Agrobiznesda innovatsion faoliyat


● xorij hamda respublikamizdagi agrobiznes sub’yektlarining erishgan  yutuqlarini chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish;  ●



Download 443,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi443,82 Kb.
#496501
1   2   3
Bog'liq
1 MAVZU AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT FANINING PREDMETI, O‘RGANISH


xorij hamda respublikamizdagi agrobiznes sub’yektlarining erishgan 
yutuqlarini chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilishda 
innovatsion usullarni qo‘llash; 

agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘llarini muntazam tadqiq 
etish; 

ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘proq va arzonroq mahsulot yetishtirish 
uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish va ularni turli ko‘rinishda 
iste'molchilarga yetkazib berish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar 
ishlab chiqish. 
Agrar soha tadbirkorlari, ya'ni fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini 
oshirish eng avvalo hosildorlikka bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildarlikka 
erishish esa ko‘p jihatdan innovatsion, zamonaviy faoliyat olib borish, innovatsion 
tenika-texnologiyalarni yaratish, ularni oqilona ravishda faoliyatga tadbiq etishga 
uzviy bog‘liqdir. Innovatsion tenika-texnologiyalardan keng ko‘lamda 
foydalanishning yana bir ahamiyati fan va texnikani rivojlanib borishiga ham 
bog‘liqdir. Negaki fan va texnikani rivojlanib borishi tabiat hamda inson 
uyg‘unligida global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa insoniyatni 
tabiatdan oqilona foydalanishga, suv, tuproq va havo kabi unsurlarga nisbatan odil 
bo‘lishga chorlanishga, tabiiy mutanosiblikni saqlashga da'vat etib kelmoqda
3
.
Iqtisodiyotning turli darajalari va har bir sohasidagi asosiy qonuniyat, ishlab 
chiqarish munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi 
ularning o‘zaro shartlanishi va o‘zaro ta'siridan iboratdir. Ishlab chiqarish 
kuchlarining o‘sishi ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuviga yangicha 
3
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год


talablar qo‘yadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining yangi shakllari, ishlab chiqarish 
kuchlarining oldingi darajasida qolib ketishi natijasida rivojlanmay qolishlari 
mumkin. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining 
rivojlanishi, hozirgi kunda, faqatgina ilmiy izlanishlar olib borish, xo‘jalik 
faoliyatiga zamonaviy boshqaruv elementlarini joriy etish hamda ishlab chiqarishni 
yangi tejamkor texnika-texnologiyalar asosida tashkil etishgagina bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda. 
Yer yuzida aholi soni tobora ortib borayotgan bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham tobora oshib 
bormoqda. Bu talab nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori, balki uning 
sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda 
iste'molchilarning toboro o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sur'atlarini o‘stirish yo‘lida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqaruvchilari tomonidan sun'iy, tez va arzon xom-ashyolar (emulgator, 
stabilizator, glyutamat natriya, sun'iy ta'm beruvchi moddalar, konservatorlar) 
yordamida tayyor mahsulot yetishtirish an'anaga aylanib bormoqda.
Ishlab chiqarish sifatini oshirishda har qanday qishloq xo‘jaligi korxonasi
oldida turgan asosiy vazifalardan biri,-bu hozirgi kun talablariga javob bera oladigan 
ilmiy izlanishlarni tashkil etish hamda innovatsion faoliyatni jadallashtirishdir
4

Bu o‘rinda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi birinchidan 
ilmiy boshqaruv natijasida ishlab chiqarish sifati iste'molning qay darajada 
qondirilganini o‘lchovchi mezon sifatida yuzaga chiqadi. Bu yerda sifat ijtimoiy 
iste'mol qiymatining miqdoriy xarakteristikasini, mehnat mahsulining foydaliligi 
darajasini aks ettiradi. Ta'kidlash joizki, fan-texnika taraqqiyoti natijasida 
mahsulotlar sifatiga qo‘yilayotgan talab darajasi keskin oshmoqda. Yuqori sifatli 
mahsulotni iste'mol qilish iste'moldan qoniqish darajasini va uning foydaliligini 
ortishi bilan tavsiflanadi.
Innovatsiya faoliyati esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yaroqliligi, resurs 
sarfi darajasi, ekologik xavfsizligi, tashish va saqlashga qulayligi, tayyor mahsulot 
chiqish darajasi, tolaning pishiqligi, mustahkamligi kabi bir qator sifat 
ko‘rsatkichlarini oshirishga o‘z ijobiy ta'sirini ko‘rsatishi muqarrar. 
Ikkinchidan, ichki va tashqi bozorlarda vujudga kelayotgan keskin raqobat 
muhiti sharoitida ko‘pgina tadbirkorlar tomonidan “yashab qolish” uchun mahsulot 
ishlab chiqarish prinsiplari ko‘lamida faoliyat olib borilishi, mahsulot sifatini 
ko‘tarish eng zarur shartlardan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorida o‘zimizda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar bilan birga tashqaridan import qilingan mahsulotlar ham sotiladi. Bu 
esa, o‘z navbatida raqobatbardoshlik darajasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham 
milliy fermer xo‘jaliklarida tadbirkorlik faoliyatini ilmiy izlanishlar asosida olib 
borish innovatsion faoliyatni tashkillashtirish muhim masalalar jumlasidan o‘rin 
olib turibdi. 
Ta'kidlash joizki agrobiznesda innovatsion faoliyatni to‘la va unumli amalga 
oshirishni ta'minlaydigan omillardan biri-mazkur sohani yaxshi biladigan, tushuna 
4
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год


oladigan, zamonaviy texnika-texnologiyalarni samarali ishlata oladigan, turli 
voqyealar, vaziyatlarni o‘rganib tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlashdan iboratdir. 
Uchinchidan, keyingi paytlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarning 
tashqi iqtisodiy faoliyati faollashib bormoqda va mahsulotni tashqi bozorlarga 
eksport qilish odatiy holga aylanmoqda. Bu o‘rinda aytib o‘tish lozimki ilmiy 
izlanishlar, avvalambor, ichki bozorni mahsulotga to‘ldirgandan so‘ng tashqi 
bozorlarga chiqish rejalarini tuzib chiqishiga qaratilishi maqsadga muvofiqligini 
ko‘rsatmoqda. Chunki h ukumatimizning ham asosiy iqtisodiy siyosati aynan, 
respublikamiz aholisining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan bo‘lib, ichki bozor 
iste'mol mahsulotlari bilan to‘yintirilgandagina tashqi bozorlarga chiqishni 
rejalashtirishni taqozo etadi.
To‘rtinchidan innovatsion faoliyat asosida mahsulot sifatini oshirish 
korxonalarning mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflaydigan resurslar sarfi 
samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Ta'kidlash joizki respublikamizdagi qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot ishlarini 
rivojlantirish, yangi texnika-texnologiyalar, ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etish, 
fan va amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unligini ta'minlash, olim va tadqiqotchilarini 
moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilishiga, bu 
boradagi ishlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan har yili salmoqli 
miqdorda mablag‘ ajratilishiga qaramasdan, hozirgi kunda agrar sohada zamonaviy
texnika-texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha malakali mutaxassislar 
yetishmasligi bo‘lib turibdi.
Bu masalalani yechimini topilishida hozirgi kunda ham Respublika 
Prezidentining 2008-yil, 15 iyulda qabul qilgan “Innovatsion loyihalar va 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. 
Mazkur qarorga muvofiq keyingi yillar mobaynida keng ko‘lamda qishloq 
xo‘jaligiga oid yarmarkalarni o‘tkazilishi zamonaviy texnika-texnologiyalarni 
yaratish bo‘yicha 2000 mingdan ziyod innovatsion g‘oyalarini yaratilishiga sabab 
bo‘lmoqda. Buning asosida 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, 20 
nomdagi sanoat va 49 turdagi tajriba-sinov mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga 
qo‘yildi. 
Agrar industrial jamiyatida innovatsiya jarayonlari rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyotining tarmoq tarkibida tub o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan birgalikda
qishloq xo‘jaligini innovatsiyalash faoliyatida, fan-texnika ko‘z o‘ngimizda kundan- 
kunga rivojlanib taraqqiy etib borayotgan, iqtisodiy va barcha ijtimoiy munosabatlar 
tizimida chuqur sifat o‘zgarishlari kechayotgan hozirgi murakkab o‘tish davrida 
iqtisodiyotda salmoqli tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Barcha qishloq 
xo‘jaligidagi korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni o‘rganish,innovatsiya faoliyatida 
amalga oshirishning ustivor yo‘llari va usullarini ishlab chiqish bugungi kunning 
muhim vazifalaridan hisoblanib innovatsion faollikni oshirishga e'tiborni 
qaratadi.Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlarning maqsadi ishlab 
chiqarish jarayonida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, fan va texnikaning 
so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish innovatsion faoliyatni 


takomillashtirish, aholi ijtimoiy himoyasini va farovonligini oshirishda innovatsion 
faollikni tutgan o‘rni yuqori hosildorlikka va mahsuldorlikka erishishdan iborat 
bo‘lishlikdan iborat bo‘ladi. Mazkur siyosat asosini mamlakatning yirik tabiiy 
resurslari, ichki salohiyatidan samarali foydalanish, agrar sohada va sanoatda ilmiy 
asoslangan holda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini taraqqiy ettirish va ularning 
mamlakatdagi ichki iqtisodiy muammolarni hal etishda investitsiyani yo‘naltirish, 
aholi bandligini ta'minlash va boshqalarni tashkil etadi. 

Download 443,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish