1.2. Ta‟limni takomillashtirishda yangi o‟qitish usullarini joriy
etishning mexanizmini takomillashtirish
Shu kungacha barkamol avlodni tarbiyalashda ularga ta‘lim berishda
foydalanish uchun juda ko‘plab innavatsion texnologiyalar yaratilmoqda lekin
bularning hammasi ham birdek natija bermay qolayapdi.
Ko‗zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‗lim tizimi tubdan isloh
qilinmoqda. Ta‗lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‗quvchilarni turli
kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‗minlash zamonaviy
21
pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‗ymoqda. Masalan, ushbu o‗quv
muassasalari uchun davlat ta‗lim standartiga muvofiq keluvchi o‗quv dasturlarini
va darsliklar, o‗quv qo‗llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob
bermog‗i lozim. Har biri turli variantlarda bo‗lsagina, maqsadga to‗g‗ri xizmat
qila oladi.
O‗quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‗anaviy usullardan farqli
o‗laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‗zlashtirish va ta‗lim jarayonida
qo‗llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‗tibor berilgan.
Albatta, ilg‗or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib
kelmoqda. Aslida esa ta‗limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan
demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‗lgan va ular
bu sohada katta yutuqlarni qo‗lga kiritgan.
Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg‗or texnologiyalarni kengroq
va chuqurroq o‗zlashtirishimiz, ularni o‗z mintaqamizga mos holda qayta ishlab
chiqishimiz kerak bo‗ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda
turlicha ta‗riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‗zlagan
maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.
Pedagogik texnologiya- bu ukituvchi (tarbiyachi) ning uqitish (tarbiya)
vositalari yordamida ukuvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta‘sir kursatish va
bu faoliyat maxsuli sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv
shakllantirish jarayonidir. Ta‘lim oluvchilar va ta‘lim beruvchilarning o‘quv-
tarbiya jarayonida avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan
izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin.
Pedagogik texnologiya (yoki ta‘lim texnologiyasi) bor-yo‘g‘i va eng asosan ta‘lim
oluvchi yoki tarbiyalanuvchining ta‘lim-tarbiya jarayonida qanday faoliyatni va
qay darajada amalga oshirishidan iborat.
O‘quvchining o‘rganilayotgan materialni sifatli o‘zlashtirishini ta‘minlovchi
izchil amaliy faoliyati ta‘lim texnologiyasi bo‘lishi mumkinyu
Ta‟limni texnologiyalashtirish – bu o‗qitish jarayoniga texnologik
yondashish asosida ta‘lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‗llari va
22
samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlari va tamoyillarini ochib
beruvchi pedagogik fanining yo‗nalishdir.
O„qitish texnologiyasi - bu mavjud sharoit va o‗rnatilgan vaqtda
belgilangan ta‘limiy maqsadni amalga oshirishni va ko‗zlanayotgan natijalarga
kafolatli erishishning ta‘minlovchi, o‗qitish, muloqot, axborot va boshqaruvning
eng maqbul yo‗l va vositalarining tartibli yig‗indisi.
Metodika — biror ishni maksadga muvofik. O‘tkazish metodlari, yullari
majmui. Ualoxida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma‘lum ukuv fanlarini
ukitish konuniyatlarini tadbik, kiladi. Masalan, pedagogika nazariyasini o‘qitish
meto‘dikasi, biologiya ukitish metodikasi va shu kabilar.
Interfaol- tushunchasi ingliz tilida ―interact‖ (rus tilida‖interaktiv‖)
ifodalanib , lug‘aviy nuqtai nazaridan ―inter‖ – o‟zaro ikki tarflama, ―act- harakat
qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma‘noni anglatadi‖
Interfaol ta‟lim- ta‘lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka
hamda muayyan axloqiy sifatlarini o‘zlashtirish yo‘lida, birgalikda o‘zaro
hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta‘lim.
Interfaollik- ta‘lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka
hamda muayyan axloqiy sifatlarini o‘zlashtirish yo‘lida, birgalikda, o‘zaro
hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.
Bizning
izlanishlarimizning
bosh
maqsadi
ham
huddi
shunga
qaratilmoqdaki qaysi meto‘dikalardan foydalanilganda ko‘proq samara berilishi
to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz va biz pedagogika darslarini
o‘qitishda quyidagi meto‘dikalar asosida ta‘lim berish jarayonini tashkil etishni
tavsiya bermoqdamiz:
O‟zaro bir birini o‟qitish usuli
Ko‘pchilikka ma‘lumki, o‘rganishning eng yaxshi usuli o‘zgalarni biror-
bir narsaga o‘rgatishga harakat qilishdir. Bunda inson o‘zining hamma bilimi va
imkoniyatlarini ishga solib, bu vazifaga ijodiy ravishda yondashadi. O‘zaro bir-
birini o‘qitish usuli ham huddi shu tamoyilga asoslangan bo‘lib bunda
o‘quvchilarga vaqtinchalik o‘qituvchilik ro‘lini bajarish taklif etiladi va ular
23
guruhdagi boshqa talabalarni o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq matnlar,
qoidalar, dalillar yoki ma‘lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Guruhdagi har bir talabaga biror-bir matnning bir xil nusxasi tarqatiladi.
O‘quvchilar galma- galdan o‘qituvchilik ro‘lini o‘ynaydilar. Bunda o‘qituvchilik
ro‘lini o‘ynaydigan talabadan quyidagilarni bajarish so‘raladi. Ya‘ni, guruhdagi
hamma talabalar matnning biror bir bo‘lagini o‘qib bo‘lganidan so‘ng
―o‘qituvchi‖:
-
matn bo‘lagidagi ma‘lumotlarning mohiyatini qisqacha aytib va
tushuntirib beradi;
-
matn bo‘yicha savollar o‘ylab topib, ularga boshqa talabalarning
javob berishini so‘raydi;
-
boshqalar uchun tushunarsiz bo‘lgan joylarini qayta tushuntirishga va
ularning ma‘nosini chaqishga harakat qiladi;
-
matnning keyingi bo‘lagida nimalar kelishi mumkinligi haqidagi o‘z
taxminiy fikrlarini aytib va tushuntirib o‘tadi;
-
matnning keyingi bo‘lagini o‘qish va uni atroflicha taxlil qilish uchun
topshiriq beradi.
Bunday turdagi darsning boshlanishida avvalo, o‘qituvchining o‘zi
talaba/o‘quvchiga bu usulni aniq va ravshan namoyish qilib berishi lozim bo‘ladi.
Shuning uchun ham u talabalarga o‘zining matnining birinchi qismi bo‘yicha
munozara boshlo‘vchi bo‘lishini bildiradiva ulardan bu jarayonnni diqqt bilan
kuzatish kerakligini so‘raydi. Talabalarning o‘zlari ham bu usulda dars olib
borishlarini bilganlaridan so‘ng o‘qituvchining namoyish qilayotgan darsini diqqat
bilan kuzatadilar va kerakli xulosa chiqaradilar. O‘qituvchi yuqorida keltirilgan
besh
bosqichdan
iborat
harkatlar
ketma-ketligini tinglovchilarga batafsil
tushuntirib bo‘lganidan so‘ng, har bir bosqichda shaxsn o‘zi nima qilishi
lozimligini aniq va ravshan namoyish qilib berishi juda muhimdir. Bundan
tashqari, o‘qituvchi matnni qanday usulda maqsadga muvofiq bo‘lgan qisimlarga
bo‘lish muammosini ham oldindan hal qilib olishi lozim. Bunda asosiy ko‘rsatkich
sifatida tanlangan matn qismini 8-10daqiqa davomida muxokama qila olinishi ish
24
muvaffaqiyatining garovidir. Demak, matnni qismlarga bo‘lganda, uning harbir
alohida bo‘lagida qanday turdagi va hajmdagi ma‘lumotlar mavjudligini hisobga
olish kerak bo‘ladi.
Savollarni ham mantiqiy, ma‘lum m‘eyorlarga rioya qilgan holda berish
maqsadga muvofiqdir. Bunda ham talabalarga savol berish malakasini namoyish
qilish lozim bo‘ladi. Savollar matn parchasida mavjud bo‘lgan fikrlarni
oydinlashtirish va yanada chuqurroq tushuntirish, unda aytilmagan(lekin yashirin
xolda mavjud) tomonlarini aniqlash va ularni talabalarning fikrlari bilan
solishtirish maqsadida berilgani ma‘qul. O‘qituvchi ma‘lum turdagi va ma‘nodagi
savollar vositasida talabalarning predmetni/sohani o‘rganish jarayonini iloji
boricha maqsadli ravishda boshqarishi lozim. Matnning keyingi qismida nima
kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytishda o‘qituvchi o‘z shaxsiy fikrlarini
bildirishi yoki bu haqda talabalarning muloxazalarini ham so‘rashi mumkin. Agar
talabalar birinchi namoyish vaqtida usulning mohiyatiga to‘la tushunmasalar yoki
shartli ―o‘qituvchi‖ sifatida ishlashga qiynalsalar, o‘qituvchi ularga hamma
bosqichlarni yana bir karra tushuntirib, ikkinchi marta namoyish qilish jarayonini
amalgam oshirishi maqsadga muvofiqdir.
“Keys stadi” metodi
―Keys-stadi‖ (ingliz tilida ―case‖ – metod , ―ctudy‖ – muammoli vaziyat;
vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) texnologiyasi o‘quvchi
(talaba)larda aniq, real yoki sun‘iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish
orqali eng maqbul variantlarni toppish ko‘nimalarini shakillantirishga xizmat
qiladi. U o‘quvchi (talaba)larni be‘vosita har qanday mazmunga ega vaziyatni
o‘rganish va taxlil qilishga o‘rgatadi.
Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular
quyidagilardir: ta‘lim shakillari, ta‘lim etodlari, ta‘lim vositalari, ta‘lim jarayonini
boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan
ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va
25
vositalari, ilmiy taxlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)
o‘rtasidagi ta‘limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari.
“Klaster” metodi
Respondentlar guruhlarga bo‗linadilar, Ularga belgilangan vaqt ichida
mavzu yuzasidan o‗zlashtirgan asosiy tushunchalarni qog‗ozga tushirish talab
etiladi. Topshiriqni bajarish jarayonida ularning chuqur mulohaza yuritishlari,
yozuvlarning grammatik, orfografik jihatdan to‗g‗ri bo‗lishi shart emasligi,
shuningdek, qanday tushunchani yodda saqlab qolgan bo‗lsalar, ularni yozishlariga
ahamiyat qaratiladi. Belgilangan vaqt oralig‗ida respondentlar mumkin qadar
ko‗proq tushunchalarni bayon eta olishlari zarur. Tushunchalar qog‗ozga
tushirilganidan so‗ng respondentlar ularni mantiqiy ravishda bir-biri bilan bog‗lab
chiqadilar. Mashg‗ulot jarayonida respondent-o‗quvchilarning har bir topshiriqni
bajarishdagi faol ishtiroki, o‗z fikrini erkin bayon eta olish layoqati, fikrlarining
aniq va mantiqiy asosga ega bo‗lishi, o‗zi mansub bo‗lgan guruhdagi tengdoshlari
bilan muloqot qila olish qobiliyati, topshiriqlarni bajarishga nisbatan ijodiy
yondashuvi va boshqa ko‗rsatkichlari inobatga olib borildi, mashg‗ulot yakunida
esa faol ishtirokchilar ma‘naviy jihatdan rag‗batlantirib borildilar.
Venn diagrammasi
Ta`lim mazmunini tahliliy yondashuv asosida obyektlarning o`ziga xos va
o`xshash xususiyatlarini tahlil qilish orqali o`quv materialini o`zlashtirishga va
ko`nikmalarni takomillashtirishga yo`naltirilgan metoddir.
Mazkur metodni qo`llash bosqichlari: Bunda 1) “A” obyektning o`ziga xos
jihatlari; 2) ―B” obyektning o`ziga xos jihatlari; 3) ―C” obyektning o`ziga xos
jihatlari; 4) “A” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 5) “A” va “S”
obyektlarning o`xshash jihatlari; 6) “S” va “B” obyektlarning o`xshash jihatlari; 7)
“A”, “B” va “S” obyektlarning o`xshash jihatlari yoritiladi. Ta`lim jarayoniga
ushbu metodni qo`llash orqali tahsil oluvchilarda ta`lim mazmuniga tahliliy
yondashuvni, o`rganilayotgan obyektlarning o`ziga xos va o`xshash xususiyatlarini
26
bir-biriga qiyoslash, taqqoslash
orqali tahlil qilish, mustaqil fikrlash kabi ko`nikmalarni takomillashtirishga
erishiladi.
Sinkveyn (axborotni yig‟ish) usuli
Metodni qo‗llash jarayonida talabalardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta-
sekin bosqichma-bosqich yo‗naltirilgan axborotli jarayonga aylantirib boriladi.
Ya‘ni, o‗rganilmagan bilimlar mavzuni o‗rganish davomida o‗rganiladi, muayyan
ob‘ektiv voqelik to‗g‗risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun talabalarda besh
imkoniyat mavjud bo‗ladi. Ya‘ni sinkveyn besh qatordan iborat o‗ziga xos "oq
she‘r" (qofiyasiz) bo‗lib, o‗rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa,
jarayon, voqea) qat‘iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali talabalar
o‗z fikrlarini to‗plash, ularni ixcham ifodalash, turli mulohazalarni sintezlash va
mavzu bo‗yicha to‗g‗ri xulosalarni takomillashtirishga o‗rganishadi.
J.Still, K.Meredis, Ch.Templning «O`qish va yozish tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish uchun» dasturida o`quvchi va talabalar faolligini
oshiruvchi, ularning tanqidiy fikrlashini o`stiruvchi qator usullar kursatib utilgan.
Shulardan ayrimlariga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Sinkveyn- fransuz tilida «5 qator» ma`nosini bildiradi. Sinkveyn-
ma`lumotlarni
sintezlash
(bir
butunga
keltirish)ga
yordam
beradigan
qofiyalanmagan she`r bo`lib, unda o`rganilayotgan tushuncha(hodisa, voqea,
mavzu) to`g`risidagi axborot yig`ilgan holda, o`quvchi so`zi bilan turli variantlarda
va turldi nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g`oya, sezgi
va hissiyotlarni bir nechagina so`zlar bilan ifodalash uchun muhim bo`lgan
malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
1-qator: Mavzu bir so`z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so`z bilan ifodalanadi.(3 ta
fe`l yoki ravishdosh yoziladi).
27
4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to`rtta so`zdan iborat
bo`lgan fikr yoziladi.(4 ta so`zdan iborat jumla yoziladi).
5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma`nosi unga yaqin bo`lgan bitta
so`z yoziladi (mavzuga sinonim so`z yoziladi).
Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo`ladi:
Murakkab axborotni sintezlash uchun vosita sifatida;
O`quvchilar tushunchalarining yig`indisini baholash vositasi sifatida;
Ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida.
Sinkveynga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
“Loyiha” metodi
Bu ta`lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt
davomida, belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish, tadqiqot o`tkazish va
amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta`lim oluvchilar
rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va
natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka
tartibda yoki guruhiy bo`lishi mumkin, lekin har bir loyiha o`quv guruhining
birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta`lim
oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki
boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Ta`lim oluvchilar nuqtai-
nazaridan topshiriq murakkab bo`lishi va u ta`lim oluvchilardan mavjud bilimlarini
boshqa vaziyatlarda qo`llay olishni talab qiladigan topshiriq bo`lishi kerak. Loyiha
o`rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta`lim
oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish
imkoniyatini yarata oladigan bo`lishi kerak.
“6X6X6” metodi
Respondent o‗quvchilar 6 nafarga 6 ta guruhga biriktiriladilar. Mavzuning
mohiyatini ochib beruvchi matn 6 qismga ajratiladi. Har bir guruhga umumiy
28
matnning muayyan qismi yoritilgan varaq tarqatiladi va guruh a‘zolaridan ushbu
matn mazmunini o‗rganish so‗raladi. Ma‘lum vaqt ichida guruhlar o‗zlariga
berilgan matnlar ustida ishlaydilar. Ushbu jarayon yakunlangandan so‗ng guruhlar
qayta tashkil eiladi. Qayta shakllantirilgan guruhlarda avvalgi guruhlarning bir
nafardan a‘zosi bo‗lishiga ahamiyat qaratilishi lozim. Yangi guruhga biriktirilgan
har bir o‗quvchi avvalgi bosqichda matn mazmuni yuzasidan o‗zlashtirgan
ma‘lumotlarni guruhning qolgan a‘zolariga so‗zlab beradilar. Shu tariqa qisqa
muddatda o‗quvchilar mavzuning umumiy mohiyati borasidagi bilimlarga ega
bo‗ladilar.
“Qora quti” metodi
Respondent
o‗quvchilar juftliklarga biriktiriladilar va quyidagi
topshiriqni bajaradilar: o‗qituvchi tomonidan berilgan kartochkalarga muayyan
kasllliklar (masalan, yurak-tomir kasalliklari, teri kasalliklari, bo‗yrak va siydik
yo‗li kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, nafas olish tizimi kasalliklari va
boshqalar) va ularni keltirib chiqaruvchi yoki avj olishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi
noqulay mehnat sharoitlarini qayd etishlari zarur. Belgilangan muddat o‗tgach,
o‗qituvchi topshiriqning bajarilish holatini o‗rganadi. Misol uchun asab tizimi
kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi noqulay mehnat sharoitlari sifatida
o‗quvchilar quyidagilarni ko‗rsata olishlari lozim: Misol uchun asab tizimi
kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi noqulay mehnat sharoitlari sifatida
o‗quvchilar quyidagilarni ko‗rsata olishlari lozim: zaharli moddalar bilan ishlash,
shovqin, vibratsiya, noqulay mikroiqlim, barqaror diqqatni talab etuvchi faoliyat,
havoning ortiqcha gaz yoki chang bilan ifloslanganligi, balandda harakatlanuvchi
mexanizmlarda ishlash. To‗g‗ri javoblar yozuv taxtasiga qayd etiladi va o‗qituvchi
javob variantlarining mohiyatini yoritib berishni o‗quvchilardan so‗raydi. To‗g‗ri
javob qaytargan o‗quvchi o‗qituvchi rolini bajaradi hamda juftliklarga quyidagi
mazmundagi topshiriqni beradi: kasbga aloqador zararlarning kelib chiqishiga
sabab bo‗luvchi harakatlarni kartochkalarda yoritib berish. Belgilangan muddat
o‗tgach, ―o‗qituvchi‖ rolini bajarayotgan o‗quvchi o‗qituvchi rahbarligida juftliklar
29
tomonidan topshiriqning bajarilish holatini o‗rganadilar va to‗g‗ri javob varianti
yozuv taxtasida o‗z ifodasini topadi. To‗g‗ri deb topilgan javob variantida quyidagi
harakatlar ko‗rsatilishi zarur: yangi xom-ashyo turlarini mohiyatini sanitariya-
gigienik jihatdan yaxshi bilmaslik, mehnat va texnika xavfsizligiga to‗laqonli amal
qilmaslik, mehnat jarayonida toksik va allergik xossalarga ega bo‗lgan
moddalarning qo‗llash, takomillashmagan texnik vositalar xizmatidan foydalanish,
texnologik rejimning buzilishi, shuningdek, sanitariya-texnologiya me‘yorlariga
rioya etmaslik.
Savol-javoblar asosida suhbatni tashkil etish
Mavzu bo‗yicha respondentlar tomonidan o‗zlashtirilgan bilimlarni
mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi:
1. Inson salomatligining kasbiy faoliyatni tashkil etishdagi ahamiyatini
qanday tushunasiz?
2. Qanday sharoitlar noqulay mehnat sharoitlari deb yuritiladi?
3. Qanday kasallik turlari kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishga imkon
bermaydi?
4. Kasbga yaroqlilikni cheklovchi kasalliklarning oldini olishda qanday
chora-tadbirlar qo‗llaniladi?
«Sayohat» o„yini
O‗yindan biroz oldin jyuri tayinlanib bir necha guruhlar shakllanadi har bir
guruxda 5-6 tadan kishi, guruxlar sardor tayinlaydi. O‗yin ishtirokchilar shaharlar
qurush talab etiladi, ma‘lum izchillikda masalan shahar 1, erudit 1 kutilmagan
savolar ochilmagan sir-sinoat 1 va … Har bir shaharda sardorlar maxsus
konvertlarda topshiriqlar oladilar va ularda 1 ta asosiy va 2 ta qo‗shimcha savollar
mavjud. Guruh faqat shu vazifani bajarib tekshirgandan so‗ng guruh keyingi
bosqichga o‗tishga haqqi bor. Har bir guruhning maqsadi iloji boricha hamma
shaharda bo‗lish. Javoblar ma‘lum sistemada qabul qilinadi: bunda javoblar soni,
ijod, muammo yechimida yaxshilar, guruh bir doimili hisobga olinadi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |