Ijtimoiy ong shakllarini farqlash mezonlari. Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi mulohazalar
yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini
ta’kidlash lozim.
Nima uchun ijtimoiy ongning aynan yuqoridagi shakllari ajratiladi? Boshqacha aytganda, ular qanday mezonlar
asosida farqlanadi? ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy ong shakllarini farqlashning to’rt mezoni ajratilgan.
Avvalo, ijtimoiy ong shakllarining xilma-xilligi ob’ektiv olamning turli-tumanligidan, voqelikning muayyan
tomonlarinigina aks ettirishidan kelib chiqishini ko’rsatish zarur. Sodda qilib aytganda, ijtimoiy ong shakllari,
birinchi navbatda, o’zlarining aks ettirish ob’ektiga ko’ra farqlanadi.
Ayni paytda, ijtimoiy ong shakllari bir-biridan voqelikni aks ettirish usuliga ko’ra ham ajralib turadi. Masalan,
huquqiy ong normalar, qonunlar, qoidalar vositasida, estetik ong esa- badiiy obrazlar yordamida voqelikni aks
ettirishini bir qarashdayoq sezish mumkin.
Ijtimoiy ong shakllari o’rtasidagi farqni ular rivojlanishining o’ziga xosligida ham kuzatish mumkin. Fan
taraqqiyoti ob’ektiv olam haqidagi yangidan-yangi bilimlarning yuzaga kelishi, chuqurlashib, kengayib borishi
bilan dinning rivojlanishi esa, uning ijtimoiy hayotning turli sohalariga, kishilar faoliyati va turmush tarziga
ta’sirining o’sib borishi bilan xarakterlanishi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Va nihoyat, ijtimoiy ong shakllari bajaradigan funktsiyalarining o’ziga xosligi bilan ham ajralib turishini
ta’kidlash zarur. Bunda, har bir ijtimoiy ong shakli bajaradigan funktsiyalar tizimida bittasi asosiy, markaziy,
sistema yaratuvchi funktsiya sifatida chiqishi kuzatiladiki, boshqa funktsiyalar ana shu funktsiya atrofida
birlashadi. Fanda – bilish, axloqda – tartibga solish, dinda – dunyoqarash, san’atda – tarbiyaviy funktsiyalar ana
shunday sistema yaratuvchi funktsiyalar sifatida chiqishini ko’rish mumkin.
Ijtimoiy ongning barcha shakllariga bilish, tarbiyalash, qadrlash kabi funktsiyalarning xosligi, ayni paytda,
bunday o’xshashlikning din va falsafa, axloqiy va huquqiy ong o’rtasida yana ham kuchliligi bunga misol bo’la
oladi.
Xulosa kilib aytganda, yuqorida qayd etilgan mezonlar faqat birgalikda olingandagina, ijtimoiy ong shakllarini
farqlashga xizmat qilishi, metodologik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Kishilik jamiyati taraqqiyotining
dastlabki bosqichlarida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllarining
hammasi ham bo’lmagan. Jamiyatda muayyan ehtiyojlar va ma’naviy ishlab chiqarishning yangi sohalari paydo
bo’lishi bilan ijtimoiy ongning yangi shakllari ajralib chiqa boshlaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida aytilgan ijtimoiy ong shakllarini tugal deb hisoblash xato bo’lur edi.
Jumladan, so’nggi paytda ko’pgina ilmiy adabiyotlarda ekologik ongni ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida
ajratishga urinish rasm bo’layotganligini ta’kidlash zarur.
Axborot dunyosining globallashuvi va uning ijtimoiy ongga ta’siri katta bo’lmoqda. XX asr axborot uzatishga
xizmat qiladigan texnik vositalarning keskin va shiddatli taraqqiy etishiga yo’l ochdi. Ayni paytda, ular
madaniyat rivojiga ta’sir qilish imkoniyatlarini ham o’stirib yubordi. Shundan kelib chiqqan holda, madaniyat
yutuqlarini tezlik bilan ommalashtirish, tarqata olish imkoniyati yaratilmoqda. Planetaning turli burchaklarida
dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning ma’naviy ozig’iga aylantirayotgan ommaviy axborot
vositalarining — gazeta, jurnallar, radio, televidenie, videotexnika, kino kabi hodisalarning roli bu jarayonda
katta bo’lmoqda, axborot sohasida globallashuv sodir bo’lganligini ko’rsatmoqda. Ammo bu jarayonining
intensivlashuvi va globallashuvi yuqoridagi kabi ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ayrim salbiy natijalarini ham
namoyon etmoqda. Bu tor guruhiy, g’arazli iqtisodiy, siyosiy, geostrategik manfaatlaridan kelib chiqqan holda,
kishilar dunyoqarashi, ijtimoiy ongga ta’sir qilishning yangidan-yangi yo’llari va vositalaridan foydalanishga
urinishda ko’rinmoqda.
Aytish mumkinki, bugungi kunda kishilar ongida hukmronlikka erishish, ularning tafakkur tarzi va qadriyatlarini
o’ziga bo’ysundirish turli ko’rinishlardagi maqsadlarga erishishning asosiy yo’li bo’lib qolmoqda. Ana shunday
vaziyatda kishilar ongida sobitlik, Vatanga muhabbat tuyg’usi, o’z yurtining ertangi kuniga ishonch ustuvor
bo’lmog’iga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir inson boshqacha, uning ongi boshqalarning dunyoqarashidan farq qiladi. Agar hamma odamlarning fikrini bir butun deb hisoblasak, unda ijtimoiy ong shakllanadi , bu esa o'z navbatida shakllarga bo'linadi.
Ijtimoiy ongning asosiy shakllari
Quyidagi shakllarning har birida haqiqat namoyon bo'ladi, lekin aniq aniq shaklda. Haqiqiy dunyoqarashning ushbu tasviri, birinchi navbatda, bunday rekonstruktsiya qilish va ta'rifga asoslangan narsalarga, ya'ni ob'ekt nimaga bog'liq.
Quyidagi shakllarni ajratib bering:
falsafiy;
iqtisodiy;
diniy;
siyosiy;
axloqiy;
huquqiy;
ilmiy tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |