O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS
TA‟LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
5140800 – PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA‟LIM YO‟NALISHI
BITIRUVCHISI HODJALIYEVA GULNOZA NIYOTBEK QIZINING
ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH
Mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent A. Teshaboyev
Andijon - 2014
2
MAVZU: ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH
KIRISH
I BOB. ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
BARKAMOL
AVLODNI
TARBIYALASHNI
ILMIY-NAZARIY
VA
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Zamonaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‘yilgan
talablar
1.2. Ta‘limni takomillashtirishda yangi o‘qitish usullarini joriy
etishning mexanizmini takomillashtirish
1.3. Kasb- hunar ko‘llejlarida zamonaviy darslarni tashkil
etishning bugungi xolati
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
II BOB. ZAMONAVIY TA‟LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH VA
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHGA ERISHISHNING ASOSIY
MEZONLARI
2.1. Barkamol avlod tarbiyasini tashkil etishning pedagogik,
psixologik asoslari
2.2. Barkamol avlodni shakillanishida ta‘lim jarayonini o‘rni va
unda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
XULOSALAR VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov asarlarida hamda
O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi‖ qonuni va ―Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi‖da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni
tarbiyalash hozirgi kun ta‘lim tizimining amalga oshirib kelayotgan asosiy
maqsadlaridan biridir.
Hech shubhasiz, har qanday millat o`z farzandlarining barkamol bo`lishini
orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izohli lug`atida
barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot,
voyaga yetish, bekamu ko`st mukammallik holati va hokazo"
1
- deb ta‘kidlagan
edi muxtaram prezidentimiz.
Barkamol inson tushunchasi komil inson tushunchasi bilan hamohangdir.
Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga erishganiga qarab
baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz. G‘oyat yetuklikni
esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy ta‘lim texnologiyalardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar sarasiga kiradi va ularni har
tomonlama rivojlanishini ta‘minlashga ta‘lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga xizmat qiladi.
Xususan har
tomonlama
rivojlangan
barkamol
insonni
tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma‘naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy
mukammallikni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo
etadi.
Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar,
murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bogiiq umumbashariy
jarayonlar yuz bermoqda. "O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi
zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga
1
.
"Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2010 yil 27 yanvardagi qarori G`G`Xalq so`zi.- 2010.- 28 yanv.
4
keltirilgan
ilmiy-texnikaviy
salohiyatdan keng va samarali foydalanishga,
fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan
texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy
kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti
va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti esa
musthkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi‖- deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A.
Karimov.
Barkamol avlod tarbiyasida innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan
foydalanish borasida qator olimlarimiz ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar
jumladan M. Ochilov yangi pedagogik texnologiyalarni tizimga solgan,
Azizxo‘jayeva N. pedagogik texnologiyalarni o‘rganish uchun maxorat darslarini
tashkillashtirish borasida izlanishlar olib borgan. Hozirda mavjud yuqorida
keltirilgan olimlar ilmiy tadqiqot ishlaridan kelib chiqib bizningcha yangi
pedagogic texnologiyalardan foydalanishning yangi usullarini takomillashtirish
orqali tizimni yaratishni lozim deb tadqiqot mavzuimizni ―Zamonaviy ta‘ilm
texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash‖-deb nomladik.
Tadqiqot maqsadi: Kasb- hunar ko‘llejlarida zamonaviy ta‘lim
texnologiyalari asosida ta‘lim berish jarayonini takomillashtirish hamda barkamol
avlodni tarbiyalash.
Tadqiqot ob‟ekti: Asaka pedagogika kolleji o‘quvchilarida ta‘lim
jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalari asosida komil va barkamol qilib
tarbiyalash ishlari.
Tadqiqot predmeti: Pedagogika ko‘lleji o‘quvchilarini barkamol shaxs
sifatida tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot vazifalari:
1. Uzluksiz ta‘lim tizimida barkamol avlod tarbiyasida zamonaviy ta‘lim
texnologiyalarining mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalarini aniqlash.
2. Ta‘lim jarayonida zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanishning
ta‘limiy imkoniyatlari, qo‘llanilishi, usullarini aniqlash.
3. Ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun darslarni
5
ta‘lim texnologiyalar asosida o‘tkazishi to‘g‘risida uslubiy tavsiya ishlab chiqish.
Tadqiqot ilmiy farazi:
1. Kasb- hunar ko‘llejlarida ta‘lim metodikalarining samaradorligi aniqlansa
2. Xamkorlik pedagogikasi asosida darslar tashkil qilinsa hamda maxorat
darslari tashkil qilinsa
3. Guruxlar o‘rtasida turli tanlovlar va seminarlar tashkil qilinsa
4. Iqtidorli talabalar aniqlansa va ularni soxalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar
olib borishlariga ko‘maklashilsa
5. Natija bergan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ochiq darslar
tashkil qilinsa
6.O‘qituvchilar uchun o‘quv uslubiy tavsiya ishlab chiqilsa
Tadqiqot metodlari: ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil etish, suxbat,
kuzatish, o‘zaro bir-birini o‘qitish kabi asosiy metodlar qo‘llanildi.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining
ta‘lim sohasidagi qarorlari, Prezidentimiz I. A. Karimovning barkamol avlod
tarbiyasiga qaratilgan asarlari ―Pedagogika‖ va ―Pedagogik texnologiyalar va
pedagogic maxorat‖ predmetiga oid darslik va qo‘llanmalar, o‘zbek xalqining
komil inson to‘g‘risidagi fikirlari hamda jaxonning ilg‘or tajribalari hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kasb hunar ko‘llej o‘quvchilarini komil,
barkamol, intellectual saloxiyatli etib tarbiyalashda, kasbiy tushuncha va
maxoratlarini to‘laqonli egallagan yoshlarni tarbiyalashda, ta‘lim jarayonida
zamonaviy ta‘lim texnologiyalari va usullaridan foydalanish darajasini yanada
samaradorlikka erishish tizimini yaratish.
Muammoning o‟rganilganlik darajasi. Hozirda zamonaviy ta‘lm
texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash muammosini o‘rganishga
doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar to‘plangan (Ochilov M. Ochilov yangi
pedagogik texnologiyalarni tizimga solgan, Azizxo‘jayeva N. pedagogik
texnologiyalarni o‘rganish uchun maxorat darslarini tashkillashtirish borasida
izlanishlar olib borgan, Saydahmedov N. ―Pedagogik amaliyotda yangi pedagogic
texnologiyalarni qo‘llash na‘munalari‖, Tolipov O‘., M. Usmonboyeva ―
6
Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot‖, Farberman B. L. ―Peredoviye
pedagogicheskiye texnologii‖ Avliyoqulov N ―Zamonaviy o‘qitish
texnologiyalari‖, Yo‘ldoshev J., Usmonov S. ― Pedagogik texnologiya asoslari‖
va
boshqalar).
Tadqiqotning amaliy axamiyati: Kasb –hunar ko‘llejlarida o‘quvchilarni
komil va barkamol qilib tarbiyalashda ta‘lim jarayonida yangi pedagogic
texnologiyalar, innovatsion ta‘lim texnologiyalari hamda interfaollik darajasini
yuqori bo‘lishida o‘qitishning zamonaviy usullarini fanning hususiyatidan kelib
chiqqan holda qo‘llash orqali samarali natijaga erishish jarayoni. Olingan natijalar
asosida o‘qituvchilarga va izlanuvchilar uchun tavsiyalarni ishlab chiqilganligi.
Bitiruv malakaviy ish tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 6ta
bo‘lim, xulosalar va tavsiyalardan iborat bo‘lib jami 69 bet, adabiyotlar ro‘yxatida
28 nomdagi manba keltirilgan.
7
I BOB. ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Zamonaviy o‟qitish jarayonini tashkil etish va unga
qo‟yilgan talablar
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sog`lom, barkamol avlodni
voyaga
yetkazish
muhim va ustivor vazifaga aylandi. Rivojlanayotgan
jamiyatimizning o`z oldiga qo`ygan oliyjanob maqsadi kelajagi buyuk davlatni
barpo etish vazifasi shuni taqozo etadi.
Barcha davrlarda ham barkamol avlodni tarbiyalash unga ta‘lim berish
to‘g‘risida qayg‘urganlar va bu izlanishlar hoirga qadar ham davom etmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy ta‘lm texnologiyalari asosida barkamol avlodni
tarbiyalash muammosini o‘rganishga doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar
to‘plangan (Ochilov M. ―Yangi pedagogic texnologiyalar‖, Saydahmedov N.
―Pedagogik amaliyotda yangi pedagogic texnologiyalarni qo‘llash na‘munalari‖,
Tolipov O‘., M. Usmonboyeva ― Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot‖,
Farberman B. L. ―Peredoviye pedagogicheskiye texnologii‖ Azizxo‘jaeva N.N.
―Pedagogik texnologiyalar va pedagogic maxorat‖, Avliyoqulov N ―Zamonaviy
o‘qitish texnologiyalari‖, Yo‘ldoshev J., Usmonov S. ― Pedagogik texnologiya
asoslari‖va boshqalar).
Jismonan sog`lom, bilimli, ma'naviy barkamol, yetuk insonni
tarbiyalash mavzusi sharq allomalari tomonidan chuqur o`rganilgan. Arastu, Ibn
Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi ulug` allomalarning
asarlari va nazariy ta'limotlarida ham yosh vujudni kamol toptirish, tarbiyalashga
katta ahamiyat qaratilganligi bejiz emas.
Azaldan zukko ajdodlarimiz o`z milliyligini, ma'naviy boyligini
saqlabgina qolmasdan, ezgulik, ilmu ma'rifat, mustaqillik singari ezgu g`oyalar sari
8
intilganlar. Millatimizga xos ana shunday intilish, millatparvarlik, vatanparvarlik,
insonparvarlik
kabi
fazilatlar,
shuningdek,
buyuk
mutafakkirlar
hamda
ma'rifatchilar xatti-harakatlari tufayli xalqimiz har qanday sharoitlarda ham
barkamol, ma'nan yetuk farzandlar tarbiyalash vazifasini yoddan chiqarmagan. Bu
jarayon bevosita jamiyat rivojlanishining poydevorini mustahkamlash maqsadi
bilan ham uzviydir.
Ammo bu maqsad nafaqat kundalik faoliyat mezonida balki, jamiyat va
oila hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`zaro uyg`unlashtirishda ham
namoyon bo`lgan va bugungi kunda ham o`ziga xos taraqqiyot yo`limizda
namoyon bo`lmoqda.
Barkamol avlod - ko`nglida, qalb-qo`rida ishonch va iftixor tuyg`ular
mavjlanib turgan avloddir. U nafaqat haq-huquqini, balki fuqarolik burchini ham
chuqur anglaydi. Xuddi shu anglash, his qilish qaysi ilm dargohida ta'lim olmasin,
qay bir sohada mehnat qilmasin, ulug` yurtning an'analariga munosib bo`lishga
undaydi.
Hech shubhasiz, har qanday millat o`z farzandlarining barkamol bo`lishini
orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izohli lug`atida
barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot, voyaga
yetish, bekamu ko`st mukammallik holati va hokazo".
Shunday shaxslarni tarbiyalayotgan pedagogning o‘zi teran bilimga, yuksak
ma‘naviy – axloqiy fazilatlarga, pedagogik maxoratga ega bo‘lishi, fanni
zamonaviy pedagogic texnalogiyalar, interfaol usullardan samarali foydalangan
holda o‘tishini hayotning o‘zi taqazo etmoqda. Bu davr talabidir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez- tez tilga
olinmoqda. Zamonaviy dars shunday darski, unda o‘qituvchi o‘quvchining
mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy imkoniyatlarini
ishga solib, rivojlanishini t‘aminlaydi. O‘quvchi esa o‘z navbatida bilimlarni
chuqur o‘zlashtiradi va ma‘naviy barkamollik sassri odimlaydi.
Zamonaviy dars deganda qanday darsni tushunamiz, uning belgilari,
mezonlari qanday, u qanday shakillarga ega, u qanday uslubda o‘tiladi, darsda
9
qanday usullardan foydalaniladi, unga qanday didaktik talablar qo‘yiladi? Kabi
savollar tug‘ilishi tabiiy.
Zamonaviy dars mezonlari va belgilari:
-dars o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro
faol munosabatlariga asoslangan bo‘ladi;
-dars jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida
amalga oshiriladi;
-dars o‘quvchining yuqori darajadagi qiziqishi, xoxishlari, aqliy faolligi,
muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
-dars o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra tirliuslublar, vositalar, uslubiyatlarga
suyanadi;
-darsda o‘quvchining aqliy faoliyatini faollashtirishga e‘tibor qaratiladi.
-darsda
o‘quvchi
shaxsiyatini
rivojlantirishga,
birinchi navbatda,
o‘quvchining o‘zini – o‘zi boshqara olishiga qaratilgan mexanizm to‘liq ishga
solinib, shu orqali uning bilimga bo‘lgan qiziqishi va xoxishi orttiriladi;
-dars sifati va samaradorligini t‘min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
-darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi. O‘quv materiali
qiyinchiliklarini osonlik bilan yenga olishga e‘tibor qaratiladi;
-darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘lanishda talqin etiladi.
Darsga qo‟yilgan didaktik talablar:
-o‘quv maqsadlarini aniq va ravon belgilash, dars bosqichlarining ketma
ketligi jarayonining rivojlantiruvchi ta‘lim va tarbiyaviy maqsadlarini ta‘min etish;
-ta‘lim mazmunini optimal aniqlash, o‘quv dasturlari, standart meyorlariga
moslash, o‘quvchilar tayyorgarligini dars jarayoniga mosligi;
-bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini kafolatlash orqali o‘quvchilarni ko‘nikma,
malakalarni egallab olishga tayyorlash;
-dars mazmuniga mos ravishda ratsional metod, uslub, vositalarni tanlay
olish, orqali o‘quvchilar qiziqishini oshirish yakka va jamoa tartibida ishlashga
muxityaratish;
-dars jarayonida turli didaktik prinsplardan foydalanish;
10
-o‘quvchining muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhit yaratish.
Dars shakillari olib borilayotgan ta‘lim jarayoniga tubdan o‘zgartirishlar
kiritadi. Ular quyidagilardan iborat: aralash darslar; yangi bilimlarni o‘zlashtirish
darslari,
yangi
ko‘nikmalarni
shakillantirish
darslari,
umumlashtiruvchi
o‘tilganlarni tizimlovchi darslar; bilim ko‘nikmalarni tizimlovchi va nazorat
etuvchi darslar; olingan bilim va ko‘nikmalarni amaldda qo‘llovchi darslar.
Olib borilishiga qarab qarab ham ko‘rinishlarni ifodalovchi dars turlari
mavjud. Bular quyidagilar.
1.Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar. Bunday darslarda o‘quvjarayoni
asosan ko‘rgazmali metodlar asosida olib boriladi. Bu darslarda asosan
o‘quvchilarning eshitish va esda saqlab qolish qobiliyatlariga tayaniladi.
O‘quvchilarning eshitgan va esda saqlaganlari asosida bexato javob berishlari dars
samaradorligini belgilaydi. Tushuntiruv darslari boshqa tur darslariga qaraganda
bir qator afzalliklarga ega. Bu turdagi darslar vaqtni tejash, o‘qituvchi va
o‘quvchining kuchini saqlash hamda dars jarayonini samarali boshqarish imkonini
beradi.
Shu bilan birga bu darslarning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Bu
darslarda o‘quv materiallari tayyor holda beriladi, o‘quvchining mustaqil ishlashi,
fikrlashi
tshkil
etilmaydi.
O‘zlashtirish
jarayonida
shaxsga
individual
yondashilmaydi.
2.Muammoli darslar o‘z xarakteriga ko‘ra muammoli vaziyatni vujudga
keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga qaratiladi.
Bunday darslar bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga qaratilib, unda
o‘quvchining fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O‘quv jarayoni texnologiyasi
variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan hal etiladi.
Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O‘quv
materiali, muammoning qo‘yilishi o‘quvchining tayyorgarligiga, yoshiga mos
bo‘lishi va ular yecha oladigan masalalar bo‘lishi kerak. Darsning birinchi
bosqichdaida
muammoning
mohiyati,
yechimining
zarurligigina
tushunib
yetishlariga erishish muxim.
11
Darsning ikkinchi bosqichi muammoni yechish yo‘lidir, uni mohiyatiga
yetish orqali hal etiladi. Darsning so‘nggi bosqichida yechim asosida o‘quvchi
―men buni o‘zlashtirib, yechimini o‘rganib oldim‖ degan xulosaga keladi.
Muammoli dars o‘quvchilarning ijodiy mustaqil xarakati o‘rqali o‘z
yechimini topadi. O‘quv jarayoniga qiziqish ortadi. O‘qituvchining asosiy e‘tibori
muammoni qo‘ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o‘quvchilarning xulosa
chiqara bilishini shakillantirishdan iborat.
3. Dasturlangan dars asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida
amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida amalga
oshiriladi. U o‘quv jarayoni boshqaruvini qulylashtiradi. Bunday turdagi darslarda
pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan darsning qulayligi
shundaki, unda o‘quvchining o‘qitish materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini
doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga imkon yaraladi.Natijada uning
qiziqish, intilishlari so‘nmaydi, o‘quvchida bo‘lgan intilish saqlanib qoladi.
4. Kompyuterli darslar – o‘quv jarayoni yangi zamonaviy, yuqori darajadagi
yutuqlarga suyangan holda didktikaning so‘nggi texnologiyalari asosida tashkil
etiladigan darslardir. Bunday darslar o‘quv materiallarini tez, soz o‘zlashtirish
imkonini beradi. Agar kompyuter maxsus dasturlar bilan ta‘min etilsa, o‘quv
jarayoni samarali kechadi. O‘quv jarayonini olib borish, nazorat etish, natijalarini
korreksiya qilish, boshqarish, kerakli ma‘lumotlarni to‘plab borish oson kechadi.
5. Nostandart darslar. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart darslar
va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning
bosh maqsadi o‘quvchilarning bilish jarayoniga, o‘quv mehnariga qiziqish,
hohish-istaklarini ko‘zlash orqali o‘quvni tshkil etishdir. Bunday darslarni
maqsadi, vazifasi, o‘tish meto‘dikalariga ko‘ra nomlash mmumkin. Masalan:
1. ―G‘arq bo‘lish‖
2. Musovboqa darslar
3. Teatrlashtirilgan darslar
4. O‘zaro bir birini o‘qitish darslari
5. Sud darslari
12
6.Ko‘rik tanlov darslari v. h. k
Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga
erishganiga qarab baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz.
G‘oyat yetuklikni esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz. Balog`at va kamolotning
turli-tuman qirralari bor. Albatta, bu qirralarning jilolari bir-biridan aslo kam emas.
Davlatimizning
bosh
siyosati
ham
kelajak
avlodning
istiqlolini
ta'minlashga,
zarur
shart-sharoit
yaratishga,
ularni yetuk insonlar qilib
tarbiyalashga qaratilgan. Yuzlab kollej, va litseylar, ko`plab sport inshootlari,
komp'yuter va internet kabi zamonaviy texnika vositalari yoshlarimiz ixtiyoridadir.
Kechagi dehhon bolasi bugun til o`rganib, Londonday joylarda o`qib yuribdi.
Bularning bari tahsinga sazovordir.
Xammamizga yaxshi ma‘lumki, prizidentimiz Islom Abdug‘aniyevich
Karimov a‘lim tushunchasiga milliy demokratik nuqtai nazaridan yondashib, unga
quyidagich ta‘rif bergan edi: ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga
yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodlarni barcha eng
yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, maxorati izluksiz
takomillashtiriladi, katta avlodlarning dono maslahat va tajribalari yuksak darajada
anglab olinadi va yosh, barkamol avlodga o‘tadi‖. Ushbu ta‘kidlangan maqsadni
amalga oshirish uchun ta‘limning yangi-yangi mo‘dellari yaratilmoqdaki, uning
nazriy asoslari yetakchi mutaxassis olimlar tomonidan ilmiy amaliy tarzda isbotlab
berilmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada
texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘langandir. Fikrimizning dalili sifatida
muhtaram
Prezidentimizning
2012-yil
28-mayda
qabul qilgan ―Malakali
pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
muassasalarini
shunday
kadrlar
bilan
ta‘minlash
tizimini
yanada
talomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarorini keltirishimizmumkin.
Ushbu qarorda ta‘kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus
ta‘lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb hunar ta‘limi markazi zudlik bilan ta‘lim
jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish
shuningdek, ―amaliy o‘yin‖lar, interfaol ta‘lim uslublari, axborot kammunikatsiya
13
texnologiyalari, elektron ta‘lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan
foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tarflama o‘rganib chiqishligi
ko‘rsatilgan.
Yurtimizda barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor berilayotganligi bejiz
emas va bu borada juda ko‘p amaliy ishlar olib borilmoqda bunga yana bir misol
qilib Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z
ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini
XXI asr talablariga to`liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib
voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha
keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida,
shuningdek, O`zbekiston Respublikasida 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb
e'lon qilingani munosabati bilan ―Barkamol avlod‖ davlat dasturi qabul qilindi
hamda hayotga tadbiq etildi. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan:
Bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni
barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan
me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me'yoriy
hujjatlarga zamon talablariga mos o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish;
"Sog`lom ona – sog`lom bola" dasturini izchil amalga oshirish asosida
sog`lom
avlodni
voyaga
yetkazish
borasidagi
chora-tadbirlarni
yanada
kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish
tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog`liqni saqlash tizimini
ustivor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
sog`lom bolalar tug`ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog`liq masalalar yuzasidan
aholi
o`rtasida
tushuntirish
hamda
maslahat
ishlarini
ko`paytirish;
tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi
mavjud talabga alohida e'tibor qaratgan holda, o`sib kelayotgan yosh avlodga
ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash,
undan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, davlat ta'lim standartlari,
o`quv dasturlari va o`quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish; ta'lim jarayoniga
yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar,
14
multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-
hunar kollejlari, litseylari va oliy o`quv yurtlarida o`qitish sifatini tubdan
yaxshilash, ta'lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi
o`quv va laboratoriya uskunalari, komp'yuter texnikasi bilan mustahkamlash,
shuningdek,
o`qituvchilar
va
murabbiylar
mehnatini
hamda
ma'naviy
rag`batlantirish bo`yicha samarali tizimini yanada rivojlantirish; zamonaviy
axborot
va
kommunikatsiya
texnologiyalari,
raqamli
va
keng
formatli
telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish,
ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o`zlashtirish; yosh avlodni jismonan
barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni,
ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etish,
yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport
anjomlari va jihozlari bilan ta'minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan
mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;
iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirishning muhim yo`nalishi, aholi va o`rta sinf
mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo`lgan kichik biznes hamda
xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal
etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari
bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish
uchun sharoit yaratish; ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intellektual
salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-
tadbirlarni ishlab chiqish; yosh oilalarga g`amxo`rlik qilish ishlarini kuchaytirish,
ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash, jismonan va har
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo`g`ini
bo`lgan sog`lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish; yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni
ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda
biz uchun yot bo`lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban "ommaviy
15
madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish.
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)
da qabul qilingan xamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda
muvaffakiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim
tug‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol
shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining moxiyati
tulaqonli ochib berilgandir.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib,
quyidagi to‗rt jihatga e‘tiborni qaratdi, ya‘ni har bir fuqaro:
-o‗z haq-huquqini taniydigan bo‗lsin, buning uchun kurashsin;
-o‗z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‗lsin, imkoniyatlarini ishga
solib, samarasini ko‗rsin;
-atrofida sodir bo‗layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira
olsin;
-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‗un holda ko‗rib,
faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‗liq ta‘rifdir.
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida ko‗p asarlar bitilgan.Ana shunday
asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning ―Insoni komil‖ nomli risolasi bo‗lib, unda
komil insonga shunday ta‘rif berilgan: ―Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat
va haqiqatda yetuk bo‗lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang,
boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda
quyidagi to‗rt narsa kamolga yetgan bo‗lsin: yaxshi so‗z, yaxshi fe‘l, yaxshi ahloq
va maorif‖. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‗on, riyo va badkirdorlikdan
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga
ko‗tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi.
2
"Barkamol avlod yili" davlat dasturi.-T.: O`zbekiston, 2010.-80 b.
16
Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‗tabar zotdir.
Insonlar komillikka ahloqiy-ma‘naviy poklanish jarayonida erishadilar.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon
sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo‗llanma vazifasini
o‗tagan ko‗p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu o‗rinda Prezidentning
quyidagi so‗zini eslash o‗rinli: ―...bizning ulug‗ ajdodlarimiz o‗z davrida komil
inson haqida 1butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda,
sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb b ilaman.
Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib,
sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak
ahloqiy tuyg‗u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma‘no-mazmunini tashkil
etadi‖.
Komil inson fazilatlarini o‗zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin: Kaykovusning ―Qobusnoma‖, Sa‘diyning ―Guliston‖,
―Bo‗ston‖, Amir Temurning ―Temur tuzuklari‖, Abdurahmon Jomiyning
―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbubul-qulub‖, Husayn Voiz Koshifiyning
―Ahloqi muhsiniy‖ va boshqalar. Bu asarlarning ko‗pchiligida odil shoh va adolat,
halollik va soflik, poklik, to‗g‗rilik, insonparvarlik, ma‘rifatli bo‗lish kabi
insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher Navoiyning ―Nasoyimul muhabbat‖ asarida komil insonga xos
xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o‗tilgan. Bular qatoriga ulug‗
mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o‗z
kasbidan topib kun o‗tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o‗zini kam deb
bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo‗pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo‗lish –
yaxshi, muloyim tilli bo‗lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli,
sadoqatli, vafoli bo‗lish, rozi-rizolik bilan kun o‗tkazish, riyozat chekishdan
qo‗rqmaslik va boshqalar.
Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli
sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli
ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bo‗lish va baxtli qilishga intilish,
17
bunga esa faqat ilm va ma‘rifat orqali erishish mumkinligini ko‗rsatdi. Beruniy va
Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli
ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‗azzoliy insonning boshqa
mavjudotlardan
ustunligi
aqlda
emas,
balki
inson
qalbida
ekanligini
ko‗rsatdi.Ulug‗ mutasavvuf Abduholiq G‗ijduvoniy insonni ―kichik olam‖ deb
hisoblagan.
Hayot go‗zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan
go‗zaldir. Inson go‗zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma‘naviyligi, ya‘ni
ahloq va odobi hisoblanadi. O‗zbek xalqining ―Inson odobi bilan go‗zal‖ degan
maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma‘no yotadi.
Komillik haqida buyuk muallim Konfutsiy bundan 2500 yil muqaddam
―Xamsa‖ kabi ―Beshlik‖ deb nom olgan kitoblari jumladan ―Lunyuy‖ning birinchi
bobida ―O‘qi‖ deb hammani ma‘rifatga chorlagan. Yana bir qadriyat: bundan
1400yil avval, 613 yil Ramazon oyining juma kunida buyuk Payg‘ambarimiz
sallalohi alayhi vassallam qulog‘iga Parvardigorimizni ―O‘qi‖ degan davati quyib
qo‘yildi. O‘shandan beri Qur‘oni Karim taniqli islomshunos olim Rahmatulloh
qori Obidov talqiniga ko‘ra bizga shunday uqdiradi: ―O‘qi! Hamma narsani o‘qi!
Ollohning kitobini o‘qi! Ollohning oyatlarini o‘qi! Tabiat kitobini o‘qi! Basharning
butun tarixini o‘qi! Ilmning har sahifasini o‘qi! Har bir haqiqatni o‘qi! Hidoyatga
erishmoq
uchun
o‘qi! Zalolatdan qutulmoq uchun o‘qi! Iymoningni
mukammallashtirish uchun o‘qi! Va buning uchun Olloh nomi bilan o‘qi!
O‘rganmoq uchun o‘qi! Qudrat qalami bu olamga yozgan har bir satirni o‘qi!
Insonga bilmaganini o‘rgatgan Tangri nomi bilan o‘qi‖
3
. Mana barkamollikning
oltin kaliti. Bu tushunchaning yana bir ulug‘lik xususiyatini bugungi avlod uchun
barkamollik
dasturi
bo‘lgan
―avliyolarning
avliyosi,
mutafakkirlarning
mutafakkiri, shoirlarning sultoni‖
4
buyuk bobomiz Alisher Navoiyning 20 jildlik
ma‘naviyat durdonalari, yurtimiz raxbari I. Karimovning to‘rt yuz bosma taboqdan
ham salmoqli 20 tomlik asarlari,
buyuk bobomiz Alisher Navoiyning 20 jildlik
3
Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. 2-kitib, T.: Movorounnaxr, 2005, 143-144-b
4
I. Karimov, Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat, 2008, 47-b
18
ma‘naviyat durdonalari, yurtimiz rahbari I.Karimovning to‘rt yuz bosma taboqdan
ham salmoqli 20 tomlik asarlari, Prezidentimizning 2010 yil 27 yanvardagi
"Barkamol avlod yili davlat dasturi" to‘g‘risidagi qarori, bularning hammasi
bugungi kun mavzusining qanchalik dolzarb ekanligini bildirib turibdi.
Barkamol inson. Komillik. Har tomonlama shakllangan va kamol topgan
shaxs. Milliy mafkuramizdagi asosiy g‘oyalarni ifodalovchi bu tushunchalar
qanchalik ko‘hna bo‘lmasin, shunchalik zamonaviy hamdir. Ko‘hnaligi shundaki,
bundan 3000 yil avval Muso alayhis-salomga nozil qilingan muqaddas Tavrotdagi
oltin qoidalar deb nomlangan hikmatlarda, Dovud payg‘ambar madhlarida, Shoh
Sulaymon, Konfutsiy hikmatlarida bu g‘oyalar yorqin ifodasini topgan. Xuddi shu
davrlarda Movarounnahrda Zardusht komillikni targ‘ib qildi.
Bizning qadimgi yurtimizda shakllangan zardushtiylikning muqaddas kitobi
- «Avesto»da barkamol inson ta‘rifi chiroyli iboralar bilan tavsiflanadi. Masalan,
unda aql-zakovatli, idrokli va bilimdon kishi yaxshiliklari (fikri, so‘zi, amali) bilan
shunday maqtovlarga loyiqki, u hamma yerda barchaning tilida unday odamni
ko‘klarga ko‘tarib ulug‘lashadi, deyiladi. Zukko odam sermeva uzum daraxti bilan
qiyoslanadi: bu daraxt-ning novdalarida hayot balqiydi, soyasida shirindan shakar
mevalari yarqirab, barq urib turadi. Bu daraxt mevasi bilan ham, soya-salqini bilan
ham foydali. Shuning uchun ham u hamma yerda ardoqli. Savodsiz, nodon,
aldoqchi kimsa esa uzum daraxtiga o‘xshamaydi. U bamisoli shunday daraxtki,
uning tanasida hayotdan asar ham yo‘q va shoxlari qurigan, ular na kurtak yoza
oladi, na meva tugadi. Undan hech qanday naf yo‘q, u faqat olovga yaraydi
deyiladi.
«Avesto»ni yuksak ma‘naviyat chashmasi deb baholaging keladi. Chunki
unda bugungi kunda aqlli, bilimli, baxtli bo‘lish yo‘l- yo‘riqlari belgilab qo‘yilgan.
Masalan, undagi ayrim hikmatlarni barcha yoshlarga - nafaqat yoshlarga, hammaga
hayot sabog‘i sifatida keltiramiz, toki biz ularga amal qilsak, hayotimiz shirin,
turmushimiz barqaror, o‘zimiz go‘zal, insofli, diyonatli, risoladagiday insonlarga
aylanishimiz aniq. Mana ular:
* Kechqurun kun bo‘yi bajargan amallaringning hisob-kitobini qil: bugun
19
men qanday savob ish qildim, kimga qanday foyda keltirdim, qanday savobga
erishdim va qanday gunohga yo‘l qo‘ydim; qanday taqvoli, adolatli, to‘g‘ri yo‘l
bilan yurdimu qanday xato, noto‘g‘ri, qing‘ir yo‘ldan yurdim, chunki bu yorug‘
dunyoning karvonsaroyida o‘tkazgan bir kunlik umrimiz narigi dunyodagi
boqiylikka teng bo‘lib qolishi mumkin.
* Farzandaringizga ta‘lim-tarbiya berishda jonbozlik ko‘rsating, chunki
ta‘lim - bu bilimning urug‘i, uning mevasi esa - aql, aql bo‘lsa - u dunyoyu bu
dunyoning tartib-qoidasi. Bu haqda shunday naql bor: bilimlilik - gullab-
yashnashning bezagi, balo-qazo kelganda - sening tayanching, bebaxt¬likda
quvonching, qashshoqlashsang - qo‘lingdagi hunardir.
* Odamlar, sahar turishga odatlaning! Qoidadagidek, toza suv bilan
yuvining, qoidaga ko‘ra pokiza kiyimlaringizni kiying (kiyinayotib duo
kalimalarini aytib turishni unutmang). Jonim omon bo‘lsin desangiz, tavfiqli,
diyonatli fikrlar, so‘zlar va amallar bilan oqilona ezgu ishlar qiling va to‘g‘rilikka
yuz tuting.
* Dunyoda eng baxtli inson kim? Baxt-li odamning qo‘li doim mehnatda,
qalbi savobgarchilik va e‘tiborga to‘la; kuch-kudratga ega bo‘lish uchun u insof-
diyonatga intiladi, ezgu amallarni orzu qiladi, shahvoniy nafsni tiyadi va uni
xayolidan chiqaradi, o‘zidan kasalliklar va hirsiy istak-xohishlarni quvadi, o‘zidan
yaxshi nom qoldirish, obro‘-e‘tibor va bilimdonlik haqida qayg‘uradi.
Buyuk donishmandlarning o‘gitlari hamda bugungi faylasuflarimizning tad-
qiqotlari barchamizga hayotiy dastur bo‘lmog‘i zarur. Masalan, birgina Konfutsiy
ta‘limotini olaylik. Uningcha, insoniylik, adolat, taomil, sog‘lom fikrlash va
samimiylik komillikning yagona belgisi sifatida qaraladi. Shogirdlaridan birining
"Insoniylik nima?" degan savoliga javoban, u "mana sen taomilga itoat qilmay,
otangga ikki yilgina motamda bo‘lding va, odatga qarshi borib, hayotning barcha
lazzatlaridan foydalana boshlading. Shuni sen odamiylik deysanmi? Axir otang
seni dunyoga keltirdi, po‘palab tarbiyaladi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi,
qoqilib, burni qonamasin deb, uch yil seni qo‘lingdan ushlab yetaklab yurdi. Senga
esa uch yil motam ko‘plik qilyapti. Shu insoniylikmi? deydi.
20
Bu bizlarga ham katta hayotiy saboq bo‘lmog‘i lozim.
Milliy qadriyatlar - bu jon tomirlarimizda oqayotgan imon va e‘tiqodimiz,
vatanparvarlik va xalqsevarligimiz, pok vijdon, to‘g‘riso‘z va ezgu tilaklar egasi
bo‘lishimiz...
O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga sing¬dirilayotgan har bir ezgu g‘oya
ertaga,
albatta,
o‘z mevasini berishi tayin. Shu ma‘noda, muhtaram
Yurtboshimizning har bir yilimizni bir ezgu nom bilan atab, ulkan rejalar asosida
farovonlik yo‘lini yanada munavvar qilayotganida hikmat borligini alohida
ta‘kidlash joiz. Yillar shunchaki o‘n ikki oydan iborat taqvim hisobi emas, puxta
o‘ylangan, ma‘lum dastur asosida vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi,
komil inson tarbiyasiga bag‘ishlanayotganligi bilan ardoqlidir.
Muxtasar qilib aytganda, milliy qadriyatlarimiz ertasi yanada nurafshon
bo‘lgan, kelajagi yorqin, buyuk bo‘lgan mamlakatimizning barkamol avlodlarini
tarbiyalashda bitmas xazinadir.
Konfusiy insonni o‗z mohiyatini ma‘naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti
orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi o‗zidagi
har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‗uni ma‘naviylikka bo‗ysundira olishidir.
Faqat insondagi ma‘naviy mas‘ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish
kerakmasligini o‗rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma‘naviylik inson va
insonlar faoliyatiga maqsad, yo‗nalish va mazmun beradigan omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |