5-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja



Download 55,56 Kb.
bet1/6
Sana16.09.2021
Hajmi55,56 Kb.
#175648
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- маъруза 39cd27b8ef619c4cf3ecf42a65c1e7b6


5-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti

Reja

  1. Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari.

  2. Ilk merkantilizm taъlimoti va uning namoyondalari

  3. Rivojlangan merkantilizm-manufaktura tizimi. Merkantilizim va proteksionizim siyosatining ayrim mamlakatlardagi ko‘rinishi.

  4. Merkantilizmning tarixiy taqdiri.



1. Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlari.

Avvalgi davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda natural xo‘jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. YAngi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy taъlimot paydo bo‘ldi, bu merkantilizm taъlimotidir.

«Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Lug‘aviy maъnosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so‘z yangi taъlimotning mazmun va mohiyatini o‘zida aks ettiradi.

Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko‘rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o‘zgardi. Bu taъlimotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‘ldi. Noekvivalent almashuv savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o‘zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy taъlimot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala soxasini o‘rganish bilan shugullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. SHu davrga kelib Evropada oltin va kumush qaxatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko‘p, degan mish-mishlar va u erdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi erlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.

Pul vazifasini bajargan nodir metallar (xali qog‘oz pul yo‘q), ularning oxangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg‘azdi, insonni o‘ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, dengizda kemalar orqali xavfli yo‘lga otlanish taraddudi boshlandi, haritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ to‘plandi.

Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko‘proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar-oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko‘paytirish borasida maъlum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.

1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qitъasini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o‘ylagan, shuning uchun qitъa nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qitъadagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko‘pchilik o‘ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohati tufayli yangi er, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Evropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u erlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Evropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo‘xori, tamaki, kofe, kakao). Evropadagi davlatlar o‘rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o‘rtasida kurash ham qizidi.

SHakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa savdo rivoj topdi, bosib olingan erlardagi arzon-garov xom ashyolar Evropaga oqib kela boshladi, bu erda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u erlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o‘sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo‘lib qoldi. Undan keyin esa sanoat kapitali ajralib chiqdi.

Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:

1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari).

Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari).

YAngi taъlimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga bajaradi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV àñð). Fabrika to‘g‘risida esa quyida axborot beriladi.

Merkantilizmning birinchi davri o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, yaъni oltin va kumush pullar, javohirlarni to‘plash bilan bog‘liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga o‘rinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqiladigan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). CHet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo‘lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan.

Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qadnay bo‘lishi kerak va unga nisbatan davlat hoqimiyatining munosabati masalasi asosiydir.

Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha taъriflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko‘proq to‘plash; nazariya va taъlimotda: savdo, pul oboroti, yaъni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bulmoqda», yaъni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamoxang bo‘lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O‘zbekistonda ham hozirgi davr o‘zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, yaъni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo‘ladi. Farq, yaъni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo‘li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o‘ylanmaydi. CHet ellarga ko‘proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko‘p bo‘lsa, hamma narsa yaxshi bo‘ladi degan fikr asosiy bo‘lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg‘arilishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Haqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo‘llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, maъmuriy yo‘llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo‘lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo‘lishini istaydilar.

Qadimgi SHarqda paydo bo‘lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg‘onish davrida yuksaldi. Bu huquq lar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko‘p hollarda O‘rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo‘lgan progressiv(ijobiy) elementlardan iborat.

Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini taъminlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu taъlimotning ijtimoiy maъnosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi o‘sishini taъminlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi shart edi. Iqtisodiy taъlimotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muxtoj emas edi, xatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo‘lgan.

M.Blaug fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining etakchi tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini taъminlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xom ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo‘llab-quvvatlash; 4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) taъriflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor sanoat mahsulot eksportini rag‘batlantirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o‘sishi. SHak-shubxasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining yuragi edi (eksport importdan katta).

Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina taъriflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan maъlum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;

Pulning kashf etilishi insonlarning sunъiy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;

Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «obъektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;

Mehnatga taklifning o‘sishi ish haqining yuqori emas, past bo‘lish zarurati bilan bog‘lanadi;

Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sish mamlakat pul boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi taъminlanishi kerak.

Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom ashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya xududini 1 deb olsak, u o‘zidan 120 marta katta bo‘lgan erni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan.

Demak, merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat hoqimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.



Download 55,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish