O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAHSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
NAMANGAN VILOYATI NAMANGAN SANOAT KASB-HUNAR KOLLEJI
“AVTOTRANSPORTLAR” BO’LIMI
MAXSUS FAN O’QITUVCHISI
SARKAROVA ZARIFANING
AVTOMOBILLAR ELEKTR JIHOZLARI FANIDAN
MAVZU: AVTOMOBILLARNING ELEKTR JIXOZLAR UMUMIY SXEMALARI
OCHIQ DARS
2018 - yil
Annotatsiya
Ochiq dars ____ varaq tushintirish yozuvi iborat bo`lib, qirish, tashkiliy qism, asosiy qism, hulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat iborat.
Ochiq dars mavzusi “Avtomobil elektr jihozlari” interfaol usuldan foydalaniladi.
Ochiq darsni tashkiliy qismida kasb hunar kollejida Avtomobil elektr jihozlari taminoti tizimiga texnik xizmat ko’rsatish mavzusini o`qitishning bugungi kun holati keltirilgan. Asosiy qismida fanni tavsifi, fanlararo bog`lanishlar mavzuning uslubiy va tehnik ta`minoti an`anaviy dars o`tishni qisqacha bayoni, fanni o`qitishda interfaol usullardan foydalanish, interfaol usullarni joriy etishda bilim olishning intelektual resurslarini qo`llash, dars materiali berilgan.
Hulosa va tavsiyalarda ochiq dars tayyorlashda olingan natijalarni kasb hunar qollejida 3-bosqich o`quvchilarga ta`lim jarayonida qo`llash va taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kirish
Istiqlolga erishgan Respublikamiz iqtisodiyotini ko`tarishda asosiy tarmoqlardan biri-avtomobil transport vositalaridan unumli foydalanish va yonilg’i tejamkorligini yuqori ko`rsatqichga ko`tarishdan iborat. Buning uchun transport vositalarining ichki yonuv dvigatellarini buzilmasdan tinimsiz ishlashini ta`minlash maqsadga muvofiqdir. Bu masalani albatta yuqori malakali mutahassislar hal qiladi.
YUqori malakali mutahassislarni tayyorlash jarayonini uzluksiz takomillashtirish hozirgi davrning asosiy muammolaridan biri bo`lib hisoblanadi. O`quv jarayonida yangi pedagogik tehnologiyalarni joriy etish hisobiga mutahassislarning bilim sifatini oshirish ushbu muammolarning hal qilishning asosiy yo`nalishidir.
Interfaol metod-ta`lim jarayonida o`quvchilar hamda o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchi-larning bilimlarni o`zlashtirishini faollashtirish, shah-siy sifatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Inter-faol metodlarni qo`llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta`limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar- o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma`ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko`pligi, o`quvchilar tashab-bus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo`lib, ular ta`lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshi-rishda o`ziga hos ahamiyatga ega.
Hozirda ta`lim metodlarini takomillashtirish soha-sidagi asosiy yo`nalishlardan biri interfaol ta`lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o`qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo`llash natijasida o`quvchilar-ning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, hulosalar chiqarish, o`z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko`niq-malari shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikaliq psiholog va pedagog B.Blum bilish va emokional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nom-lanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan soha-larini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U ta-fakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
“Tasdiqlayman”
O’IB direktor o’rinbosari
_____________Sh.. Djaffarova
“______” _________20___ yil
Do'stlaringiz bilan baham: |