Ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yilgan talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bo’yicha talablar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar Matematik kommunikativ kurs
Bakalavr:
- olamni bilishda idrok etishning alohida usuli sifatidagi matematika, uning tushuncha va tasavvurlari umumiyligi;
-asosiy teoremalar va ketma-ketliklar chegaralari;
-differensiallashning asosiy qoida formulalari;
-o’xshashlikning umumiy mezonlari;
-integrallashning asosiy usul va formulalari;
-aniq integral xossalari;
-murakkab funksiyalar differensiallanishi;
-kompleks o’zgaruvchilar va kompleks o’zgaruvchi funksiyalar;
-operasion xisoblash asosiy tushunchalari;
-vektor, skalyar va vektor kupaytmalar ustida chiziqli operasiyalar;
-skalyar va vektor maydonlar;
- matematik modellashtirish;
- axborot, uni saqlash, ishlab chiqish va uzatish haqida tasavvurga ega bo’lishi;
matematik tahlilni, analitik geometriyani, chiziqli algebrani, kompleks o’zgaruvchilar funksiyasi haqidagi nazariyani, ehtimollik va matematik statistika nazariyasini, diskret matematikani;
tabiiy belgilar va texnikadagi oddiy tizimlar va jarayonlarni matematik modellashtirish;
muayyan jarayon uchun ehtimoliy modellarni, qurilgan model doirasida hisoblar olib borishni;
turli darajadagi dasturlashtirish tilini, ma’lumotlar jamg’armasini, dasturiy ta’minot, dasturlashtirish texnologiyasini va kompyuter grafikasini;
funksional va hisoblash topshirig’ini yechish modelini;
-rekurrent formulalar va ularni taxminiy hisoblarda qo’llash;
-yuqori tartibli hosila va differensiallar;
-integrallashning asosiy usul va formulalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
obyektlarning miqdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanish;
eksperiment ma’lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yo’riqlaridan foydalanish;
algebraik tenglamalarni analitik va raqamli yechish;
sodda differensial tenglamalarni analitik va raqamli yechishni tadqiq etish;
matematik fizika asosiy tenglamalarini analitik va raqamli yechish;
hisoblash texnikasi imkoniyatlarini dasturlashtirish va undan foydalanish hamda dasturiy ta’minot;
-kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Tabiiy-ilmiy kurs
Do'stlaringiz bilan baham: |