9-bob. Moliyaviy hisobot transformatsIYaSI



Download 34,58 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi34,58 Kb.
#584260
Bog'liq
taransfarmatsiya


9-BOB. MOLIYaVIY HISOBOT TRANSFORMATsIYaSI
9.1-§.MHXSlari bo'yicha hisobotni tuzishning uslublari. Moliyaviy hisobotni transformatsiya qilish tartibi
Ushbu masalalarning kun tartibiga qo'yilishi MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzish metodologiyasini takomillashtirishni taqoza etadi. Bunga moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiyalash orqali erishish mumkin.
Dastavval, transformatsiya so'zining lug'aviy maъnosiga to'xtalib o'taylik. Transformatsiya (lag. Transformatio – o'zgartirish, qayta tashkil etish) 1) struktura, shakl va uslublarini qayta tashkil etish, faoliyatning maqsadli yo'nalishini o'zgartirish; 2) aynaltirishning bitta usullaridan biri, xalqaro huquq normalarini ichki davlat huquqi normalariga qayta tashkil qilish maъnolarini anglatadi.
Demak, buxgalteriya hisobi maъnolarida transformatsiya mamlakatimizda amal qilingan qonunchilikka muvofiq hisob tizimidagi qoidalar, printsiplar, usul va uslublarni hamda axborotlarni boshqa mamlakat yoki xalqaro qoidalariga muvofiqlashtirgan holda aylantirishga, yaъni yangi maъno kashf etishga aytiladi.
Transformatsiya qoidalarini belgilaydigan maxsus MHXS yo'q. Lekin, MHXSga birinchi marta o'tishda 1-son MHXS “MHXSlarini birinchi marta qo'llash” standarti qoidalari bajarilishi talab etiladi.
Moliyaviy hisobotning tranformatsiyasini taъriflashda uning qaysi sanadagi holat bo'yicha o'tkazilishi, uning asosiy mazmuni milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga o'tkazishga qaratilganligi, transformatsiya jarayonida MHXSlariga muvofiq holatda qayta guruhlashtirish, qayta tan olish, qayta baholash, to'g'irlashlar kiritish asosida xalqaro talablarga javob beradigan axborotlarni shakllantiradigan yangi tizimga ag'darish va qayta tashkil qilish jarayoni ekanligiga alohida urg'u berish lozim, deb o'ylaymiz. Moliyaviy hisobot bo'yicha tadqiqot natijalari asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasiga quyidagicha taъrifni keltiramiz:
Moliyaviy hisobot transformatsiyasi bu - hisobot sanasi holati bo'yicha buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot komponentlari moddalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq holda qayta guruhlashtirish, ularning moddalarini qayta tan olish, qayta baholash, tuzatishlar kiritish va qayta ochiqlashlar asosida MHXSlari hisobotlari axborotlarining yangi tizimiga ag'darish va qayta tashkil qilish jarayonidir.
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) qo'llanilishi majburiy xususiyatdagi hujjat emas, u tavsiyanoma xarakteriga ega. Unda milliy standartlaridagi kabi korxonalar taqdim etishi shart bo'lgan moliyaviy hisobot shakllarini belgilamaydi. MHXSlari moliyaviy hisobotning asosiy komponentlari va ularda aks ettiriladigan minimal axborotlar tarkibini belgilaydi. MHXSlarini qo'llash kompaniyaning mutloq vakolatidagi masaladir.
MHXSlariga o'tish yoki BHMSlari asosida tuzilgan MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• Kompaniya faoliyati natijalarining shaffofligini oshiradi;
• axborot foydalanuvchilarda bitta kompaniya doirasida moliyaviy ko'rsatkichlarni davrlar bo'yicha hamda bir nechta xil kompaniyalar bo'yicha esa taalluqli ko'rsatkichlarni bir-biriga solishtirib tahlil o'tkazish imkoniyati tug'iladi;
• kreditorlar, aktsiyadorlar, kredit beruvchi tashkilotlarda kompaniyaga ishonch oshadi va yuqori ishonch bilan kompaniya faoliyatiga pul qo'yadi, kompaniyaning kredit olish imkoniyati kengayadi;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar
bilan hamkorlik yuksaladi;
• dunyo bozorlariga chiqish, xom-ashyo, valyuta, mehnat birjalariga, xalqaro kapital bozoriga chiqish imkoniyatlari tug'iladi;
• kompaniya menejerlariga boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun ishonchli, obъektiv, uyg'un hamda o'z vaqtida tizimlashgan moliyaviy axborotlarni olish imkoniyatlari yuzaga keladi;
• kompaniya faoliyatini byudjetlashtirish, rejalashtirish va
strategik rivojlanishini baholashda zarur axborotlar taъmin etiladi;
• kompaniya boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kompaniya raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirishga erishiladi;
• kompaniyalarda korruptsiya elementlari, suisteъmollik qilish, soliq obъektlarini yashirish, talon-taroj qilish, mahalliychilik, xo'jasizlik, bankrotlik holatiga olib kelish holatlari barham topadi;
• mehnatni rag'batlantirish tizimi tubdan yaxshilanadi, moddiy manfaatdorlik oshadi.
• kuchli nazorat tizimi o'rnatiladi. Maъnaviy muhit barqarorlashadi. Xodimlarda ishiga, kompaniyasiga va vataniga sodiqlik xislatlari bir-biriga uyg'unlashadi.
• xodimlarda o'z ustida ishlash va malakasini muntazam oshirish imkoniyatlari tug'iladi. Professionallikka qiziqish va harakat kuchayadi.
MHXSlariga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, to'g'ridan-to'g'ri o'tib bo'lmaydi. Agarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar bo'yicha transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, MHXSlarni birinchi marta qo'llashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shartsharoit va maъlum tayyorganlik ishlari olib borilishi shart. Biz bu omillarga quyidagilarni kiritishni mumkin:
Mamlakatda moliya, pul-kredit, soliq, mehnat qonunchiligi dunyo standartlariga uyg'un bo'lishi kerak. Milliy valyutaning erkin
konvertatsiyalanishiga erishish kerak;
• mamlakat iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya darajasi bo'lmasligi kerak;
• O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari tizimi imkon qadar MHXSlariga uyg'un bo'lishini taъminlashimiz kerak. Agar o'rtada tafovut katta bo'lsa transformatsiya jarayoni qiyinlashdi, transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi;
• buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishda meъyoriy-huquqiy hujjat faqat Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi Qonun va buxgalteriya hisobi standartlari bo'lishi kerak. Nizomlar, yo'riqnomalar va qoidalarni ham bosqichma-bosqich standartlarga aylantirishimiz kerak;
• iqtisodiy faoliyat yurituvchi subъektlar, byudjet tizimi, bank tizimlari va jamoat fondlarida (foyda olishni maqsad qilib qo'yishi va qo'ymasligidan qatъiy nazar) buxgalteriya hisobi bo'yicha alohida standartlarni bo'lishini ko'zda tutmasdan, balki yagona standartlar tizimini yaratishimiz kerak, qaysiki undagi qoidalar barcha turdagi kompaniya va tashkilotlarga bir xil mazmunda qo'llanilishiga erishishimiz kerak;
• moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasini xalqaro standartlarga muvofiq erkin ravishda belgilash tartibiga o'tish imkoniyatlari yaratilishi
kerak;
• mamlakatda professional buxgalterlar instituti tashkil etish, uning vakolati doirasida sertifikatli buxgalterlar va auditorlarning professional malakasini oshirish, SAR va CIPA sertifikatlarining keng joriy qilinishini kengaytirish kerak.
• buxgalterlarni chet ellarda malaka oshirishini, chet tillarini o'rganishi (IELTS), amaliyotchi buxgalterlarda buxgalteriya hisobi bo'yicha xalqaro dasturlarda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish lozim; kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv
tizimini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish kerak;
• buxgalterlarni moddiy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish, ularning etika qoidalariga rioya qilishini taъminlash;
• kompaniyalarda hisob siyosatini mukammallashtirish, uni moliyaviy hisobot printsiplariga to'liq rioya qilgan holda tuzilishi hamda chinakkam hisob loyihasi bo'lishi, shuningdek, kompaniyada xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishga erishish;
• kompaniyada buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni maxsus dasturlar asosida yuritilishi taъminlash va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish lozim.
O'zbekiston Respublikasidagi faoliyat yuritayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari, boshqa xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun va BHMSlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadilar. Yuqoridagi imkoniyatlarga ega bo'lish maqsadida kompaniya moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida tuzish va taqdim qilishni taqozo etadi. Xo'sh, shunday katta imkoniyatlarni ochib beradigan hamda kompaniyaning shaffofligini taъminlaydigan MHXSlari asosida moliyaviy hisobotni tuzish qanday amalga oshiriladi? va unga qanday erishish mumkin?
Buning ikkita tan olingan yo'li bor:
Birinchi yo'li, BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiya qilish (9.1-rasm);
Ikkinchi yo'li, milliy hisob tizimi bilan yonma-yon MHXSlariga muvofiq parallel hisob tizimini yuritish (9.2-rasm).
Ikkala yo'lda ham bitta talab mavjud. BHMSlari va MHXSlarini chuqur bilish, ularni qo'llay olishda amaliy kompitentsiyaga ega bo'lish.
Birinchi yo'l eng ko'p qo'llaniladigan, kam chiqimli va nisbatan murakkablik darajasi baland emas. Shuni taъkidlash lozimki, moliyaviy hisobot transformatsiyasining tartib va qoidalarini belgilaydigan MHXSlari mavjud emas. Shu bois, har bir korxona o'zining hisob siyosatida
transformatsiya asoslarini mustaqil ishlab chiqishi lozim. Ushbu maqsadida transformatsiyaning umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish, to'plangan tajribalarni umumlashtirish maqsadga muvofiq.
9.1-rasm.Moliyaviy hisobot transformatsiya bosqichlari.
Transformatsiya jarayonining asosiy muhim qoidalari:
• MHXSlari bo'yicha hisob yuritish har bir kompaniyaning mustaqil hal qiladigan ishi, uning zarurligini va unga o'tishni mustaqil belgilaydi;
• MHXSlari majburiy emas, ushbu hujjat faqat harakat qilishga turki beradi;
• MHXSlarida bo'yicha hisob yuritishda iqtisodiy mazmunning shakldan ustunligi amal qiladi;
9.2-rasm. MHXSlari bo'yicha parallel hisob yuritish sxemasi
• MHXSlari adolatli baholashga ustuvor ahamiyatni qaratadi;
• MHXSlari bo'yicha hisob yuritish usulini (transformatsiya yoki parallel hisob yuritish) tanlash kompaniyaning ichki ishi;
• Transformatsiyaning yagona algoritmi va ketma-ketligi yo'q;
• Transformatsiyaga har bir holatda individual yondashiladi;
• Transformatsiya murakkab jarayon, professional yondashuvni talab
qiladi;
• Transformatsiyaning metodikasi va bosqichlari mustaqil belgilanadi;
• Reklassifikatsiya, qayta baholash, korrektirovka provodkalari transformatsiyaning asosiy usullaridir;
MHXSlariga o'tishda transformatsiya usulni qo'llash birdan 100%lik natijani va xatolardan xoli bo'lgan moliyaviy hisobotni bermaydi. Chunki, MHXS bo'yicha moliyaviy hisobot juda ko'plab omillar hisobidan shakllanadi. Ularni birinchi urinishdayoq to'liq qamrab olish juda qiyin jarayon. Faqat birinchi tranformatsiyada yirik xatolar bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi kerak. Transformatsiya bo'yicha tajriba bosqichma-bosqich shakllanib boradi va natijada yildan yilga transformatsiyalanadigan moliyaviy hisobotning ishonchliligi oshib boradi. Shu bois, O'zbekistondagi kompaniyalar ertaga yaxshi natija olishi uchun MHXS asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasini bugundan boshlashi kerak. Agarda kompaniyalar bugun MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzishga zaruriyat his qilmasa, ertaga zaruriyat his qilishi albatta tayin. Shu bois, ertangi zaruriyatni qondirish uchun bugun transformatsiyani boshlashi kerak.
Transformatsiya jarayonining quyidagi ketma–ketlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, milliy standartlar bo'yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot komponentlari, shuningdek,buxgalteriya balansi, foyda va zararlar va boshqa hisobot moddalarining kengaytmalari aks ettirilgan analitik hisob maъlumotlari, kerak bo'lsa boshlang'ich hujjatlarni tayyorlash lozim.
Ikkinchidan, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini qayta klassifikatsiyalash, qaytadan baholash o'tkazish. Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda ham har bir tegishli moddani xalqaro standartlarga mos holda qayta klassifikatsiya qilish va baholash. Xuddi shuningdek, boshqa hisobot moddalarini ham birma-bir xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish choralarini ishlab chiqish kerak.
Uchinchidan, MHXSlari darajasiga etkazish uchun tegishli to'g'irlashlar kiritish, qo'shimcha provodkalar jadvalini ishlab chiqish kerak.
To'rtinchidan, tegishli to'g'irlashlar buxgalteriya provodkalari yordamida kiritilgandan keyin MHXSlari talablariga muvofiq keladigan hisobotni tuzish.
Beshinchidan, MHXSlariga o'tishda atamalardan to'g'ri foydalanish muhim rol` o'ynaydi. Milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotlardagi atamalar, ko'rsatkichlarning nomlanishi, ularning qisqarmasini halqaro standartlarga mos keladigan atamalarga o'tkazish lozim. Agarda ko'rsatkich qayta guruhlanish va baholash asosidagi qiymati xalqaro standartlarga muvofiq kelsada uning nomlanishi muvofiq bo'lmasa, uni o'qish qiyinlashadi, chalkashliklarga olib keladi. Masalan, asosiy vosita emas “Mulk, bino, mashina va asbob-uskunalar” deb yuritish. Shu bois, atamalar tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim bo'ladi.
Milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga transformatsiya qilishning yagona metodologiyasi mavjud emas. Har bir korxona o'zining moliyaviyxo'jalik faoliyati xususiyati, resurslari va xodimlarining professional darajasidan kelib chiqib transformatsiya jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Bizning fikrimizcha, har bir korxona moliyaviy hisobot transformatsiyasi bo'yicha hisob siyosatini ishlab chiqishi shart. Shu bois, kompaniyada moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo'lishi kerak:
• Kompaniyada MHXSlari bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotiga zaruriyat bo'lishi kerak. Kompaniyaning ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarida MHXS bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish va uning asosida qarorlar qabul qilishiga muhit yuzaga kelishi
shart;
• milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot obъektiv, ishonchli, uyg'un va Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi Qonun va O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlariga to'liq muvofiq kelishi kerak. Auditorlik xulosasi olinishi maqsadga muvofiq. Farqlanishlar va qalbakilashtirish hamda milliy standartlar talablaridan chetlanishlar katta bo'lgan hollarda transformatsiya kutilgan natijani bermaydi. Chunki, BHMSlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot MHXSlari bo'yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga xom-ashyo hisoblanadi.
• korxonaning zamonaviy menejment tizimi, xususan, moliyaviy departament boshqaruv tizimi, uning tarkibida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi mavud bo'lishi kerak.
• kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo'lishi kerak. Barqaror bo'lmagan, surunkali zarar bilan ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotini transformatsiyasi etarli shaffof bo'lmaydi va kutilgan natijani bermaydi.
• kompaniyada MHXSlarini biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo'lgan, iqtisodiy matematikani qo'llay oladigan mutaxassislarga ega bo'lishi kerak. Chunki, transformatsiya qiyin, murakkab va professional yondashuvni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Chet tilini mukammal biladigan va soha bo'yicha xorijda malaka oshirgan, xorijiy kompaniyalarda moliya sohasida ishlagan mutaxassislarga zaruriyat mavjud.
MHXSni qo'llashda ayniqsa birinchi hisobotni tuzishga juda katta eъtibor qaratish kerak. Bu borada “MHXS bo'yicha dastlabki hisobotni taqdim etish juda sermehnat va murakkab jarayon bo'lib, ko'rsatkichlarni talqin qilish chog'ida malakali yondashuv, juda katta hajmli ishonchli axborotni professional baholash va yig'ishni talab qiladi. 2015 yil uchun MHXS bo'yicha dastlabki hisobotni tuzish uchun kompaniya hozirdanoq avvalgi yillar uchun hisobotni transformatsiyalashni, aktivlar va majburiyatlarni baholashni boshlashi kerak. Joriy hisobot yilini «yopgandan» keyin uni chop etish uchun 2015 yilgi MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotni tuzish kerak” [8] degan fikrlar to'liq o'rinlidir.
MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzishda “Mazmunning shakldan ustunligi” tamoyiliga amal qilinadi. Bu shuni anglatadiki, bizning milliy hisob tizimimizda barcha jarayonlar yalpi va uzluksiz hujjatlashtiriladi. Xalqaro printsiplar esa operatsiyaning qanday shaklda va hujjatda rasmiylashtirganligiga emas, balki uning iqtisodiy mohiyatiga eъtibor qaratadi. Masalan, adolatli qiymat asosida baholanishi ko'p jihatdan jarayonning iqtisodiy mazmunini to'laroq tavsiflaydi. Shu bois, xalqaro standartlar adolatli baholashga ustuvor ahamiyat qaratadi. MHXSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning bosh sifat tavsiflaridan bo'lib uning uyg'unligi, yaъni qabul qilinayotgan qarorlarga qanchalik darajada taъsir ko'rsata olishi hamda ishonchliligi, yaъni axborotlarning qanchalik darajada obъektiv va haqqoniy jarayonlarni aks ettirishi bo'lib hisoblanadi.
Adabiyotlarni o'rganish asosida xulosa qilish mumkinki, transformatsiya jarayonini bir qancha bosqichlarga ajratish mumkin. Bunga har bir kompaniya o'z imkoniyatlari va professionallik darajasida yondashadi. Bizning fikrimizcha, har qanday bajariladigan ishni shartli ravishda uchta bosqichga ajratishimiz mumkin, masalan, birinchi bosqich shu ishni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko'rish, keyin ikkinchi bosqichda uni amalga oshirish va so'ngi uchinchi bosqichda natijaga erishish va uni foydalanuvchilar va buyurtmachilarga etkazish bosqichlariga ajratish maqsadga muvofiq. Shu naqtai nazardan kelib chiqadigan bo'lsak, transformatsiya jarayonini ham shartli ravishda tayorgarlik ko'rish, uni o'tkazish hamda natijaga erishish va uni taqdim etish bosqichlariga ajratishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi:
1) Tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish bosqichi. Ushbu bosqichda loyiha, rejalashtirish va tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu bosqichda amalga oshirilgan ishlar sifati ko'p jihatdan keyingi bosqichlarning sifatli hamda transformatsiya natijalarining MHXSlari talablariga muvofiq bo'lishini taъminlaydi. Ushbu bosqichda amalga oshiriladigan ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
• MHXSlariga o'tish-transformatsiya sanasini belgilash. Masalan, kompaniya 2015 yil MHXSlari asosida moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirsa, taqqoslama maъlumotlarni vujudga keltirish uchun 2014 yil 31 dekabr` holatida transformatsiyani boshlaydi va bu o'tish sanasi hisoblanadi;
• MHXS bo'yicha hisob siyosatini ishlab chiqish. 1-son MHHS “MHXSlarini birinchi marta qo'llash” standarti talablarini bajarish. Bu ishlar juda katta professional yondashuvni talab etadi;
• MHXSlari bo'yicha ishchi schyotlar rejasini tuzish;
• ko'rsatkichlarning nomlanishi, atamalarning xalqaro standartlarga muvofiq keladigan glossariysini yaratish;
• transformatsiya modelini, formulalarini, protsedurasini, ketmaketligini, transformatsion jadval va to'g'irlovchi provodkalar loyihalarini ishlab chiqish;
• konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish talab qilinadigan hollarda kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi sho'ъba, assotsiatsiyalashgan kompaniyalar, bog'liq tomonlarini aniqlash. Ularning hisobot tizimlari va konsolidatsiya usullarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash;
• moliyaviy hisobot taqdim qilinadigan valyutani belgilab olish (O'zbekiston so'mi, AQSh dollari, EVRO yoki boshqa davlat valyuta birligi).
• mamlakatda inflyatsiya jarayonini kuzatish, indekslarini aniqlash, statistik maъlumotlarni to'plash;
• kompaniyada intiluvchan, yosh oliy maъlumotli buxgalterlarning MHXSlari bo'yicha o'qishi va malaka oshirishini tashkil etish, Toshkent yoki xorijiy mamlakatlarga MHXSlarini o'rganish kurslariga yuborish, SAR va
CIPA sertifikatlarini olishini taъminlash;
• MHXSlari bo'yicha maxsus dasturlarni sotib olish va o'rnatish.
Kompaniya MHXS bo'yicha birinchi moliyaviy hisobotini tuzishga tayyorgarlik ko'rishda MHXSlari bo'yicha hisob siyosatini aniqlashtirib olishlari shart. Hisob siyosatini ishlab chiqishda kompaniya barcha standartlar va ularga sharhlardagi meъyorlarga rioya etilishi talab etiladi.
Kompaniya moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotni shakllantirishda 1-son MHXS “MHXSlarini birinchi marta qo'llash” standartiga muvofiq quyidagi to'g'irlashlarni amalga oshirishi shart:
a) MHXSlari bilan muvofiq holda tan olinadigan barcha aktiv va
majburiyatlarni tan olinishi kerak;
b) MHXSlari bilan muvofiq holda tan olishni ko'zda tutmagan
moddalarni aktiv va majburiyat sifatida tan olinmasligi kerak;
c) MHXSlari qoidalariga muvofiq holda moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda aktivlar, majburiyatlar va kapital moddalarini qayta klassifikatsiya qilish;
d) MHXSlariga muvofiq holda aktiv va majburiyatlarni baholashni
amalga oshirish.
2) Transformatsiya jarayoni protsedurasini amalga oshirish bosqichi.
Ushbu bosqich asosiy bosqich bo'lib, unda barcha tayyorgarlik ishlaridan keyin farqlar aniqlanadi, korrektirovka buxgalteriya yozuvlari tuziladi, ishchi transformatsion jadvallar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda real amalga oshiriladigan ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Transformatsiya uchun axborot yig'ish;
• transformatsiya bazasi sifatida kiritiladigan qoldiqlarni hisoblash, transformatsiyalanadigan boshlang'ich balans va boshqa hisobotlarni tayorlash;
• baholanadigan aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad va xarajatlar va transformatsiyalanadigan boshqa moddalarning ro'yxati va tarkibini aniqlab chiqish kerak, ayrim hollarda milliy standartlar bo'yicha hisobda aks ettirilmagan bo'lsa ham, MHXS bo'yicha hisobga qabul qilinishi shart;
• to'g'irlashlar (korrektirovka) kiritish jabhalarini aniqlash;
• moliyaviy hisobotning komponentlari, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot, xususiy kapital o'zgarishi hamda pul mablag'lari to'g'risidagi hisobot, izohlar va tushuntirishlarning MHXSlarga muvofiq formatini ishlab chiqish;
• hisob obъektlarini MHXSlariga muvofiq qayta
klassifikatsiyasini (reklassifikatsiya), qayta guruhlashni amalga oshirish;
• hisob obъektlarini kompaniyada MHXS asosida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko'zda tutilgan qoidalar, tamoyil va usullar asosida qayta baholashni amalga oshirish, MHXS va BHMSlar bo'yicha tan olish va baholash o'rtasidagi farqlar summasini aniqlash;
• transformatsiya yozuvlarini tayyorlash, korrektirovka provodkalarini tuzish va shu hujjatlar asosida ishchi transformatsion jadvalni tuzish;
• inflyatsiya jarayonini hisobga olgan holda ko'rsatkichlarga to'g'irlashlar kiritish va uni ishchi transformatsion jadvalda aks ettirish;
3) Natijaviy bosqich. Korrektirovkalar amalga oshirilgandan keyin MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladi va taqdim etiladi.
Ushbu bosqichda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
• MHXS asosida boshlang'ich buxgalteriya balansini tuzish;
• MHXS formatidagi buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot, xususiy kapital harakati to'g'risidagi hisobot, pul oqimi to'g'risidagi hisobot, izohlar va tushuntirishlarni tayorlash;
• MHXSlarga muvofiq tuzilgan hisobotlarni xorijiy valyutaga ag'darish.
• MHXSlarni axborot foydalanuvchilarga taqdim qilish
Transformatsiya usuli o'zining afzallik va kamchiliklariga ega (9.1jadval).
9.1-jadval
Transformatsiya usulining afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari Kamchiliklari
Parallel hisob yuritishga nisbatan kam xarajatli va tejamkor hisob tizimi hisoblanadi Xato qilishning riski katta, maъlumotlarni salmoqli
qalbakilashtirish ehtimoli mavjudligi
Hisob yuritishda vaqtdan yutiladi Subъektiv yondashuv, subъektiv baholashga yo'l qo'yilishi mumkin
Hisob yuritish protsedurasi parallel hisob yuritishga nisbatan ancha sodda, agar bir marta yaxshi protsedura ishlab chiqilsa, maъlumotlarga ishlov berishda qiyinchiliklar bo'lmaydi, maъlumotlarning ishonchliliga erishish mumkin Faqat hisobotdagi maъlumotlar transformatsiyalanishi bilan cheklanishi, transformatsiya oraliq jamlanma axborotlar va boshlang'ich hujjatlardagi axborotlarga etib bormaydi
Ushbu usulning natijadorligi o'rnatilgan protsedura, model, metod va xodimning professional bilimiga bevosita bog'liqligi Hisobning operativligi sust
Korrektirovka yozuvlarining ko'rgazmaliligi, yaъni farqlanishdagi aniq xulosalarni qilish mumkinligi BHMSlari bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga qaramligi mavjud. U tuzilmasa MHXSlari bo'yicha hisobotni tuzib
bo'lmaydi
Har yili tizimni takomillashtirib borish, samaradorliroq usullarni hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish mumkinligi, natijada bir necha yillar ichida shu kompaniyaga mos mukammal tizimni shakllantirish imkoniyati yuzaga kelishi, uni nau-xau deb boholash mumkinligi. BHMSlari bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotda xatoliklar va kamchiliklar mavjud bo'lsa u albatta transformatsiyalangan hisobotga o'z salbiy
taъsirini ko'rsatadi;
Vaqtdan boy berib qo'yish ehtimoli mavjud. Chunki, BHMSlari asosida moliyaviy hisobot tuzilgandan keyin bu hisobot tuziladi. Bu ancha vaqtni oladi;
Bir kompaniyada ishlab chiqilgan transformatsiya protsedurasi va metodlarini to'laligicha boshqa kompaniyaga qo'llab bo'lmaydi. Har bir kompaniyada o'zgacha yondashuv talab etiladi.
Boshlang'ich qiymat, operatsiya yuz bergan vaqtdagi valyuta kursi, haqiqiy tannarxi kabi operatsiya yuz bergan paytdagi qo'llaniladigan taomillardan foydalanish imkoniyati yo'qligi, natijada o'rta miqdordan foydalanadi. Bu esa haqiqiy qiymatdan chetlanishlarga olib kelishi mumkin.
Parallel hisob yuritish metodida ikkita hisob yuritish tizimi parallel amalga oshiriladi: BHMSlar asosida hisob yuritish va MHXSlari asosida hisob yuritish (2-rasm).
Parallel hisob yuritish jarayonini konvensiya jarayoni ham deb ataladi. Parallel hisob yuritishni ikkita shaklda tashkil etish mumkin. Birinchisida ikkita hisob tizimi biri BHMSlari va MHXSlar bo'yicha alohida tizimlar tashkil etiladi. Har biri tizim shu tizim talablariga muvofiq ravishda moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Ularning xam-ashyosi bitta. Ikkinchi shaklda axborot texnologiyalari yordamida dasturiy taъminot konfiguratsiyasi shunday tizimlashtiriladiki, qaysiki unda kiritilgan maъlumotlar bir vaqtning o'zida ham milliy tizimda ham xalqaro tizimda ishlab milliy standartlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlab berishga kirishiladi.
Parallel hisob tizimi afzalliklari:
• maъlumotlar ishonchli bo'ladi, MHXSlaridan og'ishish kamayadi, eng obъektiv axborotlar olish imkoniyati tug'iladi, aniq bo'lmagan axborotlarni taqdim qilish riski kamayadi.
• hisobning operativligi oshadi, moliyaviy hisobot tayyorlagunga qadar ham MHXS bo'yicha ishlov berilgan axborotlarni olish mumkin bo'ladi. Har bir obъekt bo'yicha batafsil axborot shakllanadi. Vaqt oralig'ida ham menejerlarga MHXS bo'yicha axborot berish mumkin bo'ladi;
• MHXS bo'yicha yaxshi amaliyot hamda mutaxassislar shakllanadi. Mutaxassislar malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi;
• MHXSlari va BHMSlari maъlumotlarini aniq solishtirish imkoniyatlari tug'iladi. Farqlarning sabablarini ko'rish va uni tushunish engillashadi;
• BHMSlari bo'yicha hisob tizimidan mustaqil bo'ladi, unga bog'liqligi qolmaydi, milliy hisobot tuzilishi kutib turilmaydi. Undagi ayrim xatolar bunda takrorlanmaydi.
• buxgalteriya hisobi bo'limini kuchli boshqaruv tizimiga
aylantiradi;
• MHXSga o'tish uchun tashqariga pul ko'chirib berish bo'lmaydi, ish o'rinlari ochiladi. Pulni o'z xodimlarimizga ishlatish imkoniyati bo'ladi;
• tizim o'rnatilgandan keyin, dastlabki yillardagi xarajatlarga nisbatan keyingi yillarda ularni optimallashtirish imkoniyati bo'ladi.
Parallel hisob tizimining kamchiliklari:
• Uni amalga oshirish ko'p xarajatli hisoblanadi;
• ko'p vaqt sarflanadi;
• kadrlar professionallashuvi qo'shimcha xarajatlarni talab etadi, xolbuki MHXS bo'yicha ishlay oladigan mutaxassisni topish ancha murakkab hamda ko'p ish haqi to'lash talab etiladi;
• bo'linmalarni qayta tashkil etish, har bir strukturada hisobni yuritish zarurligi.
• maxsus dasturlarning zarurligi, qaysiki ularni sotib olish hamda ularda ishlash ko'nikmasini shakllantirish qo'shimcha mablag'larni talab etadi.
Yuqoridagi tizimlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib ko'radigan bo'lsak, parallel hisobni yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu hisob eng muhimi obъektiv axborotlarni beradi, xato qilish riski kam. Bundan tashqari tizim o'rnatilganda dastlabki yillarda ko'proq xarajat talab etsa, tizim to'liq ishlab ketgandan keyin xarajatlar optimallashadi, yaъni keyingi yillarda xarajatlar kam bo'ladi.
MHXS bo'yicha hisob yuritish – har bir kompaniyaning mutloq o'z vakolatidagi ichki ishi hisoblanadi. Shu bois, namunaviy buxgalteriya yozuvlari, transformatsiya jadvallari ishlab chiqiladi. Xalqaro standartlar faqat harakat qilishga turtki beradi.
Xuddu shuningdek, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotning har bir moddasining nomlanishi, ularning baholanishi, tarkibi, klasslarga ajratilishini, tasniflanishini xalqaro standartlarga muvofiq qayta amalga oshirish lozim. Bu jarayon qayta baholash va qayta klassifikatsiyalash jarayoni deb ataladi.
Yuqoridagi xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq holda buxgalteriya balansining transformatsiyalangan standart shaklini keltirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz (9.2-jadval):
9.2 -jadval Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotning transformatsiyalanganshakli
Ko'rsatkichlar nomi Sa tr
kod i Hisobo t
yili boshiga Hisobo t yili oxiriga
1 2 3 4
AKTIV I. Uzoq muddatli aktivlar
Uzoq muddatli moddiy aktivlar, jami (040+050+060): 010
Mulk (er), bino, mashina va asbobuskunalarboshlang'ich qiymati jami
(021+022+023+024+025+026), shu jumladan: 020
Er va erni obodonlashtirish 021
Bino va inshoatlar 022
Suv va havo sudalari 023
Avtotransport vositalari 024
Mashina va asbob-uskunalar 025
Mebel`, ofis jihozlari va uskunalari 026
Jamg'arilgan depresiatsiya 030
Mulk (er), bino, mashina va asbob-uskunalar balans qiymati (020-030) 040
O'rnatilmagan asbob-uskunalar 050
Tugallanmagan kapital quyilmalar 060
Uzoq muddatli nomoddiy aktivlar balans qiymati, jami (071+072+073) 070
Patent va litsenziyalar 071
Gudvill 072
Boshqa nomoddiy aktivlar 073
Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar 080
Uzok muddatli investitsiyalar jami (091+092), shu jumladan 090
Sotishga layoqatli qimmatbaho qog'ozlar 091
Jiddiy taъsir ko'rsatadigan investitsiyalar (093+094) 092
Shu jumladan, sho'ъba korxonalarga, bog'liq tomonlarga investitsiyalar 093
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga 094

investitsiyalar


Muddati uzaytirilgan soliq aktivlari 100
I-bo'limjami (010+070+080+090+100 110
II. Qisqa muddatli aktivlar
Tovar-moddiy zahiralar (satr. 121 + 122 + 123 + 124) 120
Ishlab chiqarish zahiralari (1000,1100, 1500, 1600) 121
Tugallanmagan ishlab chiqarish (2000, 2100, 2300, 2700) 122
Tayyor mahsulot (2800) 123
Tovarlar (2900 dan 2980 ayirmasi) 124
Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar 130
Shartnoma bo'yicha aktivlar 140
Jami debitorlar (155+153-
154+155+156+157+158+159+160+161+162) 150
Shu jumladan, muddati o'tgan debitorlik qarzlari 151
Xaridor va buyurtmachilar bilan tovar (mahsulot, ish) realizatsiyasi bo'yicha qarzlari (savdo qarzlari) (4010) 152
Xaridor va buyurtmachilar bilan uzoq muddatli aktivlar realizatsiyasi bo'yicha qarzlari (4020) 153
Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar (7300) 154
Bog'liq tomonlar (shuъba korxonalar, ajratilgan
bo'linmalar) qarzlari (4110, 4120) 155
Qo'ldagi qimmatli qog'ozlarning sotilishi bo'yicha qarzlar (4810) 156
Olinadigan dividendlar bo'yicha qarzlar (4820) 157
Olinadigan foizlar bo'yicha qarzlar (4830) 158
Olinadigan ijara bo'yicha qarzlar (4840) 159
Qarz (kredit) berilishi bo'yicha qarzlar (4850) 160
Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo'yicha qarzlari (4700) 161
Boshqa debitorlar bo'yicha qarzlar (4800) 162
Gumonli qarzlar bo'yicha rezerv (4910) 170
Jami debitorlarning sof qiymati (150-170) 180
Pul mablag'lari (191+192+193+194) 190
Kassadagi pul mablag'lari (5000) 191
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag'lari (5100) 192
Chet el valyutasidagi pul mablag'lari (5200) 193
Boshqa pul mablag'lari va ekvivalentlari (5500, 5600,5700) 194
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800) 200
Boshqa joriy aktivlar (5900) 210
II-bo'lim bo'yicha jami(120+130+140+180+190+200+210) 220
BALANS AKTIVI BO'YIChA JAMI (110+220) 230
PASSIV
I. O'z mablag'lari manbalari
Xususiy kapital (250+290-300+310+320+330) 240
Ustav kapitali (260 yoki 270) 250

Hissali kapital (261+262) 260


A-kapital egasi 261
B-kapital egasi 262
Aktsiyadorlik kapitali (271+272+280) 270
Imtiyozli aktsiyalar-nominal qiymati X, ruxsat etilgan soni X, chiqarilgan aktsiyalar soni X 271
Oddiy aktsiyalar – nominal qiymati X, ruxsat etilgan soni X, chiqarilgan aktsiyalar soni X 272
Qo'shilgan kapital 280
Rezerv kapitali 290
Xarid qilib olingan o'z aktsiyalari soni X 300
Taqsimlanmagan foyda 310
Maqsadli tushumlar 320
Kutilayotgan xarajatlar va to'lovlar uchun rezervlar 330
I-bo'lim jami (240) 340
II. Majburiyatlar
Uzoq muddatli majburiyatlar jami [ 500+510+520+530+540+550+560] 490
Uzoq muddatli muddati uzaytirilgan daromadlar (7210, 7220,72300 500
Uzoq muddatli kafolat majburiyatlari (7290) 510
Soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha uzoq muddatli muddati uzaytirilgan majburiyatlar (7240) 520
Boshqa uzoq muddatli muddati uzaytirilgan majburiyatlar (7250,7290) 530
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810) 540
Uzoq muddatli zaymlar (7820) 550
To'lanadigan obligatsiyalar va veksellar (7830,7840) 560
Shartnoma bo'yicha majburiyatlar 570
Joriy majburiyatlar jami [610+620-
630+640+650+660+670+680+690+700+
710+720+730+740+750+760+770+780+790+800+810+820+8
30]
600
Kreditorlik qarzlari [610+620-
630+640+670+680+690+700+710+720+730+740+770+780+7 90+800], shu jumladan, 601
Muddati o'tgan kreditorlik qarzlari 602
Mol etkazib beruvchilarga tovar (xom-ashyo va materiallar, ish va xizmatlar) bo'yicha to'lanadigan schyotlar (6010, 6020)
610
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga kapital quyilmalar uchun to'lanadigan schyotlar (6030) 620
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to'langan avanslar (4300) 630
Kreditorlarga boshqa ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha to'lanadigan schyotlar (6960) 640
Kreditorlarga boshqa davr xarajatlari bo'yicha to'lanadigan schyotlar (6970) 650
660
Bog'liq tomonlar (sho'ъba va alohida ajratilgan
korxonalar)ga qarzlar (7110, 7120)
670
Muddati uzaytirilgan daromadlar (6210,6220,6230) 680
Soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar (6240) 690
QQS va aktsiz solig'i bo'yicha qarzlar (6410,6420) 700
Ishlab chiqarishga oid soliqlar, davlat maqsadli fondlariga ajratmalar va sug'urta bo'yicha qarzlar (64306439,6510-6519,6520-6529) 710
Davr xarajatlariga oid soliqlar, davlat maqsadli fonlariga ajratmalar va sug'urta bo'yicha qarzlar (6440-6459, 6530-6539, 6540-6549) 720
Foyda (daromad) solig'i va boshqa soliqlar bo'yicha qarzlar (6460-6469) 730
Ishlab chiqarish personali bilan ish xaqi bo'yicha qarzlar (6710) 740
Davr xarajatlariga oid ish haqi bo'yicha qarzlar (6720) 750
Dividend bo'yicha majburiyatlar (6610) 760
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810) 770
Qisqa muddatli zaymlar (6820,6830,6840) 780
Foizlar bo'yicha majburiyatlar (6920) 790
Royalti bo'yicha majburiyatlar (6930) 800
Tasodifiy (shartli) majburiyatlar (6990) 810
Mahsulot kafolatlari bo'yicha majburiyatlar (6940) 820
Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismi (6950) 830
II- bo'lim bo'yicha jami [490+570+600] 840
BALANS PASSIVI BO'YIChA JAMI (110+220)
Ushbu taklif etilayotgan buxgalteriya balansi transformatsiyalangan shakli bir qancha qadamlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Birinchi qadamda ushbu buxgalteriya balansi “mulk (er), bino, mashina va asbob-uskunalarning” klasslari xalqaro standartlarga muvofiq holda ishlab chiqilgan. 15-son MHXSlariga muvofiq Shartnoma bo'yicha aktivlarga alohida satr ajratildi.
Ikkinchi qadamda, balans hisobotida uzoq muddatli aktivlarning holati to'g'risida kengaytirilgan axborotlar, ularning yangi tasnifi asosida taqdim etilgan. Balansda uzoq muddatli aktivlar beshta guruhga ajratilgan: uzoq muddatli moddiy aktivlar, uzoq muddatli nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar, uzoq muddatli investitsiyalar, muddati uzaytirilgan soliq aktivlari. Uzoq muddatli moddiy aktivlarda mulk (er), bino, mashina va asbob-uskunlar boshlang'ich qiymatda va jami summasi qoldiq qiymatda, o'rnatilmagan asbobuskunalar, tugallanmagan kapital quyilmalar haqiqiy tannarxda ko'rsatiladi. Uzoq muddatli nomoddiy aktivlar esa qoldiq qiymatda aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalar ikki guruhga ajratilgan: sotishga layoqatli qimmatbaho qog'ozlar va jiddiy taъsir ko'rsatadigan investitsiyalar. Ushbu keltirilgan tasnif xalqaro standartlar talablariga muvofiq keladi.
Uchinchi qadam, amaldagi buxgalteriya balansida debitorlikqarzlari (220,230,240-satr) o'z tarkibida tovar operatsiyalaridan tashqari asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish natijasida yuzaga kelgan qarzlarni ham aks ettiradi. Bundan tashqari operatsion faoliyatdagi olinadigan schyotlar bo'yicha debitorlik qarzlariga taъsir ko'rsatuvchi daъvolar bo'yicha olanadigan schyotlar boshqa debitorlik qarzlari bilan birgalikda 300-satrda aks ettirilgan. Shu sababli, buxgalteriya balansining taklif qilingan shaklida tovar operatsiyalari bo'yicha (savdo) debitorlik qarzlarining summasini alohida ajratilgan. Bu“xaridor va buyurtmachilar bilan tovar (mahsulot, ish) realizatsiyasi bo'yicha qarzlari (savdo) (4010)” va “Xaridor va buyurtmachilar bilan uzoq muddatli aktivlar realizatsiyasi bo'yicha qarzlari (4020)”. Ushbu holat pul oqimlari haqidagi hisobotni tuzishda hisobot shakllarining transformatsiyasi taъminlaydi.
Transformatsiyalangan tartibning amaldagi tartibdan fundamental farqlaridan biri qoplanmay qolgan rezerv hisobdan chiqarilmasligi, yaъni bekor qilinmasligi hisoblanadi. Bunda, buxgalteriya balansida debitorlik qarzlari sof qiymatda ko'rsatiladi. Shu bilan bir qatorda yuqorida 1-son BHMSlari hamda 1-son BHXSlari talablariga muvofiq, “xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar (7300)” hamda “bog'liq tomonlar (sho'ъba korxonalar, ajratilgan bo'linmalar) qarzlari (4110, 4120)” qatori ham kiritildi. “Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar” minus ishorasi (yoki qizil) bilan aks ettirilib jami debitorlar summasi aniqlanayotganda ayiriladi.
To'rtinchi qadam, xususiy kapital ustav kapitali, rezerv kapitali, taqimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar va oldinda turgan xarajatlar va to'lovlar uchun rezervlardan tashkil topishi ko'rsatildi. Amaldagi balans farqli o'laroq ustav kapitali hissali kapital va aktsiyadorlik kapitaliga ajratildi.
Hissali kapital, misol uchun masъuliyati cheklangan jamiyatlarda har bir taъsischining kiritgan mablag'i hisobidan shakllanishini aniq ko'rsatish imkoniyati tug'iladi. Bundan tashqari, ustav kapitali moddasini kapital egalari kesimida ko'rsatilgan.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyadorlik kapitali imtiyozli aktsiyalar va oddiy aktsiyalarni nominal qiymati, ruxsat etilgan aktsiyalar soni, chiqarilgan aktsiyalar sonini ko'rsatilgan holda aks ettirish tartibi taklif etildi. Bu esa balans hisobotining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari aktsiyadorlik kapitalining tarkibida oddiy aktsiyalarning nominal qiymatidan ortiqcha bahoda sotilishi natijasida shakllanadigan qo'shilgan kapital hamda o'z aktsiyalarini xarid qilib olish natijasida o'zgarishini ham o'z aksini topdi.
Beshinchi qadamda, buxgalteriya balansida majburiyatlarning yangi tasnif o'z ifodasini topgan. Uzoq muddatli majburiyatlar tarkibidan taъminotchilar va pudratchilarga to'lanadigan schyotlar qisqa muddatli majburiyatlarga o'tkazildi. Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar kontraktiv schyot sifatida eъtirof etildi. Taъminotchi va pudratchilarga to'langan avanslar minus ishorasi bilan majburiyatlarda ko'rsatish lozim.
Amaldagi boshqa kreditorlik qarzlar guruhiga kiruvchi
majburiyatlarning tarkibidan bir qancha majburiyatlar, jumladan, kafolatlar, boshqa baholanadigan majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar jumladan, foizlar, royalti bo'yicha majburiyatlar hamda uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismi har biri alohida balans modda sifatida ajratildi. Ushbu guruhga kiruvchi ayrim majburiyatlar, jumladan, daъvolar, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar, turli xil tashkilotlar bilan hisob-kitoblar bo'yicha majburiyatlar to'lanadigan schyotlarga birlashtirildi. Taъsischilar bo'yicha majburiyatlarda chiqayotgan taъsischilarga ustav kapitalini qaytarib berish bo'yicha majburiyatlar olib tashlandi, bunda faqat to'lanadigan dividendlar bo'yicha majburiyatlar qoldirildi. Joriy majburiyatlarda tasodifiy (shartli) majburiyatlar alohida ajratildi.
Ushbu hisobotning har bir ko'rsatkichini tahlil qilib, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqilgan takliflarni quyidagi jadvalda rasmiylashtiramiz (9.3-jadval).
9.3-jadval
Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotni moddalarini
MHXSlariga muvofiqlashtirish bo'yicha transformatsiya
Milliy standartda aniqlash tartibi Xalqaro standartlar asosida
010-satr. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan tushum” = Mahsulotlar (tovar, ish va xizmatlar) realizatsiyasidan olingan daromad – tovarlarning qaytarilishi – xaridor va buyurtmachilarga taqdim qilingan skidkalar) “Mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) realizatsiyasidan olingan sof daromad = Mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) realizatsiyasidan olingan yalpi daromad – qaytarilgan realizatsiya va narxini kamaytirish – taqdim
qilingan chegirmalar
020-sart.“Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi”= tayyor mahsulotlarning davr boshidagi qoldig'i + ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar qoldig'i – tayyor mahsulotlarning davr oxiridagi
qoldig'i
030-satr.Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
(010-020) Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi= (010 “Mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) realizatsiyasidan olingan sof daromad 020 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi”
040-satr. Davr xarajatlari(050+060+070+080) = Sotish xarajatlari + Maъmuriy xarajatlar + Boshqa operatsion xarajatlar + Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan
chiqariladigan hisobot davri xarajatlari Davr (operatsion xarajatlar)= Sotish xarajatlari + maъmuriy xarajatlar + boshqa operatsion xarajatlar + ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari
090-satr. Asosiy faoliyatning boshqa

daromadlari= Undirilgan yoki qarzdor

tomonidan eъtirof etilgan jarimalar, penyalar + Hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi foyda + Cotish bilan

bevosita bog'liq bo'lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo'jalik yurituvchi subъektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar. + Asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar. + Daъvo bildirish muddati o'tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.+ Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. + Davlat subsidiyalaridan daromadlar+ Xolisona moliyaviy yordam.+Boshqa operatsion daromadlar.


100-satr. Asosiy faoliyatning foydasi
(zarari) (030-040+090)
110-satr. Moliyaviy faoliyatning daromadlari (120+130+140+150+160) = Dividendlar shaklidagi daromadlar + Foiz shaklidagi daromadlar + Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar + Valyuta kursi farqidan daromadlar + Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar = royalti + dividend + foizlar + moliyaviy ijara + boshqa moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
170-satr. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar (180+190+200+210)=Foizlar shaklidagi xarajatlar + Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar + Valyuta kursi farqidan zararlar + Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar=Foizlar shaklidagi xarajatlar + Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar + Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar
100-satr. Asosiy faoliyatning
foydasi(zarari) (030-040+090)
220-satr. Umumxo'jalik faoliyatining
foydasi (zarari) (100+110-170)
Asosiy bo'lmagan tushumlar= Olingan pen`ya, jarima va neustoykalar +joriy bo'lmagan aktivlarni sotishdan olingan foyda + sotishga qobiliyatli qimmatbaho qog'ozlarni qayta baholashdan olingan naflar + valyuta kursi farqi + kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan naflar + qaytarilmaydigan moliyaviy yordam + hisobot davrida aniqlangan o'tgan davrlar daromadlari + boshqa daromadlar
230-satr. Favqulotdagi foyda va zararlar
Odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar= favqulotda yuzaga kelgan xarajatlar + joriy bo'lmagan aktivlarni tasarruf qilish natijasida yuzaga kelgan zararlar + valyuta kursi farqi bo'yicha zararlar + boshqa odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar
Buxgalteriya baholashlaridagi
o'zgarishlar taъsiri
240-satr. Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda (zarar) (220+-230) Soliq to'lagunga qadar foyda = asosiy faoliyatdan olingan foyda + asosiy bo'lmagan daromadlar – odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar + (-) buxgalteriya
baholashlaridagi o'zgarishlar
250-satr. Foyda solig'i Foyda (daromad) solig'i
260-satr. Foydadan boshqa soliqlar va yig'imlar Yuqoridagi moddalarga kirmaydigan boshqa soliqlar va ajratmalar
270-satr. Hisobot davrining sof foydasi
(zarari) (240-250-260) Hisobot davridagi sof foydasi
(zarari)= soliq to'lagunga qadar foyda – foyda (daromad solig'i) – yuqoridagi moddalarga kirmaydigan boshqa
soliqlar va ajratmalar
Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobottransformatsiya qilinishida quyidagi qadamlarni taъkidlash lozim:
Birinchi qadam,“Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan tushum” ko'rsatkichini “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan sof tushum” deb nomlash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xaridor va buyurtmachilardan tovar (mahsulot, ish va xizmatlar) qaytarilishidan tashqari uning oldini olish uchun kelishgan holda narxini tushirishga erishish ham mumkin. Xalqaro tajribalar asosida “qaytarilgan realizatsiya va narxini kamaytirish” deb nomlash o'rinli.
Ikkinchi qadam, “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” ko'rsatkichini tayyor mahsulotlarning hisobot davri boshidagi va oxiridagi qoldiqlari hamda ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotning tannarxi asosida hisoblash metodologiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu bois, amaliyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi hamda sotilgan mahsulotlarning tannarxini hisobotlarini joriy qilish lozim.
Uchinchidan, amaldagi tartibga “kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” kiritilishi tasniflash qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Moliyaviy buxgalteriya hisobi bilan soliq hisobini bir-biridan farqlash kerak. Bu ko'rsatkich soliqqa tortiladigan foyda bazasini hisoblashda foydalaniladi. Davr xarajatlarini tasniflashda xarajatlarning mahsulotlarni sotish jarayonida yoki maъmuriy-boshqaruv jarayonida yuz berganligi asos qilib olingan. Bundan tashqari, “tajribakonstruktorlik ishlanmalari”ni ham shu xarajatlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq.
To'rtinchi qadam, “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlariga undirilgan yoki qarzdor tomonidan eъtirof etilgan jarimalar, penyalar;hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi foyda;asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar;daъvo bildirish muddati o'tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;davlat subsidiyalaridan daromadlar;xolisona moliyaviy yordam; boshqa operatsion daromadlar kabi moddalar kiritilgan. Bu daromadlarning birontasi ham korxonaning asosiy faoliyati bilan bog'liq emas. Shu bois, bu tushumlarni odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmaganligini inobatga olib “Asosiy bo'lmagan boshqa tushumlar” deb atash maqsadga muvofiq.
Beshinchi qadam, xalqaro standartlarda moliyaviy faoliyat kompaniyaning asosiy faoliyatiga kiritilgan. Bundan tashqari “valyuta kursi farqidan olingan daromad” korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog'liq emas. Kompaniya faoliyati kurs farqning yuzaga kelishiga bog'liqligi yo'q. Shu bois, xalqaro tajribalardan kelib chiqib “valyuta kursi farqidan olingan daromadni” asosiy bo'lmagan tushumlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq.
Oltinchi qadam, xuddu shuningdek, “valyuta kursi farqidan zararlar”ni ham kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga aloqadorligi yo'qligini, yaъni kompaniya faoliyati valyuta kursini belgilashda taъsiri yo'qligini hisobga olib, xalqaro tajribalarga uyg'unlashtirish maqsadida bu zararni kompaniyaning “odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar” tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ettinchi qadam, “Odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar” tushunchasini kiritish o'rinlidir. Bu xarajatlar korxonaning asosiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmasdan, ko'p hollarda tasodifiy yuzaga keladigan, oldindan rejalashtirish qiyin bo'lgan hamda zaruriyat tufayli yuzaga kelishini taъkidlash lozim. Bu xarajatlarga favqulotda yuzaga kelgan xarajatlar, joriy bo'lmagan aktivlarni tasarruf qilish natijasida yuzaga kelgan zararlar, valyuta kursi farqi bo'yicha zararlar va boshqa odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlarni kiritish mumkin.
Sakkizinchi qadam, xalqaro standartlar talablariga muvofiq foyda va zararlarda aks ettiriladigan buxgalteriya baholashlaridagi o'zgarishlarning taъsirini hisobga olish uchun ham alohida satr ajratildi. Bu hisobotning shaffofligi va egiluvchanligini oshiradi.
Ushbu holatlarni hisobga olib yuqoridagi jadval asosida moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni “foyda va zararlar hamda boshqa to'plam daromadlar to'g'risidagi hisobot” deb o'zgartirish maqsadga muvofiq. Chunki, xalqaro standartlarda daromad va xarajatlar, foyda yoki zararlar tushunchalaridan foydalanilgan, moliyaviy natija tushunchasi kiritilmagan. Boshqa to'plam daromadlar tarkibini ham 1-son BHXS talablariga muvofiqlashtirish kerak.
Tranformatsiya jarayonida muhim bosqichlardan biri bu transformatsiya jadvalini tuzish hisoblanadi. Sohaga doir adabiyotlarda uning eng ko'p tarqalgan quyidagi shakli taklif etilgan (9.4-jadval):
(9.4-jadval)
BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiya qilish jadvali
BHMS bo'yicha moliyaviy hisobot moddalari
O'tgan yilning boshida
(qoldiq) natija
MHXS o'tgan
yillar
tuzatishlari Tuzatishlaridan
keyin natija Reklassifikatsiya
Joriy yilning tuza-
tishlari
Yil oxiriga
(MHXS bo'yicha)na tija
Aktivlar: Uzoq muddatli aktivlar (har bir moddasi bo'yicha)

Joriy aktivlar (har bir moddasi bo'yicha)
Majburiyatlar (har bir moddasi bo'yicha)
Kapital va taqsimlanmagan foyda (har bir moddasi bo'yicha)
Moliyaviy holat
to'g'risidagi hisobot

Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot Tushum
Tannarx
Yalpi foyda
Operatsion xarajatlar
Moliyaviy foaliyatga doir daromadlar va xarajatlar
Asosiy foydasi
Asosiy bo'lmagan tushum
Odatdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar
Soliq to'lagunga qadar foyda
Sof foyda
MHXS bo'yicha baholashdagi tuzatishlar va turli qayta klassifikatsiyalar asosidagi hisob-kitoblar ko'plab qo'shimcha axborotni hamda chuqur professional yondashuv asosidatahlil qilishni talab qiladi. Hisobot transformatsiyasi uchun transformatsiyani amalga oshiruvchi tashkilot BHMS bilan MHXS o'rtasidagi printsipial farqlarni belgilab olish zarur. Buning uchun esa transformatsiyani amalga oshiruvchi mutaxassis ham BHMS, ham
MHXSlari va xalqaro tajribalarni chuqur bilishi talab etiladi.
Transformatsiya jadvali jarayonida milliy balans moddalarini unga ilova qilinadigan buxgalteriya schyotlari qoldiqlari bo'yicha ochiqlashlari kerak.
Tayanch atamalar:
1. Moliyaviy hisobot transformatsiyasi bu – hisobot sanasi holati bo'yicha buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot komponentlari moddalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq holda qayta guruhlashtirish, ularning moddalarini qayta tan olish, qayta baholash, to'g'irlashlar kiritish va qayta ochiqlashlar asosida MHXSlari hisobotlari axborotlarining yangi tizimiga ag'darish va qayta tashkil qilish jarayonidir.
2. BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiya qilish bu – O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobot moddalarini MHXSlari qoidalari asosida qayta baholash, tan olish, reklassifikatsiya qilish va MHXSlarga muvofiq moliyaviy hisobotni taqdim qilish jarayonidir.
3. MHXSlariga muvofiq parallel hisob tizimini yuritish bu – O'zbekiston Respublikasi BHMSlariga muvofiq holdagi hisob tizimi bilan yonmayon MHXSlariga to'liq muvofiq keladigan hisob tizimini yuritish va moliyaviy hisobot taqdim qilish jarayonidir.
4. Tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishbu bu – loyiha, rejalashtirish va tashkiliy ishlarni bajarish bosqichidir.
5. Transformatsiya jarayoni protsedurasini amalga oshirish bu – tayyorgarlik ishlaridan keyin farqlar aniqlanadi, korrektirovka buxgalteriya yozuvlari tuziladi, ishchi transformatsion jadvallar amalga oshirish bosqichidir.
6. Natijaviy bosqich bu – korrektirovkalar amalga oshirilgandan keyin MHXS lariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladi va taqdim etish bosqichidir.
7. Transformatsion jadval bu – BHMSlari bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobot moddalarini MHXSlariga ag'darish uchun kiritilayotgan to'g'irlovchi yozuvlarni jamlovchi jadval.
O'zini-o'zi tekshirish uchun savollar.
1. Moliyaviy hisobot transformatsiyasi.
2. MHXSlariga muvofiq hisobot tuzish orqali yaratiladigan imkoniyatlar.
3. MHXSlariga o'tishdagi omillar.
4. MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzish uchun tan olingan yo'llar.
5. Transformatsiya jarayonining asosiy muhim qoidalari.
6. Transformatsiya jarayonining ketma-ketligi.
7. Transformatsiya jarayoni bosqichlari.
8. Transformatsiya usullarining afzalliklari va kamchiliklari.
9. Parallel hisob yuritish tizimi, uning afzalliklari va kamchiliklari.
10. Moliyaviy hisobotda atamalar transformatsiyasi.
11. Transformatsiyada qayta baholash va reklassifikatsiya.
12. Buxgalteriya balansi moddalarini qadamba-qadam transformatsiyalash.
13. Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotni qadamba-qadam transformatsiyalash.
14. Transformatsion jadval mazmuni va tuzilishi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati
Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, asarlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari
1. Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi Qonuni. 2016 yil 14 aprel`.
2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2015 yil 24 aprel`.
3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI.
4. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatъiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maъruza, 2017 yil 14 yanvar`.-Toshkent: “O'zbekiston”, 2017, -104 b.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 23 dekabr`. Xalq so'zi gazetasi. №258
6. Davlat ulushi bo'lgan aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi subъektlar faoliyati samaradorligin baholash mezonlari to'g'risidagi Nizom. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan.
Meъyoriy-huquqiy hujjatlar va o'quv adabiyotlar
1. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. O'quv qo'llanma. Hammuallif – T.: “MOLIYa”, 2010 -272 b.
2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.
http://finansist.uz/uz/moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlari-ozbekistondaqollanilishi/ 2018 y.
3. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.:
Moliya instituti, 2004. - 25 b.
4.PricewaterhouseCoopers. Vse prava zashishenы. Etot material podgotovlen Akademiey PwC dlya ekzamenov DipIFR v 2016 godu.
5. International Financial Reporting Standards. www.ifrs.org/issuedsrandards/list of-standards/ 2018 y.
6.Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchetnosti.
http://www.ifrs.org.ua/mezhdunarodny-e-standarty-finansovoj-otchyotnosti/
7. Xendriksen. M.F. Van Breda. Teoriya buxgalterskogo ucheta. M.,.
Finansы i statistika, 1997.
8. Sokolov Ya. V. Ocherki po istorii buxgalterskogo ucheta.–M.: Finansы i statistika, 1991.–400 s.
9. Hermanson, Roger H. Accounting: a business perspective /Roger H. Hermanson, James Don Edwards, Michael W. Maher. 6th ed., Irwin, Printed in the USA, 1995. 926 p.
10. Pizzey, Alan. Accounting and Finance. A firm foundation. 3rd Edition, London, Cassell, 1992. 512 p.
11. Paliy V.F. Mejdunarodnыe standartы ucheta i finansovoy otchetno- sti: Uchebnik. – 3-e izd., ispr. i dop. – M.: INFRA-M, 2008. – 512 s. — (Vыsshee obrazovanie).
12. MSFO v karmane 2015 – Delotte
/https://www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/ru/Documents/audit/russian/ifrs-inyour-pocket.pdf
13. Tashnazarov S.N., Tashnazarova D.S. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Maъruza matni. SamISI, 2018. 421 b.
14. Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchetnosti: Izdanie na russkom yazыke M.: ASKERI-ASSA, 2010.
Tashnazarov S.N. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
Download 34,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish