1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Tayanch iboralar: iqtisodiyot tushunchasi,iqtisodiy resurslar va uning cheklanganligi, ehtiyojlar va uning cheksizligi.
2. Iqtisodiy resurslar va uning turlari. Tayanch iboralar: iqtisodiy resurslar tushunchasi, yer,kapital, ishchi kuchi va xom ashyo.
3. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va uning tarkibi. Tayanch iboralar: ehtiyojlar tushunchasi, ehtiyojlarning tarkibiy tuzilishi.
4. Iqtisodiy ehtiyojlarni turkumlash va uning turlari. Tayanch iboralar: ehtiyojlar tizimi, ehtiyojlarning obyektiv jihatdan turlari,ehtiyojlarning subyektiv jihatdan turlari.
5. Ehtiyojlarning yuksalishi va uning jihatlari. Tayanch iboralar: ehtiyojlar yuksalishining tushunchasi, ehtiyojlar miqdorining o’sishi, yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishi, o’rinbosar ehtiyojlar,ehtiyojlar nisbatining o’zgarishi, ehtiyojlarning yuksalish qonuni.
6. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar. Tayanch iboralar: merkantalizm, fiziokratlar, klassik iqtisodiy g’oyalar, marjinalizm.
7. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi xozirgi zamon iqtisodiy oqimlari. Tayanch iboralar: keynschilar ta’limoti, monetarizm, liberalizm, institusionalizm.
8. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Tayanch iboralar: iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy xodisalar, iqtisodiy jarayonlar
9. Iqtisodiy qonunlar va uning turlari. Tayanch iboralar: iqtisodiy qonun tushunchasi, umumiy, xususiy va oraliq iqtisodiy qonunlar.
10. Iqtisodiy kategoriyalar va uning turlari. Tayanch iboralar: iqtisodiy kategoriya tushunchasi, umumiy, xususiy va oraliq iqtisodiy kategoriyalar.
11. Iqtisodiy xodisalarni o’rganish usullari. Tayanch iboralar: ilmiy abstraksiya, taxlil va sintez, tarixiylik va mantiq usuli, eksperiment, mikro va makroiqtisodiy taxlil, taqqoslash, matematik, statistik, jadval va grafik.
12. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Tayanch iboralar: nazariy, uslubiy va amaliy vazifalar.
24. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi. Tayanch iboralar:moddiy va ma’naviy ne’matlar, iqtisodiy faoliyat.
Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir. Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bog’liq va o’zaro ta’sirda bo’ladi, birining o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir usuli texnologiyada o’z ifodasini to’adi. Kishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg’or texnologiyani qo’llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Iqtisodiyot faoliyati nima?
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi
25.Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishi. Tayanch iboralar: ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omillari, ishlab chiqarish omillarining marksistik hamda marjinalistik turkumlanishi.
Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bog’liq va o’zaro ta’sirda bo’ladi, birining o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir usuli texnologiyada o’z ifodasini to’adi. Kishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg’or texnologiyani qo’llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o’zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o’zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo’ladi
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. (Chala)
26.Iqtisodiy faoliyat va uning turlari. Tayanch iboralar: iqtisodiy faoliyat tushunchasi, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish,ayirboshlash va tadbirkorlik faoliyati.
Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi ijtimoiy
mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
27.Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning egri chizig’i. Tayanch iboralar: ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i tasviri.
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'i belgilangan miqdordan foydalangan holda ikkita tovarning maksimal ishlab chiqarish hajmini o'lchaydi. Bu ishlab chiqarishning to'rtta omilining har qanday kombinatsiyasi: tabiiy resurslar (shu jumladan er), ishchi kuchi, asosiy vositalar va tadbirkorlik. Ko'pgina tovarlarni ishlab chiqarish uchun to'rttasini aralashtirish kerak. Egri chiziqdagi har bir nuqta, resurslar bir tovarni ko'pini ikkinchisini kamroq qilishdan o'zgarganda har bir tovarning qanchasi ishlab chiqarilishini ko'rsatadi.
Egri chiziq bir tovarni ikkinchisiga nisbatan ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'lchaydi
shlab chiqarish imkoniyati egri chizig'i jamiyatning ikki xil tovar o'rtasidagi tanlov narxini aks ettiradi. Chegarada ishlaydigan iqtisodiyot, erisha oladigan eng yuqori turmush darajasiga ega, chunki u bir xil resurslardan foydalanganicha ko'proq mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ishlab chiqarilgan miqdor egri chiziq ichida bo'lsa, unda barcha resurslardan foydalanilmaydi.
28. Mehnat unumdorligi va uni belgilovchi omillar. Tayanch iboralar: mehnat unumdorligi, tabiiy sharoit, texnika-texnologiya darajasi, ishlovchilarning kasbi va maxorati.
Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga Fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi (ta’siri) shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo’ladi).
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish,
29.Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. Tayanch iboralar:ishlab chiqarish samaradorligi tushunchasi, samaradorlik ko’rsatkichlari, samaradorlikni hisoblash formulasi.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU=M/V. Bu erda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish vaqti. Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko'rsatkichidan ham foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. KU=M/K;
KU=YAD/K ; KU=F/K; bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad hajmi, F –foyda.
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri er hisoblanishi sababli undan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichi olingan mahsulot hajmining er maydoniga (gektarga) nisbati bilan aniqlanadi.
30.Iste’molchi xulqi nazariyasi. Tayanch iboralar: naflilikning oshirish qoidasi, baho va daromadlar o’zgarishning iste’molchi tanloviga ta’siri.
Iste'molchi xulq nazariyasi - iqtisodiyotning eng muhim qism hisoblanadi. U muayyan vaziyatlarda o'rtacha odam psixologiya xususiyatlarini o'rganib. Bu mavzu zamonaviy kapitalistik dunyoda juda o'rinli bo'ladi. Ushbu bo'limda iqtisodiyoti talab avlodni tekshiradi. nazariya bir ekanligini tushunish uchun harakat qilib ko'ring iste'mol xulq.
Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’’lamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.
31.Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Tayanch iboralar: jami ijtimoiy mahsulot, yalpi va ichki milliy mahsulot, sof milliy mahsulot,milliy daromad oraliq va pirovard mahsulot, zaruriy va qo’shimcha mahsulot.
32.Iqtisodiy tarakkiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar. Tayanch iboralar: formasion yondashuv, texnologik yondashuv, madaniylashgan yondashuv.
33.Iqtisodiy tizimlar va uning modellari. Tayanch iboralar: iqtisodiy tizim tushunchasi, an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozli iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti va aralash iqtisodiyot.
34.Iqtisodiy munosabatlar tizimi. Tayanch iboralar: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayiriboshlash va iste’mol munosabatlari.
35.Ishlab chiqarish usuli va ijtimoiy iqtisodiy formasiya. Tayanch iboralar: ishlab chiqarish usuli tushunchasi (ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari), ijtimoiy iqtisodiy formasiya tushunchasi.
36.Mulkchilik munosabatalari va uning jihatlari. Tayanch iboralar: Mulkchilik munosabatalarining mohiyati, egalik qilish, foydalanish va tassaruf qilish, tushunchalarining mazmuni.
37.Mulk obyektlari va subyektlari. Tayanch iboralar: mulk obyektlari tushunchasi, mulk subyektlari tushunchasi.
38.Mulkchilikning asosiy shakllari. Tayanch iboralar:mulk tushunchasi, mulk shakllari: davlat mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk.
39. Mulkni o’zlashtirish usullari. Tayanch iboralar: ijaraga berish, qarzga berib foiz olish, ishchi kuchidan daromad olish, qimmatiga sotish, o’z mulkiga tayanib tadbirkorlik qilish.
40. Mulk shakllarini o’zgartirish usullari. Tayanch iboralar: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
41.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo’llari va usullari. Tayanch iboralar: aksionerlashtirish, ijaraga berish, xususiylashtirish, xaq to’lash yuli bilan va tekin xususiylashtirish.
42.O’zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlarining bosqichlari. Tayanch iboralar:birinchi bosqichning vazifalari, ikkinchi bosqichning vazifalari, uchinchi bosqichning vazifalari, to’rtinchi bosqichning vazifalari.
43.Ijtimoiy xo’jalik va uning shakllari. Tayanch iboralar: ijtimoiy xo’jalik tushunchasi, natural va tovar ishlab chiqarish.
44.Tovar xo’jaligining rivojlanish sabablari. Tayanch iboralar: ijtimoiy mehnat taqsimoti, mulk va egalarining alohidalashuvi, milliy va xalkaro bozorlarning rivojlanishi.
45.Tovar va uning xususiyatlari. Tayanch iboralar: tovar tushunchasi, tovar nafliligi va qiymati.
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga tarif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov tarifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nemat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy nematning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy nemat».23 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida takidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
46.Tovar qiymatining miqdori. Tayanch iboralar: individual va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari, mehnat unumdorligi va intensivligining tovar miqdoriga ta’siri.
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, istemol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olganMehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qatiy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, patriarxal xo’jalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.
47.Qiymat qonuni va uning vazifalari. Tayanch iboralar: qiymat qonunning mazmuni, tovar qiymatini xisobga olish, rag’batlantirish va tabaqalashtirish vazifasi.
48.Pul tug’risida turli xil nazariyalar. Tayanch iboralar: metalistik, nominalistik va miqdoriy nazariyalar.
Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi. Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan. Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin.
1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush
o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb qaraladi. 2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi. 3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi.4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi.
49.Pul va uning vazifalari. Tayanch iboralar: pulning mohiyati, qiymat o’lchovi, muomila vositasi va jamg’arish vositasi vazifalari.
Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi. Shu tariqa pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Qiymat o‘lchovi.
2. Muomala vositasi.
3. Boylik to‘plash vositasi.
4. To‘lov vositasi.
1. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash va uni aniqlash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdoran mos kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif mos kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga bog‘liq. Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir.
Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma’lum bo‘ladi (T-T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi.
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don). Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi. Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga, ya’ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar.
50.O’zbekistonda milliy pul so’mining muomilaga kiritilishi va uning ahamiyati. Tayanch iboralar: milliy valyuta tushunchasi, milliy valyutaning konvertasiyasini ta’minlash.
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli amal qilishi, eng avvalo, muayyan mamlakat milliy valyutasining mavjud bo‘lishi hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993-yilning noyabr oyidan 1994 yilning 15-iyunigacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa 1994-yilning iyun-iyul oylarini o‘z ichiga oldi.
1994-yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta – «so‘m» muomalaga kiritildi. Hamda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘m qiymatidagi pul birliklari mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |