Avtotransportlar


Mavzu: AVTOMOBILLARNING ELEKTR JIXOZLAR UMUMIY SXEMALARI



Download 324,5 Kb.
bet11/11
Sana06.01.2022
Hajmi324,5 Kb.
#321688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ochiq dars elektr jihoz 2003 lotin

Mavzu: AVTOMOBILLARNING ELEKTR JIXOZLAR UMUMIY SXEMALARI

O‘quv moduli birliklari:

1.Avtomobillarda qo‘llaniladigan o‘chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko‘rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlari.

2.Elektr jihoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlari.

3.Past va yuqori kuchlanishli o‘tkazgich simlarning texnik tavsifnomalari.

4.Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.

Tayanch so‘z va iboralar:

1. Avtomobillarda qo‘llaniladigan o‘chirgichlar;

2. Almashlab ulagichlar;

3. Rele va boshqa jixozlar;

4. Elektr jihoz sxemasi;

4. Past va yuqori kuchlanishli o‘tkazgich simlar;

5. Avariya rejimlaridan himoya qilish usullari;

6. Rele va saqlagich bloki.

Avtomobil elektr toki bilan ta’minlash tizimi sxemasidan foydalanish usullari.

UZDAEWOO avtomobillarining har birida elektr tizimini o‘ziga xos belgilari bo‘lib, sxemasi turlichadir. Vertikal chiziqlar bilan elektr tokining ta’minoti iste’molchigacha eng qisqa yo‘l bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, bu o‘rganish va tekshirishga qulaylik yaratadi.

Sxemani o‘qishni osonlashtirish uchun akkumulyator batareyasidan keladigan o‘zgarmas tok o‘tkazgichi 30 raqamida, birinchi va ikkinchi gorizontal chiziqlar bilan berilgan.

Uchinchi va to‘rtinchi gorizontal chiziqlar 15 va 15 A raqamida belgilanib, ulanish orqali ya’ni o‘t oldirish qulfini II va III holatida tok uzatiladi. Avtomobilning yoritish tizimi esa 58 raqami bilan belgilangan, beshinchi gorizontal chiziq orqali bog‘lanadi. Elektr jihozlarining barcha elementlari shartli belgilar bilan belgilanishi qabul qilingan. Uni A35 modulda berilgan jadvaldan foydalanish mumkin. Avtomobilning elektr jihozlariga TXK da odatda tester yordamida nosozlik aniqlanib, uzilgan simlar kavsharlanib, himoyalovchi tasma bilan ishonchli qilib himoyalanadi. Tutashishlar tozalanadi va yaroqsiz lampa, rele va boshqalar almashtiriladi. Bu ishlar avtomobilning o‘zida bajariladi. Lekin nosozliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, elektr jihozlarni tekshirish uchun echib olinadi va har tomonlama tekshiriladi. Bu jarayonlar A.66, A.67, A.68, A.69, A.70, A.71 va A.72 modullarda alohida berilgan.

Endi biz oddiy sxema orqali tok o‘tkazish simidan to iste’molchigacha bo‘lgan elektr zanjirini tekshirish usulini o‘rganamiz. Buning uchun MATIZ avtomobilining orqaga harakatlanganida yorituvchi chiroqni sxema bo‘yicha texnik holatini baholash ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz.

Avtomobilning elektr toki bilan ta’minlash tizimini nosozliklarini aniklash. (MATIZ avtomobili misolida)

1-ish: Avtomobilning orqaga harakalanganda yonish chirog‘ini tekshirish


1-sxema. Avtomobilni orqaga harakatlanganda yoritish chirog‘ini elektr sxemasi

Izoh: Sxemadan oson foydalanish uchun shartli ravishda I dan VI gacha belgilab qismlarga bo‘lingan.

Avtomobil elektr jihozlarida eng ko‘p uchraydigan nosozliklar:

O‘tkazgichlarning uzilishi, qisqa tutashuv va iste’molchilar zanjiriga yoki manba zanjiriga uzatilayotgan kuchlanishning pastligi, shuningdek o‘tkazgich himoya qobig‘ining erishi natijasida simlarning ochilib qolishi va iste’molchi (lampa va boshqa) larning kuyishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Zanjirdagi uzilishni (o‘tkazgichning uzilganligini) aniqlash uchun ushbu zanjirga nazorat lampasi yoki voltmetr ulanib uzilgan joyi izlanadi. Buning uchun voltmetr yoki lampadan chiqayotgan tok o‘tkazgich (simlar) dan biri korpusga ulanadi. CHiqayotgan ikkinchi simning uchi bilan navbatma-navbat akkumulyator batareyasidan boshlab klemmalarga tekizib ishlamayotgan iste’molchigacha qaerda lampa o‘chsa yoki voltmetr strelkasi nolga og‘sa, o‘sha joyda uzilish mavjudligi bildiradi.

O‘tkazgichdagi uzilishni boshqa usulda ham aniqlash mumkin:

Buning uchun tekshirilayotgan o‘tkazgich klemmadan ajratib olinib, elektr manbaga lampa yoki voltmetr orqasi ketma-ket ulanadi. Agar sim uzilgan bo‘lsa lampa yonmaydi, voltmetr strelkasi noldan og‘maydi.

Tok o‘tkazgichning avtomobil korpusi bilan tutashib qolganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan o‘tkazgich klemmadan bo‘shatiladi va uning bir uchi lampa yoki voltmetr bilan akkumulyator batareyasining musbat klemmasiga ketma-ket ulanadi.

Saqlagichlar

Saqlagichlar elektr jihozlarni ortiqcha yuklama va qisqa tutashishdan saqlashga xizmat qiladi. Avtotraktor elektr jihozlarida eruvchan va termobimetall saqlagichlar ishlatiladi. Eruvchan saqlagichlar ko‘pchilik traktor, kombayn va avtomobillarga o‘rnatiladi.

Eruvchan saqlagichlar bloki (2-rasm) prujinali stoykalar 2, asos 1, qisma 3, tekstolit tutqich 4 va qopqoq 5 dan tuzilgan. Tutqichga eruvchan quyma 7, quyma uchun ehtiyot o‘tkaz-gich 8 va prujinaviy egma 9 mahkamlangan. YAxlit asosda o‘rnatilgan bir nechta tutqichlar saqlagichlar blokini qosil qiladi. Eruvchan kuyma yaltiratilgan, diametri 0,26 mm li mis sim bo‘ladigan iborat bo‘lib, u 10 A gacha tokka mo‘ljallangan.

2a-rasm. Eruvchan saqlagich bloki: 2b-rasm. Termobimetall saqlagichlar:

1-asos; 2-prujina stoykalar; ko‘p qarrali (a) va bir qarrali

3-qismalar; 4-tutqichlar; 5-qopqoq; b): 1-asos; 2, 14-qismalar;

6-lo‘kidon; 7-eruvchan kuyma; 8-eh- 3-karton ustkuyma; 4, 15-kontakt-

tiyot o‘tkazgich; 9-prujinaviy egik. lar; 5-bimetall plastina; 6-tayanch

plastina; 7-tekstolit qistirma;

8-korpus; 9-knopkalar; 10-pruji-

na; 11-vkladish;12-rostlash vinti;

13-kontrgayka

Katta miqdorda tok o‘tganda kuyma eriydi va u himoya qiladigan elektr zanjirini uzadi. YAngi kuymani tayyorlash uchun ehtiyot o‘tkazgich 8 dan foydalaniladi (u tutqich 4 ga o‘ralgan). Boshqa ko‘ndalang kesimli sim yoki materialdan kuyma yasash mumkin emas.

Eruvchan kuymani tutqichga to‘g‘ri biriktirish uchun prujina egmalarini boshqa tomonga siljitib, kuyma uchlarini plastinalari ustida egish kerak. So‘ngra egmalar o‘z o‘rniga yana qaytib, kuyma uchlarini platinalari ustida egish kerak. So‘ngra egmalar o‘z o‘rniga yana qaytib, kuyma uchlarini berkitadi. Tutqichlar prujinaviy stoyka 2, qisma 3 ga chiquvchi sim uchlari ulanadi. Ba’zi eruvchan saqlagichlarda asosdagi prujinaviy stoykalar o‘rniga kuymalar uchun prujinaviy egmali uyalar qilinadi.

Termobimetall saqlagichlar odatda zamonaviy avtomobil va traktorlarga qo‘yiladi. Saqlagichlar ko‘p karrali va bir karrali saqlagichlarga ajratiladi.

Ko‘p karrali termobimetall saqlagich (2-rasm, a) asosan yoritish asboblari zanjirlarini saqlashga xizmat qiladi. U asos 1, qisma 2, karton kuyma 3, kontakt 4, bimetall plastina 5, tayanch plastina 6 va tekstolit qistirma 7 dan tuzilgan. Saqlagich 20 A gacha tokka mo‘ljallangan. Agar tok belgilangan miqdordan oshib ketsa, bimetall plastinka qizishi natijasida egiladi, bu kontaktlarning ajralishi va zanjirning uzilishiga sabab bo‘ladi. Plastinka sovigach dastlabki holatini egalaydi va kontaktlar tutashadi. Agar zanjirdagi ortiqcha yuklama yo‘qotilmagan bo‘lsa (odatda u qisqa tutashishlarda sodir bo‘ladi), unda kontaktlar uzluksiz tutashib, ajralib turadi. Bu holatni qattiq shiqillashdan bo‘lsa bo‘ladi.

Bir karrali termobimetall saqlagich (2-rasm, b) ZIL-130 avtomobillariga qo‘yiladi. U korpus 8, knopka 9, prujina 10, bimetall plastina 5, rostlash vinti 12, qisma 14 va kontakt 15 dan tashkil topgan. Korpus va knopka plasstmassadan (karbolitdan), kontaktlar kumushning kadmiy bilan qotishmasidan yasalgan. qismalarga chiquvchi simlar ulangan. Agar zanjirdagi tok 20 A dan oshsa, bimetall plastina egilib (to‘g‘rilanish tomonga), shu holatda qoladi (rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan). Kontaktlar bunda zanjirni uzadi. Zanjirdagi nuqsonlar bartaraf etilgach, saqlagich knopkasi 9 ga bosiladi va plastinalar dastlabki holatga qaytadi. Agar nuqson bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, unda knopka uyasidan otilib chiqadi. Saqlagich kontrgayka 13 li rostlash vinti 12 yordamida ma’lum miqdordagi tokka mo‘ljallab o‘rnatiladi.


Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro’yxati.

Asosiy adabiyotlar.

1. Y. I. Borovskiy, Y. V. Buraliev va boshqalar avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent - “Talqin” – 2005

2.Magdiev.SH.P. Rasulov.X.A. Avtomovil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish,ta’mirlash.

”ILM ZIYo” Toshkent -2011yil.

3.Umirzoqov.A.H. Rustamov.R.M. Avtomobillarning tuzilishi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash.

Toshkent “Talqin”-2012 yil.



4.Salimov.O.U. Kulmuxamedov.J.R. Avtomobillar tuzilishi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash.

“Ilm Ziyo” Toshkent- 2013 yil.
Download 324,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish