2019-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sh. Vahobov



Download 41,29 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi41,29 Kb.
#797097
  1   2
Bog'liq
Kazus5


Kazus
2019-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sh.Vahobov delegatsiya tarkibida Germaniyaga xizmat safari munosabati bilan Toshkent xalqaro aeraportiga yetib keldi.
Sh.Vahobov samolyotga chiqmasidan avval barchaning shaxsiy buyumlari ko‘rikdan o‘tkazilayotgani, xattoki belbog‘, oyoq kiyimlarni ham yechish zarurligini ko‘rdi. Aeraport xodimlari va mas’ullariga u sudya ekani, ya’ni
daxlsizlik huquqi bo‘lib, bunga ko‘ra bu kabi ko‘riklar unga nisbatan tadbiq etilmasligini aytdi.
Biroq, aeraport xodimlari va mas’ullari bu qoida aeraportda amal qilmasligi, havo kemasi va undagi insonlarning xavfsizligi uchun bunday ko‘rik o‘ta muhim ekanini ta’kidlab, Sh.Vahobovdan barcha singari ko‘rikdan o‘tishini so‘rashdi.
Kazus bilan bog‘liq quyidagi savollarga javob bering.

  1. Sudyalarning daxlsizligi mohiyati nimadan iborat?

  2. Sudyaning daxlsizligi tatbiq etiladigan joylar nimadan iborat?

  3. Sudyaning xizmat safari vaqtida daxlsizligini ta’minlash qanday bo‘lishi kerak?

  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sh.Vahobovning keltirgan vaji huquqiy asosga egami? Huquqi poymol etilgan bo‘lsa, u qaysi organga murojaat qilishi kerak?

Javob:
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi.
Sudyalarning mustaqilligi (OʻzRda) — odil sudlovns faqat qonunga boʻysunib amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan demokratik huquqiy davlatga xos prinsip. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112moddasida Sudyalarning mustaqilligi alohida taʼkidlangan. Sud faoliyatiga biror tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudyalarning mustaqilligi sudyaning daxleizligini ham taqozo qiladi. Daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat yozishlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham tegishlidir. Sudya va uning oilasining xavfeizligi alohida taʼminlanadi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart.
Sudyadan muayyan sud ishlarining mohiyati boʻyicha bironbir tushuntirishlar berishni, shuningdek, qonunda koʻrsatilgan hollardan tashqari, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Sudyalarning mustaqilligiga rahna solmaslik uchun sudyalar odil sudlovning obroʻsini, sudyalik qadrqimmatini tushirish yoki sudyaning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan har qanday xattiharakatlardan oʻzini tiyishi shart.
Sudyaning vakolat muddatini bu muddat tugagunga qadar toʻxtatishga va tugatishga faqat qonunda koʻrsatilgan hollarda hamda tartibda yoʻl qoʻyiladi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori haqli. Sudyani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olish mumkin emas ("Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 60—74moddalari).
Yaqinda Prezidentimiz tomonidan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur hujjat bilan sudyalarning daxlsizligi yana-da mustahkamlanmoqda. Yaʼni, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirilyapti.
Taʼkidlash joiz, davlatimiz rahbarining “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarida sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, sudyalarning daxlsizligini mustahkamlash boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu munosabat bilan, mazkur ustuvor vazifalar yangi qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida oʻz aksini topdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daxlsizligini buzganlik va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik faktlari toʻgʻrisidagi taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi koʻrsatilgan faktlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi yoki qoʻzgʻatilishi rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar berishi, sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hayʼatining roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi belgilab qoʻyildi.
Bundan tashqari, sudyaning daxlsizligini kuchaytirish maqsadida belgilangan yana bir yangi tartibga muvofiq, sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlar koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi shartligi, shuningdek, sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan oʻta ogʻir jinoyat yoki odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qoʻyilgan hollarda qoʻllanilishi mumkinligi, mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qoʻllanilishi hamda endilikda, sudyaga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ekanligi mustahkamlab qoʻyildi.
Shuningdek, ilgari sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan koʻzdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoxud olishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyilgan. Endilikda, bunday harakatlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Yana bir muhim jihat, sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida ularga shaxsiy himoya vositalari berilishi kafolatlab qoʻyildi. Ushbu kafolatlar sudyaning daxlsizligini taʼminlashda zaruriy ahamiyatga ega boʻlish bilan birga odil sudlovning sifatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur qonun sud tizimining faoliyat koʻrsatish tartibini va sudyalar mustaqilligi kafolatlarini takomillashtirishga, sudyalik kasbining obroʻsini koʻtarishga xizmat qiladi.
Sudya quyidagi huquqlarga ega:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaxsga doir ma’lumotlar mavjud axborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish;
davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni fuqarolarning yozma roziligisiz bepul asosda olish;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish;
uyushmalarga birlashish.
Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talablari hamda farmoyishlarini so‘zsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.






112-modda.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.

111-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.


Download 41,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish