Iqtisodiy xavfsizlik uning quyidagi printsiplari orqali yuzaga chiqadi
Birinchidan, bu faoliyat turlari va shakllarini tanlash erkinligi. Garchi „bozor iqtisodiyoti“ ko‘p qirrali tushuncha bo‘lsa-da, uning asosiy belgisi xo‘jalik faoliyatining erkinligidir.
Tabiiyki, iqtisodiy erkinlik uning anarxiyaga o‘tib ketishiga, iqtisodiy о ‘ zboshi mchal ikka imkon bermaydigan doiralar bilan cheklangan. Ijtimoiy cheklovlar tizimisiz ayrim subyektlar erkinligi boshqalar uchun zo‘ravonlikka aylanishi mumkin, vaholanki xavfsizlikni ta’minlashda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
«конская система России. Настольная книга банкира. Безопасность банка. , 1995.-С. 80.
8.2. Korxona (f.rma) xavfsizligini ta’minlashni tashkil ailish va boshqarish
Xavfsizlik hodisalaming oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida har bir alohida holatdagi aniq harakat bo‘lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati kabilarga bog‘liq boMadi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o‘zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoit- lariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur.
Xavfsizlik konsepsiyasi,
birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi,
ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin boigan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Bu ta’simi quyidagi ko‘rinishida aks ettirish mumkin (8.2.1-chizma):
\
Bevosita ta’sir etuvchi
о miliar
Yetkazib bemvchilar, mahsulot iste’molchilari,
raqobatchilar. qonunlar va tartibga solish,
kasaba uyushmalari va boshqa omillar
Mamlakat iqtisodiyotining axvoli, ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlar, xalqaro voqealar.
guruh manfaatlarining ta’siri, fan-texnika
taraqqiyoti va boshqa omillar
Bilvosita ta’sir etuvchi omillar
8.2.1-chizma. Korxona xavfsizligiga tashqi muhitning ta’siri
Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlami amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi:
Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini ta’minlash.
Tezkor xavfsizlik, maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelib-ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash.
Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat personali (xodimlari)ni tayyorlash va o‘qitish, inspektsiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlaming oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlami ishlab chiqish.
Moddiy boyliklami himoya qilish va tabiiy ofatlarga qarshi kurash, yong‘inlaming oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazo.
Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsiz- likni ta’minlash natijalari to‘g‘risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollarda xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo‘limlarining zaruriy qoidalami qoMlash va ularga amal qilishini, nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Hozirgi jamiyatni axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlari- da korxonalaming xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valuta, kredit va huquqiy bo‘limlar kabi iqtisodiy bo‘linmalar bilan chambarchas bogMiqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka kuchliroq yondashgan holda, ulaming faoliyatini toMdirishi zarur.