8. mavzu. Datchiklarning asosiy xarakteristikalari (8 soat)



Download 368,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.06.2021
Hajmi368,66 Kb.
#101836
  1   2
Bog'liq
8-мав



8.mavzu. Datchiklarning asosiy xarakteristikalari (8 soat). 

Reja: 


1. 

Uzatish funksiyasi.  

2. 

O‘lchash diapazoni (maksimal kirish signali).  



3. 

CHiqish qiymatlarining diapazoni.  

4. 

Datchiklarning aniqligi.  



5. 

Kalibrlash va kalibrlash xatoligi.  

6. 

Gisterezis va nochiziqlilik.  



7. 

Datchiklarning maxsus xarakteristikalari.  

8. 

Qo’zg’atish impedansi. Dinamik xarakteristikalar. Ishonchlilik.  



9. 

Datchiklarning ko‘llash sharoiti bilan belgilanadigan xarakteristikalar. 

 

 

Datchiklarning asosiy ko’rsatkichlari. Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga 



qaramay,  ular  bir  hildagi  bir  necha  asosiy  ko‘rsatkichlarga  ega:  1.  Statik 

tavsifnomasi  -  chiqish  kattaligini  kirish  kattaligiga  bog‘likligi  (1-rasm).  Statik 

tavsifnomasi  chiziqli  datchiklar  (1-rasm,  a)  uchun  sezgirlik  koeffityenti 

o‘zgarmaydi. 

 

 

 



1-rasm.  Datchiklarning  statik  tavsifnomalari.  Statik  tavsifnomasi  nochiziqli 

datchiklar  uchun  sezgirlik  koeffitsiyenti  xar  hil  nuqtalarda  (1-rasm,  v)  xar  hil 

bo‘ladi va bu kattatik differensial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi 

formula qo‘llanadi:  



Kc=dy/dx= y/dx 

 


 Datchikning  absolyut  xatoligi  -  datchikning  chiqish  signalining  xaqiqiy  u1 

va uning hisoblangan u2 qiymatlarning farqi, ya‘ni 

 

4.  Datchikning  dinamik  tavsifnomasi  -  chiqish  signalining  vaqt  mobaynida 



o‘zgarilishini ko‘rsatadi.  

5.  Datchikning  dinamik  tavsifnomasi  chiqish  signalining  vaqt  mobaynida 

o‘zgarishini ko‘rsatadi. 

Rezistiv datchiklar  

Rezistiv  datchiklar  chiziq  va  burchak  xarakatlarni  kuch  va  momentlar, 

tebranish va vibratsiyalar, xarakat va yoruglik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat 

qilish  va  o‘lchash  jarayonlarida  qo‘llaniladi.  Rezistiv  datchiklar  guruxiga 

potensiometrik,  ko’mir  (kontaktli),  tenzometrik  kabi  datchiklar  (fotorezistiv, 

termorezistiv)  kiradi.  Bunday  turdagi  datchiklarning  ish  prinsipi  nazorat 

qilinayotgan kattalikning ta‘sirida uning aktiv qarshiligi o‘zgarilishiga asoslangan 

bo‘ladi.  

Potensiometrik datchiklar  

Potensiometrik  datchiklarda  nazorat  qilinayotgan  xarakat  sezgir  elementga 

uzatilib  uning  qarshiligi  hisobiga  o‘zgaruvchan  yoki  o‘zgarmas  kuchlanishga 

aylantiriladi  (2-  rasm).  Potensiometrning  xarakatlanuvchi  kontakti  nazorat 

qilinayotgan  xarakatga  bog‘langan  bo‘lib,  ob‘ektning  holati  o‘zgarilganda  uning 

qarshiligi ham va ikkilamchi asbobdagi ko‘rsatgich o‘zgariladi. Ikkilamchi asbob 

esa  nazorat  qilinayotgan  parametrlar  birligida  darajalangan.  Kuchlanishning 

tebranishlarini  ta‘sirini  yo‘qotish  maqsadida  stabillashgan  manbalardan 

foydalanish tavsiflanadi. 

Potensiometrik  datchiklar  va  ularning  tavsifnomalari.  Potensiometrik 

datchikning  statik  tavsifnomasini  chiziqlikga  yaqinlashtirish  maqsadida  unga 

muvofiq  ish  rejimini  (2.3.-rasm,  b,  g)  topshirishadi  yoki  reostatni  o‘rash  usulini 

o‘zgartiradi.  Agar  chiqish  tok  yoki  kuchlanish  belgisi  xarakat  yo‘nalishiga 

muvofiqligi kerak bo‘lsa, unda o‘rta nuqtali potensiometrdan foydalanishadi (2.3.-

rasm, в). Uning tavsifnomasi rasmda keltirilgan. (2.3.- rasm, g)  

Burchak  xarakatlarini  nazorat  qilish  uchun  halqasimon  potensiometrik 

datchiklar  qo‘llanadi  (2.3.-rasm,  d).  Kontaktsiz  datchiklar  sifatida  suyuqlik 

potensiometrik  datchiklar  qo‘llanadi  (2.3.-rasm,  e).  Potensiometrik  datchikning 



tavsifnomalari va sezgirligi analitik usulda hisoblanadi. Ko‘rsatilgan sxema uchun 

quyidagi tenglamani tuzsa bo‘ladi. 

 

 

 



Potensiometrik  datchiklar  yuqori  darajadagi  aniqlik  va  tavsifnomalari 

o‘zgarmas,  sodda,  kichik  gabaritlari  va  arzonligi  bilan  ajralib  turadi.  Bundan 

tashqari, ulardan foydalanilayotganda qo‘shimcha kuchaytirigichlarni ishlatishni e 

a b v g d 32 xojati yo‘q, chunki ularning chiqish quvvati ikkilamchi asboblar uchun 

yetarli.  Lekin  xarakatlanuvchi  kontaktning  mavjudligi  ularning  puxtaligini 

pasaytiradi.  

Ko’mir (kontaktli) datchiklari  

Ko‘mir  datchiklarining  ish  prinsipi,  o‘zining  ichki  elektr  qarshiligi 

keltirilgan kuchlar ta‘sirida o‘zgarishiga asoslangan. Bu turdagi eng sodda datchik 

(4.-rasm, a) grafit disklardan yig‘ilgan ko‘mir ustindan iborat. Disklar orasiga esa 

kontaktli  shaybalar  o‘rnatilgan.  Ko‘mir  ustunning  qarshiligi  grafit  disklarning 

kichik qarshiligi va disk-shayba o‘tishi asosiy qarshiliklar yig‘indisiga teng. Disk-




shayba o‘tishning qarshiligi  esa  o‘z navbatida disk va shaybalar  zichligiga,  ya‘ni 

bosish kuchiga bog‘liq. 

 

 

 



 

Ko‘mir datchiklarining sezgirligini oshirish maqsadida ko‘priksimon ulanish 

sxemalardan  foydalaniladi  (2.4-rasm,  в).  F  kirish  kuchi  ta‘sirida  ko‘prik 

sxemasining yelkasidagi R1 qarshiligi kamayadi, ikkinchi yelkadagi R2 esa oshadi. 




Bunday  datchiklar  –  differensial  datchiklar  deyiladi.  Ko‘mir  datchiklarining 

afzalliklari:  sodda,  o‘lchamlari  kichik,  arzon.  Kamchiliklari:  qarshilikning 

nostabilligi,  gisterezis,  mavjudligi  va  tavsifnomasi  nochiziqliligi.  Oddiy  ko‘mir 

datchikning  statik  tavsifnomasidan  ko‘rinib  turibdiki  (2.4.  -rasm,  b)  nochiziqlilik 

kichik  kuchlar  chegarasiga  to‘g‘ri  keladi.  Differensial  datchiklarning  statik 

tavsifnomasi esa chiziqlilikka yaqin. 

 

Тenzometrik datchiklar  



 

Тenzometrik  datchiklarning  ish  prinsipi  tenzoeffekt  xodisasiga  asoslangan 

bo‘ladi,  ya‘ni  elastik  deformatsiya  ta‘sirida  uning  qarshiligi  o‘zgaradi. 

Тenzodatchik  ma‘lum  usulda  o‘ralgan  va  ikkala  tomоnidan  maxsus  plenka 

yopishtirilgan  yupqa  simdan  iborat.  Тenzodatchik  deformatsiyasi  nazorat 

qilinayotgan  detalga  maxsus  yelim  bilan  puxta  yopishtiriladi.  Detalning 

deformatsiyasi  natijasida  simning  geometrik  o‘lchamlari  o‘zgarilib  qarshiligi 

o‘zgaradi. Тenzometrik datchiklarning tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli 

ularning  sezgirligi  deyarli  o‘zgarmaydi.  a  b  v  34  Тenzometrik  datchiklarning 

asosiy ko‘rsatkichi tenzosezgirlik hisoblanadi va u quyidagicha ifodalanadi: 

 

 

 




Download 368,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish