2019-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sh. Vahobov


O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasidan



Download 41,29 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi41,29 Kb.
#797097
1   2
Bog'liq
Kazus5

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasidan
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 11-moddasi”
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida ko’rsatilgan qonun chiqaruvchi funksiyani Oliy Majlis, Ijro etuvchi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi, Sud ishlarini olib borishni - sudlar amalga oshiradi.
O’zbekistonda Respublikasida odil sudlovni faqat sudyalar amalga oshiradi. Ba’zan sudyaning chiqargan hukmidan norozi bo’lgan fuqarolar ham uchraydi. Sudyaning chiqargan hukmidan norozi bo’lgan fuqarolarning ayrimlari hatto uning joniga, mulkiga, oilasiga suiqasd qilishga urinishlari mumkin. Yoki aksincha, Hali ko’rib chiqilmagan ishni o’z tomoniga hal qilishda sudyaga ta’sir o’tkazish uchun uning oilasi bilan tahdid qilish hollari ham bo’lishi mumkin. Bunday holatlar sodir etilmasligi uchun davlat tomonidan sudyalarning daxlsizligi ta’minlanadi.
Qolaversa, sud hokimiyati qolgan ikki hokimiyatdan mustaqil faoliyat yuritadi. Sud hokimiyatining faoliyatiga boshqa hech qaysi organ aralasha olmaydi. Sudyaning shaxsi, mol-mulki, mashinasi, telefon aloqalarining daxlsizligi ta’minlanadi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishini qo’zg’atishga faqat bosh Prokuror haqli. Sudya Sudyalar oliy kengasining xulosasi olinmasdan turib javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasida sudyalarning daxlsizligiga oid masalalar 28.07.2021 yilda qabul qilingan O’RQ-703-son “Sudlar to’g’risidagi qonunning” 64-moddasida belgilangan.
64-modda. Sudyaning daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, u foydalanadigan transport vositasi va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha saqlash, olib yurish va undan foydalanish huquqi bilan xizmat quroli hamda shaxsiy himoya vositalari beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daxlsizligini buzganlik va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik faktlari to‘g‘risidagi taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atilishi rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar beradi.
Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi shart.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish faqat sudning qaroriga

binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.

  1. Sudyalarning daxlsizligi O’zbekiston Respublikasining butun hududida, jumladan aeroportlarda ham amal qiladi. Yuqorida keltirilgan muammoli vaziyatda Oliy Sudning sudyasi SH.Vahobovga aeroportda hamma teng, va hamma

aeroportning tegishli nazorat punktlaridan o’tishga majburligi aytilgan. Qolaversa, bu yerda har bir shaxsning hatto oyoq kiyimi va kamarigacha yechib tekshirilishi ko’rsatilgan. Ya’ni bu vaziyatda aeroport xodimlari tomonidan sudyani shaxsan tekshirish holati yuz bergan.
O’zbekiston Respublikasing butun hududida sudyaning shaxsi, mulki, mashinasi, telefon aparatlari, suhbatlari daxlsizdir. “Sudlar to’g’risidagi qonun”ning 64-moddasini 10-bandida Sudyani qanday holatda tergov qilish mumkinligi ko’rsatib o’tilgan:
“ Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish faqat sudning qaroriga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.”

Oiy Sud sudyasi SH. Vahobovga bog’liq muammoli vaziyatda, uni tekshirish uchun kerak bo’ladigan, sudning tegishli qarori ham, Bosh prokurorning ruxsati ham ko’rsatilmagan. Demak, Yuqoridagi muammoli vaziyatda Oliy Sud sudyasi, SH.Vahobovning daxlsizlik huquqi noqonuniy asosda buzilmoqda.

  1. Sudyalarning xizmat safari paytidagi daxlsizligi masalasi.

Sudyalar xizmat safari bilan xorijga chiqishlari zarur bo’lib qolganda, Ular aeroport hududida, aeroport xodimlarining tegishli tekshiruvidan o’tishi shart emas. Sababi ular daxlsizlik huquqi bilan ta’minlangan.
Ammo sudya o’ta og’ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan va javobgarlikdan qochish uchun chetga chiqish holatida, tegishli organlarning qarorlari bilan aeroport hududida ushlab turilishi, va uning buyumlari tegishli tartibda ko’zdan kechirilishi mumkin.

  1. Yuqoridagi muammoli vaziyatda sudya SH.Vahobobovning daxlsizlik huquqi aeroport hududida ham amal qilishi haidagi da’vosi, qonuniy asosga ega. Sudya SH.Vahobovning daxlsizlik huquqi buzilgan taqdirda u Bosh Prokuratura yoki, O’zbekiston Respublikasining Oliy Sudiga murojaat qilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrir
2. O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyevning “SUDLAR TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi” gi qarori
3. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahriri — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
4. Davlat huquq asoslari -darslik ,Odilqoriyev X.T ,Toshkent, "Adolat" ,2018
5. www.lex.uz
6. https://constitution.uz
Download 41,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish