20-variant “Yuzlik “konsentri sonlarini nomerlashni o‘rganish



Download 36,45 Kb.
bet1/5
Sana10.09.2021
Hajmi36,45 Kb.
#171170
  1   2   3   4   5
Bog'liq
54552 20-var


20-variant

  1. Yuzlik “konsentri sonlarini nomerlashni o‘rganish

metodikasi.

O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko‘zda tutiladi: 1-sinf ,,1 dan 20 gacha sonlar‖, 2-sinf ,,1 dan 100 gacha sonlar‖ 3-sinf ,,1 dan ,minggacha sonlar‖, 4-sinf ,, 1dan milliongacha sonlar‖. Nomerlash va arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib 5 ta konsentr: o‘nlik, ikkinchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar milliongacha haqida nomerlash ko‘zda tutilgan. Konsentrlarga asoslangan o‘qitishda o‘quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va ular ustida amallar bajarar ekan, ular arifmetikaning mohiyati tog‘risida tasavvur hosil qiladilar, har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta – qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Shunday qilib, har bir oldingi konsentrda nomerlash va arifmetik amallarni bajarish kelgusi o‘qitish uchun tayyorgarlik ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keying konsentrda esa ilgari o‘rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar birinchi o‘nlik sonlarni o‘rganar ekan, shu bilan birga nol soni bilan tanishadilar. Bunda nol bo‘sh to‘plamning xarakteristikasi sifatida kiritiladi. Dasturga binoan ikkinchi o‘nlik alohida konsentrga ajratilmaydi, birdaniga ,,yuzlik‖ konsentri o‘rganiladi. Shunga qaramay, nomerlashni o‘rganishda 2-sinf matematika darsligida oldin 11-20 ichida sonlarni nomerlash, so‘ngra 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. Ikkinchi o‘nlik sonlarini nomerlashni o‘rganish o‘quvchilar uchun prinspial yangi bo‘lgan bilimni shakllantirishdan, ya‘ni yangi sanoq birligi sifatidagi o‘nlik tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 sonlarni o‘nli tarkibi, 21-100 ichida sonlarni og‘zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‘nli tarkibi o‘rnatiladi. Sonlarning natural ketma – ketligini bilganlik asosida 13+1, 17+1, 10+3, 16-6, 19-40 ko‘rishdagi qo‘shish va ayirishni puxta biladilar. Ikkinchi sinfda 100 ichida nomerlash bilan o‘quvchilar tanishganlaridan keyin yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishadilar, bu yerda ular o‘nta birlik – yangi sanoq birligi o‘nlikni, o‘nta o‘nlik esa yangi sanoq birligi – yuzlikni hosil qiladi, - degan o‘nli sanoq sismavzusi to‘g‘risida boshlang‘ich ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, 3-4 sinflarda yangi sanoq birliklari – minglik va million bilan tanishib, bu konsentrlarda og‘zaki va yozma nomerlashni o‘zlashtirib oladilar.


1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini ,,M inglik“ konsentrini o ‘tishdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiq. Uch xonali sonlarni nomerlashni o ‘zlashtirish ko‘p jihatdan ikki xonali sonlarning hosil bo‘lishi va ularning yozilishini tushunishga bog‘liq, shuning uchun birinchi yuzlik ichidagi sonlarni nomerlashni og‘zaki mashqlarga quyidagi m azm unda 1—2 ta topshiriqni m untazam kiritish bilan oldin takrorlash kerak. 1. Xona birliklari orasidagi bog‘lanish: yuzda nechta o ‘nlik bor? 0 ‘nlik birlikdan necha marta katta? Va h. k. 2. Ikki xonali sonlarning o ‘nli tarkibi: 6 ta o ‘nlik va 3 ta birlik qanday sonni tashkil qiladi? II xonadan 4 birlik va I xonadan 2 birlik-chi? 56, 65 sonlarida har bir xonaning qancha birligi bor? 3. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarning natural ketma-ketligi: 10 (20 va h. k.) sonidan boshlab bittadan (5 tadan, 10 tadan) qo‘shib sanang, qatorda 64, 65, 66, ... sonlaridan keyin keladigan yana bir nechta sonni ayting; sonlar qatorida 99 ga qo‘shni sonlarni ayting; bu sonlar qanday hosil bo‘ladi? Bundan tashqari, bolalarni yangi mavzuni o ‘tishga tayyorlab borish, ularda „katta sonlarga“ qiziqish tug‘dirish zarur. Yangi sonlarning nomlari bu sonlarni maxsus o ‘rganishdan oldin darslarda eshitilib turishi kerak. Shu maqsadda, o ‘qituvchi qaysi bola yuzdan keyin sanashni davom ettira olishini aniqlab olishi kerak; birinchi yuzlik ustida ishlashning oxirgi bosqichida ba’zan natijasi yuzdan katta sonlar chiqadigan qo'shish va ko‘paytirishga doir og'zaki mashqlarni, masalan, 63 + 37, 70 + 35, 54 • 2, 25 ■ 6 va shunga o ‘xshash mashqlarni berish mumkin. Shuningdek, son- lam ing nom larini aytishga doir, natijasi yuzdan katta sonlar chiqadigan quyidagi mashqlarni berish mumkin: 1. a) 96, 97, 98... sonlardan keyin keladigan 5,7 ta sonlarni ayting; b) 60, 70, 80 ...sonlardan keyin keladigan 5,7 ta yaxlit o'nlik sonni ayting; d) 94, 96, 98... dan keyin keladigan 5,7 ta juft sonni ayting. 2. Sanoqda 38 dan keyin qaysi son aytiladi? 138 sonidan keyinchi? 185 dan keyin-chi? 145 dan keyin-chi? 57 dan oldin-chi? 257 dan oldin-chi? va h. k. Yuqoridagi mashqlar o ‘quvchilarga yuzdan k;itta sonlar mavjudligiga va ko‘pligiga, ularning hosil bolishi va nomi bolalarga m a’lum bo‘lgan sonlar bilan o ‘xshashligini tushunishga yordam beradi.

100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi:

-o`quvchilarga predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o`rgatish;

-100 ichida sonlarni o`qish va yozishga o`rgatish;

-o`ngdan chapga hisoblaganda birliklar va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`rgatish;

-u yoki bu xona birliklari yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish;

-birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo`shimchalarining yig`indisi, bir xonali sonlar, ikki xonali sonlar kabi yangi tushuncha va terminlarni o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.

Nomerlashni o`rganishda ikki bosqich ajratiladi:

11-20 va 21-100 sonlarni nomerlash.

20 gacha bo`lgan va 21-100 gacha ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga printsipial o`xshash: bu sonlarni og`zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`ntalab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning o`rin qiymatlari printsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o`nlik sonlarining o`nli tarkibini o`zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi 100 ichida sonlarni o`rganishga tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi.

11-20 va 21-100 sonlar bilan tanishtirish quyidagicha reja asosida amalga oshiriladi;

-tayyorgarlik ishi

-og`zaki nomerlash

-yozma nomerlashni o`rganiladi.

11-20 sonlarni nomerlashni o`rganishdagi tayyorgarlik ishi «O`nlik» mavzusini takrorlashda o`tkaziladi. Shu maqsadda narsalarni 10 dan oshirib sanashga doir mashqlar (11,12…..) shuningdek narsalarni guruhlab sanash (juftlab) kiritiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ularni ko`pligiga, ularni belgilash, atash, hosil bo`lish, qatorida kelish tarkibida bolalarga tanish bo`lgan sonlar orasida ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi.

2 o`nlik sonlarni og`zaki nomerlashni o`rganishni 10 haqidagi tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plardan 10 tadan qilib bog`lab, 10 ta bir bitta unlikni hosil qilishini ko`radilar. So`ngra ular o`ntalik cho`plarni sanash mashqlarini, o`nliklarni qo`shish va ayirishni bajaradilar (2o`nk3o`nk5o`n, 7o`n-3o`n, 4o`n-2o`n). Shunday mashqlar asosida o`quvchilar o`nliklarni oddiy birliklar kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekan, degan xulosa chiqarishadi.

So`ngra 11-20 sonlarining hosil bo`lishiga doir ishlar bajariladi.

Amaliy ish: 10 ta cho`pni sanang, sizda qancha cho`p borligini boshqacha qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying. Hammasi qancha bo`ldi (11) 11 sonda nechta o`nlik va nechta birlik bor? Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o`xshash olib boriladi, bunda o`quvchilar 2-o`nlik sonlarining o`nlik tarkibi va sanoqdagi tartibini o`zlashtiradilar.

Uzunliklarni o`lchashning yangi birligi - dm bilan tanishish, kesmalarni sm va dm bilan o`lchashga oid mashqlar ikkinchi o`nlik sonlarni nomerlashni o`zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga sonlarning o`nlik va birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm 3 sm bo`lsa, demak unga bir o`nlik sm va yana 3 sm sig`adi degan so`zdir.

Og`zaki nomerlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona qo`shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo`shish va ayirish hollari qaraladi. (10k7, 18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`nlik guruhlashga va raqamlarning o`rin qiymatlari printsipini qo`llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o`ringa, o`nliklar ikkinchi o`ringa yoziladi.

Yozma nomerlashni o`rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo`lak karton tik chiziq bilan ikkiga bo`linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho`ntaklar yopishtiriladi: yuqori qatorda cho`ntaklari cho`plar yoki boshqalarni qo`yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish uchun mo`ljallangan. Yuqoridagi cho`ntaklarning o`ngdan birinchisiga sanoq cho`plari, ikkinchi o`ringa esa cho`plarning o`ntalik dastalari qo`yiladi: pastki cho`ntaklarga esa raqamlar-o`ngdan birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o`nliklarni ifodalovchi raqamlar qo`yiladi.

Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo`llanmalarning ustiga «o`nlik», «birlik» lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningdek ikki qator so`rilma raqamlari bo`lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi.

11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar bir xonali son, va ikki xonali son terminlari bilan tanishtiriladi.

Demak, ko`rinib turibdiki, 21-100 va 11- 20 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish ko`pgina o`xshashliklarga ega ekan. Bunda xona va xona sonlarini tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo`lib, ular 9 ta dan ortmaydi; 100 ichida esa bu sonlar yo faqat birliklardan yoki faqat o`nliklardan tuzilgan sonlardan iborat). I xona birliklari va II xona birliklari sonlarning o`nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 46 sonda 4 o`nlik va 6 birlik bor deyiladi. Buni boshqacha: 46 son I xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan deyish ham mumkin.

Xona soni tushunchasini egallab olish uchun o`quvchilar bilan 1, 2, 3…. 9, 10, 20…. 90 kabi xona sonlari yozilgan kartochkalar yasash foydali. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni belgilash mumkin. Masalan: 7 soni yozilgan kartochkani 10 sondagi birlik ustida qo`yib 17 sonini hosil qilinadi. Tyeskari topshiriqlar ham berish mumkin: 42 va 24 qaysi xona sonlaridan tashkil topgan?

(42k40k2, 24k20k4)



50k7, 48-40, 37-7 kabi qo`shish va ayirish hollari uchun ham kartochkalarni qo`llash mumkin.

Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining yig`indisi shaklida tasvirlashdek muhim operatsiyani o`zlashtirib olishning asosi bo`lib qoladi (67k60k7,…). Shuni aytib o`tish kerakki, bu bosqichda sonlar ikki sonning yig`indisiga namunaga qarab almashtiriladi, xona qo`shiluvchilari termini keyin kiritiladi. Bu bilimlar qo`shish va ayirishni o`rganishda mustahkamlanadi.

100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak:

1. 100 ichida sonlarning nomlarini o`zlashtirish; ular o`nlik va birliklardan qanday hosil bo`lishini tushunish:

2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:

3. 100 ichida sonlarni yozish va o`qiy olish; o`ngdan chapga sanalganda birlik va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish.



4. Natural ketma-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish (39k1,50-1…), shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlik asosida qo`shish va ayirishni bilish (60k5, 85-5, 54-50…), sonlarni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan almashtirish malakasini egallab olish kerak


  1. Yuzlik“ konsentrida o‘nlik sanoq sistemasi bilan tanishishni amalga oshiriladigan materialning mantiqiy-didaktik tahlili.

Nomerlashni o'rganishdan maqsad bolalarni yangi hisob birligi — yuz bilan tanishtirish va yuzlar bilan hisoblash ham birlar yoki o ‘nlar bilan hisoblangandagidek bajarilishini ko‘rsatishdir. Darslarda ko'rsatma qo'llanmalardan foydalaniladi. Yangi sanoq birlgi hosil bo'lishini va yuzlar yordamida hisoblash uchun hisob cho'plaridan foydalanish yaxshiroq: birinchi katta dasta ,,yuz“ 10 ta kichik dasta — ,,o‘nlik“lardan bolalar ko‘z oldida o‘nlarni sanash bilan hosil bo‘lsin. Keyingi dastalar — ,,yuzliklar“ o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo'yilgan bo’lishi mumkin. 0‘qituvchi yuztalab sanab bitta yuzlikni (,,yuz“) ikkita yuzlikni („ikki yuz“) va h. k. larni qanday atashni bolalardan so‘raydi. Agar bolalar javob berishga qiynalishsa, o'qituvchining o‘zi aytib beradi. 0‘quvchilar esa uning ketidan qaytaradilar. Bunda bolalarning asosiy e ’tiborini tegishli sonlarning hosil bo‘lishiga qaratish foydali. Bundan maqsad o'quvchilarning o'zlari keyingi sonlarni hosil qila oladigan bo‘lishadi. Sanoq cho‘plaridan tashqari bolalarning nomerlash va yuz ichida amallar bajarishni o‘rganishda ishlatgan ko'rsatma qo‘llanmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu ko'rsatma qo'llanmalar „Kvadratlar va tasmalar“ bo'lib, ular qalin qog'ozdan yasaladi: birliklar kvadratlar bilan (1 sm, x sm o'lchamda), o'nliklar har birida shu kvadratlarning 10 tasidan iborat tasmalar bilan, yuzliklar har birida 10 tadan tasma bo'lgan kattaroq kvadratlar bilan belgilanadi. Bunday qo'llanmani oldinroq mehnat darslarida tayyorlash mumkin. Undan foydalanish uchun quyidagi mashqlarni berish mumkin: a) o‘qituvchi bolalarga parta ustiga 7 ta kichik kvadratni (birliklami), 4 ta tasmani (o‘nliklarni) va 2 ta katta kvadratni (yuzliklarni) qo‘yishni buyuradi va bu sonda necha birlik, o‘nlik va yuzlik borligini so'raydi. Bu sonni aytishini so‘raydi (247). Bunday mashqlarni bajarishda bolalardan birliklar o‘ng tomondan birinchi o‘rinda, o‘nliklar, ikkinchi o'rinda, yuzliklar uchinchi o‘rinda yozilishlarini bilishlarini talab qilish maqsadga muvofiqdir. Ko‘rsatma qo‘llanma bo‘lmaganda bunday mashqlar „247 sonida necha yuzlik, o‘nlik va birlik bor?“ shaklida yoziladi; b) 4 ta yuz, 8 ta o‘n, 9 ta bir bo‘lgan sonni ayting (ko‘rsating). 0‘quvchilar u yoki bu qo‘llanm adan foydalanib, o ‘nliklarni, o‘nliklardan esa yuzliklami ham hosil qilishadi. Keyin yuzlar sanog‘i (1 yuz, 2 yuz, 3 yuz va sh. o ‘) keladi, yuzlarni qo‘shish va ayirishga doir masala va misollar yechiladi (5 yuz— 4 yuz; 9 yuz — 6 yuz va h. k.). Bu mashqlardan yuzlar, o ‘nlar va birlar qanday sanalsa, shunday sanalar ekan, deb xulosa chiqariladi. 0‘quvchilar sanash jarayonida sanoq (xona) birliklari orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydilar va yozadilar: 10 ta bir 1 ta o‘nni tashkil qiladi; 10 ta o ‘n 1 ta yuzni tashkil qiladi; 10 ta yuz 1 ta mingni tashkil qiladi. Bolalarda birinchi yuzlikdan katta sonlarning natural ketma-ketligi haqida noto‘g‘ri tushuncha (100 sondan keyin birdaniga 200 soni, undan keyin birdaniga 300 soni va h. k. keladi) hosil bo‘lmasligi uchun nomerlashni o‘rganishning birinchi darsidan boshlab tegishli mashqlarni ishlash kerak, bunda „minglik tasmasi“ deb ataladigan sonlarning natural ketma-ketligini tasvirlovchi ko‘rsatma qo‘llanmadan foydalaniladi. Qalin qog‘ozdan eni 3—5 sm.va uzunligi 10 m bo‘lgan tasma tayyorlanadi va unga har xil rangda metrlar (yuzlar), detsimetrlar (o‘nlar) va santimetrlar (birlar) belgilanadi. Oddiy metrdan foydalanish ham mumkin. 0‘quvchilar tasmaning uzunligi 10 m ekanligini aniqlagandan keyin, ularga 10 m necha santimetr bo‘ladi, degan savolni berish mumkin. Ular 1 m 100 sm ekanligini bilganlari uchun bu songa avval 1 sm dan (101 sm, 102 sm, ...), so‘ngra 10 sm dan (110 sm, 120 sm, ...) qo‘shib borish mumkin. Yuzlikdan o ‘tish oldidan yana bittadan qo‘shib sanash (198 sm, 199 sm, 200 sm, 201 sm, ...) maqsadga muvofiq, bunda bolalardan sonlarni aytishgina emas, balki bu sonlar bittalab sanaganda qanday hosil bo'lishini tushuntirishlari so‘raladi. Keyin sonlarning natural ketma-ketligi tushunchasini tarkib toptiruvchi quyidagi mashqlar beriladi: 1. Tasmaning 490 sm uzunlikdagi bo’lagini ko‘rsating, unga 1 sm dan (10 sm dan, 100 sm dan) qo'shib (ayirib) hisoblang. 2. Tasmaning 80 sm uzunlikdagi b’lagini ko‘rsating. Agar bu bo‘lakni 1 sm qisqartirilsa (uzaytirilsa), bu bo‘lakning uzunligi qanday bo‘ladi? 3. Tasmada 599 va 600 sonlarini ko‘rsating. Bu sonlaming qaysi biri kichik? Qaysi biri katta? Qanchaga katta yoki kichik? 4. Tasm ada 700 dan bir birlik kichik sonni ko‘rsating; bu son sonlar qatorida qayerda turadi? Bu son 700 ga nisbatan qanday ataladi? 5. Quyidagi misollarni og‘zaki yeching va javobini „minglik tasm asi“da ko‘rsating: 495+1; 8 0 0 —1; 3 0 0 —1; 799 + 1 . 0 ‘quvchilar bu topshiriqlarni bajarganlarida ,,0‘nlar“ va „Yuzlar“ mavzusida sonlarning natural ketma-ketligi borasida olgan bilimlarini tatbiq etishlari muhimdir. Shuning uchun ular ilgari o‘zlashtirgan natijalarga tayanib, o‘z javoblarini asoslashlari kerak (sanashda har bir keyingi son oldingisidan bitta ortiq, agar shu sondan 1 ni ayirsa, sanoqda oldingi deb ataluvchi son hosil bo‘ladi va h. k.). Bu holda o ‘quvchilarda sonlaming natural ketma-ketligi haqidagi to‘g‘ri tushuncha shakllanadi, chunki ular 100 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar qatori 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar qatori kabi tuzilishiga ishonch hosil qiladilar. Og‘zaki nomerlashni o ‘rganish maqsadida bolalar yuzlardan, o ‘nlardan, birlardan sonlar hosil bo‘lishi bilan tanishadilar (uch xonali sonlarning o‘nli tarkibini o ‘zlashtiradilar). Bu maqsadda cho‘p!ar dastasi (yuzliklar, o ‘nliklar, birliklar)dan, kvadratlar va tasmalardan foydalaniladi. Ismli sonlarni almashtirishga doir mashqlar sonlam ing o ‘nli tarkibini o ‘zlashtirishga yordam beradi, chunki bunda xona birliklari orasidagi bogManishlarga o ‘xshash o'lchov birliklari orasidagi bog‘lanishlar haqidagi bilim mustahkamlanadi, shuningdek, xona sonlaridan sonlar hosil qilish va sondan xona sonlarini ajratish uquvi hosil qilinadi. Bu o ‘rinda quyidagi mashqlar nazarda tutiladi: 1) ismli sonlarni maydalash: 5 so‘m 45 tiyin necha tiyin? (6 so‘m 40 tiyin-chi? 3 so‘m 24 tiyin-chi? 4 m 6 dm uzunlikdagi kesma necha santimetr 2) ismli sonlarni aylantirish: 679 sm uzunlikdagi kesma necha m etr, detsim etr va santimetr? 500 tiyinni, 200 sm ni, 570 sm ni yirikroq o ‘lchovlar bilan ifodalang. „M aydalash“ va ,,aylantirish“ atamalarining o ‘zi ikkinchi sinf o‘quvchilariga aytilmaydi. Uzunlik birliklarida ifodalangan ismli sonlarni almashtirishga doir mashqlarni aw al „minglar tasm asi“dan foydalanib bajarish zarur. Bunda o'quvchilar taxm inan bunday fikr yuritadilar: 1 m e tr—100 sm, 1 detsim etr— 10 santimetr; demak, 5 m 6 dm 5 yuz 60 santim etr yoki 560 sm; 803 sm - 8 yuz 3 sm yoki 8 m 3 sm. U ch xonali sonlam ing o ‘nli tarkibi haqidagi bilimlar 100 + ' + 40, 100 + 6 sm, 567 - 500, 786 - 80, 348 - 8, 100 + 20 + 3, 567 — 60 — 7 va h. k. ko‘rinishidagi qo‘shish va ayirishda ishlatiladi. Bu misollar nomerlashni o‘rganishda kiritilgan va oldin ko‘rsatma qo‘llanma vositasida bajariladi. 0 ‘quvchilarnmg natijalarni aytibgina qolmay, balki hisoblash usullarini tushuntirib berishlari muhimdir. M asalan, 400 + 6, 400— bu 4 ta yuz, 4 ta yuz va 6 ta bir 406 yoki 406 sonini hosil qiladi; 743 — 40, 743 — 7 ta yuz 4 ta o‘n 3 ta bir, agar 4 ta o ‘nni ayirsak, 7 ta yuz va 3 ta bir, ya’ni 703 soni hosil bo‘ladi. Og‘zaki nomerlashni o ‘rganishda bolalar yangi tushuncha — sonning biror xonasi tarkibidagi birliklaming um um iy m iqdori bilan tanishadilar. 0 ‘qituvchi ko‘rsatma qo‘llanmadan foydalanib, masalan, 284 sonida 8 ta o ‘n yoki II xonaning 8 birligi borligini ko‘rsatadi, agar shu sondagi barcha o ‘nlarni, ya’ni yuzlar ichidagi o ‘nlami ham sanasak, u holda unda 28 ta o ‘n (2 ta yuzda 20 ta o ‘n yana 8 ta o ‘n) bor. Xuddi shunday 284 sonida I xonaning 4 ta birligi borligi tushuntiriladi, agar yuzlar va o ‘nlardagi barcha birlarni sanasak, 284 ta bir chiqadi. Bolalarning biror sonda ham m asr b o ‘lib nechta bir (o‘n) borligini tez va bexato aniqlashlariga erishish zarur, chunki istalgan xona birliklarining um um iy m iqdorini aniqlashni bilish ismsiz va ismli sonlarni aylantirish (yiriklash) uchun, shuningdek, ko‘paytirish va b o ‘lishni bajarishda ham kerak bo‘ladi. Og‘zaki nomerlashni o‘rganish jarayonida yozma nomerlashga tayyorgarlik ishi boshlanadi. Shu maqsadda ikki xonali sonlarni yozma nomerlash takrorlanadi: o ‘quvchilar o ‘qituvchidan eshitib sonlarni yozishadi, bu sonlarni qanday raqam lar bilan yozganliklarini va bu sonlar (54, 45, 80, 90, 100)dagi har bir raqam nim ani bildirishirH tushuntiradilar; o ‘ngdan chapga hisoblaganda birlar o ‘ngdan birinchi o ‘rinda, o ‘nlar ikkinchi o ‘rinda yo/ilishi qoidasini takrorlaydilar. Yozma nomerlashni o ‘rganishda uch xonali sonlar bolalarga tanish bo'lgan raqam lar bilan yozilishini, lekin har bir xona birligi o ‘zining aniq joyiga yozilishini ko‘rsatish kerak. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashga bag‘ishlangan birinchi darsda bolalar ko‘rsatma qoilanm a yordamida aw al ayrim sonlarni, masalan, 45, 145, 345, 340, 305 sonlarini ko‘rgazma orqali ko‘rsatadi. Bunda cho‘plar yoki kvadratlarni tegishli xonalar ostiga — ,,yuzlar“ , ,,o‘nlar“ , ,,birlar“ ostiga qo‘yishlari zarur. Sonlarni yozishi har bir xona birligining miqdorini bir xil belgi (doiracha, nuqta) bilan belgilash foydalidir. Shundan keyin bolalar har bir xona birligining miqdorini raqam lar bilan hech bir qiynalmay belgilaydilar. Keyin o ‘quvchilar sonlarini xona jadvallari ko'rinishida doska va daftarlariga yozadilar (8 ta yuz, 9 ta o‘n va 6 ta bir; 3 ta yuz va 7 ta o‘n; 5 ta yuz va 2 ta birlardan iborat sonlarni yozing). Bu mashqlar asosida quyidagi natija chiqariladi: o'ngdan chapga hisoblaganda birlar I o ‘ringa, o ‘nlar II o ‘ringa, yuzlar esa III o ‘ringa yoziladi; agar sonda o‘nlar yoki birlar bo'lm asa, ular o'rniga nol yoziladi. Bolalar ,,Yuzlar“ni o‘rganishda oddiy birlar — I xona birliklari, o‘nlar — II xona birliklari ekanligini bilgan bo‘lsalar, endi ular yuzlar — III xona birliklari ekanligini bilib oladilar.




  1. Download 36,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish