2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‟lim jarayonini o‟rni
va unda zamonaviy o‟qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‟llari
Mutafakkir A.Avloniy ta‗kidlaganidek, ―Tarbiya biz uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir‖. Insoniyat
tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyag ham mavjud
bo‘lgan.
Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa
emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga
ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini
belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya‗ni tarbiya
olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat
tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi
tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga
rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali
amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish
ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan.
Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta‗lim-tarbiya muassasalarini yaratish,
yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan
anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani
paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta‗lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat
ta‗lim standartlari, ta‗lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman
uning qonuniyatlari haqida bilim, ma‗lumot beradigan fanga aylandi.
59
Ta‗limning, o‘qitishning vazifasi fuqarolar. yoshlarning eng asosiy
konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojini ta‗minlash, o‘zi hohlagan kasbini tanlash, uni
mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-
ma‗naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy
vazifadan ta‗limning har bir bo‘g‘ini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari
kelib chiqadi.
Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvafaqiyatini belgilab
beruvchi, shu bilan ularning poydevori hisoblanuvchi ta‘lim-tarbiya sohasiga ham
to‘laligicha tegishlidir.
Respublika Prezidenti ta‘lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai
nazardan yondoshib, uni quyidagicha ta‘riflaydi: ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi
ma‘naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning
barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz
takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga
o‘tadi‖.
Mas‘uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida,
Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi
Qonun ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni (1997 yil 29 avgust) ro‘yobga
chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta‘limning yangi
modeli yaratiladi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta‘lim-tarbiya modelini
amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog‘liqdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi
uqtirilgan.
Darhaqiqat, 20 asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika
sohasida yuz berish inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining
60
yuksak sur‘ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy
jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb
etishini ta‘minlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha
turmush tarzi kishilarni moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin
hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida
ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta‘min etuvchi faoliyatnining yo‘lga
qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va
uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan
holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Moddiy ishlab
chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport,
maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar) da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish nisbatan texnologik yondashuv an‘anasi yuzaga keladi. Texnologik
yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yuritishga xizmat qiladi.
Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki
bosqich) dan mahsulotni iste‘molchiga etkazib berishgacha bo‘lgan (so‘nggi
bosqich) davrini o‘z ichiga olgan jarayon taxnologik jarayon sifatida e‘tirof etiladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondoshuv muayyan sohalarda
islohatlarni tashkil etish ularni muvaffaqiyatini ta‘minlash, erishilgan yutuqlarni
boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon
bo‘ladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy ilg‘or yuksak
texnologiyani tadbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan ilm-fan
hamda texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaning mablag‘lar va
yuksak darajadagi kasbdagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxasislarning
mavjudligi bu boradagi yuutuqlarning kafolatlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg‘or texiologiyalarni qo‘llash
shartlaridan biri-malakali mutaxasislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini
doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik
tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida etakchi o‘rin tutgan
61
g‘oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida o‘z ta‘sirini o‘tkazsa, o‘z
navbatida, iqtisodiy o‘sish aholining madaniy turmush tarzini yaxshilanshiga olib
keladi.
Insonga tsivilizatssiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash,
unga ta‘lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida
tashkil etilgan bugungi kunga kelib talim jarayoni tashkil etishga nisbatan o‘ta
qat‘iy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi murakkab texnika bilan
ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash
imkoniyatiga ega, favqulotda ro‘y beruvchi vazifalarda ham yuzaga kelgan
muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxasisni tayyorlashga bo‘lgan
ijtimoiy ehtiyoj talim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni
taqozo etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib
borayotgan pedagogika faninig vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy
ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish
vazifasi mazkur fan oldiga ham qo‘yilgandir.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi
kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur‘atda
qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish,
hulosalash hamda o‘quvchiga etkaza berishni yo‘lga qo‘yish ta‘lim tizimi oldida
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ta‘lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish
yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Asaka pedagogika ko‘llejida o‘tkazgan tajribamiz davomida tajriba
guruhidagi o‘quvchilar bilan ta‘lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullari yangi
loyixalar, yangi texnika vositalar yordamida darslar tashkil qilindi. Pedagoika
darslarida qo‘shimcha tashkil qilingan o‘qitishning yangi shakillari o‘quvchilarni
dars davomida faollashlariga imkoniyat yaratdi. Biz dars jarayonini kuzatish
davomida olib borgan ishlarimizdan na‘muna keltiramiz.
Masalan:
62
33-guruh Pedagogika darsi (tajriba guruhi) o‘qituvchi: Madumarova
Gulnora.
Jami talaba: 30 nafar bundan 12 nafar o‘g‘il, 18 nafar qiz bolalar.
Mavzu: Ta‘lim jarayonining prinsiplari.
I.
Darsning tashkiliy darajasi:
Dars o‘z vaqtida boshlandi o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, o‘quv
qurollarining mavjudligi hamda davomat va salomatliklari o‘rganildi. O‘qituvchi
tomonidan guruh jurnallari o‘z vaqtida rasmiylashtirildi. Darsning nazariy uslubiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan o‘quv uslubiy majmua mavjud. Darsning mavzusi
barcha me‘yoriy hujjatlarga mos keladi. Darsda qo‘llaniladigan usullar asoslangan.
Shu bilan birga uyga berilgan topshiriq ham yangi yondashuv asosida o‘rganildi
davomi sifatida yangi dars mazmuniga ulandi.
II.
Asosiy qisim.
Dars mavzusining bayonida mavzuga oid dolzarb masalalarning taxlili
kiritildi. Dars vaqtida o‘quvchilarni mavzuning mohiyatini to‘liq ilg‘ab olishliklari
uchun mavzu uchun turli zamonaviy o‘qityish usullaridan foydalanildi. Jumladan
―Keys stadiy‖, ―Interfaol ta‘lim‖, ―Buturbro‘d‖ usuli. Dars davomida o‘quvchilarni
faollilik darajasi yuqoriga olib chiqildi. Mavzuning ilmiy nazariy jixatdan
mukammaligini ta‘minlkashda o‘quv adabiyotlari va yangi chop etilgan
adabiyotlar hamda internet ma‘lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Dars
davomida o‘quvchilar shaxsiy komptyuterlari, qo‘l telefonlaridan foydalangan
xolda fanga va mavzuga doir ma‘lumotlarini izlab topish ishlari tashkil qilindi.
Jumladan
www.ziyonet.uz
,
www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz
orqali ma‘lumotlar
olindi. Darsda o‘quvchilarning ishlash jarayoniga qarab interfaollik darajasi
yuqoriga olib chiqildi. Darsda axborit texnologiyalaridan foydalanish va qo‘llash
hamda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish darajasi orttirildi. Dars
davomida o‘quvchilarni tarbiyalanganlik darajasi orttirilib ularda komillikka
yetaklovchi sifatlar takomillashtirildi. O‘zlashtirilgan bilimlar yuzasidan testlar
tuzish, so‘rovnomalar tayyorlash va ularni yechimlarini topish bo‘yicha ―Zinama-
63
zina‖ va ―To‘lqin‖o‘yinlaridan foydalanildi‖.
III. Yakuniy qisim.
Dars yakunida o‘tilgan mavzuning davomi sifatida o‘zlashtirilgan bilimlarni
uzviy bir-biriga bog‘lagan holda o‘quvchi tomonidan bildirilgan javoblar orqali
reyting tizimi asosida baholandi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga uy topshiriqlari
berildi.
Shundan so‘ng tadqiqotimiz yakunida yana bir marta qilingan ishlarimizni
natijasini olish maqsadida o‘quvchilarga so‘rovnoma tarqatdik so‘rovnomalar
taxlil qlib chiqilganda quyidagicha natijalar aniqlandi.
O‘zlash
tirish
darajalari
Nazorat guruhi
(32-guruh)
Tajriba guruhi
(33-guruh)
Tadqiqo
t
o‘tkazilishidan
oldingi
natijalar %
Tadqiqo
t
o‘tkazilgandan
so‘ng olingan
natijalar %
Tadqiqo
t
o‘tkazilishidan
oldingi
natijalar %
Tadqiqo
t
o‘tkazilgandan
so‘ng olingan
natijalar %
Yuqori
50
52
48
60
O‘rta
30
34
26
35
Past
20
14
26
5
Guruxlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari yuqoridagi jadvalda keltirilib
o‘tildi. Bunga asoslanib dastlab o‘quvchilarni darslarni o‘zlashtirishlari
o‘rganilganda nazorat guruhi(32-guruh)dagi o‘quvchilarning 50%i yuqori natijada,
30%i o‘rta natijada, 20%i esa past natijada berdi. Tajriba guruhi (33-guruh) deb
tanlab olingan guruhda esa dastlabki o‘rganilganda o‘quvchilarning 48%i yuqori
64
natijada, 26%i o‘rta, 28%i esa past natijalar berdi. Biz bergan tavsiyalar asosida
darslar o‘tilgandan so‘ng ya‘ni nazorat guruxiga doimgidek darslar tashkil qilinib,
tadqiqot guruhida esa biz tanlagan metodlardan foydalanib darslar o‘tkazilgandan
so‘nggi natijalar sezilarli darajada o‘zgardi. Nazorat guruhidagi o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajalari yuqori bahoga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 50%dan 52%ga,
o‘rta bahoga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 30%dan 34%ga, past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar 20%dan 14%ga o‘zgarishi kuzatildi. Tajriba guruhida esa yuqori
bahoga o‘zlashtiruvchilar 48%dan 60%ga, o‘rta bahoga o‘zlashtiruvchilar 26%dan
35%ga past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa 26%dan 5% ga o‘zgardi. Olingan
natijalar matematika statistika metodi h² usulida ishlab chiqildi.
II BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Barkamol avlod tarbiyasini amalgam oshirishda pedagogic va psixologik
ta‘limotlar muhum ahamiyat kasb etadi. Jumladan O‘zbekiston respublikasida
ta‘limni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda jarayonni zamon talablari
darajasida tashkil etishning pedagogic aspektlari va psixologik tamoyillarida
unumli foydalanish natijasi ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari ravonlashadi.
Ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash va yangi
axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish
muhim vazifadir. Ushbu vazifalarni amalgam oshirish natijasida yaxshi
samaralarga erishish imkoni tug‘iladi. Ta‘lim jarayonida qo‘llanilgan turli xil
o‘qitish strategiyalari asosida tashkil qilingan dars o‘quvchini barkamol va komil
shaxs sifatida shakillanishi imkonini kengaytirib, unda aqliy kamollik va mustaqil
fikrlash xususiyatlarini tarbiyalash imkonini yaratadi.
65
XULOSA
Ilmiy taxlil va o‘tkazilgan tajribalar natijasiga tayangan xolda
quyidagicha xulosalar chiqarildi:
1. O‘zbekiston respublikasida Talim To‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim soxasini rivojlantirib borish ishlari yuqori
samara bermoqda.
2.Ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda hamda ilg‘or tajribalarni
amaliyotga tadbiq etish orqali, barkamol shaxs tarbiyasini ro‘yobga chiqarish
jarayoni tizimli tashkil etish orqali erishiladi.
3. Ta‘lim jarayonini zamonaviy ta‘lim talablariga asoslangan holda tashkil
etish va uning mezonlariga tayanish orqali ta‘lim jarayonini tashkil etish kutilgan
natijani beradi.
4.Barkamol avlodni tarbiyalashda ta‘lim jarayonida zamonaviy o‘qitish
texnologiyalari, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
orqali, ta‘lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari ortadi.
Barkamol shaxs tarbiyasida yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan
mutaxasislarning ishlashi hamda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llangan
darslarning tashkil qilinishi ko‘zlangan maqsadga erishish garovi sifatida qaraladi.
Barkamol avlod tarbiyasini amalgam oshirishda pedagogic va psixologik
ta‘limotlar muhum ahamiyat kasb etadi. Jumladan O‘zbekiston respublikasida
ta‘limni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda jarayonni zamon talablari
darajasida tashkil etishning pedagogic aspektlari va psixologik tamoyillarida
unumli foydalanish natijasi ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari ravonlashadi.
Ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash va yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish muhim
vazifadir. Ushbu vazifalarni amalgam oshirish natijasida yaxshi samaralarga
erishish imkoni tug‘iladi. Ta‘lim jarayonida qo‘llanilgan turli xil o‘qitish
strategiyalari asosida tashkil qilingan dars o‘quvchini barkamol va komil shaxs
sifatida shakillanishi imkonini kengaytirib, unda aqliy kamollik va mustaqil
66
fikrlash xususiyatlarini tarbiyalash imkonini yaratadi.
Yuqoridagi chiqarilgan xulosalarga tayngan holda kasb-hunar ko‘llejlarida
o‘quvchilarni komil va barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha ishlarni
samaradorligini yanada oshirish yuzasidan quyidagicha tavsiyalarni beramiz:
1. Barkamol avlod tarbiyasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
hukumati tomonidan chiqarilgan qarorlar farmoyishlar va boshqa me‘yoriy
hujjatlarni to‘la o‘rganish va qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish
ishlarini tizimli tashkil etish.
2. O‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarligi va maxoratini hamda ta‘lim jarayonini
tashkil etish bo‘yicha tajribalarini takomillashtirish yuzasidan ―Ustoz
shogirt‖ ishlarini tizimli tashkil etish kerak.
3. Barkamol avlod tarbiyasida darslarni mazmunini ilmiylik darajasini orttirish
hamda yangi axborotlar bilan to‘ldirib borish yuzasidan yangi adabiyotlar
ro‘yxati va ularning asl nusxalarini ta‘minlash hamda internet ma‘lumotlari,
www.ziyonet.uz
vebsaytlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Alisher
Navoiy nomidagi markaziy kutubxonaning
www.nadlib.uzinfo@nadlib.uz
nomli saytlar orqali ishlashni doimiyligini ta‘minlash lozim.
67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I. A. Karimov, ―Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖
T. ―Sharq‖ nashriyot- matbaa konsern. Toshkent, 1997-yil.
2. I. A. Karimov, ―Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz‖ 7-tom, T.
―O‘zbekiston‖ 1998-yil.
3. I. A. Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖ Toshkent, ―Sharq‖ -1999-yil.
4. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to`g`risida: O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi qarori G`G`Xalq so`zi.- 2010.-
28 yanv.
5. "Barkamol avlod yili" davlat dasturi.-T.: O`zbekiston, 2010.-80 b.
6. Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. 2-kitib, T.:
Movorounnaxr,
2005, 143-144-b
7. K. Ishmatov ―Ilg‘or pedagogic texnologiyalar‖, Namangan 2000-yil.
8. R. Mavlonova ―Pedagogika‖ , Toshkent 2000-yil.
9. K. Hoshimov, ―Pedagogika tarixi‖ Toshkent 2005-yil.
10. T. Madumarov, M. Kamoldinov ― Innovatsion pedagogik texnologiya
asoslari va uni ta‘lim –tarbiya jarayonida qo‘llash‖ Toshkent ―Talqin‖ 21012-yil.
11. D. Ro‘ziyeva M. Usmonboyeva, Z. Xoliqova ―interfaol meto‘dlar:
mohiyati va qo‘llanilishi‖ Toshkent 2013-yil.
12. J.X. Yo‘ldashev ―Yangi pedagogika yo‘nalishlari, muammolari,
yechimlari‖ . ―Xalq ta‘limi‖ jurnali, T.,№4 1999-yil.
13. I. Karimov, Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat, 2008,
47-b
14
.
Yo‗ldoshev.J.G‗.Yangi pedagogik texnologiya yo‗nalishlari,
muammolari, echimlari //Xalq ta‗limi, 1999,
15. Farberman. B.L. Ilg‗or pedagogik texnologiyalar. T.,2001
68
16. Ochilov M.Yangi pedagogik texnologiyalar. ―Nasaf‖ nashriyoti. 1999.
17
.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.,
2003.
18.CHoriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‗ruzalar matni, Qarshi
2000.
19.T.G‗afforova va boshqalar. Ta‗limning ilg‗or texnologiyalari. Qarshi
2003.
20.Xaydarova O.Q. Oliy pedagogik ta‘limga texnologik yondashuv asoslari.
– Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2006.
21.Xaydarova O.Q. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga
tayyorlash. Qarshi, Nasaf, 2008.
22.N.Sayidaxmedov.
«Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotda
qo‘llash». Toshkent. 2000 yil.
23. N.Sayidaxmedov «Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyani kullash
namunalari». Toshkent 2002 yil.
24. N.Zaripov. «Mustakil fikrlash – tarakkiyot omillari». «Ma‘rifat», 20
aprel, 1999 y.
25. K.Zaripov ―Yangi pedagogik texnologiyani tatbik etish bosqichlari‖.
Xalk ta‘limi jurnali, 1997 yil, 4-son.
26.
www.ziyonet.uz
27.
WWW.pedagog.uz
28.
www.nadlib.uz.info@nadli.uz
69
MUNDARIJA
KIRISH..................................................................................... ................3-6
I BOB. ZAMONAVIY TA‘LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
BARKAMOL
AVLODNI
TARBIYALASHNI
ILMIY-NAZARIY
VA
METODOLOGIK ASOSLARI .........................................................................17-42
1.1. Zamonaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‘yilgan
talablar...............................................................................................17-20
1.2. Ta‘limni takomillashtirishda yangi o‘qitish usullarini joriy
etishning mexanizmini takomillashtirish...........................................20-37
1.3. Kasb- hunar ko‘llejlarida zamonaviy darslarni tashkil
etishning bugungi xolati……………………………………………38-42
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………42
II BOB. ZAMONAVIY TA‘LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHGA ERISHISHNING ASOSIY
MEZONLARI…………………………………………………………………43-64
2.1. Barkamol avlod tarbiyasini tashkil etishning pedagogik,
psixologik asoslari………………………………………………….43-58
2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‘lim jarayonini o‘rni va
unda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari…58-64
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar ………………………………..64
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR……………..65-66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................67-68
Do'stlaringiz bilan baham: |