Amaliy mashg`ulot 7: Musiga bolalarning kundalik hayotida Reja: Bolalarning kundalik hayotini tashkil etish. Musiqaning bolalar hayitidagi o`rni



Download 19,32 Kb.
Sana19.07.2021
Hajmi19,32 Kb.
#123685
Bog'liq
Amaliy mashgulot 3-bosqich, 7-mavzu (1)


Amaliy mashg`ulot 7: Musiga bolalarning kundalik hayotida

Reja:

1.Bolalarning kundalik hayotini tashkil etish.

2. Musiqaning bolalar hayitidagi o`rni.

3. Musiqiy didaktik o`yinlarni tashkil etish.

Bolalarning kundalik hayotida musiqaning kiritilishi, tarbiyachi tomonidan aniq rahbarlik qilinishi, tarbiyaning maqsad va vazifalarini hisobga olinishi ularning imkoniyat va qiziqishlarini hisobga olishdan iboratdir. Tarbiyachi guruhlardagi bolalarning kundalik hayotini shunday tashkil qilish kerakki, ularning faoliyati yorqin va rang- barang bo`lishi, mashg`ulotlar davomida olgan bilimlarini mustaqil ravishda foydalanadigan bo`lishi lozim.Bolalarning ayrim imkoniyatlarini o`yin vaqti, tomoshoga chiqish vaqti bolalarning badiiy faoliyati bilan birgalikda har xil mashg`ulotlardagi imkoniyatlarini ko`rib chiqamiz.

Bolalar faqat musiqaviy mashg`ulotlar vaqtida musiqani sevib qolmasdan balki ular katta qiziqish bilan qo`shiq, raqs kuylarini, musiqaviy asboblarda ijro etilgan musiqaviy asarlarni tinglashni yaxshi ko`radilar. Katta guruhdagi bolalarda musiqaga bo`lgan qiziqish malum tavsifda bo`lib, ularda sevimli qo`shiqlar paydo bo`ladi va ular bu qo`shiqlarni tez-tez tinglashni xohlaydilar.Shuning uchun har bir bog`chada proigrivatel, magnitafon,qo`shiqlar, ertaklar yozilgan audio video yozuvlar va jihozlar bo`lishi shart. Bolalarning bu vaqtdagi faoliyatlarining vazifasi ularning musiqaviy mashg`ulotda olgan bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir.Shu maqsadda tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tanish bo`lgan qo`shiqlarni kuylaydilar, ayrim bolalar bilan alohida shug`ullanib, musiqaviy asboblarda ijro etishni o`zlashtirishga yordam beradi hamda murakkab raqs elementlarini o`rgatadi. Shu bilan bir qatorda tarbiyachi musiqaviy mashg`ulotlarda o`rganiladigan repertuarlarning hammasini bilishi kerak.

Ko`pgina bolalar bog`chasida tug`ilgan kun bilan tabriklash tashkil etilgan. Bunday kunlarda bolalarning mustaqil go`shiq aytish, raqsga tushishi maqul bo`ladi. Bolalarning o`zlari o`rtog`iga atab qo`shiqlar to`qiydilar, musiqaviy asboblarda kuy ijro etib beradilar. Bu esa faqat bolalarning qobiliyatini o`stirib qolmasdan, balki bir-biriga bo`lgan munosabatlarni ham yaxshilaydi.Bolalar bo`sh vaqtlarida tez-tez har xil o`yinlar tashkil qilishib turishadi.Bu borada musiqaga ko`proq o`rin beriladi. Masalan; konsertlarda o`ynayotgan vaqtlarida , musiqaviy mashg`ulotlar vaqtida ular tanish bo`lgan qo`shiqlarni eslab ijro etishadi.

Bolalarning musiqaviy tarbiyasida asosiy rolni musiqaviy-didaktik o`yinlar bajaradi. Bu esa bolalarning musiqaviy eshitish qobiliyatini va musiqa savodini mustahkamlaydi.Bulardan ayrimlari qo`shimcha mashg`ulotlarda o`rgatiladi. Tarbiyachi bolalarning har kungi hayotlarida bu o`yinlarni takrorlaydilar, mustahkamlaydilar va yangisi bilan tanishtiradi. Ko`pgina musiqaviy-didaktik o`yinlarda bolalar musiqaviy acboblardan foydalaniladi (metallafon, qo`ng`iroqchalar, buben, uchburchaklar) va h.k. Tarbiyachi bunda har xil tembrli asboblarda ijro etib bolalardan bu qaysi asbobligini so`raydi yoki kartochkalar orasidan topib berishni taklif qiladi. Bolalarning usulga bo`lgan sezgisini mustahkamlash uchun, tuzilgan didaktik o`yinlar uchun tarbiyachi oldindan usulni shartli belgilar bilan yozilgan kartochkalarni tayorlab qo`yadi. O`yin boshlanishidan oldin har bir bola o`ziga musiqaviy asboblardan tanlab oladilar (metallafon, qo`ng`iroqcha) va x.k. Bunda tarbiyachi bolalarga har xil rangdagi to`g`ri burchak va to`rtburchak orasiga chizilgan chorak va sakkistalik usullarni ko`rsatadilar. Bunda bolalar oldin qarsak bilan usulini ko`rsatadilar, so`ngra musiqaviy asbobda ijro etib, naqoratlarni kuylab beradilar.Raqslar turlarini ajratish uchun audio va videolardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar raqslarni ko`rib sho`x, vals yoki qaysi xalq raqsi ekanligini ajrata olishni o`rganadilar.

Bolalarning faolligini, mustaqilligini, har xil emosional xis-tuyg`ularini mujassamlashtirishda va yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishni tashkil qilish vaqtida musiqa tarbiyasi kata tarbiyaviy ta`sir ko`rsatadi. Bolalarning musiqaviy hissiyotini faol qo`zg`ash yozgi mavsum hisoblanadi. Bu mavsumda maydonchalarda har xil o`yinlar tashkil qilinadi.Bunda bolalar mustaqil ravishda tarbiyachi bilan birgalikda eng sevgan qo`shiqlarini kuylaydilar. Ba`zi bolalar o`zlari bilan musiqa cholg`ularini olishlari mumkin. Sayr vaqtida musiqaviy-didaktik o`yinlarga ham o`rin beriladi. Bunda asosan bolalarga harakat o`yinlari ma`qul ko`riladi, bulardan “Ovozidan tanib ol” va b. O`yinni musiqa acboblarning tembriga asoslanib “Qaysi asbobda ijro etamiz?” kabi o`yinlardan foydalaniladi.Tarbiyachi oldindan sayr qilish rejasini tuzib qo`ygan bo`lishi kerak. Bu esa ishning muvaffaqiyatli chiqishida tarbiuachi bilan musiqa rahbarining hamkorligiga bog`liq bo`ladi.



Topshiriqlar:

1.

2. Musiqali bolalarning kundalik hayoti qanday rejalashtiriladi?



3. Kuylayotganda nafas olish va chiqarish qanday amalga oshiriladi?

4. Notalar cho`zimlarini matemetika fani bilan bog`lang.
Download 19,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish