3. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va uning tarkibi. Tayanch iboralar: ehtiyojlar tushunchasi, ehtiyojlarning tarkibiy tuzilishi



Download 37,56 Kb.
bet2/3
Sana10.07.2022
Hajmi37,56 Kb.
#771635
1   2   3
Bog'liq
2 5253559788368828879

Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilish - Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.
51.Bozor iqtisodiyoti va uning subyektlari. Tayanch iboralar: bozor iqtisodiyoti tushunchasi, bozor subyektlari.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor xo‘jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat, mustaqil sub’yekt sifatida bank ham qaraladi.
1) Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.
2) Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir.
3) Davlat – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va muassasalarining majmui.
4) Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
52.Bozor iqtisodiyotining belgilari. Tayanch iboralar: mulkchilikning turli tuman shakllari, iqtisodiy erkinlik (tadbirkorlik va tanlov erkinligi), iqtisodiy manfaatlarning rag’batlantirish, davlatning cheklangan roli.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning ustuvorligi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi.
53.Bozor iqtisodiyotining afzalligi va cheklanganligi. Tayanch iboralar: resurslarni va mahsulotlarning samarali taqsimlash, erkinlik, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash, ijtimoiy tabaqalanishning va daromadlar tengsizligining kuchayishi, ijtimoiy iste’mol xarakteridagi ne’matlar bilan ta’minlay olmasligi, atrof muhit va ekologiyani muxofaza qilish mexanizmining yo’qligi.
Bozor iqtisodiyotning ijobiy jihatlari:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy kamchilik yoki salbiy jihatlari:
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi;
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;
- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlarning bo‘lib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.

54.Bozor iqtisodiytining o’z -o’zini boshqarish mexanizmi Tayanch iboralar: raqobat, baho, talab va taklif.



55.Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning xususiyatlari. Tayanch iboralar: boshqarishning ma’muriy usullarini tugatish va iqtisodiy jarayonlarni bozor mexanizmi orkali o’z-o’zini boshqarishga o’tish, davlat mulki monopoliyasini tugatish va mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik yoki boshqa tizimni bartaraf etib yoki tubdan o‘zgartirib, bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’li uchta asosiy turga bo‘linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
56.Bozor va uning tarkibiy tuzilishi. Tayanch iboralar: bozor tushunchasi, bozor obyekti va subyekti.

Download 37,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish