3 MAVZU: SEZGILAR .
5. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.
6. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
7. Sezgilarning tasnifi.
8. Sezgilarning turlari: ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar.
9. Analizator va uning tuzilishi, sezgi sohasidagi qonuniyatlar.
IDROK. : 1. Idrok haqida tushunch.
2. Idrokning nerv-fiziologik asoslari.
3. Idrokning murakkabligi, idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik.
4. Idrokning xossalari
5. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.
DIQQAT. 1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
4. Diqqatning xususiyatlari: diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi
Javoblar
1 .Sezgi deb sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, ogir–engilni, issik– sovukni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Sezgi a'zolari tashki olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yulidir. Sezgi a'zolari kishiga tevarak atrofdagi olamda muljal olish imkonini beradi. Sezgilar xosil bulishi uchun kuyidagi shartlar bulishi kerak: Birinchidan, sezgi a'zolarimizdan birontasiga ta'sir etadigan narsa yoki xodisa bulishi kerak. Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bulishi kerak. Bu apparat kuyidagilardan iborat: 1. Sezuvchi organ (retseptor). 2. Utkazuvchi yul (afferent nerv). 3. Bosh miya pustlogidagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yul (efferent nerv). Bitta sezgi apparatini tashkil kiladigan kismlarni I. P. Pavlov analizator deb atagan. 2 Analizator. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgatuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil buladi va xar kanday psixik xodisalar kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Kuzgatuvchining aynan uziga uxshaydigan analizatorga ta'siri natijasida xosil buladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi. Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1) tashki kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator xisoblangan periferik bulim (retseptor). 2) analizatorning periferik bulimini markaziy analizator bilan boglaydigan yullarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar. 3)Analizatorning periferik bulimlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir buladigan kobik osti va kobik (miyaning uzi bilan tugaydigan) bulimlar. Analizator periferik bulimlarining muayyan xujayralari miya kobigidagi xujayralarning ayrim kismlariga mos buladi. Jumladan, kuz tur pardasining turli nuktalarida xosil buladigan tasvir miya kobigida xam xar xil nuktalarda shuni aks ettiradi; eshitishda xam xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nogora parda va miyadagi aks sado. Sezgining xosil bulishi uchun xamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzgatuvchining retseptorga ta'siri kuzgalishning yuz berishiga olib keladi 3 Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan urniga karab sezgilar odatda uch guruxga ajratiladi: 1. Tashki muxitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan xamda retseptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a'zolarida va tukimalarida joylashgan xamda ichki a'zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 3. Retseptorlari mushaklarda va paylarda urnashgan propriotseptiv sezgilar; ular gavdamizning xarakati va xolati xakida axborot berib turadi. Xarakatni sezadigan propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb xam atalib, uning retseptorlari kinestezik yoki kinestetik retseptorlar deb xam ataladi. 4 Ekstrotseptorlarni ikki guruxga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Teri orkali paypaslab kurishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, bular xam uz funksiyasiga kura bir necha xil bulishi mumkin, masalan, xaroratni sezish, sillik yoki gadir budirni, kattik yoki yumshokni sezish va xokaz 5 Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1) tashki kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator xisoblangan periferik bulim (retseptor). 2) analizatorning periferik bulimini markaziy analizator bilan boglaydigan yullarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar. 3)Analizatorning periferik bulimlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir buladigan kobik osti va kobik (miyaning uzi bilan tugaydigan) bulimlar Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yuli manbai va eng muxim kismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta'sirni miyaga olib boruvchi afferent nerv yullari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarining uzaro munosabati murakkab organizmning tevarak atrofdagi olamda tugri muljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofik tarzdagi faoliyatning negizini ta'minlaydi