4-MAVZU. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video
axborotlar bilan ishlash asoslari
REJA:
1.
Multimediya tushunchasi. Multimediya tizimlari. Multimedia imkoniyatlari.
2.
Multimedianing axborot ta’minoti. Multimedianing dasturiy ta’minoti. Multimedianing
texnik ta’minoti.
3.
Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.
4.
Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash.
1.
Multimediya tushunchasi.
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli
(multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter
axborotlari texnologiyasidir.
Multimedia
- kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli
(multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish,
qayta ishlash, saqlash, uzatib berish
texnologiyalari ko‘paytmasidir. Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti orqali qo‘zg‘almas
tasvir va ovoz orqali grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari kiradi.
Multimediya – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video,
matn, grafika animasiya va uch ulchovli animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini
o’rganuvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir
Multimedia — bu interaktiv tizim bo‘lib, matn, tovush, videotasvir,
grafik tasvirlarni,
videoni qo‘zg‘almas xarakatini turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni orqali jonlantirish, ovozini
kuchaytiruvchi vositadir. Multimedia tizmining paydo bo‘lishi ta’lim tizimida, san’at, kompyuter
treninglar , kompyuter o‘yinlari , o‘tkazishda juda katta o‘zgarishlar olib kirdi. Multimedia
tizimini paydo bo‘lishi amaliy tarafdan qanday tayyorlangan bo‘lsa, nazariy tarafdan ham shunday
tayyorlangandi, ammo bu sohaning tezlikda o‘sishida texnikaviy va tizimli vositalarning
rivojlanishi katta o‘rтni egallaydi.
Xozirgi kunda multimediya so‘zini uch xil tushunish mumkin:
«multimediya -g‘oya», bu turli toifadagi axborotlarni saqlashni yangicha yondashuvidir.
Kompyuter texnikasini rivojlanishi turli toifadagi axborotlarni qayta ishlashga olib keldi: raqamlar
bilan boshlandi, kompyuterda matn kayta ishlanishi o‘rnatildi,tasvir va tovush ma’lumotlari qayta
ishlanuvchi ob’ektga aylantirildi,hozirgi kunda kompyuter bemalol video tasvirlarni ovoz bilan
ta’minlashi mumkin;
turli tabiatdagi axborotlar bilan ishlashni ta’minlaydigan kurilmalar. Bo’larga multimediya
platasi, multimediya komplekslari va multimediya markazlari kiradi;
«multimediya maxsuloti»-yukorida keltirilgan turli toifalardan tashkil topgan maxsulotdir.
Bu jarayonning rivojlanishi kuchli xotirali, grafik imtiyozlarni tezkorlikda ishlata oladigan,
tashqi xotira
tasnifiga ega, videotexnika yutuqlaridan foydalana oladigan,CD-ROM va o‘xshash
lazer disklarini ishlata oladigan hamda ko‘plab yangiliklar bilan boyitilgan SHEXMlarni
rivojlanishiga olib keldi. Ma’lumotlarni tez va unumli siqib yozish, yoyish usullarining ishlab
chiqilishi xam o‘ta muxim rol uynadi. Zamonaviy multimedia –bilan qurollangan shaxsiy
kompyuter tom ma’noda displeey-televizor bilan birlashtirilgan uy stereofonik NI-RI
kompleksini eslatadi.
U faol stereofonik kolonka,mikrofon va optik kompakt CD-ROM (CD-
Compact Disc, kompakt-disk; ROM-Read onli Memory, fakat o‘qish uchun xotira)disklari uchun
diskovod qurilmalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari kompyuter ichida yangi shaxsiy
kompyuter qurilmasi — audioadapter joylashtirilgan bo‘lib, u tiniq stereofonik tovushlarni akustik
kolonkalarga o‘rnatilgan kuchaytirgichlar orqali eshitishni ta’minlaydi.
Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- an’anaviy axborot turlar: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa,
videofilmlardan
parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari);
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy
prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va
video-xotira, katta sig’imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha
almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi.
Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tingloavchilarni
o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan
bir qismi
xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak,
axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi.
Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirigan
holatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi
kuzatilmoqda.Ta’lim uchun zarur bo’lgan quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni
qullanma shaklida kompyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish.Ishlab
chiqilgan kompyuter
dasturlari uchun multimedia elementlarini qullash. Multimediya vositalari bilan ishlash hozirda
Respublikamizda juda keng ko’lamda qullanilmoqda.