4. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Makkajoʻxori



Download 41,97 Kb.
bet1/13
Sana24.06.2022
Hajmi41,97 Kb.
#698388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Makkajoʻxori va dukkakli don ekinlarini o`g`itlash


Mavzu: Makkajoʻxori va dukkakli don ekinlarini o`g`itlash
Reja:

  1. Makkajoʻxori haqida

2.Makkajoʻxori biologiyasi va yetishtirish texnalogiyasi
3. Makkajoʻxori va dukkakli don ekinlarini o`g`itlash
4. Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Makkajoʻxori (Zea mays L.) - boshokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va atstek qabilalari tomonidan mil.dan 5200-yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-asr oxirida keltirilgan. M. ekiladigan xududlar shimoliy kenglikning 40° gacha boradi. Jahon dehqonchiligida M. ekilgan maydon 139,2 mln.ga, hosildorlik (don boʻyicha) 43,13 s/ga, yalpi hosil 600,4 mln. t AKD] (28,5 mln.ga, hosildorlik 84 s/ga), Braziliya (11,6 mln.ga, hosildorlik 27,6 s/ga), Meksika (7,2 mln.ga; hosildorlik 25,3 s/ga), Xitoy (25,8 mln.ga; hosildorlik 48,8 s/ga), shuningdek, Jan. va Jan.-Sharqiy Yevropa, Jan.-Sharqiy Osiyo, Jan. va Sharqiy Afrika mamlakatlarida katta maydonlarga ekiladi (1999). Oʻzbekistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi (42 ming ga; hosildorlk 31,6 s/ga; yalpi hosil 131,4 t; 2000). Poyasi tik, 5–6 m gacha, boʻgʻimli, ichi gʻovak. Ildizi pataksimon, yerga 1—1,5 m gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki boʻgʻimidan yoʻgʻon tayanch ildizlar chiqaradi, ular oʻsimlikni yotib qolishidan saqdaydi va chopiq vaqtida yumshoq tuproq uyumi ularni nam hamda oziq moddalar bilan taʼminlaydi. Barglari keng nashtarsimon, ketma-ket joylashgan, usti tukli. M. bir uyli, toʻpguli ayrim jinsli oʻsimlik, chan-gchi toʻpguli poya uchida roʻvak, urugʻchi toʻpguli soʻtada popuksimon boʻladi. Mevasi don. 1000 ta doni vazni 100— 400 g . Soʻtasi donli zoʻgʻata, 500 dan 1000 gacha doni boʻladi va uni oʻrab turgan barg (gʻilof)lardan iborat, har tup oʻsimlik 1—2 — 3 ta, baʼzan undan koʻproq soʻta chiqaradi. Doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsimon, rangi va morfologik belgilariga koʻra, tishsimon, yarim tishsimon, mumsimon va qobiqli guruhlarga boʻlinadi. Donining tarkibida 9—10% oqsil, 4—6% moy, 65—70% uglevod, V,, V2, V6, Ye vitaminlari, doni sargʻish navlarida provitamin A, nikotin va pantaten kislotalar, flavonoidlar va boshqa mavjud. M. juda mahsuldor va turli maqsadlarda ishlatiladigan ekin. M. doni oziq-ovqat (un, yorma, bodroq, shirin qalamchalar, makkajoʻxori moyi va boshqalar), kraxmal-patoka, pivo, spirt sanoatlarida ishlatiladi. Aralash yem ishlab chiqarish uchun xom ashyo, doni chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa (1 kg donining toʻyimliligi 1,34 ozuqa birligiga teng), koʻk massasi (1 kg ida 13,6—14,6 g hazm boʻluvchi protein va 0,18—0,39 ozuqa birligi bor), silosi va doni bilan birga maydalab konservalangan soʻtasi qimmatli ozuqa. M. poyasi, zoʻgʻatasi, qobiq bargidan qogʻoz, linoleum, viskoza, izolyasiya materiallari, sunʼiy poʻkak, kinoplyonka va boshqa ishlab chiqariladi. M. popugi tibbiyotda ishlatiladi.Navi va tuproq-iqlim sharoitiga qarab oʻsuv davri 90—150 kun. M. issiqsevar, yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka ancha chidamli bahori ekin, tuproq harorati 10° boʻlganda 10—12 kunda unib chiqadi. Maysalari —2—3° sovuqqa chidaydi. Kuzda — 3° da sovuq uradi, ozuqalik sifatini pasaytiradi. 20—25°danormal oʻsib rivojlanadi. Harorat 35° dan yuqori boʻlganda gullari yaxshi changlanmasligi mumkin (yuqori harorat va havoning quruqligi urugʻchi toʻpgullar ipakchalarini quritib qoʻyadi). M.ni asosiy ekin tarzida ekish uchun begona oʻtlardan toza, shoʻrlanmagan va sizot suvlari chuqur, oʻtmishdosh ekinlardan kuzgi don ekini, dukkakli don, burdoy ekilgan yer tanlanadi. Yer kuzda 28— 30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10—35 t goʻng va 60–80 kg sof fosfor hisobidan oʻgʻit solinadi. Erta bahorda boronalanadi yoki yoppasiga kultivatsiya qilinadi. Urugʻlar qator oralari 60, 70, va 90 sm qilib M. se-yalkalarida kvadratuyalab yoki qatorlab 6—10 sm chuqurlikda ekiladi. Oʻsuv davrida 2-marta — birinchisida gektariga 70–80 kg azot, 60–80 kg fosfor, ikkinchisida 80–100 kg azot, 50–60 kg fosfor, 40–50 kg kaliy hisobidan oziqlantiriladi, 2—3-marta kultivatsiya qilinadi, 4—6-marta sugoriladi. M. koʻkat yem uchun roʻvak chiqarguncha, silos uchun doni dumbul boʻlib yetilganda va doni uchun toʻla yetilganda yigʻishtiriladi. Oʻzbekiston sharoitlarida ilgʻor xoʻjaliklarda don boʻyicha hosildorlik 50—60 s/ga, koʻk massa boʻyicha 300—600 s/ga ga boradi. M.ni angʻiz ekin sifatida (yezda bugʻdoydan boʻshagan maydonlarga) ham ekiladi. Oʻzbekistonda Vatan, Qorasuv 350 AMV, Oʻzbekiston tishsimon M.si, Oʻzbekiston 306 AMV, Oʻzbekiston 601 YESV, Moldaviya 425 MB, Figaro, Nort va boshqa navlar hamda duragaylari ekiladi (2002)Makkajo‘xori dunyoda eng ko‘p yetishtiriladigan va tarqalgan donli ekinlardan biridir. U yem-xashak, oziq ovqat va texnikaviy ekin. Oziq- ovqat maqsadlarida dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan makkajo‘xori doni- ning 20 %, texnikaviy 15—20 %, qolgan qismi, ya’ni uchdan ikki qismi yem-xashak maqsadlarida ishlatiladi.Don tarkibida uglevodlar 65—70 %, oqsil 9—12 %, yog‘ 4—8 %, shuningdek, ma’danli tuzlar va vitaminlar bor. Uning donidan un, yor- ma, konservalar (qand makkajo‘xorisidan), etil spirti, dekstrin, pivo, glukoza, qand, qiyom, sharoblar, asal, moy, vitamin E, askorbin va glutamin kislotalari, makkajo‘xori tayoqchalari, sut va boshqa ko‘plab mahsulotlar tayyorlanadi. Makkajo<xorini onalik iplari meditsinada o£t xaltasi, jigar hastaliklarida qo'llaniladi. Poyalaridan, barglaridan va so‘talaridan qog'oz, linoleum, viskoza, faollashtirilgan kohnir, sun’iy po‘kak, plastmassa, og'riqsizlantiruvchi vosita va boshqalar olinadi.Makkajo'xorining doni, yashil massasi, silosi va so‘tasi, u ajoyib oziqa. 1 kg donida 1,34 oziqa birligi va 78 g hazmlanadigan protein bor. Omixta yem tayyorlashda makkajo'xori qimmatli komponent. Un­ing donidagi asosiy oqsil zeinda triptofan, lizin almashtirilmaydigan ami- nokislotalari kam.Sut-mum pishish fazasida o‘rilgan 100 kg silos massasida 21 oziqa birligi va 1800 g hazmlanadigan protein bor. Shuncha miqdordagi quruq poya va barglarida 37, so4asini o'zagida 35 oziqa birligi saqlaydi. Qa- tor oralari ishlanadigan ekin bo'lganligi tufayli u juda ko‘p ekinlar, shu jumladan, kuzgi don ekinlari, g£o‘za va sabzavot ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh.
0‘zbekistonning sug'oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinla- ridan keyin makkajo'xorini don, silos va ko‘k massasi uchun ang‘iz ekini sifatida ekib yuqori hosil olish imkoniyati bor.
Tarixi. Makkajo‘xori dunyo dehqonchiligidagi eng qadimiy ekin- lardan biridir. Uning vatani Markaziy va Janubiy Amerika (Meksika, Gvatemala). Markaziy Amerikaning mahalliy aholisi uni eramizdan ol- din 3400—2300 yillar muqaddam ekishgan. Bu xaqda arxeologik qazil- malar — changlar, ro‘vaklar, don va so‘tasining sodda shakllari hamda genetik, sitoembriologik tadqiqotlar guvohlik beradi. Amerikaning kashf etilishi bilan (1492-y.) makkajo‘xori Yevropaga (XV asr), XVII asrda Gruziya orqali Rossiyaga, XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Ocrta Osiyoga G‘arbiy Xitoydan keltirilgan.Makkajo‘xorining (Zea mays L) kelib chiqishi filogenezi, sistema- tikasi hozirga qadar to‘la o‘rganilmagan. Meksikada Maydeae yangi turi topilgan, u teo-sintam, yoki Zea perennis va Z. diplo perennis turla- riga mansub boMishi mumkin.Hozirda makkajo‘xori eng madaniylashgan ekinlardan biridir va uning urug‘i inson ishtirokisiz tuproqqa tushmaydi.

Download 41,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish