Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha



Download 359,41 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi359,41 Kb.
#590643
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Vatanparvarlik oyligi: “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha”

Yurtimizda joriy yilning 15 dekabridan 2021 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkaziladigan "Vatanparvarlik oyligi" targ‘ibot tadbirlari ushbu shior ostida tashkil etilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholiga mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish, Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida o‘tkazilayotgan oylikning viloyatimizdagi tadbirlari boshlandi.

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan tadbirda qism komandirlari, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
- Bu yilgi "Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlarda buyuk bobomiz Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasidagi jasorati, jangu jadallardagi harbiy mahorati bosh g‘oya sifatida belgilangan, - deydi harbiy qism komandirining o‘rinbosari, podpolkovnik Shavkat Abdurahimov. – Jaloliddin Manguberdi harbiy san’at bobida o‘z davrida dovrug‘i yetti iqlimga ketgan bahodir bo‘lgan. Bu yilgi targ‘ibot tadbirlarimizda buyuk bobomizning ko‘rsatgan qahramonliklarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishni maqsad qilganmiz.
Tadbir davomida qism harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan Jaloliddin Manguberdi jang sahnasi, qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi harbiy bo‘lim boshlig‘i Husan G‘oziyevning ta’kidlashicha, bu galgi "Vatanparvarlik oyligi" faqatgina tuman va shaharlar markazlarida emas, balki chekka hududlarda ham o‘tkaziladi. Shu bois Vatanparvarlik karvonlari tashkil etilib, chekka hududlarda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi. Shuningdek, oylik doirasida harbiylar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlari, sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Vatanparvarlik karvoni Samarqand garnizonidagi harbiy shaharchada yo‘lga chiqdi. Ilk manzil Jomboy tumanining olis hududlari bo‘ladi. Bir oy mobaynida viloyatning eng chekka hududlarida ham targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Download 359,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish