8_MAVZU. KORXONA (FIRMA) iqtisodiy xavfsizligi
8.1. Korxona (firina) iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi,
vazifalari va tamoyillari
Xavfsizlik - bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va qo'shimcha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtayi nazaridan baholanadi va ko‘rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz „texnika xavfsizligi", „piyoda xavfsizligi", „oziq-ovqat xavfsizligi", ,,yo‘l harakati xavfsizligi" kabi tushunchalami uchratsak-da, „korxona xavfsizligi" haqidagi tushuncha XX asming so‘nggi o‘n yilligida ommalasha boshladi.
Mahsulotlaming zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texno- logiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg‘oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug'diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim boMimlaridan biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagi- lardan iborat:
■ korxona va uning barcha bo‘linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda
qonuniy huquqlami himoya qilish;
• korxona mulkini saqlash, undan
oqilona va unumli foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;
tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram boMishga yo‘l qo‘ymaslik;
barcha tuzilmaviy bo‘g‘inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini mustahkamlash;
mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;
ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini rivojlantirish;
korxona obro‘sini oshirish.
Ko‘rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsiz- ligini ta’minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib- qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora- tadbirlarda o‘z aksini topishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilami kiritish mumkin:
korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar hukumat idoralari, boshqaruv tuzilmasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish holat- larini aniqlash;
korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o‘zgarishlami aniqlash va zarur choralami qo‘llash;
bo‘lajak hamkorlami o‘rganish, ulaming moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash;
iqtisodiy ayg‘oqchilikka qarshi chora-tadbirlami tayyorlash;
korxona sirlaridan xabardor bo‘lgan malakali xodimlami boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish;
nosogMom raqobatchilikni yengish;
korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish;
tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish;
mehnat jamoasi a’zolaridagi salbiy fikrlami aniqlash;
favqulodda hodisalaming oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.
Ma’lumki, qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z-o‘zidan hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o‘z ishini yaxshi bilishdan tashqari, mohir va yuqori malakaga ega bo‘lgan hamda o‘zlari ishlayotgan korxona uchun jon kuydiruvchi kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga erishib boMmaydi.
Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta’minlash taktika va strategiyasiga bo‘lgan
asosiy talablar, xavfsizlikning maqsad va vazifa- larini hal qilishning to‘g‘ri yoMlarini tanlashdir. Ularga quyidagilami kiritish mumkin:
qonuniylik tamoyillari;
mustaqillik va mas’uliyat;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
maqsadli dasturiy rejalashtirish;
o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish;
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg‘unligi;
ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.