2-Maruza. Marshrutni ajratish tizimi turlari. Reja: Marshrutni marshrutli ajratish tizimlari



Download 89,13 Kb.
bet1/4
Sana06.03.2022
Hajmi89,13 Kb.
#484740
  1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 2


2-Maruza. Marshrutni ajratish tizimi turlari.
Reja:

  1. Marshrutni marshrutli ajratish tizimlari;

  2. Sektsiyali ajraladigan markazlashtirish;

  3. Unifikatsiyalashgan markazlashtirish qurishning umumiy tamoyillari.



1. Marshrutni marshrutli ajratish tizimlari

Marshrutli usulda ajratiladigan tizimlarning quyidagi kamchiliklari mavjud:


a) stansiya intervallarini qisqartirish imkonini bermaydi. Bu quyidagi misoldan ham ma’lum. Faraz qilaylik, harakatlanish xavfsizligi sharoitlariga ko’ra, ikkinchi harakatlanuvchi birlik uchun marshrutni birinchi harakatlanuvchi birlik tomonidan harakat yo’nalishi bo’yicha birinchi yo’l uchastkasi bo’shatilganidan keyin o’rnatish mumkin bo’ladi. Ajratishning marshrutli usulida birinchi harakatlanuvchi birlik stansiya bo’g’izining yo’l bo’ylab so’nggi uchastkasini bo’shatganidan so’ng ikkinchi harakatlanuvchi birlik uchun marshrutni belgilash imkoni paydo bo’ladi. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi harakatlanuvchi birliklar harakatlari orasidagi stansiya intervali birinchi harakatlanuvchi birlikning stansiya bo’g’izining yo’l bo’ylab ikkinchi, uchinchi... va so’nggi uchastkasidan harakatlanish vaqtiga teng vaqtga uzayadi. Stansiya intervallarining uzayib ketishi temir yo’l uchastkalarining o’tkazish imkoniyatini pasaytirib, ishning iqtisodiy ko’rsatkichlarini yomonlashtiradi;
b) stansiyada strelkalar soni ko’payib, manevr marshrutlarining markazlashtirishga kiritilishi bilan signallarni boshqarish, qulflash va ajratish avtomatlari soni, shu bilan birga ularning qo’polligi ham keskin ortib boradi;
v) markazlashtirish avtomatlari soni va qo’polligi ortib ketishi uni loyihalashtirishni keskin murakkablashtirib, ko’p sonli namunaviy bo’lmagan yechimlardan foydalanishni talab qiladi.
2. Sektsiyali ajraladigan markazlashtirish

Seksiyalab ajratiladigan elektr markazlashtirish tizimlari yuqorida nomi keltirilgan kamchiliklardan xoli. Bu tizimlarda harakat va muhofaza (qo’riqlovchi) strelkalari marshrutida, shuningdek qarama-qarshi marshrutlar svetoforlarining yopiq holatida, xuddi marshrutli ajratiladigan tizimlardagi kabi tutashuv marshrutni to’sib turgan svetofor ochilishi bilan bir vaqtda ro’y beradi. Qarama-qarshi marshrutlar strelka va svetoforlarining ajratilishi harakatlanuvchi birlik marshrutdan o’tib borish jarayonida stansiya bo’g’izi strelkali va yo’l uchastkalarining bo’shatilib borishi bilan ro’y beradi (marshrut seksiyalari).


MDH mamlakatlari temir yo’llari tarmog’ida releli markazlashtirishlarning unifikatsiyalashgan tizimlari keng ko’lamda qo’llaniladi. Unifikatsiyalashgan deb atalishining sababi, markazlashtirish avtomatlarining prinsipial sxemalarining boshqarish apparatlari alfaviti turiga bog’liq emasligida. Boshqarish apparatlarining alohida (Р) va marshrutli (M) alfavitlarida unifikatsiyalanshgan soddalashtirilgan markazlashtirish tuzilmalari 1.19-rasmda ko’rsatilgan.

1.19-rasm. Unifikatsiyalashgan markazlashtirishlarning soddalashtirilgan tuzilmalari

1.19-rasmdan ko’rinib turibdiki, marshrut boshqarishli markazlashtirish alohida boshqariladigan markazlashtirishdan marshrutli to’plam (МН) deb nom olgan qo’shimcha avtomat mavjudligi bilan farq qiladi. МН avtomatining vazifasi marshrutli alfavit komandalarini alohida alfavit komandalariga aylantirish va alohida alfavit komandalarining EMda navbatma-navbat uzatilishini ta’minlashdan iborat. SHundan kelib chiqib, aytish lozimki, МН avtomatlari poyezdlar harakatlanish xavfsizligi muammolarini hal qilmaydi. Biroq МН avtomatlari shikastlanishining yuzaga kelishi harakat intensivligi bilan birga uning xavfsizligi ham keskin tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu hol markazlashtirishlarda ro’y bermasligi uchun marshrutli boshqarish alfavitini alohida boshqarish bilan zaxiralash (takrorlash) ko’zda tutiladi. Buning uchun marshrutli boshqarish alfavitiga ega bo’lgan apparatlarda strelkalarni alohida boshqarish organlari o’rnatiladi. Svetoforlarni alohida boshqarish organlari sifatida, odatda, marshrutli boshqarish organlaridan foydalaniladi, biroq boshqa yechimlar ham mavjud.


Unifikatsiyalashgan tizimlarning birinchi varianti unifikatsiyalashgan (УЭЦ) deb nomlangan tizim edi. Birinchi variant tizimlarining elementlar bazasini avvaliga НР, КР, so’ng, НШ, КШ, keyinroq esa НМШ, КМШ tipidagi relelar tashkil qildi. Tizim individual prinsipial sxemalar bo’yicha maxsus stativlarda montaj qilinib, bu uni tayyorlashga oid texnologiya jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini istisno qiladi. Bundan tashqari, ekspluatatsiya jarayonida ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Hozirga kelib ushbu tizim loyihalashtirilmaydi.
Unifikatsiyalashgan tizimlarning ikkinchi varianti blokli elektr markazlashtirish (БЭЦ) bo’lib hisoblanadi. U birinchi variantli markazlashtirish asosida ishlab chiqilgan edi. БЭЦda УЭЦning ba’zi kamchiliklari bartaraf etilgan. БЭЦ elementlari bazasi vazifasini bloklarda joylashgan НM, KM tipidagi relelar bajaradi. Blok sxemalari namunaviy bo’ladi. Bloklarni montaj qilish zavodda amalga oshiriladi. Shu yerning o’zida montaj to’g’ri bajarilganligi tekshiriladi. Bir blokda НМ, KM tipli relelarni o’rnatish uchun 9 ta joy ko’zda tutilgan. Rele o’rniga boshqa elementlar – transformatorlar, rezistorlar, kondensatorlar o’rnatilishi mumkin. Blok shaffof qalpoqcha yoki shisha oynali qobiq bilan yopiladi. Blokli ijro va prinsipial sxemalarning yo’l tarmoqlari bloklari va stansiya marshrutlashuviga bog’liq emasligi bloklarni tayyorlashning konveyerli usulidan foydalanishni qo’llash, yoki ular ishlab chiqarilishini to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
Blokli elektr markazlashtirish MDH mamlakatlari temir yo’llarida ayniqsa keng tarqalgan bo’lib, uni ekspluatatsiya qilish jarayonida qator kamchiliklari aniqlandi. Shu sababli u 1997 yilda modernizatsiyadan o’tkazildi. Modernizatsiya asosi elementlar bazasini (НM, KM relelari РЕЛ tipidagi relelar bilan almashtirildi) almashtirish va zaryadlash zanjirlari sxemalardan kondensator va rezistorlar bloklarini chiqarib tashlashdan iborat bo’ldi. Bu kondensatorlar navbatdagi marotaba almashtirilganida blok ishini o’chirish, to’xtatib turish zaruratini bartaraf etdi. Konstruktiv jihatidan modifikatsiyalashgan bloklar umumiy bir qalpoqqa ega emas. Blokda o’rnatilgan relelar individual qalpoqlar bilan berkitilgan bo’lib, blokning montaj qismiga shtepselli ulangan va bu releni almashtirishda kavsharlash zaruratini istisno etadi. Biroq, shtepselli ulanish ishonchlilikni pasaytirib yuboradi. Aytish lozimki, modernizatsiyalangan bloklarni tegishli modernizatsiyalanmagan bloklar bilan o’zaro bir-birining o’rniga ishlatilish imkoniyati loyihalash tashkiloti tomonidan hal etilishi shart.
Stansiyada boshqariladigan ob’yektlari sonidan kelib chiqib birinchi va ikkinchi variantli markazlashtirishlar 1.19-rasmdagi tuzilmalardan istalgan biriga muvofiq ravishda bajarilishi mumkin.
Unifikatsiyalashgan tizimning uchinchi varianti birinchi navbatda yirik stansiyalar uchun mo’ljallangan bo’lib, faqat 1.19, b-rasmda ko’rsatilgan tuzilma bo’yicha bajarilgan va shu sababli tizim takomillashtirilgan blokli marshrut-releli markazlashtirish (БМРЦУ) deb nom oldi. Tizimda, БЭЦga qaraganda, qator yangiliklar qo’llanilib, biroq БЭЦdagi kabi elementlar bazasi ishlatilgan. Bundan tashqari, tizimda svetoforlarning signalizatsiya yo’riqnomasida ko’rsatilmagan signal ko’rsatmalaridan foydalanish ko’zda tutilgan edi. Yangi elementlar bazasi (РЭЛ tipli rele) ishlab chiqilishiga bog’liq ravishda БМРЦУ tizimi MDH mamlakatlari temir yo’llarida keng tarqalmadi va bugungi kunda loyihalashtirilmaydi.

Download 89,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish