1-MAVZU. “AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT” FANINING
PREDMETI, O‘RGANISH USULLARI VA VAZIFALARI
1.“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanining predmeti, usullari va vazifalari.
2. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati.
3.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida innovatsion faoliyatini tashkil etish.
4.Agrar sektorni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni o‘rni.
Tayanch so‘zlar:
agrobiznes,
innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion
texnologiyalar, resurs, hosildorlik, yalpi hosil, xarajatlar, dehqonchilik,
chorvachilik.
Respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida
agrar sektorni tizimli va uzluksiz taraqqiyotini ta'minlash uchun uning tarmoqlarida
innovatsion faollikni jadallashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni izchillik bilan
joriy etish asosida samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga
o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib
borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga
tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni
barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”, deb ta'kidlaganlar.
1
Darhaqiqat, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “... tarkibiy
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini muttasil
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik
toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport
salohiyatini sezilarli darajada oshirish” lozimligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish borasida ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu
vazifalar ijrosini ta'minlash ko‘p jihatdan respublikamiz qishloq xo‘jaligida
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyatni tashkil etishning
tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida» gi 5853-sonli farmonida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
birqator ustuvor strategiyalari belgilab berilgan. Soha boshqaruvida davlat
ishtirokini kamaytirish, qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini
yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar aynan agrobiznesda innovatsion
faoliyatga e'tibor qaratish zaruratini keltirib chiqaradi.
Agrobiznesni rivojlanishi ko‘p jihatdan fan va texnika yutuqlarini kengroq
joriy qilish bilan bog‘liq. Chunki innovatsion taraqqiyotga asoslangan iqtisodiyotga
yanada chuqurroq kirib borar ekanmiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga
murojatnoma
raqobatbardoshligining
ahamiyati
yanada
oshib
boraveradi.
Raqobatbardoshlik– bu sifatning yuqoriligi va tannarxning pastligidir. Bunga faqat
fan yutuqlari, yuqori hosilli va sifatli nav, zamonaviy texnologiyani joriy qilish
bilangina erishiladi. Shuni ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda xo‘jalik yuritish va
mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va xo‘jaliklar yer maydonlari xajmlarini
kichiklashishi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishda o‘ziga xos qiyinchiliklarni
keltirib chiqargan edi. Bularga mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ilmiy
izlanishlarga mablag‘ ajratish mexanizmi ham ishlab chiqilmaganligi sababli, ular
tomonidan ilmiy izlanishlarga mablag‘ ajratilmaganligi, davlatning yetarlicha
mablag‘ ajratmaganligi sababli,tayyor ilmiy yechimlarni sotib olish va ularni joriy
qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yilmaganligi, avval mavjud bo‘lgan vazirlik va
tashkilotlardagi fan-texnika yutuqlarini joriy qilish bo‘yicha tarqatilgan tarkibining
o‘rniga tuzilgan tarkiblarning qishloq xo‘jaligi sohasiga kam e'tibor qaratayotganligi
va shu kabilar misol bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda agrobiznesda
innovatsion faoliyatni iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish kerak bo‘ladi.
Innovatsiya faoliyati – yangi ishlab chiqarish bazasida raqobatbardosh
mahsulotlarni chiqarish jarayoni bo‘lganligi sababli, fikr tug‘ilishidan boshlab uni
qo‘llash va tashkil etish – ishlab chiqarishni o‘zlashtirishgacha, mahsulot ishlab
chiqarish-sotish va shuningdek iqtisodiy unumdorlikka erishishni ham o‘z ichiga
oladi. Innovatsiyalash iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyaviy kapital
qo‘yilmalarning natija berishi bilan xarakterlanib, texnikalarning yangilanishiga va
ishlab chiqarish texnologiyasining yanada samaraliroq bo‘lishiga, ularning ekologik
jihatdan toza va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlanishi
darajasining oshishida ko‘rinadi. Sohada fan-texnika yutuqlaridan foydalanish bir
mujassamlashgan tizimga solinmaganligi har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi
yakunlangan ilmiy yechimlarning 80 foizi foydalanilmasdan qolishiga olib
kelmoqda. Shuni hisobga olib qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni
boshqarishning
alohida
tizimini
yaratishga
ehtiyoj
sezilib
qolmoqda
Agrobiznesda innovatsion faoliyatini ilmiy asosga qo‘yishning iqtisodiy
mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri
hisoblanadi. Bunday iqtisodiy mexanizm agrar sohadagi ilmiy yechimlarni
samaradorligini oshirish va umuman agrosanoat majmuini, buning asosi bo‘lgan
qishloq xo‘jaligini samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini rivojlanib borishi sharoitida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini
rivojlantirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, ishlab
chiqarish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni zamonaviy talablar
asosida, ya'ni, xo‘jaliklarda ishni tashkil etishni ilmiy asoslarini yaratish lozimligini
taqozo etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy
jihatdan yanada baquvvat bo‘lishini ta'minlashi, mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishda qishloq xo‘jalik tarmog‘ini o‘rnini oshirishga zamin yaratadi.
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani innovatsion rivojlanish sharoitida
agrobiznesning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi innovatsion faoliyatni tashkil
etishni, uning turlarini rivojlantirish yo‘llarini, innovatsion texnologiyalar asosida
sohani daromadni oshirishni o‘rgatadi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida
innovatsion faoliyatning mazmuni moddiy asosga ega bo‘lgan ishlab chiqarish
sohasida biron-bir yangilikni yaratish va uni amaliyotga joriy etishda ifodalanadi.
Bu o‘z navbatida shu vaqtga qadar bir-biridan alohida ravishda ya'ni mustaqil
faoliyat yuritayotgan ilm fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish sub’yektlari
faoliyatini umumiy maqsad yo‘lida birlashtirish, mavjud resurslardan yanada
samarali foydalanishga sabab bo‘ladi.
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanining predmeti, qishloq xo‘jalik
sohasida agrobiznes muhitini yaratish bilan birga agrobiznesda zamonaviy,
innovatsion faoliyat turlarini tashkil etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetishtirishda resurstejamkor texnika-texnologiyalardan foydalanish usullarini
aniqlash, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonlarida innovatsion
usullarni qo‘llash, agrobiznes sub'etlarining faoliyatini ilmiy nuqtai-nazardan
tashkil etishdagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Fanning predmetidan kelib chiqqan holda “Agrobiznesda innovatsion faoliyat”
fanini o‘qitishning maqsadi talabalarga
agrobiznes, ya'ni bozor iqtisodiyotining
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash,
sotish, saqlash, taqsimlash bilan bog‘liq sohasidagi sub’yektlar faoliyatida
innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi
texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanishi, mamlakat
investitsion va innovatsion siyosatining rivojlanishi hamda innovatsion faoliyatni
rivojlantirish bosqichlari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini tahlil qilib to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatishdir.
Maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda;
innovatsion faoliyat davlat tomonidan boshqarish, innovatsion faoliyatni
huquqiy tartibga solish;
innovatsion siyosat va agrobiznesda innovatsion jarayonlar;
agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari;
agrobiznesda
innovatsion
faoliyatning
xususiyatlari
va
ustuvor
yo‘nalishlari;
qishloq xo‘jlik korxonalari faoliyatini diversifikatsiyalash va texnoparklar;
agrobiznesda innovatsion faoliyat sub’yektlari, agrosanoat majmuida
innovatsiyalar transferti;
agrobiznesda innovatsin faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari;
qishloq xo‘jalik dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda
innovatsion faoliyat;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashdava realizatsiya
qilishda innovatsion faoliyat
ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish
innovatsion faoliyat;
agrobiznesda inovatsion faoliyatni rejalashtirish, agrobiznesda inovatsion
faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari;
agrobiznesda inovatsion faoliyatni rag‘batlantirish omillari;
agrobiznesda innovatsion faoliyat tavakkalchiligini boshqarish;
agrobiznesda innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning asosiy
yo‘nalishlari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni o‘rganish
vazifalari qo‘yilgan.
Hozirgi kunga kelib qishloq xo‘jaligida innovatsion g‘oyalarni, loyihalarni
amalga oshirishga bosqichiga kirib bormoqda. Shu bois qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyati asosida amalga oshirilishi,
innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni boshqarish jarayonlarini ma'lum
qoidalarga amal qilgan holda olib borilishini talab qiladi.
Mamalakatimiz qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan
olimlar, amaliyotchilarning maqsad-vazifalari qishloq xo‘jaligida innovatsion
texnologiyalarni qo‘llashni amalga oshirish yo‘llarini aniqlab, ularni amaliyotga
tadbiq etish bo‘yicha qishloq xo‘jalik sohasidagi tadbirkorlarga ilmiy-amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi lozimdir
2
.
Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligida talabga javob
beradigan quyidagi huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi
yaratilishi ham muhim ahamiyatni kasb etadi:
●mulkchilikning turli shakllari barpo etilishi, natijasida erkin mulkiy
munosabatlar vujudga kelishi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning har-xil turlarini
yaratish, ularni rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish, yer-suv islohotlarini
tejamkor texnologiyalarni keng ko‘lamda foydalanish yo‘llarini aniqlab, amaliyotga
tadbiq etish tajribasini oshirishga qaratish;
●tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat,
intellektual qobiliyati)dan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish,
yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, sotish, daromad, foyda va ularning
taqsimlanishi, investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, ishlab
chiqarishni maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat
integratsiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlar tizimini mukammallashtirish.
Yuqorida
ta'kidlangan
iqtisodiy
munosabatlar
tizimini
yaratishda
respublikamiz qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda
tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona
foydalanish ta'qozo etiladi.
Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlantirishda takror ishlab chiqarish
jarayonini rivojlantirishni ta'minlaydigan innovatsion texnologiyalar yaratish
tizimini shakllantirish, ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo‘llarini o‘rganish,
ishlab chiqarishni ilmiy me'yorlar doirasida boshqarishni olib borishni tashkil etadi.
Barcha fanlar o‘z o‘rganish predmetiga ega. Ular o‘z predmetlarini
o‘rganishda turli tuman usullardan foydalanadilar. Jumladan, iqtisodiy fanlar ham
o‘z predmetini o‘rganishda o‘ziga mos usullar tizimidan foydalanadi. Iqtisodiy
fanlar o‘z predmetlarini o‘rganish maqsadida qanday usullardan foydalansa,
“Fermer xo‘jaligida yangi va tejamkor texnologiyasi” fani ham shu usullaridan
foydalanadi. Faqatgina o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan ko‘proq,
ayrimlaridan kamroq foydalanishi mumkin.
2
G‘.Babaxodjaev va boshqalar- “Fermer xo‘jaliklarida yangi va tejamkor texnologiyalar”-Daslik-2017yil
Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari, shakl va uslublari to‘g‘risidagi
qarashlardir. Uslubiyat qator usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Har bir o‘z
uslubiyatidan kelib chiqib usullar guruhini tanlaydi. Usul deganda biror qonuniyatni,
hodisa yoki jarayonni nazariy tekshirish va amaliy yechishning vositasi yo‘li
tushuniladi.
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani qishloq xo‘jaligida yuz berayotgan
o‘zgarishlarni o‘z vaqtida nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi, qishloq xo‘jaligiga
kirgan fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini samarali boshqarish, agrobiznesda
innovatsion faoliyat tashkil etish uchun zarur ma'lumotlar, bilimlar beradi.
“Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fani qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida yuz
berayotgan voqyealarni, jarayonlarni tasvirlaydi. Ushbu jarayonlar chuqur tahlil
qilinadi va ob’yektiv, ilmiy asoslangan xulosalar olinadi. Tahlil oqibatida olingan
natijalarning xususiyatlari aniqlanib ularni takomillashtirish, rivojlantirish uchun
tavsiyalar ishlab chiqadi.
Fan o‘z predmetini o‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bo‘lish
mumkin. Birinchi guruhga o‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga:
ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tajriba, faraz kabilar kirsa,
ikkinchi guruhga maxsus usullarni kiritish mumkin. Bularga: monografik
tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy
taqqoslash, iqtisodiy-statistik balansni aniqlash hisob konstruktorlik kabi usullar
kiradi.
Innovatsion faoliyatni dunyo mamlakatlari eng asosiy ustuvor yo‘nalish
sifatida tan olgan. Ya'ni, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri – bu samarali innovatsion siyosatni
amalga oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan yangi, ilg‘or
texnologiyalar, mehnatni tashkil etish va boshqarish yangi shakllari hamda yirik
ixtirolar natijalarini joriy qilish ekanligi ayni haqiqat. Shunday qilib, innovatsiya va
innovatsion faoliyat tushunchalariga quyidagicha izoh beraylik. “Innovatsiya”
“yangilikning joriy etilishi” bilan sinonim emas, balki yangi bilimlar, yondashuvlar
ko‘rinishidagi yangiliklarning joriy etilishi jarayoni bilan bog‘liq hodisadir. Mazkur
izohdan kelib chiqadiki, “innovatsiya faoliyati” – bu faoliyat turi ham, sohasi ham
bo‘lmay, balki uning tasnifidir. Innovatsiya sohasi mavjud bo‘lmaydi, chunki har
qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talabliligi bilan ajralib turuvchi
natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishish uchun yangiliklar
(masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, yondashuvlar kabilar) joriy etilsa,
innovatsiyali bo‘lishi mumkin. Demak, innovatsiya – yangi g‘oyalar
(texnologiyalar, buyumlar, turmush tarzining yangi shakllari, ta'lim, boshqarish,
mehnat, xizmat ko‘rsatish, fan, axborot) demakdir.
Innovatsiya (innovatsion faoliyat) – pirovard natijasi mahsulot, xizmat, ishlab
chiqarishni tashkil etish, boshqarish shakli, texnologiyalarning yangi turlarini
yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan faoliyat. U
innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va keng joriy etish jarayonlarini o‘z ichiga
oladi.
Innovatsion muhitni shakllantirish doimiy ravishda mahsulotni yangilash,
ishlab chiqarish fondlarini yangi texnika asosida yangilash, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatini yaratadi va muhim omil hisoblanadi.
Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish,
uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to‘liq
foydalanishni taqozo etadi. Asosiy e'tibor bozor raqobati sharoitida eng oqilona
variantlarni tanlash, foydaliylik darajasini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini
jadallashtirishga qaratish lozim bo‘ladi.
Tadbirkorlik va innovatsiya faoliyatiga katta hissa qo‘shgan avstraliyalik
iqtisodchi olim I.Shumpeter “tadbirkorlik- ishlab chiqarish omillaridan
foydalanishning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy
taraqqiyotni ta'minlaydigan kishi”,- deb ta'riflaydi.
R.Xizrich tadbirkorlikni innovatsiya tushunchasi bilan bog‘lagan holda
“tadbirkorlik - qiymatga ega bo‘lgan yangi narsani yaratish jarayoni bo‘lib, tadbirkor
esa bunda tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oluvchi kishidir” , - deb talqin qilgan.
P.Druker “ tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo‘lib, tadbirkor esa
har bir imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, - deb tushuntiradi. U
innovatsiyalarning aynan iqtisodiy asosini ta'kidlab, “ tadbirkorlar innovatsiya
yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshiradi”,- degan g‘oyani ilgari
suradi.
Qishloq xo‘jalik sohasida aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
sub’yektlar – agrobiznes sub’yektlari hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda
ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 99,8 foizi kichik biznes va
xususiy tadbirkorlar zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimizda olib
borilayotgan islohatlar bu sohadagi tadbirkorlarga keng yo‘l ochib bermoqda.
Ma'lumki agrobiznes-bozor iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va
uning mahsulotlarini chuqurqayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash bilan bog‘liq
sohadir. Agrosanoat majmui tizimida barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarning
tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan boshqaruvi agrobiznesning xususiy shakllari
rivojlanishini ta'minlaydi. Agrobiznes qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va yakuniy iste'molchiga yetkazib berishni
rivojlantirishni oldindan belgilaydi. Agrobiznes agrosanoat majmuasining asosiy
tuzuvchi omili bo‘lib, bozorda iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajadagi
raqobatbardoshligini saqlaydi. Agrobiznesning rivojlanishi mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligi va fuqarolarining ijtimoiy farovonligini ta'minlash manfaatlariga
ta'sir qiladi. Agrobiznesdagi innovatsion faoliyat – novatsiya ya'ni yangilik
yaratilishini va ular asosida amaliy natija, agrar sohadagi tadbirkorlarning
innovatsiyalarni qo‘lga kiritishni ta'minlaydigan faoliyat hisoblanadi.
Agrobiznes sub’yektlarining innovatsion faoliyati eng avvalo amaliyotga
yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlarini barcha turlarini qisqartirish, uchunchidan, ishlab chiqarilgan
mahslotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat ko‘rsatkichlarini
doimiy ravishda oshirib borishni nazarda tutadi.
Agrobiznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish ko‘p jihatdan
uning boshqaruv tizimi samaradorligiga bog‘liq. Agrobiznesda innovatsion
faoliyatni rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash
hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intelektual va
iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida qishloq xo‘jalik soha
raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qayd etishimiz joizki, agrobiznes
sub’yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ular faoliyatiga
boshqaruvning innovatsion texnologiyalarini joriy etish qo‘yidagi omillar hisobiga
muhim zaruriyat hisoblanadi:
Birinchidan, agrobiznes sub’yektlarining kichik va ixchamligi, bozor
kon'yukturasi o‘zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha
olish xususiyatiga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik
korxonalarga nisbatan tavakkalchilik darajasining pastligi jihatidan yaxshi samara
beradi;
Ikkinchidan, agrobiznes sub’yektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni
joriy etilishi ularni yuqori transaksion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik
ko‘rsatkichlarini oshiradi;
Uchinchidan, bunday sub’yektlarning yangiliklarni tezkorlik bilan o‘zlashtira
olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish
imkoniyatini beradi;
To‘rtinchidan,
agrobiznes
faoliyatiga
boshqaruvning
innovatsion
texnologiyalarini joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq
xo‘jalik mahsulotlar tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini
oshirish, yangi mahsulot turlarini sotish istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga
ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshltgtnt oshiradi.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati yuqori sifatli va kam xarajat talab etadigan
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilmasa, u holda qanchalik muvofaqiyatli
rivojlanmasin, ma'lum vaqtdan keyin raqobatbardoshligi susayishi, bozordagi
mavqyeining kuchsizlanishi va oladigan foydasining xajmi kamayishi muqarrardir.
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida mo‘l va sifatli
mahsulotlarni yetishtirish, fermer va dehqon xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘z
vaqtida bajarish, jumladan, mineral va mahalliy o‘g‘itlardan, suv va yer rusurlaridan
samarali, oqilona foydalanishda innovatsion texnika-texnologiyalarni keng
ko‘lamda qo‘llash alohida ahamiyatni kasb etib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligida
innovatsion texnologiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash xo‘jalikning innovatsion
faoliyatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish sur'atini tezlashtirishga,
jamg‘arma miqdori va kapital sarflar samaradorligini oshirishga, ishlab chiqarishni
ratsional tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir.
Bu masalalarni hal qilishda qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tadbiq
etishning ahamiyati quyidagi omillarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga ko‘rsatadigan
ta'sirida namoyon bo‘ladi:
●qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari,
moddiy-texnik ta'minot hamda investitsiyalarni tadbirkorlik faoliyati bilan
uyg‘unlashtirishda;
●qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini
oshirishda;
●qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ularni rivojlantirish
yo‘llarini aniqlashda;
●qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi va ular
faoliyatini takomillashtirishda;
●fermer va dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibini kamaytirishda;
●yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, raqobatbardoshligini oshirishda;
●qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy munosabatlarni amalga
oshirishda foydalanilayotgan baholar tizimini optimallashtirishda;
●qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishida daromad va foydani aniqlash,
ularni oqilona taqsimlashda;
●agrobiznes
sub’yektining
ishlab
chiqarishining
qay
darajada
ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashuv
jarayonlarini faollashtirishda;
●innovatsion va tejamkor texnologiyalarini qaerdan, qanday qilib sotib olish
hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qachon, kimga, qanday tartibda sotish
strategiyalarini ishlab chiqishda;
Do'stlaringiz bilan baham: |