8-MAVZU. MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLARI
HISOBI
Mavzu rejasi:
1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha.
2. Xarajatlarni hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari.
3. Xarajatlarni guruhlanishi.
4.Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi.
5. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.
6. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
7. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish.
8. Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi.
9. Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi.
10. Davr xarajatlari hisobi.
Tayanch iboralar: xarajatlar, egri xarajatlar, to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita va
bevosita xarajatlar, tannarx, kalkulyatsiya. Aosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab
chiqarish, davr xarajatlari, tannarxni hisoblashning zamonaviy usullari.
1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish,
tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning
puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚
daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi
kerak.
Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «
Xarajatlar
-
aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi,
shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektni odatiy faoliyati natijasida
majburiyatlarni paydo bo‘lishidir»
1
Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish
va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi
iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
- ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash
uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
- sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy
natijalarini aniqlash va baholash;
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining
qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi,
ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi
ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab
chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini
kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni
1
1-сон БҲМС Ҳисоб сиёсати ва молиявий ҳисобот.
o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning
haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi
ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining
moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov
qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi
oldida quyidagi vazifalar turadi:
- korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha hisobga
olish;
- xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob varaqalarida hamda hisobot
shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli
ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki
yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy
xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv
hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida
eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi
xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona
quyidagi holatda shakllantirishi kerak:
- xarajatlarni ularni paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish;
- xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish;
- xarajatlarni ularni paydo qilgan ob’ektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida
mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish.
Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi.
Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo‘lish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari
bo‘yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi.
Demak, xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz
kerak ekan:
- alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini
tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash;
- alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi
ma’lumotni shakllantirib berish;
- korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv xarajatlarining tahliliy
ma’lumotlarini yig‘ib berish va ularning talqinini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |