8-ma'ruza. Suyuqliklarning teshik va naychalardan oqishi
Ma'ruzaga oid mavzular
1. Suyuqliklarning teshik va naychalardan oqishi
2. Siqilish, tezlik va sarf koeffisientlari
3. Suyuqlikning silindrik naychadan oishi
Ma'ruzaga oid tayanch so`zlar
Siqilish koeffitsienti, tezlik koeffitsienti, sarf koeffitsienti, idish bo`shash uchun ketgan vaqt.
Ma'ruzaga oid savollar
1. Torichelli formulasi qanday aniqlanadi?
2. Siqilish, tezlik va sarf koeffisientlari qanday topiladi?
3. Qanday naychalar turlari bor?
4. Sarf koeffisienti qanday topiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K.Sh. Latipov "Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar" Toshkent, O`qituvchi" nashriyoti, 1992 y.
2. K. Latipov, S. Ergashev "Gidravlika va gidromashinalar" Toshkent, "O`qituvchi" nashriyoti, 1986 y
3. A.Yu. Umarov "Gidravlika", Toshkent, "O`zbekiston" nashriyoti, 2002 y.
4. Uginchus, Chugaeva Ye.A. "Gidravlika", Leningrad, 1971 y.
5. Uslubiy qo`llanma laboratoriya ishlari uchun Gidravlika fanidan 1992 y.
Suyuqliklarning teshik va naychalardan oqishi
Texnikada suyuqlik tor va kalta naychalardan hamda teshiklardan oqishini kuzatamiz.
Idishdagi suyuqlikning potensial energiyasi teshikdan naychalardan chiqishda oqimchaning kinetik energiyasiga aylanadi.
Bir qism energetik qarshiliklarni yengishga sarf bo`ladi.
Bunday voqealarni gidrouzatmalarda moylarning gidrosilindrdan bosim ostida oqib chiqishi, yoqilg`ining yonishi kamerasiga oqib o`tishi, sisternalardan suyuqlikning oqizish hollarida ko’ramiz.
Suyuqliklarning yupqa devordagi teshikda o`zgarmas bosimda oqishi
Damli (naporli) idishda suyuqlik R, bosim ostida teshikdan oqadi.
Diametri d 0,1 bo`lsa, kichik teshik deyiladi. Yupqa devor deb 0,2d ga teng qalinlikni aytamiz.
Oqimchaning nazariy tezligi
8.1-rasm. Suyuqlikning teshikdan oqib ketishi
- Torrichelli formulasi deyiladi. Tezlik ma'lum bo`lsa, uning sarfi QH = VHS2 bu nazariy sarf bo`lib, amaliyotda esa koeffisientlarga qarab o`zgarish bo`ladi.
Siqilish, tezlik va sarf koeffitsientlari
Teshikchadan real suyuqlik oqganda suyuqlik to`liq diametrdan emas, toraygan, siqilgan diametrdan o`tadi, buni siqilish koeffisienti ifodalaydi
= 0,61 0,64 gacha shzgaradi.
Real suyuqlik tezligi
Tezliklar nisbati tezlik koeffsientini beradi.
yoki ga teng
= 0,06 = 0,97 0,98
Amaliy oqim sarfi
Sc = S2 bo`lganligi uchun
bu yerda =
- sarf koeffisienti; = 0,6 0,63.
Suyuqlikning silindrik naychadan oqishi
Idish devordagi teshikka o`rnatilgan kalta trubalar naychalar deyiladi. Naychalarning uzunligi l = (3 4)d ga teng bo`ladi. Naychalardan sarfni ko`paytirish yoki ixcham naychalar olish uchun foydalaniladi.
Naychalardan oqadigan suyuqlikni hisoblashda va lardan foydalanamiz.
Silindrik naychalarda suyuqlik oqayotganda u devordan ajraladi va torayadi. Lekin bu torayish to`xtab, oqimcha uyurmali harakat qilib kengaya boshlaydi. So`ngra naychani to`ldirib oqadi.
Bu holda = = 0,8 = 0,55 bo`ladi
Oqimcha siqilishi kam bo`lganligi uchun sarf ortadi.
Naychalarning turlari
Naychalar quyidagi turlarga bo`linadi
1. konussimon kengayuvchi naychalar
2. konussimon torayuvchi naychalar
3. konoidal naychalar
Silindrik naychalarning kamchiligi shundaki, unda qarshilik ortadi. Shuning uchun konussimon kengayuvchi, konussimon torayuvchi, konoidal naychalar ishlatiladi.
Konussimon kengayuvchi naychalarda kirishda oqimcha ko`p torayadi. So`ngra esa tez kengaya boshlaydi va naychani to`ldiradi. = 1. Konuslik burchagi 80C bo`lganda maksimal kengayish bo`ladi = = 0,45 bo`ladi.
8.3-rasm
Konussimon torayuvchi naychalarda ham , , lar ga bog`lik. = 130 gacha bo`lganda = 0,94 bo`ladi. Bu naychalarda ichki torayish kam bo`lganligi uchun unga sarf bo`lgan energiya ham kam bo`ladi.
Konoidal naychalarning shakli yupqa devordagi teshikdan oqayotgan suyuqlik oqimi shakliga o`xshash bo`ladi.
Qarshilik kam bo`ladi , , - eng katta bo`ladi. , = 0,97; =1 teng.
Bu naychalarda katta tezlik va sarf beradi.
Sarf formulasi naychalar uchun:
Ikki xil naychani ketma-ket ulganda sarf va tezlik oshadi
Do'stlaringiz bilan baham: |