ARQOQ IPINI XOMUZAGA TASHLASH Birinchi to'quv dastgohlaridagi to'qima hosil qilish uchun bajariladigan 5ta asosiy jarayondan 4tasi (xomuza hosil qilish, jipslashtirish, to'qimani tortish va o'rash, tanda ipini bo'shatish va taranglash) hozirgi zamonaviy dastgohlarda ham saqlanib qolgan, faqatgina o'sha jarayonlarni amalga oshiruvchi mexanizmlar takomillashtirilgan, avtomatlashtirishgan bo'lsada, lekin asosiy mohiyati saqlanib qolgandir. Hozirgacha bo'lgan davr ichida eng katta o'zgarish bo'lgan mexanizm - bu arqoq ipini xomuzaga tashlash mexanizmidir. Arqoq tashlash usulini takomillashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida to'quv dastgohlarini tezligi va ish unumdorligini bir necha bor ortishiga erishildi. Arqoq ipini xomuzaga tashlash mokili va mokisiz usullarga bo'linadi (3.1-rasm). 3.1-rasm. Mokili va mokisiz arqoq tashlash usullari 1. Mokili usulda arqoq ipi xomuzaga moki yordamida tashlanadi. Mokini ichiga arqoq tuftagi joylashtirilib, mokini xomuzadagi erkin harakati natijasida ip chuvalib chiqib to'qima eni bo'yicha tashlanadi. Bu usulga mokili dastgohlarning barcha (AT) turlari, hamda ko'p xomuzali to'quv mashinasi (TMM-360) kiradi. 2. Mokisiz usulda arqoq ipi xomuzaga tashlash -o'z ichiga bir necha usullarni oladi - ular mitti mokili, rapirali, pnevmatik, gidravlik (suv tomchisi) va pnevmorapirali usullaridir. To'quv dastgohlarida arqoq ipini xomuzaga uzlukli va uzluksiz usullarda tashlanadi. ARQOQ IPINI XOMUZAGA TASHLASH USULLARI MOKILI MOKISIZ 73 3.1. Mokili arqoq tashlash usuli Moki yordamida arqoq tashlash eng qadimgi arqoq tashlash sistemasi hisoblanadi. Mokili to'quvchilik asr boshlarida qo'l to'quv dastgohi bilan birga boshlangan. Qadimgi ko'l to'quv dastgohlarida tanda ipi tarangligini hosil qilish uchun har bir tanda ipiga individual yuklar osib chiqilgan, arqoq ipi esa maxsus yog'och orqali xomuza tashlangan. Bunday usul xozirgacha halq xunarmandchiligida saqlanib qolgan (sholcha to'qishda). Arqoq ipini jipslashtirish uchun maxsus taroqsimon detallardan foydalanilgan, biroq xomuza hosil qilish bo'yicha aniq ma'lumot olinmagan. 1733 yilda Angliyalik Djon Key (John Kay) tomonidan arqoq tashlash uchun “uchar” moki yaratilishi, arqoq tashlash tezligini bir muncha ortishiga olib keldi, biroq endi jarayon uchun ravon xomuza hosil qilishni taqoza etdi. Biroq Djon Key yaratgan moki hamon qo'lda boshqarilar edi. 1785 yilda Angliyalik E. Kartrayt (E. Cartwrqght) mexanik to'quv dastgohini yaratadi. Dastgoh ikki kishitomonidan ko'lda aylantirib ishlatilar edi. Keyinchalik bug' yuritgichi (dvigatel) yaratilgach,1800 yillarga kelib dastgohlari chugundan tayyorlana boshlandi va bug' yordamida ishlay boshlagan. Mexanik to'quv dastgohlarini asta-sekin rivojlantirila borilishi natijasida xozirgi kundagi mokili to'quv dastgohlari paydo bo'lgan (3.2-rasm). 3.2-rasm. Mokili to'quv dastgohlari Mokisiz to'quv dastgohlarini paydo bo'lishi va keng joriy etilishi mokili to'quv dastgohlarini siqib chiqara boshladi va ularni yanada rivojlantirish kerak 74 bo'lmay qoldi. Mokili to'quv dastgohlari oddiy to'qimalar to'qish uchun ishlab chiqarishdan to'xtatilgan, biroq dunyo bo'yicha taxminan 2,5 million mokili dastgohlar ishlab chiqarishda (to'kuv fabrikalarida) foydalanilmoqda. Mokili arqoq tashlash usulini qo'yidagi kamchiliklari mavjud: arqoq tashlashni davriyligi (uzlukli); arqoq tashlash tezligini kamligi (12-16 m/s); arqoq o'ramasidagi ip uzunligini kamligi (500-3000 m). Dastgohga arqoq naychasini taxtlash uchun qo'shimcha ishchi (zaryajalщitsa) talab etilishi; mokini xomuzadagi ishonchsiz harakati (mokini xomuzadan chiqib ketish ehtimoli yuqori) mokiga zarb berish va to'xtatish jarayonlari uchun katta energiya talab etilishi; dastgohni titrashi va yukori shovqinligi (100-102 dB); xomuza balandligini kattali tufayli tanda iplarini deformatsiyalanishi va uzilishini yuqoriligi; dastgoh qismlarini tez ishdan chiqishi. Mokili dasgoxlarni yuqoridagi kamchiliklari hisobiga ular o'rnini mokisiz dastgohlar egallay boshladi. Shuning uchun mokili to'kuvchilikni chuqur ta'riflash, o'rganish muhim hisoblanmaydi. Bundan tashqari mokili to'quvchilikka bag'ishlangan ko'plab yaxshi yozilgan adabiyotlar mavjud, shuning uchun keyingi boblarda mokili to'kuvchilikni asosiylari qo'yidagi uchta muhim sabab bo'yicha keltiriladi (ta'riflanadi): mokisiz dastgohlar bilan taqqoslash uchun, chunki xozirgacha to'quv dastgohlari "mokili" va "mokisiz" turlarga bo'linadi; tarixiy sabablar bo'yicha mokisiz to'quv dastgohlari ishlab chiqarishga keng joriy etilgunga qadar mokili to'quv dastgohlari bir necha yuz yilliklar davomida ishlab chiqarishda foydalanilgan yagona dastgoh hisoblanadi; mokili to'quv dastgohlari eskirgani bilan, dastgohdagi barcha asosiy (fundamental) harakat uzatishlar yangi dastgohlarga ko'chirib o'tkazilgan. 75