Бошєарув іисоби 1
Bu mavzu o‘rganilgandan so‘ng siz:
Materiallarni boshqarish jarayoni
Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash
Ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxini aniqlash
Ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxini aniqlash1. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
Materiallar - bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadigan va bir ishlab chiqarish siklida qatnashib o‘z qiymatini yangi yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazidigan mehnat buyumlaridir.
Bevosita (asosiy) materiallar - mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo. Avtomobil korpusi tayyorlanadigan po‘lat taxta bunga misol bo‘la oladi.
Bilvosita materiallar – bu ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan zahiralar, masalan moylash materiallari, gaykalar, vintlar hamda xo‘jalik yuritishda foydalaniladigan boshqa materiallardir. Bilvosita materiallar ishlab chiqarish ustama xarajatlarining bir qismini tashkil etadi.
Materiallarni xarid qilish
Materiallarni korxonaga kelishini xarid bo‘limi nazorat qiladi, bu bo‘lim material yetkazib beruvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi, materiallar sifati va kamomadi bo‘yicha ularga da’vo rasmiylashtiradi, yuklar korxona omboriga o‘z vaqtida yetib kelmasa, ularni qidiradi. Xarid qilish jarayoni materiallarga ehtiyoji bo‘lgan bo‘linmalarning talabnoma berishi bilan boshlanadi. Unda qanday material qancha miqdorda kerakligi ko‘rsatiladi. Tegishli shaxs talabnomani ma’qullagandan so‘ng hujjatning bir nusxasi xarid bo‘limiga yuboriladi. Xarid uchun ma’sul xizmatchi o‘zidagi mavjud axborotdan foydalanib, tegishli material yetkazib beruvchini tanlaydi, shundan so‘ng xaridga buyurtma tuzadi, unda buyurtmachi talab qilayotgan materiallarga oid axborot bo‘ladi. Xarid qilishga buyurtmaning bir nusxasi shu hujjatdagi ma’lumotlarni olingan tovarlar miqdoriga solishtirish uchun qabul qiluvchi bo‘limga yuboriladi.
Material tovarlarni qabul qilish bo‘limiga yetib kelganda, bo‘lim xodimi shu materialga tegishli xarid qilish uchun berilgan buyurtma raqami, miqdori, sifatini aniqlaydi. Material to‘g‘risidagi to‘la axborot material olingani to‘g‘risidagi xabarnomaga yoziladi, so‘ngra material omborga yuboriladi. Omborda yukni ko‘zdan kechirishadi, tovar yetkazib beruvchi to‘ldirgan yukka qo‘shib yuboriladigan hujjatdagi ma’lumotlarga, buyurtma nusxasiga solishtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |