ham nomli risola avtori , domenikanlar ordenining generali Semo va ayniqsa Bosseu yozganidek avvalo absolutizmni ilohiy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishini Rimdagilar yaxshi bilar edilar. Lyudovik XIV Nant farmonini bekor qilganini e’lon etganida papa Inokentiy XI unga rasmiy tabriknoma yuborgan bo’lsa ham, papa hokimiyati Fransiyaga qarshi koalitsiyaga yanada qattiyroq qadam tashlab kirib Augsburg ligasini quvvatlaydi va hatto ( shakkok) Vilgelm Oranskiy bilan yashirin bitim tuzish chorasini qidiradi . Ish ochiqdan – ochiq urush harakatlarigacha borib yetdi . Qirol qo’shinlari XIII asrdan boshlab < muqaddas taxt > ga qarashli bo’lgan Avinionni ishg’ol qildilar. Ammo 1690- yilda Lyudovik papa nhokimoiyatiga yon berish yo’lini to’tishga majbur bo’ldi. U ko’pgina masalalardagi da’volaridan voz kechdi , papaga Avinionni qaytarib berdi .

1693- yilda fransuz ruhoniylari hatto < 1682- yilgi assambeleya deklaratsiyasidan > voz kechish haqidagi bitimni imzolashga , < cherkov hokimiyati haqida va muqaddas taxtning ta’sir doirasi to’g’risida mazkur assambleya qabul qilingan qarorlarning hammasi bekor hisoblanmog’I lozim > deb tan olishga majbur bo’ldilar. Bunday bayonnoma papaga korolning o’zi tomonidan ham yuborildi . Papa hokimiyati bilan Fransiya o’rtasidagi uzoq kurashning bunday natija bilan tugashiga papa hokimiyatining kuchayishi sabab bo’lgani yo’q.



  1. CHerkovning Yevropa mamlakatlariga ta’siri

XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bulgan tarixiy davr cherkovning roli va uning ahamiyati nuqtai nazaridan qaraganda quyidagi asosiy xususiyatlar bilan ajralib turadi: bu davrda katolik cherkovining roli va papa hokimiyatining xalqaro taʼsiri ancha pasayib ketdi, shu bilam birga, katolitsizm sistemasida “Milliy cherkov” tashkil etish fikrini himoya qiluvchi diniy oqimlar rivojlandi; protestantizm bir qancha mamlakatlarda katolitsizmni siqib chiqarib, hokim sinfning asosiy gʻoyaviy tayanchi sifatida mustahkamlanib oldi; ijtimoiy-siyosiy kurashning keskinlashuvi va tabiiyot ilmi erishgan muvaffaqiyatlar munosabati bilan rivojlangan antiklerikalizm va din haqida erkin fikr yuritish ancha kuchaydi; Yevropaning koʻproq taraqqiy qilgan mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot “sekulyarizatsiya” qilindi (cherkov taʼsiridan xalos etildi).

Yevropa tarixidagi eng soʻnggi “Diniy” Papa hokimiyati urushga xotima bergan Vestfaliya sulhi xalqaro ahamiyatining pasayishi papa Innokentii Xning manfaati va xohishiga xilof ravishda tuzilgan edi. Papa yorligʻida bu sulh shartnomasi “hech qanday kuchga ega boʻlmagan, odil-insofga zid, gunohga toʻla, eʼtibordan soqit” — deb eʼlon qilinib, Yevropa mamlakatlaridagi katolik aholini bu sulhning “Qaysi mamlakatda tursang, oʻsha mamlakatnish dinini qabul qil” degan asosiy prinsipini tan olmaslikka chaqirdi. Lekin bu noroziliklarning hech qanday taʼsiri boʻlmadi. Vestfaliya sulhi feodal reaksiyasining siyosiy tayanchi boʻlgan Gabsburglar imperiyasining tarixiy maglubiyatini bildirardi, Gabsburglar imperiyasining bu maglubiyati bilan birga papa hokimiyati ham magʻlubiyatga uchradi va shu paytdan boshlab u oʻzining avvalgi xalqaro taʼsirini yoʻqotdi2.

Bir qancha mamlakatlar bilan, shular orasida protestantizm qaror topgan mamlakatlar bilangina emas, balki Fransiya va Ispaniya bilan ham papa xrkimiyatining munosabatlari keskinlashib ketdi. Fransiyada Lyudovik XIV ning absolyutistik rejimi Rim kuriyasining istaklarini juda cheklab qoʻyganligi sababli Fransiya bilan boʻlgan janjallar baʼzan nihoyatda keskinlashib ketib, papa protestant mazhabidagi mamlakatlar — Gollandiya va Angliya bilan hamda Germaniyaning Lyudovik XIV ga qarshi kurash olib borayotgan protestant knyazliklari bilan ittifoq tuzar edi. Ikkinchi tomondan, “xudoning amr-farmonini bajo keltirish uchun” kurashayapman deb har qadamda takrorlagan bu “uchiga chikqan xristian korol” oʻziga qaram italyan hukmdorlariga buyruqlar yuborib, ulardan imperatorning harakatlariga qarshilik koʻrsatishni talab qilardi, holbuki papa imperatorni turklarga qarshi kurashida qoʻllab-qoʻltiqlar edi. Fransuz ruhoniylarining koʻpchiligi Lyudovik XIV ni quvvatlar edi, Lyudovik XIV shundan foydalanib, papa hokimiyatiga cherkov uchun oʻlpon yigʻish huquqini berishdan bosh tortar va daromadning bu manbalarini oʻz qoʻliga kiritib olar edi.

“Gallikanlar cherkovining erkinligi” ni himoya qilish shiori ostida 1682 yilda chaqirilgan maxsus assambleyada cherkov-siyosiy reformalar programmasi tuzilib, unda “gallikanlar cherkovi”ning Rimdan haqiqiy mustaqilligi va korol hokimiyatiga boʻysunganligi eʼlon qilindi. Bu deklaratsiya fransuz absolyutizmining mustahkamlanishini va shu bilan birga papa hokimiyatining yana bir marta magʻlub boʻlganini koʻrsatuvchi fakt edi.

Korol hokimiyatini ilohiy hokimiyat deb vaʼz-nasihatlar qilib kelgan yepiskop Bossyue boshliq “gallikanlar harakati”ga qarshi papa hokimiyati murosasiz kurash boshladi. Iezuitlar papa hokimiyatining zulmidan xoli boʻlgan milliy cherkov tuzish, ruhoniylarni korolga boʻysundirish goyalariga qarshi keng miqyosda “ultramontan” hujumi olib bordilar. Shu bilan bir vaqtda ular falsafa va fandagi progressiv gʻoyalarga ham qarshi chiqdilar.

Papa hokimiyatining Fransiyaga dushmanligi shu qadar kuchli ediki, hatto Lyudovik XIV ning gugenotlarga qarshi koʻrgan choralari va uning 1685 yilda Nant farmonini bekor qilishi ham Rimning jahlini chiqardi. “Korol – quyosh”ning bu siyosati “haqiqiy dinni himoya etish” va “yereslarni yoʻq qilish” shiorlari bilan niqoblangan boʻlsa ham, “Monarx” - nomli risola avtori, dominikanlar ordenining generali Semo va ayniqsa Bossyue yozganidek, avvalo absolyutizmpi, “Ilohiy hokimiyat” ni mustahkamlashga xizmat qilishini Rimdagilar yaxshi bilar edilar. Lyudovik XIV Nant farmonini bekor qilganini eʼlon etganida papa Innokentiy XI unga rasmiy tabriknoma yuborgan boʻlsa ham, papa hokimiyati Fransiyaga qarshi koalitsiyaga yanada qatʼiyroq qadam tashlab kirib, Augsburg ligasini quvvatlaydi va hatto “yeretik” (“shakkok”) Vilgelm Oranskiy bilan yashirin bitim tuzish yoʻlini qidiradi. Ish ochiqdan-ochiq urush harakatlarigacha borib yetdi. Korol qoʻshinlari XIII asrdan boshlab “muqaddaye” “taxt”ga qarashli boʻlgan Avinyonni ishgʻol qildilar. Ammo 1690 yilda Lyudovik papa hokimiyatiga yon berish yoʻlini tutishga majbur boʻldi. U koʻpgina masalalardagi daʼvolaridan voz kechdi, papaga Avinyonni qaytarib berdi.

1693 yilda fransuz ruhoniylari hatto “1682 yilgi assambleya deklaratsiyasi”dan voz kechish haqidagi bitimni imzo•lashga, “cherkov hokimiyati haqida va muqaddas taxtning taʼsir doirasi toʻgrisida mazkur assambleyada qabul qilingap qarorlarning hammasi bekor hisoblanmogʻi lozim” deb tai olishga majbur boʻldilar. Bunday bayonnoma papaga korolning oʻzi tomonidan ham yuborildi. Papa hokimiyati bilan Fransiya oʻrtasidagi uzoq kurashning bunday natija bilan tugashiga papa hokimiyatining kuchayishi sabab boʻlgani yoʻq - uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori hamon ilgarigidek juda past edi. Ammo Lyudovik XIV ga qarshi tarkib topgan koalitsiya shunchalik real bir narsa boʻlib chiqdiki, korol •ün berishga majbur boʻldi.

Keyinchalik papani Ispaniya merosi masalasidagi fransuz talablarini quvvatlashga koʻndirib va papa bilan imperatorni janjallashtirib qoʻyib, Fransiya ham papa hokimiyatining siyosiy pozitsiyalarini zaiflashtirishga muvaffaq boʻldi. Buning oqibatida papaning Italiyadagi yerlari yana urush maydoniga aylandi. Imperiya qoʻshinlari Parma va Pyachensani (1706) oldilar, soʻngra Cherkov oblastidan oʻtib, Heapolga qarab yurdilar. Papa qoʻshinlari jang qilish qobiliyati yoʻqligidan birinchi toʻqnashuvlardayoq tor-mor boʻldi. Rim qoʻldan ketish xavfi ostida qolganda papa qurollanish majburiyatini zimmasiga olib va Karl Gabsburgskiyning Ispaniya taxtiga vorislik huquqini tan olib, imperatorga sulh taklif qildi (1709).

Utrext sulhining tuzilishi (1713) papa hokimiyatining obrӯyi juda tushib ketganligini koʻrsatdi. Bu sulh shartnomasiga binoan, papaga qarashli yerlar (Neapol, Sitsiliya, Sardiniya, Parma, Pyachensa) papanin eʼtiroz va noroziliklariga, ojizona doʻq va qargʻishlariga qaramay ayrim davlatlar tomonidan taqsim qilib olindi.

Papa hokimiyatining tushkunligi XVII Vakviyetizm va xvn asrlarda katoliklarga diniy rahbarlik qilishda ham koʻrindi. Papalar, hamon ilgarigidek, din masalalari yuzasidan oʻz fikrlarini aytishni davom ettirdilar; “Muqaddas taxt” ning asosiy organlaridan biri boʻlgan inkvizitsiya taqiq qilish, qoralash, qargʻish va laʼnatlashlarini toʻxtatmadi; yorliqnoma, breve va dekretlar chiqarilaverdi. Ammo bu sohada ham papa hokimiyati oʻzining avvalgi obroʻyini yoʻqotgan edi.

Iezuitlar qattiq qarshi chiqqan Yansenizmning tez tarqalishi munosabati bilan XVII asr oʻrtalarida diniy masalalarda keskin munozaralar qizib ketdi. Gollandiya katolik dinining vaʼzchisi Yanseniyning “Avgustin” nomli kitobini Yanseniy vafotidan soʻng koʻp oʻtmay, papa taqiqlab qoʻydi va “Taqiqlangan kitoblar roʻyxatiga kiritdi, chunki bu kitob katolitsizmning «Ilohiy taqdir” haqidagi aqidasini qatʼiy inkor qilishiga qarshi qaratilgan edi. Diniy jihatdan yansenizm kalvenizmga yaqin turar edi, ammo papaning cherkovdan ustunligini tan olib, u katolitsizm ichidagi oqimlardan biri boʻlib qolaverdi. Yaseniyning Parijdagi Por-Royal monastiriga joylashib olgan tarafdorlari va shogirdlari oʻz ustozining gʻoyalarini himoya qilib, qattiq kurash olib bordilar. Iezuitlar bilan faqat sof diniy masalalarda emas, balki axloq va falsafaga doyr umumiy problemalar toʻgʻrisida ham munozara qizib ketdi. Isonparvarlik va kishiga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalar Yanseniychilarning tanqidiy maqolalarida katta kuch bilan jaranglab eshitildi. Yanseniychilarning maslakdoshlari tobora koʻpaydi. Bular orasida mashhur olimlar va yozuvchilar bor edi; ajoyib faylasuf Blee Paskal Yanseniychilarning gʻoyalari bilan sugʻorilgan va iyezuitlarni soxta, munofiqona axloqini keskin fosh qilgan “Provinsiya maktublari” ni nashr kila boshladi.

Yanseniychilar jamiyatining boshligʻi, iyezuitlarga va papaning cheklanmagan hokimiyati tarafdorlariga qarshi qaratilgan juda koʻp tanqidiy risola va maqolalar avtori, otashin vaʼzchi Antuan Arno edi. Usha zamondagi Fransiyaning eng buyuk mutaffakkiri Repe Dekart Yansenizm taʼsiri ostiga tushib qoladi, uning “Fikrlash sanʼati” nomli kitobini Yanseniy mantiqi deb atashadi. Yanseniychilarning progressiv goyalari Rasin, Bualo va boshqalarning asarlarida ham aks etgan edi.

Lekin Yanseniychilarning dushmanlari Yanseniychilarga qarshi kurashni tobora kuchaytirdilar. Ularning qutqusi bilan papa Yanseniychilarning asarlarini bir necha marta qoralab chiqdi. Yanseniychilar harakatining rahbarlari Arno va boshqa bir qancha kishilar Fransiyadan ketib qolishga majbur boʻldilar. Jamiyatning yangi boshligi, papa hokimiyatiga qarshi keskin oppozitsiya ruhida yozilgan “Axloq haqida mulohazalar” kitobining avtori Pasxaziy Kenel 1703 yilda qamoqqa olindi, keyin esa Gollandiyaga qochib yashirinishga majbur boʻldi.

Yansenizm mavjud tartiblarga qarshi boʻlgan siyosiy harakat tuoini ola boshlagani tobora ravshanroq koʻrinmoqda edi. U ijtimoiy munosabatlarni tubdan oʻzgartirishga undar va progressiv gʻoyalarning rivojlanishiga yordam berar edi.

Korolning oʻynashi Mentenon xonim yordami bilan iyezuitlar Lyudovik XIV dan Yanseniychilarni jazolashga rozilik oldilar. 1709 yilda Por-Royal yoʻq qilindi. Undagi monastir va maktablar buzib tashlandi. Qimmatli kutubxona va unda saqlanib kelgan juda koʻp kitob va qoʻl yozmalar yoʻq qilindi. Koʻpgina Yanseniychilar chet ellarga qochib ketdilar.

Yanseniychilarni jazolash munosabati bilan butun Fransiyada, shuningdek, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda koʻtarilgan katta noroziliklarga qaramay, korol va papa ularni taʼqib qilishni toʻxtatmadi. 1713 yilda papaning XVIII asrdagi diniy kurashda katta rol oʻynagan farmoni - “Unіgenitus” chiqdi. Sorbonna va boshqa bir qancha universitetlar, hatto baʼzi yepiskoplar bu farmonga rozi emasliklarini bildirdilar. Papa farmonini qoralovchi juda koʻp maqolalar, pamfletlar, kӯchma varaqalar paydo boʻldi. Umum cherkov yigʻinlari oʻtkazish va fransuz “milliy” cherkovi tuzish haqida talablar eshitila boshladi. Papa hokimiyati oʻz farmonidan norozi kishilarni, dindan qaytgan murtad, — deb eʼlon qilajagi bilan qoʻrqitdi, Yansenizmni qoralab chiqargan qarorlari hamma uchun majburiy ekanligini yana taʼkidladi. Iezuitlarga va papizmga nafrat ruhi bilan sugʻorilgan va „Unіgenitus4 yorliqnoma yuzasidan olib borilgan kurash tobora koʻproq iyezuitlar ordenini yoʻq qilish uchun kurashga aylandi. Iosif psingari “maʼrifatli” monarx iyezuitlarga qarshi, cherkov va maktabni davlatga boʻysundirish uchun kurashda yansenizm gʻoyalaridan foydalandi (“iozefinizm”).

Yansenizm bilan bir vaqtda, kviyetizm deb atalgan (kviyetizm — latincha quies – osoyishtalik soʻzidan kelib chiqqan) boshqa bir diniy oqim ham tez rivojlana boshladi. Cherkovning baʼzi bir dogmatik qoidalarini yansenizm singari rad qilgan kviyetizm mistik xarakterga ega edi. Bu linii harakatning gʻoyalarini Rimda “Ruhoniy rahbar” nomli kitobini nashr qildirgan (1675) ispan popi Miguel Mol inoye ifodaladi. U bu kitobida, xristianning asosiy maqsadi va birdan-bir “najot” yoʻli oʻz ruhini hech bir qiynamaslikdan, cherkovning hech qanday aqidalari va talablari bilan ruhini hayajonga solmaslikdan, yaxshilik va yomonlikka, hatto oʻzining “qutulishi”ga ham beparvo-befarq qarashdan iborat boʻlmogʻi lozim, – degan fikrni bayon qildi. Ruh tamomila osoyishtalikka erishganidan keyin, Molinoyening taʼlimotiga qaraganda, “arshi aʼlo”ga chiqib, birli suratda xudo bilan

ketar emish, Molinoyening kitobi cherkov haqidagi iyezuitlik — papachilik konsepsiyalariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishdan iborat boʻlib, bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa Fransiyada keng tarqaldi. Iezuitlarning talabi bilan Molinos inkvizitsiyaga topshirilib, uning zindonlarida qattiq qiynoqqa solinib oʻldirildi. Lekin kviyetizm gʻoyalari tarqalaverdi.

Bunga korolning yuqori darajali amaldorlari, shu jumladan, yepiskop Fenelon himoyasi ostida boʻlgan saroy bonusi Gyuyon xonimiing mistik asarlari yordam berdi. Fenelon ham oʻz navbatida kviyetizm ruhi bilan sugʻorilgan bir qancha asarlar yozib bostirib chiqardi. Gyuyonning asarlari qoralangan boʻlsa ham, lekin Kambrening arxiyepiskopi boʻlib qolgan Fenelon kviyetizm gʻoyalari uchun kurashni davom ettiraverdi. U korol va cherkov tomonidan qoʻllab-quvvatlangan arxiyepiskop Bossyue bilan adabiy-diniy temada bahs-munozara qilishdi. Bu munozara juda koʻp kishilarning eʼtiborini oʻziga jalb etdi va papa Innokentiy XII korolning qistovi bilan 1699 yilda kviyetizmni va Fenelon asarlarini qatʼiy qoralab chiqqandan keyingina toʻxtadi.

Lekin Gyuyon - Fenelon ruhidagi mistik gʻoyalar Fransiyadagina emas, balki undan tashqarida ham tobora koʻp tarqalaverdi.

Papa hokimiyati Yansenizm va kviyetizmga qarshi olib borgan kurashida iyezuitlarga va fransuz korol xonadoniga qaramligini butun dunyoga koʻrsatib qoʻydi, u siyosiy masalalarda oʻz manfaatlari korol xonadopi manfaatlari bilan tez-tez toʻqnashib turishiga qaramay, korol xonadonining talablariga soʻzsiz boʻysunar edi.

XVII asr oʻrtalarida iyezuitlar ordeni Iezuitlarning yol juda kuchayib ketdi. Iezuitlar diniy gondakam

taassub va xurofotlarni har qanday yoʻl Vtugatilishii" bilai avj oldirishga intildilar. Ular “Isoning muborak yuragi”, “Dunyoga pok kelish” deb atalgan yangi bidʼatlarni joriy qildilar; “Isoning qonli teri”, “Bibi Maryamning koʻz yoshlari” singari “tabarruk narsalar”ga sajda qilishpi xalq orasiga tarqatdilar; jaholatparastlarni va yolgʻonchilarni eng yaxshi fazilatli aziz-avliyolar deb maqtab, ularni hammaga namuna qilib koʻrsatishga urinar edilar.

Iezuitlar tomonidan toʻqib chiqarilgan va eng elementar axloqiy tushunchalarni hayosizlarcha masxaralashdan iborat boʻlgan axloq alohida ahamiyatga ega boʻldi. Bu “axloq” yolgʻonchidikni, qasamni buzishni, doʻq-poʻpisa bilan taʼmagirlik qilish va qoʻrqitib pora olishni oqlar edi, u iflos tuygʻularga yoʻl qoʻyar, jinoiy ishlarga ragʻbgtlantirar edi. Bu “axloq” sistemasiga cherkovning biron mӯʼtabar namoyandasi bayon qilgan muayyan bir fikrni “taxminan” sharhlash va hatto bu sharh umum tomonidan eʼtirof qilingan axloqiy tushunchalarga xilof kelsa ham uni toʻgʻri deb, oʻshanga amal qilish huquqini beradigan (“taxminiy” degan maʼnodagi latincha “rgobabilis” soʻzidan olingan) probabilizm; “kishi aqli kamolga yetmagan” (“Odamlar oʻz qilmishlaridan bexabar”) degan bahona bilan maʼnaviy javobgarlikni yumshatuvchi laksizm (“yumshatish” manosidagi latincha laxare soʻzidan olingan); ilgari aytilmay, koʻngilda saqlab yurilgan qoʻshimcha izoh, eslatma yoki tuzatishni oʻz ichiga olgan va shu sababli toʻgʻri hisoblangan yolgʻon guvohlik huquqini beruvchi pinhoniy pisanda (reservatio mentalis) singari tushunchalar kiritildi. Iezuitlarning oʻzlari oʻz axloq sistemalarini “moslashtirish sistemasi” deb atar va shu bilan uning munofiqona va prinsipsiz sistemaligini tan olar edilar. Iezuitlarning axloq haqidagi haddan tashqari boʻlmagʻur fikrlarini, shu jumladan, probabilizm, “pinhoniy pisanda” va hokazolarni afkor ommaning siquvi ostida hatto papa hokimiyati ham qoralashga majbur boʻldi.

Iezuitlarning diniy targʻibot niqobi ostida olib borgan ishlari XVII asr oʻrtalaridan diniy targʻibot doirasidan tobora koʻproq chetga chiqa boshladi. Ular savdo-sotiqni, yerlarni qoʻlga kiritish, yevropaliklar bosib olgan mustamlakalardagi plantatsiya xoʻjaliklarini ekspluatatsiya qilish yoʻli bilan ordenni boyitishga harakat qilar edilar. Iezuitlar qul savdosi, turli moliyaviy va bankalar orqali boʻladigan nayranglar bilan shugʻullanishdan ham jirkanmadilar. Iezuitlar missionerlik niqobi ostida uzoq mamlakatlarga borib, keng miqyosda katolik mazhabini tarqatdilar va bu mamlakatlarda yevropalik mustamlakachilarning mahkam joylashib olishiga yordam berdilar3.

Iezuitlar Afrika yoki Janubiy Amerika qabilalari va xalqlari orasidagina emas, balki qadimgi YUKcaik madaniyati boʻlgan Hindiston, Xitoy, Yaponiya singari mamlakatlarga ham makon qurib oldilar. Ular “moslashtirish sistemasi”dan keng foydalanib va maxrlliy aholini diniy tarbiyalash haqida kamroq oʻylab, koʻp mamlakatlarda mahalliy aholikishilarini ommaviy suratda katolik diniga “kirgizish”ga harakat qildilar va tez muvaffaqiyatga erishdilar, lekin ularning bu yutuqlari mustahkam emas edi. Katolik diniga “kirgiziluvchilar” ning qadimgi diniy urf-odatlarini avvalgicha bajaraverishlariga va hatto oʻz maʼjusiy ibodatxonalarida toat-ibodat qilishlariga ruxsat berardilar. IezuItlar Sharq mamlakatlarida, ayniqsa Hindiston va Xitoyda yuz minglab yangi xristian borligini xabar qilgan edilar.

Ammo koʻp oʻtmay iyezuitlarning yolgʻonchiliklari fosh boʻlib qoldi. Buni fosh qilishga, bir tomondan bunday “yutuqlar”ga erisha olmagan boshqa xristian missionerlari (fransiskchilar, dominikanchilar va ayniqsa protestantlar) harakat qildilar; ikkinchi tomondan, mahalliy maʼmurlar va maʼjusiy kohinlar iyezuitlarning harakatlaridan gʻazabla - nar edilar. Shuning uchun papa hokimiyati surbet yolgʻonchi iyezuitlarga qarshi choralar koʻrishga majbur boʻldi. 1742 yilda Benidikt XIV iyezuitlarning amalda gʻoyat katta tovlamachilik va firibgarlikdan iborat “xristianlashtirish” metodlarini qoʻllanishlarini taʼkidladi.

Manfur “moslashtirish sistemasi” taqiqlanganidan keyin xristian diniga “kirgizilganlar”ning soni kamaya bordi va XVIII asr oxirida ularning soni Hindistonda oʻsha asr boshlaridagi sonining yarmidan ham ozayib ketdi, Hindistonda XVII asrda xristian dinini tarqatgan 3500 iyezuitdan 300 tagina qolgan boʻlib, bular ham obroʻ-eʼtiborini butunlay yoʻqotib qoʻygan edi.

Katoliklar propagandasining Xitoydagi “muvaffaqiyatlari” ham bundan qolishmas edi. Iezuitlar xitoy hukmdorlarining ishonchiga sazovor boʻlish uchun qoʻllaridan kelgan hamma hiyla-nayranglarni ishlatar, ularga oʻzlarini goh olim, goh munajjim va folbin, goh zambarak yasovchi qilib koʻrsatar edilar. 1661 yildayoq iyezuitlarning 38 ta kollegiya va rezidensiyasi hamda 151 ta cherkovi boʻlib, xristian diniga “kirgizilgan kishilarning soni 300 mingdan oshar edi. XVII asr oxirida iyezuitlar Xitoyda xristian dini tirilishiga erishdilar. Lekin iyezuitlarning bu «muvaffaqiyatli” faoliyati, Hindistondagi singari, iyezuitlarning oʻzi uchun yomon natija bilan tugadi. Mahalliy aholining iyezuitlarga dushmanligi tobora kuchaydi va 1772 yilda ular mamlakatdan tamomila haydab yuborildi.

Iezuitlar missionerlik ishlarini Hindi-Xitoyda, Filippin orollarida, Seylonda, Afrikada, Kanadada va Latin Amerikasi mamlakatlarida ham olib bordilar.

Iezuitlarning Paragvaydagi faoliyati alohida oʻrin tutadi, ular u yerda oʻziga xos “davlat” barpo qildilar, bu “davlat” 150 yildan koʻproq vaqt (1609 — 1767) umr koʻrdi. Ular mahalliy indeyes qabilalarini — garanlarni oʻzlariga buysundirib, bosib olgan territoriyalarini boshqa ispanportugaliyalik mustamlakachilarning bostirib kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qurol kuchi bilan qoʻriqladilar, oʻz maʼmuriy idoralarini tashkil qildilar va mamlakatda istaganlaricha xoʻjayinlik qila boshladilar. Iezuitlar garanlarning diniy tasavvurlaridan ustolik bilan foydalanib, oʻzlarini “xudoning elchisi” deb eʼlon qildilar va butun aholini qattiq feodal-krepostniklik ekspluatatsiyasiga duchor etdilar. Garanlarni qoramol, ot va qoʻylar boqish hamda ularni koʻpaytirishga majbur qilardilar. Paragvayda tashkil etilgan plantatsiyalarda shakarqamish, ipak, paxta, tamaki, kakao, choy yetishtirilar, turli rezavor va dorivor oʻsimliklar ekilar edi.

Iezuitlar Lissabonga but tamgasi bosilgan qoplar, toylar va yashiklar liq toʻla ortilgan katta-katta kema karvonlarini yuborar edilar. Garanlarning mashaqqatli mehnati bilan xosil qilingan tovarlar butun Yevropaga tarqalar va pezuitlarga juda katta boyliklar keltirar edi.

Bu boyliklarni ishlab chiqargan kishilarning oʻzlari esa qashshoqlikda va nodonlikda kun kechirar edilar. Garanlar haqiqatda har qanday mulkdan mahrum etilgan edi. Iezuitlar ularning hamma mol-mulklarini va ishlab chiqargan hamma narsalarini “xudoning mulki” deb eʼlon qilib, garailardan hamma mehnat samaralarini “xu do uchun” topshirishlarini talab qilar edilar. Iezuitlar garanlarga ibodat qilishdan boshqa hech narsani oʻrgatmadilar, ularning hamma vaqtini ogʻir mehnat yoki ibodat bilan oʻtkazar, turli-tuman “aziz-avliyolar” sharafiga boʻladigan cherkov bayramlari va hokazolar bilan band qilar edilar. Lekin iyezuitlar har qancha ehtiyot choralari koʻrsalar ham, yaʼni qalʼa va turmalar qurib, qoʻshin va zambarakli flot tashkil qilgan boʻlsalar ham mamlakatdagi mazlum xalq qoʻzgʻolonlarining oldini ololmadilar.

Ikkinchi tomondan, mehnatsevar garanlar tomonidan yetishtirilayotgan boyliklarga suqlanib qarovchi ispan va portugaliyalik qulfurushlar, plantatorlar va savdogarlarning ham siquvi kuchaydi. 1750 yildan chinakam urush boshlandi, bu urush iyezuitlarning magʻlubiyati bilan tugadi (1761). Iezuitlar bir necha yildan soʻng Paragvaydan butunlayhapdab chiqarildi va “xristian kommunizmi” namunasi deb butun Yevropada koʻklarga koʻtarib maqtalgan va aslida esa “xudo xizmatkorlari” niqobi ostidagi mustamlakachilarning uchiga chiqqan firibgarlik namunasi boʻlgan iyezuit davlati yoʻq boʻldi.

Iezuitlar oʻz qilmishlari bilan turli xil doiralarni qattiq gʻazabga keltirar edilar. XVIII asr oʻrtalarida ilgʻor faylasuflar va xalq namoyandalarigina emas, balki ruhoniylar, olimlar, burjua doiralarining namoyandalari ham iyezuitlarga qarshi nafratlanish tufayli birlashdilar.

Ammo papa dokimiyatining taqiqlashlarini nazar-pisand qilmay, iyezuitlar ordeni savdo, chayqovchilik va kontrabanda bilan shugʻullanaverdilar.

Jamoatchilik orasida norozilik toʻlqini tobora kuchaydi va oxiri ordenning barbod boʻlishiga olib keldi. Uning halokati Portugaliyada boshlandi, bu yerda iyezuitlar Pombalning islohotchilik faoliyatiga xalal bermoqchi boʻlgan edi. Firibgarligi va chayqovchiligi fosh qilingan, korolni oʻldirishda qatnashgan barcha iyezuitlar Pombalning buyrugʻi bilan 1759 yil sentyabrida qamoqqa olindi va kemalarda Italiyaga keltirilib, papa territoriyasiga tushirildi. Soʻngra Portugaliya maʼmurlari iyezuitlarni bitta qoʻymay oʻz mustamlakalaridan ham haydadilar. Ularning hamma mol-mulklari davlat foydasiga musodara qilindi.

Portugaliyadan Fransiya ham ibrat oldi. Fransuz mustamlakalarida, ayniqsa Martinika orolida ish olib borgan iyezuitlarning kommersantlik faoliyati toʻsatdan Fransiyada ham fosh boʻlib qoldi. 1762 yili Parij parlamenti Fransiyadagi orden tashkilotlarini tarqatib yuborish va ordenning mol-mulklarini musodara qilish haqida qaror chiqardi. Orden generali Lorenso Richchidan darhol ordenni boshdanoyoq qayta tuzish talab etildi. Bu talabga: “ Sint ut sunt,ociit pop ѕint” (“Borlari shunday turaveradi yoki butunlay boʻlmaydi”) deb javob qaytarildi.

Fransiyaning Dalamber, Volter va boshqa “maʼrifatparvarlar” boshliq ilgʻor jamoatchiligi iyezuitlarni qutqazib qolishga uringan klerikallarga qarshi kurash boshladi. Nihoyat, 1764 yilning noyabrida korol farmoni bilan Parij parlamentiiing Fransiyadagi “Iso jamiyati”ni tugatish haqidagi qarori tasdiqlandi.

Bundan soʻng iyezuitlar ordeni Ispaniya va Neapolda (1767), undan keyingi yilda esa papa hokimiyatining sobiq yerlari – Parma va Pyachenseda ham taqiqlandi. Papa hokimiyati umumiy norozilik toʻlqiniga qaramay iyezuitlarni himoya qilaverdi. Lekin 1773 yilda papa hokimiyati Yevropadagi umum ilgʻor jamoatchilikning va ularni quvvatlab chiqqan koʻpgina hukumatlarning qatʼiy talabiga qarshilik koʻrsata olmadi. Papa Kliment XIV “Iso jamiyati”ni «tag-tomiri bilan» tugatish haqidagi farmonga imzo chekishga majbur boʻldi. Bu farmonga binoan ordenning hamma mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinishi kerak edi. Iezuitlar behisob boyliklarni oʻz qoʻllariga toʻplab olganliklari maʼlum boʻlib qoldi. Ularning har yilgi daromadi Ispaniyada 2,5 million frank, Portugaliyada 4 million frankdan ortiq, Italiyada qariyb 8 million frank, Polshada 3 million frank edi va hokazo. Ordenning koʻchmas mulki juda koʻp edi, bu mulklar щm ayrim davlatlar ixtiyoriga oʻtdi.

Lekin ordenning tugatilishi iyezuitlarning oʻzi yoʻq boʻldi degan soʻz emas edi. Ular oʻzlarini panaga olib, yashirinchasiga ishlay boshladilar, yarim diniy tusdagi turli tashkilotlarga suqilib kirib, “yaxshi kunlar”ni kutib yashayverdilar. Shu maqsad bilan iyezuitlar XVIII asrda tuzilgan redemptoristlar ordenidan (uni taʼsis etgan Alfons Liguori katolik cherkovi tomonidan “avliyo” deb eʼlon qilingan edi), passionistlar ordenidan, illyuminatlar ordenidan hamda Yevropaning bir qancha mamlakatlarida oʻtaketgan reaksion rol oʻynagan rozenkreyserlarning yashirin mazhabidan foydalandilar.

Iezuitlar ordenining tugatilishi – bu feodal munosabatlarning chirishi va kapitalistik ishlab chiqarish usuli ning rivojlanishi natijasida XVIII asrda Yevropadagi koʻpchilik mamlakatlarda vujudga kelgan ijtimoiy kuchlardagi yangi nisbatning ifodasi edi. Feodalizmni koʻp asrlar davomida ulugʻlab kelgan, u bilan bir tan-bir jon boʻlib qoʻshilib ketgan katolik cherkovi oʻzining hukmron maʼnaviy kuch sifatidagi mavqeini muqarrar suratda qoʻldan boy berishi kerak edi. Biroq papa hokimiyati bu protsesslarga qattiq qarshilik koʻrsatdi, jaholat va xurofotni hamda diniy adovatlarni kuchaytirib, Gʻarbiy Yevropa xalqlarining aqliy faoliyatiga kontrollik qilishni saqlash uchun kurash olib borishga urindi4.

Papa inkvizitsiyasi oʻz faoliyatini kuchayInkvizitsiya

tirib yubordi. U olimlarni taʼqib etar: eng yaxshi kitoblarni yoʻq qilar, ularni necha martalab qayta nashr etilgan va “Taqiqlangan kitoblar roʻyxati” deb atalgan qora roʻyxatga kiritar, “dinning pokligi uchun” degan munofiqona shior ostida begunoh kishilarni tiriklay oʻtda kuydirar edi.

Inkvizitsiya ayniqsa Ispaniyada quturib ketgan va davlat hokimiyatining qonli quroliga aylangan edi. U yerda davlat ymaldorlariga yoqmagan oʻnlarcha progressiv arboblar inkvizitsiya qurbonlari buldilar. Polshadagi inkvizitsiya ham hukmron tӯdaning ana shunday quroliga aylandi. Ajoyib belorus-litva faylasufi — ateisti Kazimir Lishchinskiy inkvizitsiya yordami bilan vahshiyona jazolanib, 1689 yilda Varshava da olovga tashlab kuydirildi. 1724 yilda Torun shaxrida inkvizitorlarning gʻiybatchiligi bilan “qonli qirgʻin” uyushtirilib, unda koʻpgina “yeretik” — protestantlar halok boʻldilar.

Fransiyada mudhish inkvizitsiya protsesslari butun xVIII asrda toʻxtovsiz davom etdi. Tuluzalik savdogar Jon Kalasning, oʻz oʻglini oʻldirdi, degan tuhmat bilan sud qilinib, 1762 yilda charxpalakda qiynab oʻldirilishi, yosh yigit dela Barrning diniy marosim oldida boshidan shlyapasini olmagaplikda ayblanib, 1766 yilda tiriklay oʻtda kuydirilishi, odam oʻldirdi, degan nohaq ayb bilan Monbal va uning xotinini olovda kuydirishga hukm etilishi va yana boshqa bir qancha kishilarning inkvizitsiya qurboni boʻlishi ilgʻor jamoatchilikni yoppasiga harakatga keltirdi, bu ilgʻor jamoatchilikka Volter boshchilik qilib, „Ecrasez Lʻinfame!“ (“Gazandani yanchibtashlangiz!”) degan shiorni maydonga otdi.

Inkvizitsiya tomonidan avj oldirilgan vahshiyona fanatizm “jodugarlar”ni ommaviy ravishda taʼqib qilishda namoyon boʻldi, bu taʼqiblar XVII – XVIII asrlarda koʻp mamlakatlarda, ham katolik mazhabidagi va ham protestant mazhabidagi mamlakatlarda keng tarqalgan dahshatli hodisa tusiga kirdi. Yuzlab va minglab kishini, koʻpincha xotin-qizlarni nohaq ravishda jodugarlik va sehrgarlikda ayblab, aksari vaqtda ularni haddan tashqari qiynoqqa solib, “ayblari”ga iqror qilar va gulxanlarda tiriklayin kuydirar edilar. “Jodugarlarni ovlash” Yevropa mamlakatlaridan tashqariga ham yoyildi. 1692 yilda Salem shaxrida (hozir bu shahar AQSHda) “Salem sehrgarlari” fojiasi yuz berdi. Yuzlab xotinlar sehrgarlikda ayblanib, dahshatli qiynoqlarga solindi, 19 ta ayol dorga osildi. Biroq bular vahshiyona jazo choralarining soʻnggisi emas edi, mutaassib ruhoniylarning va cherkovning quvvatlashi bilan bunday yovuzliklar keyinchalik ham qilindi.

Protestantizm Vestfaliya sulhiga biProtestantizmning noan impe Piya yerlarida „siјuѕ reg-io, mustahkamlanishi

ejuѕ religio” formulasi asosida umumiisiyosiy jihatdan eʼtirof qilingandan soʻng XVII asrda Gʻarbiy Yevropaning bir qancha mamlaktalarida mustahkam joylashib oldi va uning lyuteranlik, kalvinizm va angliganlik deb atalgan uchta asosiy turi bor edi: lyuteranlik Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Brandenburg — Prussiya, Saksoniyada va Germaniyaning boshqa bir qancha shimoliy va markaziy oʻlkalarida, kalvinizm Niderlandiya, Shveysariyada, anglikanlik Angliya va Shotlandiyada tarqalgan edi.

Protestantizm Fransiya, Avstriya va Polshada XVII asr davomida siqib qoʻyilgan edi va undan keyin ham ubu mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻldi. Fransiyada Nant farmoni bekor qilinganidan (1685) soʻng gugenotlarning koʻpchilik qismi jabratan yo katolik diniga kirishga, yoki oʻz vatanidan boshqa joylarga (aksarisi Prussiya, Gollandiya va Angliyaga) koʻchib ketishga majbur boʻldi. Qattiq taʼqib qilinishiga qaramay, gugenotlarning anchagina qismi (1760 yilda butun Fransiyada 600 ming gugenot qolgan edi) oʻz otabobolarining traditsiyalariga sodiq boʻlib qolaverdi va to fransuz revolyutsiyasigacha yarim yashirin holda yashab keldi. Avstriya va Polshadagi protestantlar qonli taʼqiblarga duchor qilindi, XVII asrda iyezuitlar bu mamlakatlarda juda hukmron boʻlib olib, protestantlarni bir necha marta koʻplab qirib tashladilar.

Lyuteranlik Brandenburg — Prussiyada va Skandinaviya mamlakatlarida alohida ahamiyat qozondi, davlat dini tusini oldi.

XVII asrda kalvinizm oʻz amr-farmonlaridagi dastlabki qattiq talablarini yumshatdi. Bu hol Shveysariyada kalvinizmning uzil-kesil qaror topishiga yordam berdi. Gollandiya - da esa kalvinizmdan arminianlar (remonstrantlar) mazhabi ajralib chiqdi.

XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida Germaniyada lyuteran piyetizmi tarqaldi, u oʻrzu-havasga berilmaslikni, oʻyin-kulgilardan (raqs, muzika, teatr, karta oʻyini va hokazolardan voz kechishni talab qilardi, “dinga dilda ishonishni” (din dindorning ichki maʼnaviy ishi, u koʻz-koʻz qilishlarga muhtoj emas), “haqiqiy” dindorlikni, diyonatli, xudoruy boʻlishni va savobi shlar qilishni va hokazolarni targʻib qildi. Piyetizmning asosiy namoyandalari Shpener va Franke bulib, bular Germaniyada va undan tashqarida piyetistlarning juda koʻp jamoalarini tuzdilar va bu harakatni ancha aktivlashtirdilar. Shpener va Frankening muxlislari oʻz muxoliflari Xristian Tomazius, Xristian Volf va boshqa shular singari mashhur faylasuflar bilan qattiq bahs-munozara olib bordilar.

Guschilar traditsiyasini davom ettirgan, “Bogemiyalik brodarlar” nomli mazhab bilan qoʻshilib ketgan piyetizmning oʻziga xos tarmogi XVIII asrda paydo boʻlgan gernguterlar jamoalari (repnguter Saksoniyadagi bir joyning nomi “gernguterlar” soʻzi oʻsha joy nomidan kelib chiqqan edi. Bu jamoalarda tarki dunyo qilish, xotin olmaslik va erga chiqmas lik, itoat-ibodatda boʻlish va zaxmat chekish targʻib qilinardi. Lekin ternguterlar protestantizmning “dinga eʼtiqod qilishning oʻzi bilan gunohlarni yuvish” degan taʼlimotini rad qilar, zohirda ham taqvodor boʻlishni talab etar edilar. Ular oʻz cherkov tashkilotlarini — iyerarxiyani (presviterlik, yepiskoplik lavozimlarini) tuzdilar va Yevropaning koʻp mamlakatlariga (shu jumladan, Rossiyaga) hamda Afrikaga oʻz taʼlimotlarini yoydilar.

Buyuk Britaniyada protestantizm alohida yoʻl bilan rivojlandi. “Vijdon erkinligi haqidagi deklaratsiya” (1687) va “Din erkinligi toʻgʻrisidagi farmon” (1689) chiqarilgandan keyin, sanoat va texnika sohasidagi revolyutsiyaning gurullab rivojlanishi, ratsionalistik asoslari “gʻayri tabiiy kuchlar”ga ishonishni tobora yoʻq qilib, ommaga singib kirayotgan ilmiy bilimlarning oʻsishi bilan bu mamlakat aholisining dinga ishonchi umuman yoʻqolayotganligi koʻzga tashlana boshladi (Volter Angliyani “dunyoda eng dinsiz mamlakat” deb atagan edi). Keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar natijasida cherkovda ham ajralish yuz berdi, anglikanlik cherkovidan uch xil cherkov paydo boʻldi, bular: siyosatda “tori” bilan bogʻlanuran,, diniy jihatdan esa boryoʻgʻi faqat papa hokimiyatini inkor etishi bilangina katolizmdan farq qiladigan - “Oliy cherkov” (“high church”); “vigilar” bilan bogʻlangan va puritanlik traditsiyalariga hamon maʼlum darajada amal qiluvchi mayda burjuaziya orasidan oʻziga muxlislar toʻplagan “quyi cherkov” (“low church”); muxlislari orasida oʻz mazhabdoshlarining dinva cherkov haqidagi tushunchalariga taʼsir koʻrsatib, koʻpincha ularning dindan hafsalasini sovituvchi ratsionalistik elementlarning kuchaygani tobora koʻproq ayon boʻlgan “keng cherkov” (“broad church”)dir.

Lekin Angliya taxti qӯli ostidagi mamlakatlarda butun XVIII asr mobaynida Angliya “Dissenterlar” yoki “nonkonformistlar”, deb atalgan katoliklarni, puritanlarni va baʼzi bir mazhablarni (“unitariyalar”, “kvakerlar” va boshqalarni) taʼqib etish davom etaverdi., chunki “Din erkinligi toʻgʻrisidagi akt” ularga joriy qilinmagan edi.

Angliyada dinga ishonish umuman kamaygan boʻlishiga qaramay, aholining baʼzi tabaqalari orasida bir qancha mistik va yashirin (okkult) mazhablar: oʻz tarafdorlarini asosan aristokratlar va yuqori darajali intelligentlar orasidan toʻplagan frankmasonlar (“erkin toshteruvchilar”) mazhabi; oʻz taʼlimotini avval Oksford universiteti studentlari orasida targʻib qilish bilan ish boshlagan metodistlar mazhabi; kalvinistlarning baʼzi traditsiyalarini jonlantirgan va asosan shahar mayda burjuaziyasi orasida ish olib borgan baptistlar mazhabi kabi mistik va yashirin mazhablar yuzaga keldi.

Burjua ideologiyasining va ratsionalizm Ijtimoiy-siyesii hamda empirizm bilan sugʻorilgan yangi xayotning “sekulyarizatsiya qilinishi fanning rivojlanishi ijtimoiy-siyesii

va davlat hayotining va ijtimoiy ongning «sekulyarizatsiya”si bilan birga bordi. Boshqacha qilib aytganda, cherkovning, ruhoniylarning, diniy ideologiyaning taʼsiri tobora kamaydi. Bunga klerikalizm reaksion rolining fosh qilinishi va papa hokimiyati obrӯyining ancha pasayib ketishi ham yordam berdi.

Falsafa (Angliyada Gobbs va Lokk, Fransiyada Dekart va Monteskye, Gollandiyada Spinoza, Germaniyada Leybnis va Xristian Volf), huquq va birinchi galda tabiiyot ilmi aqidalardan ozod boʻldi. Davlat haqidagi ideyalarning teologiyadan xoli rivojlanishi katta ahamiyat qozondi, axloqni yangicha tushunish paydo boʻldi, yaxshilik “gunohlarni yuvish” maqsadidagina cherkov amr-farmonlarini bajo keltirish boʻlmay, balki insoniyatning umumiy baxt-saodati» va taraqqiysi uchun intilishdir, – degan yangi axloqiy tushuncha paydo boʻldi, insoniyatning “umumiy baxt-saodati” va taraqqiysi tobora koʻproq “aqlning hukmronligi” deb tushunila boshlandi.

Dunyoviy maktablar koʻpaya boshladi, bu maktablar cherkov taʼsiridan qutulmagan boʻlsa-da, lekin ular oʻqitishning mazmuni va metodlari jihatidan oʻzidan oldingi oʻlik sxolastik taʼlim maktablaridan koʻp yuqori turar edi. Bir qancha mamlakatlarda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi- Fan, avvalo tabiiyot ilmi yangi metod va prinsiplarni oʻzlashtiradi, hodisalarning oʻzaro sabab va oqibat kategoriyalari bilan bogʻlanishlarini ratsionalistik tushunishga asoslanadi va oʻz vazifalarini kuzatish hamda eksperiment qilish yoʻli bilan hal kila boshlaydi.

XVII – XVIII asr ilmiy fikr tarixida yuz bergan eng muhim voqea unda materialistik asoslarning kuchli suratda rivojlanishi boʻldi, bu materialistik asoslar bir qancha ajoyib mutafakkirlar (Gobbs, Gassendi, Spinoza, Lokk, Toland, Didro, Dalamber va boshqalar) ning falsafiy taʼlimotlarida oʻzining rang-barang ifodasini topdi.

Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua revolyutsiyalarining oʻsishi sharoitida rivojlangan materialistik fikr diniy ideyalarning obroʻyini tushirib yubordi, di? niy eʼtiqodlarga raxna soldi. Ammo, shundayligiga qaramay, uning oʻzi cheklangan va subutsiz edi. U mexanistik materializm formasida maydonga chiqar edi, koʻp hollarda ayniqsa ijtimoiy masalalarda, idealistik tasavvurlar bilan oʻziga xos ravishda qoʻshilib ketgan boʻlar edi. U davrdagi falsafiy sistemalar materialistik va ratsionalistik negizlarga asoslanganligiga qaramay koʻpincha diniy ideyalardan ham xoli boʻlmaganligining sababi ana shunda.

Yangi, “sekulyarizatsiyalashgan” ideyalarning tarqalishi hayotning boshqa sohalarida ham cherkov taʼsirini ancha kamaytirishga olib keldi: bir qancha mamlakatlarda monastirlarning soni ozaydi va ularning “faoliyati”ni tartibga soluvchi qonunlar chiqarildi, cherkov sudlari va inkvizitsiyalarning huquqi va vakolati cheklab qoʻyildi, ruhoniylar senzurasi oʻrniga davlat senzurasi joriy qilindi va hokazo.

Cherkovning obroʻyi juda tushib ketishi, iyezuitlarning nafratga qolishn, klerikalizmning reaksion roli fosh qilinishi va ikkinchi tomondan, ilmiy bilimlarning oshib borishi hamda ideologiyaning diniy taʼsirlardan xalos boʻlishi koʻp mamlakatlarda erkin fikrlilik va antiklermkalizmning yoyilishiga yordam berdi. Spinoza, Toland, Kollinz, Pyer Beyl singari ilgʻor mutafakkiryaar ateizm pozitsiyasiga oʻtdilar, lekin ular oʻz ateistik qarashlarini goho diniy ifodalar bilan pardali qilib bayon etishga majbur boʻlardilar. Baʼzi burjua ideologlari falsafiy masalalarda ateistik xulosalarga kelsalar ham, lekin dinni xalqni tutib turadigan “Ijtimoiy tizgin” deb himoya qilar edilar (Tomas Gobbs va -boshqalar).

Ingliz va fransuz “maʼrifatparvarlari” jaholatparastlikka va diniy taassublarga qattiq zarbalar berdilar.

Xalq orasida erkin fikr qiluvchi kishilar koʻpaydi, dindan qaytish keng miqyosda, ayniqsa yirik shaharlarda, kuchaydi. Klerikalizma qarshi yozilgan pamfletlar, kӯchma varaqa* lar, karrikaturalar koʻpchilik tomonidan sevib oʻqildi.

XVIII asrda cherkov kuch-qudratining yemirilishi, ommadagi dindorlikning kamayishi aql-idrokning diniy taassub ustidan, ilm-maʼrifatning bidʼat-xurofot ustidan, progressning reaksiya ustidan qozongan dastlabki talabalari edi. Bu protsesslar feodalizmning ideologik jihatdan qurolsizlantirilganligini koʻrsatardi, ular buyuk siyosiy janglarning boshlanishi edi.

Garchi XV asr oxirlaridan boshlab Pravoslaviye voslaviye (grek-pravoslaviye) cherkovining cherkovi

taʼsir markazi Moskva davlati hamda boshqa rus va ukrain yerlari boʻlib qolgan boʻlsa ham, lekin pravoslaviye cherkovi Bolqon yarim orolida ham, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Yevropaning Turkiyaga tobe mamlakatlarida ham oʻz xalqaro ahamiyatini qisman saqlab turar edi. Barcha dinlarga erkinlik berib qoʻygan boʻlsa ham, lekin gayri musulmonlarga katta soliqlar solgan turklarning soliq siyosati natijasida koʻpgina xristianlar oʻz dinidan chiqib islom diniga kirdi. Ammo har holda Usmon imperiyasida xristian aholi anchagina sonni tashkil etar va milliy ozodlik kurashi koʻp vaqt diniy shiorlar ostida borar edi. Toʻrt grek-pravoslaviye patriarxligi – Iskandariya, Antioxiya, Quddus patriarxliklari va ularga boshchilik qilgan “butun dunyo” Istambul patriarxligi ham yashashini davom ettiraverdi. Lekin bularning taʼsiri koʻpincha faqat mahalliy cherkovlarga oʻtar edi. Pravoslavlarning ziyoratgoh joylari, ayniqsa Afon togʻlari va unda qurilgan monastirlargina maʼlum darajada pravoslaviye cherkovining xalqaro markazi boʻlib xizmat qildi

Grek-pravoslaviye cherkovining “qadimgi taqvodorligi” haddan tashqari eskirib turgʻunlikka tushib qolganligi Usmon imperiyasida yashovchi mazlum xalqlar – slavyan xalqlari, greklar, armanlar, gruzinlarning ijtimoiy fikridagi ilgʻor tendensiyalarni boʻlib turar va ularning rivojlanishita xalal berar edi. Bu turgʻunlik Yevropaning boshqa bir rayonidagi — vujudga kelgan tarixiy sharoitlar natijasida ukrainlar va beloruslar oʻz ota-bobolarining qadimgi dini uchun kurashni milliy ozodlik uchun kurash simvoli, polyak feodallariga va katolik cherkoviga qarshi kurash simvoli qilib olgan koʻp millatli Polsha-Litva davlatidagi xalqlarning madaniy taraqqiyotida ham oʻz izini qoldirdi. 1596 yildayoq katolitsizm Beret uniyasi deb atalgan uniya vositasi bilan turli cherkovlarni bir-biriga qoʻshib yuborishga urindi. “Uniyachilar”ga va katoliklarga qarshi kurash ukrain xalqini milliy jihatdan jipelashtirish harakatida pravoslaviye ruhoniylariga uzoq vaqt maʼlum darajada obrӯ gtugʻdirib bordi, pravoslaviye diniy maktablari, seminarlari va jamiyatlari esa uzoq muddatgacha cherkov dogmatizmi, jaholatparastligi ruhi bilan sugʻorilgan taʼlim-tarbiya va kitob bosish ishlarining asosiy oʻchogʻi boʻlib qoldi.

Mustahkamlanib borayotgan podsho hokimiyatiga tayanchlik xizmatini bajarib, rus pravoslaviye cherkovi oʻz navbatida uning yordami bilan oʻz iqtisodiy pozitsiyalarini mustahkamlab olishga va oʻz taʼsirini kuchaytirishga intildi. Patriarx Nikon oʻzi ni “ulugʻ podsho” deb atab, hatto cherkovga dunyoviy hokimiyatni boʻysundirmoqchi boʻldi, podsho yoʻqligida uning oʻrnida vaqtincha turib, mamlakatni boshqarishga aktiv aralashdi.

Nikonning ibodat kitoblariga tuzatishlar kiritishi podsho hokimiyatining kuchayishiga qarshi chiqqan boyarlar oʻrtasidagi eski cherkov urf-odatlari tarafdorlarining va patriarx tomonidan boʻlgan oʻzboshimchaliklardan zorlangan ruhoniylarning hamda krepostnoychilik zulmi ostida jafo chekkan dehqonlardan bir qismining ochiqdan-ochiq norozilik bildirishga bahona boʻldi. Cherkovni “raskol” harakati qattiq larzaga soldi. Eng mutaassib raskolniklar koʻplab oʻrmonlarga chiqib ketib, yaqinda qiyomat qoim boʻladi, xudo qozi boʻlib, gunohkor bandalarini jazolaydi, deb vaʼz qildilar. Raskolniklar quvgʻin qilindi, koʻplari dorga osildi, shu jumladan, mamlakatning eng katta voizlaridan biri boʻlgan protopop Avvakum ham qatl etildi.

Lekin Nikonning diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatdan yuqori qoʻyishga intilishi (ruhoniylar podsholardan yuqori turishi kerak, — deyardi) uning podsho bilan aloqasining uzilishiga va patriarx ustidan sud qilinishiga olib keldi.

Oliy martabali ruhoniylarning 1667 yilgi yigʻiniga sharqiy mamlakatlardagi patriarxlar kelishdi va Nikonga pravoslaviye cherkovining toʻrtta patriarxi nomidan hukm chiqarildi.

Nikonning islohotlari va uning sud qilinishi munosabati bilan 1665 va 1667 yillarda Moskvada sharqiy mamlakatlarning patriarxlari ishtirokida yigʻin oʻtkazildi. XVII asrda Moskva amalda pravoslaviye cherkovining jahon miqyosidagi markaziga aylana boshladi.

Podsho hokimiyatining yangi oʻlkalar va xalqlarini: Oka orti mordvalarini, Kozon tatarlarini, Sibirda Toboldan to Amurgacha boʻlgan yerlarda yashovchi qabilalarni oʻziga boʻysundirib olishida rus cherkovi tomonidan berilgan madad ham rus cherkovi rolining mustahkamlanishiga yordam berdi. XVII asr boshlarida pravoslaviye missiyasi hatto Pekinda ham oʻrnashib oldi. Cherkov podshoning faqat sharqda emas, balki Kavkazda ham olib borgan istilochilik siyosatining quroli boʻlib xizmat qildi. XVII asr oxirida pravoslaviye dinini himoya qilish bahonasi bilan Gruziyaning yana bir qancha oblastlari Rossiyaga qoʻshib olindi.

XVII asrda Rossiyaning gʻarbida va janubi-gʻarbida bir tomondan, pravoslaviye cherkovi va, ikkinchi tomondan, Rimkatolik hamda uniyachilar cherkovi oʻrtasida ayniqsa qattiq kurashlar boshlanib ketdi. Katolitsizmning diniy-siyosiy ekspansiyasiga qarshi ish olib borish uchun 1594 yildayoq Kiyevda pravoslaviye oliy aqoid maktabi ochildi, ammo bu maktab katolik Rim kollegiyalari nusxasida tashkil topganligidan yuqori martabali cherkov-siyosiy doiralari unga ishonchsizlik bilan qaradilar. Shuning uchun XVII asr oxirida Moskva da diniy akademiya ochildi, unda rus va grek kitobshunoslari pravoslaviye aqond ilmining asosiy markazini tashkil qildilar. XVIII asr boshlarida Moskva akademiyasiga oʻxshash boshqa diniy maktablar Rostov, Novgorod, Chernigovda ham paydo boʻldi. Pravoslaviye cherkovi katolitsizmning Rossiyadagi ekspansiyasiga qarshi dunyoviy hokimiyat yordamida udam kurash olib bordi, Moskvada joylashib olgan iyezuitlarni u yerdan chiqartirib yubordi, uniyachilarga yoki katoliklarga bosh ekkan ruhoniylarni uzoq joylardagi monastirlarga surgun qildi va unvonidan mahrum etdi

Shu bilan bir vaqtda pravoslaviye cherkovi protestantizmga qarshi kurash olib bordi, chunki protestantizm namoyandalari ham Rossiyaga kelar va bu yerda oʻz dinlarini tarqatishga urinar edilar. Protestant mutaassiblaridan biri, oʻzini paygʻambar, xudo farzandining farzandi deb atagan mistik Kvirin Kulman pravoslaviye aholisi oʻrtasida protestantizmni targʻib qilgani uchun tutib olinib, oʻz muxlisi Moskva savdogari nemis Norderman bilan birga 1689 yilda oʻtda kuydirildi.

XVIII asrda pravoslaviye cherkovi tamomila davlat muassasasiga, chor samoderjaviyesi quroliga aylandi. 1700 yilda, yaʼni patriarx Adrian vafotidan keyinroq Rossiyadagi patri• arxliklar yashashdan toʻxtadi. Dastlab Pyotr Іning farmoni bilan “patriarx taxtining noziri” tayinlandi, 1720 yilda esa cherkov idorasining reforma qilinishi eʼlon etildi. Cherkovni idora qilish oliy huquqi patriarx oʻrniga “oliy hokimiyati muborak Sinod”ga topshirildi, bu Sinodni esa haqiqatda podsho amaldori — ober-prokuror, yaʼni podshoning koʻzi va davlat ishlarining mutasaddisi» idora qilardi.

Rus pravoslaviye cherkovining xalqaro ahamiyatini yana bir karra taʼkidlamoqchi boʻlib, Pyotr I sharqiy patriarxlarga tegishli xat bilan murojaat qilganidan keyin ular Sinodning tuzilganini tasdiqladilar.

Pyotr I tomonidan oʻtkazilgan va soʻngra uning vorislari davrida, ayniqsa Yekaterina II davrida rivojlantirilgan cherkov reformalari cherkovni davlat hokimiyatiga boʻysuidirish va uni “pravoslaviye dini mahkamasiga” aylantirishgine emas, balki cherkovning iqtisodiy kuch-quvvatidan pomeshchik tuzumini mustahkamlash va mamlakatda savdo-sotiq ishlarini avj oldirish uchun foydalanishni ham oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi. Ikkinchi tomondan, cherkovga politsiyachilik funksiyalari yuklangan edi, bu funksiyalar tamomila uni samoderjaviye-krepostniklik rejimiga xizmat qiluvchi davlat apparatining bir qismiga aylantirdi.

3. Puritanlatr harakati va uning oqibatlari .

XVI asrning oxirlari XVII asr boshlarida Angliyada Puritanlar ( lotincha purust- so’zidan olingan) harakati deb nomlangan diniy , siyosiy oqim vujudga keldi. Bu oqim mustahkamlangan burjua tabaqasining absolutizm siyosatidan noroziligini aks ettiruvchi kuch edi . Dastlab puritanlar deb anglikan cherkovining tarafdorlarini ya’ni ularning bu cherkovni katolik sarqitlaridan tozalash uchun kurashib kelgan qismini aytishgan . Puritanlik harakati Angliyaga chetdan kirgan diniy ta’limot bo’lib , u Shvetsariyadagi kalvinizm harakatiga to’g’ri keladi. Ular cherkovni davlatdan alohida qilmoqchi edilar. Tez orada ularning soni ko’payib ketdi. Puritanlarning asosiy qismi tug’ilib kelayotgan burjuaziya vakillari edilar va ularning ko’pchiligi fa’oliyat doirasi yuzasidan kalvinizm g’oyalari kebg tarqalgan shahar va mamlakatlarda bo’lishib shu g’oya ta’siriga tushgan kishilar edilar. Asta –sekin ular o’zlarining Anglikan cherkovidan alohida cherkov jamoalarini tuza boshladilar, ya’ni ular din sohasida o’zlarini mustaqil qilishga kirishdilar. Tug’ilib kelayotgan burjuaziya cherkovini kalvinlashtirish tarafdori edi. Ular kalvinizmni Angliya parlamenti davlatida tan oldirishga o’rindi. 1570-yillarga kelib shu muammo yuzasidan parlament majlisidan cherkovga tegishli maxsus qaror qabuk qilindi. Unga muvofiq Angliya chertkovi ruhoniylari davlat xizmatchilari qatori qirolichaga bo’ysunishi kerak edi. Bundan foydalangan Elizavetta I cherkovni isloh qilishga intilayotgan protestantlar va kalvinistlarga qarshi maxsus komissiya tuzdi. Komissiya cherkovlarni tekshirish bilan shug’illandi. Komissiya a’zolari ko’p joylarda o’z vakolatlarini kuchaytirib yuborganliklari sababli ko’plab obro’li va mashhur ruhoniylar o’z unvonlarida voz kechishib yangi diniy oqimni targ’ib qilish bilan shug’illanuvchi oddiy ruhoniylik bilan shug’illandilar . 1573- yilda protestantlar parlament kengashida ochiq norozilik qildilar. Ular qirolichadan Angliya cherkovlarida katolik- prust odatlarining to’liq tugatilishini so’radialar. Tarixchilarning yozishicha xyddi shu yili ingliz tendorlari ichidagi anhlikan cherkovi urf-odatlariga bo’ysunmaganlar PURITANLAR nomini olgan. Dastlabki vaqtlarda puritanlar anglikan cherkovining zaifligidan foydalanib , o’z fa’oliyatlarini yanada kuchaytirdilar, cherkovni isloh qilishni chuqurlashtirishni tobora qat’iy talab qila boshladilar va qirol tomonidan tuzilgan oliy komissiyaga bo’ysunmay qo’ydialr. 1577-yildan boshlab anglikan cherkovi puritanlarga qarshi kurashni boshlab yubordi. Qirol hokimiyatining bevosita yordami bilan cherkov o’zining obro’siga putur yetkazadigan kitoblarni bosib chiqarishni ta’qiqlovchi qaror qabul qildi.

Shundan boshlab puritanlarni xuddi katoliklar singari ta’qib qilish kuchaydi. Sababi , kalvinizm g’oyasiga yaqin bo’lgan puritanlarning cherkovda hukmron bo’lishi mamlakatda davlatni boshqarishda demokratik va respublikachilik prinsiplariga tayangan tarkiblarini joriy qilishga olib kelishi mumkin edi. Bu esa qirollik hukumati uchun juda kata xavf edi. Puritanlarga qarshi kurash Angliyada ancha uzoq davom etdi. Shunday qilib, XVII asrda va XVII asrning birinchi yarmida Tyudorlar davri uzoq ijtimoiy munosabatlar keskinlashgan davrni boshdan kechirdi. Bu davrdagi eng yirik ijtimoiy-siyosiy va diniy ahamiyatga ega bo’lgan o’zgarish cherkovning yuqoridan turib isloh qilishi va uning milliy , ya’ni anglikan cherkoviga aylanishi bo’ldi. Reformatsiya davomida Angliya Fransiyani xonavayron qilgan < diniy urushlar> ga nisbatan kamroq jabr ko’rdi. Sababi, Angliyada monarxiya kuchliroq , diniy fanatizm esa zaifroq edi. Ammo, Angliyada ham Tyudorlar reformatsiyasi qurbonsiz va zo’ravonliksiz o’tgan emas . Bunga o’rta asr Angliya yirik davlat , cherkov madaniyat arboblari Tomas Mou, Tomas Krommer va boshqalarning taqdiri guvohdir .

XULOSA

Xulosa qilib aytganda , XVI asr o’rtalari va XVII asr davri oralig’ida Yevropa mamlakatlarida katolik cherkovi va papaning ta’siri ancha susayganligini ko’rish mumkin. Tarixdan bizga ma’lumki Yevropa mamlakatlarining asosiy qismini Rim papasi Italiya ( hozirgi Vatikan) da turib boshqarar edi. O’sha davrda insonlar ruhoniylar va rim papasini deb hisoblagan.

Tarixda deb nom olgan bu urushning sababchisi ham papa hisoblanadi. Papa Urban II 1095- yilda so’zlagan nutqida < insonlarni Iso qabrini obod etishga da’vat etadi>. Evaziga esa urushga qatnashgan odamlarning gunohidan kechishni xudodan surashga vada beradi va urushga da’vat etadi. Shu tariqa Yevropa mamlakatarida cherkovning ahamiyati insonlar hayotida asosiy rol o’ynay boshladi. Xristianlik dining muqaddas kitobi bo’lmish Injilni ruhoniylar hamda papadan boshqa hechkim o’qiy olmasdi. Natijada diniy va dunyoviy tarafdorlar o’rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Misol uchun XIII asrning boshlarida Chexiyada yashab ijod etgan Yangus ismli ma’rifatparvar papa hokimiyatidan Injilni chex tiliga tarjima qiladi. Ular o’rtasidagi ziddiyat uzoq vaqt davom etdi va natijada Yangusni qamoqqa oldi va o’lim jazosiga mahkum etdi. Yangus vafotidan so’ng , uning ta’limotini shogirdlari davom ettirdilar. Bu harakat papalik va Yevropa tarixida < guschilar harakati> nomi bilan qoldi. Vaqtlar o’tishi bilan papa hokimiyati tobora kuchayib ketadi. O’sha davrda ijod etgan marifatparvarlar o’zining norozilik kayfiyatini ochiqdan –ochiq aytolmasdan asarlari orqali ifoda etgan. XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida Yevropda Reformatsiya cherkovni qayta qurish uchun kurash bayrog’I ostida o’tdi. Yevropa mamlakatlarini jamiyatining barcha qatlamlarini qamrab oldi. XVII asr o’rtalaridan to XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davrda cherkovning roli va uning ahamiyati nuqtai nazaridan qaraganda quyidagi asosiy xusisiyatlar bilan ajralib turadi: bu davrda katolik cherkovining roli va papa hokimiyatining xalqaro ta’siri ancha pasayib ketdi. Katolizm oqimidan ajralib chiqqan protestantizm Yevropaning qator mamalakatlarida katolizmni siqib chiqardi. Yevropa tarixida Vestfaliya sulhi papa Innokentiy X ning xohishiga va manfaatiga xilof ravishda tuzilgan edi. Vestfaliya sulhi feodal reaksiyasining siyosiy tayanchi bo’lgan Gabusburglar imperiyasining tarixiy mag’lubiyatini bildirdi, Gabusburglar imperiyasining bu mag’lubiyati bilan birga papa hokimiyati ham mag’lubiyatga uchradi va shu davrdan boshlab u o’zining oldingi xalqaro ta’sirini yo’qotdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. O’rta asrlarda Angliya. O’quv majmua. T. 2003

  2. Yangi tarix B.F Porshnev. S.D Skazkin T.1967



1 O’rta asrlarda Angliya. O’quv majmua. T. 2003

2 O’rta asrlarda Angliya. O’quv majmua. T. 2003

3 Yangi tarix B.F Porshnev. S.D Skazkin T.1967

4 Yangi tarix B.F Porshnev. S.D Skazkin T.1967

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish