2-mavzu. Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar Reja



Download 237,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.06.2022
Hajmi237,85 Kb.
#643915
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu. Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar Reja



2-mavzu. Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar 
Reja: 
1.Elektrik datchiklar, ularning turlari va ishlash tamoyillari.
2.Potensiometrik datchiklar, ularning qо‘llanilishi, xususiyatlari va 
ishlash tamoillari.
Tayanch sо‘z va iboralar:
Elektr, datchik, parametrik datchiklar, reostat, 
termojuft, induktivlik, katodli datchik. 
1.Elektrik datchiklar, ularning turlari va ishlash tamoyillari. 
О‘lchov о‘zgartgichi yoki datchik har qanday avtomatik boshqarish 
sistemasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, nazorat qilinayotgan 
parametrni qabul qilish va uni о‘lchash hamda sistemaning keyingi elementiga 
uzatish uchun oson bо‘lgan boshqa parametrga о‘zgartirishga xizmat qiladi. 
Har qanday fizik tabiatga ega bо‘lgan, nazorat qilinayotgan parametr datchiklar 
yordamida chiqishda mexanik yoki elektrik parametrlarga aylantirilishi mumkin. 
Elektr chiqishli datchiklar mexanik datchiklarga nisbatan, masofadan turib 
о‘lchash, chiqish signalini kuchaytirish va undan boshqarishda foydalnish osonligi, 
kam xatoga yо‘l kо‘yishligi kabi afzalliklarga ega. Shuning uchun ushbu datchiklar 
kо‘proq qо‘llanishga ega. 
Avtomatik boshqarish sistemalarida ishlatiladigan, bevosita boshqaruv 
obyektlarida о‘rnatiladigan elektr datchiklar parametrik va generatorli datchiklar 
guruhiga bо‘linadi. Parametrik datchiklar nazorat qilinayotgan har qanday fizik 
tabiatga ega parametrni elektr zanjirga ulangan rezistor R, induktivlik L yoki 
sig‘im S qarshiliklaridan birini о‘zgarishiga aylantirib beradi. Odatda bu 
elementlar chiqishda kuchlanish hosil bо‘ladigan har xil о‘lchov sxemalari 
(kо‘prik, potensiometr, logometr)ga ulanadi. Generatorli datchiklar nazorat 
qilinayotgan parametrni EYUK ga aylantirib beradi. 
Parametrik datchiklar uchun ta’minlovchi manba kerak bо‘ladi, generatorli 
datchiklar uchun esa, u talab etilmaydi. Hozirgi paytda laboratoriyada 
о‘tkaziladigan tekshiruv ishlarida, ishlab chiqarishdagi avtomatik qurilmalarda bir-
biridan ishlatilishi, konstruksiyasi va ish prinsipi bilan farqlanadigan turli-tuman 
datchiklar ishlatiladi. 
Eng kо‘p tarqalgan parametrik datchiklar: 
a) reostatli (rezistorli) – bularda nazorat qilinayotgan parametr (masalan siljish) 
aktiv qarshilik о‘zgarishiga aylantiriladi; 


b) termoqarshilik datchiklari (qarshilik termometrlari) - harorat о‘zgarishini 
elektr о‘tkazgich (sim) yoki yarim о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantirib 
beradi; 
v) tenzometrik (simli) datchiklar – mexanik deformatsiyani sim yoki yarim 
о‘tkazgich qarshiligining о‘zgarishiga aylantiradi; 
g) induktiv datchiklarning ish prinsipi pо‘lat yakor siljiganda simli g‘altakning 
induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan; 
d) sig‘im datchiklarining ish prinsipi siljishlar sodir bо‘lganda reostat 
sig‘imining о‘zgarishiga asoslagagn; 
ye) fotoelektrik (fotorezistor) datchiklarning ish prinsipi yorug‘lik oqimi 
ta’sirida ularning elektr о‘tkazuvchanligining keskin о‘zgarishiga asoslangan. 
Kо‘p qо‘llanishga ega bо‘lgan generatorli datchiklar: 
a) termoelektrik datchiklar (termojuft). Bularning ish prinsipi о‘lchanayotgan 
parametr (harorat) о‘zgarganda, termojuft zanjirida hosil bо‘ladigan termoelektrik 
effektga asoslangan; 
b) induksion datchiklar – chiziqli yoki burchak siljishlarini EYUK ga aylantirib 
beradi; 
v) pyezoelektrik datchiklar ish prinsipi ba’zi bir kristallar (kvars, segnet tuzi) 
ning mexanik bosim ta’sirida kutblanish hodisasiga asoslangan. 
Datchiklarning asosiy kо‘rsatkichlari bu: statik tavsif, sezgirlik, xatolik, 
inersionlik, vaqt doimiysi va b.q. dir. 
Kirish signali 
х

ning о‘zgarishi bilan chiqish signali 
у

ning о‘zgarishi 
о‘rtasidagi funksional bog‘lanish (
у

=
f
х

) datchikning statik tavsifi deb ataladi. 
Chiqish signali 
у

о‘zgarishini kirish signali 
х

о‘zgarishiga nisbati datchikning 
sezgirligi 
S
deb ataladi, ya’ni 
x
y
S


=

Datchikning chiqishida hosil bо‘lgan signal bilan uning nominal qiymati 
о‘rtasidagi farq datchikning xatosi deb ataladi. Datchiklar yuqori sezuvchanlikka 
va kichiq xatolikka ega bо‘lishlari kerak. 
Quyida avtomatik boshqarish sistemalarida tо‘kimachilik korxonalari 
texnologik 
jarayonlari 
parametrlarini 
о‘lchashda kо‘plab qо‘llanadigan 
datchiklarning ba’zi birlarining tuzilishi va ish prinsipi bilan tanishamiz. 
Avtomatik rostlash tizimining muhim va asosiy funksional elementlaridan 
biri о‘zgartgich bо‘lmish-datchikdir. Datchikning xizmat burchi-ART nazorat yoki 
rostlanuv qiymatini rostlash uchun qulay bо‘lgan navbatdagi elementga ta’sir 
etuvchi qiymatga aylantirishdan iborat.
Datchiklarning chiqish qismi mexanik va elektrik qiymat bilan ifodalanishi 
mumkin. Ular parametrik va generatorli guruhlarga bо‘linadi. 

Download 237,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish