2-laboratoriya mashg'uloti vodorod va vodorod peroksid Ishdan maqsad



Download 33,88 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi33,88 Kb.
#366199
Bog'liq
3-LABORATORIYA MASHG #039 ULOTI


2-LABORATORIYA MASHG'ULOTI

Vodorod va vodorod peroksid

Ishdan maqsad: Vodorod va vodorod peroksidlarni olinishi va xossalarni tajribalarda ko’rish.

Kerakli asbob va reaktivlar: Stakan, probirkalar, shisha tayoqcha, uchi cho'zilgan shisha nay o'tkazilgan propkali probirka, shtativ, rux bo’lagi (Zn), silindr, suv, shisha plastinka, suvli vanna, silindr, sochiq, gorelka, vodorod peroksidi (H2O2), marganes (II)-oksidi (MnO2), qo'rg'oshin nitrat (Pb(NO3)2), vodorod sulfldli suv (H2S), kumush nitrat (AgNO3), ammiak eritmasi (NH4OH), sherst.
Ishning borishi:

1.Tajriba: Vodorodning olinishi.

Uchi cho'zilgan shisha nay o'tkazilgan propkali probirkadan iborat asbob yig'ing.

Probirkaga bir necha bo'lak rux solib, probirkan'mg uchdan bir qismiga suyultirilgan sulfat kislota quying. Nay o'tkazilgan probkani probirkaga zich qilib tiqib, probirkani shtativning qisqichiga tik qilib o'rnating. Gaz ajralib chiqishini kuzating. Nay orqali chiqayotgan vodorodda havo bor-yo'qligini tekshirib ko'ring. Buning uchun probirkani uchi cho'zilgan nay ustiga lo'nkarib, yarim minut ushlab turing, probirkani oling va uni ag'darmay turib yonib turgan gorelkaga yaqinlashtiring. Agar probirkaga toza vodorod yig'ilgan bo'lsa, osoyishtalik bilan yonib. och havo rang alanga hosil qiladi. Agar vodorodga havo aralashgan bo'lsa sekinroq yonadi va portlash ovozi eshitiladi.

Asbobdan chiqayotgan vodorodning tozaligiga ishonch hosil qilgandan so'ng, uchi cho'zilgan naydan chiqayotgan gazni yondiring. Vodorod alangasi ustiga quruq stakan tuting. Stakan devorlarida mayda suv tomchilari hosil bo'lishini kuzating.


2.Tajriba: Qaldiroq gazning portlashi.

Kichikroq bir silindrni suv bilan to'ldiring va og'zini shisha plastinka bilan berkitib, suvli vannaga to'nkaring. Silindrning 30% qolganini vodorod bilan to'ldiring

Silindrni og'zini yana berkitib turib vannadan oling. Silindrni sochiq bilan o'rang va og'zini ochib, gorelka alangasiga tuting. Portlashni kuzating.

3. Tajriba:Vodorod peroksidning katalitik parchalanishi.

Probirkaga H2O2 ning 3 % li eritmasidan 1-2 ml quying va unga ozgina MnO2 soling. Ajralib chiqayotgan gazni uchi yallig'lanib turgan cho'p bilan sinab ko'ring. Reaksiya tenglamasini yozing.


4. Tajriba:Vodorod peroksidning oksidlash xossasi

Probirkaga qo'rg'oshin nitrat eritmasidan quying, uning ustiga vodorod sulfldli suv quying. Qo'rg'oshin sulfidning qora cho'kmasi hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.

Cho'kmani filtrlab oling, suv bilan yuving so’ngra unga filtrda H2O2 ning 3 % li eritmasi bilan to oqarguncha ishlov bering. Qo'rg'oshin nitrat bilan H2O2 o'zaro ta'sir etganda qo'rg'oshin sulfat hosil bo'lishini e'tiborga oling, reaksiya tenglamasini yozing.

5. Tajriba:Vodorod peroksidning qaytarish xossasi.

Probirkaga kumush nitrat eritmasidan 2-3 ml quying va uning ustiga hosil bo'lgan loyqa yo'qolguncha ammiak eritmasidan tomizib turing.(Ortiqcha tomizmang!) Hosil bo'lgan eritmaga H2O2 ning 3 % li eritmasida qo'shing. Qora rangli cho'kma (kumush metalli) hosil bo'lishini va gaz ajraiib chiqishini (yonib turgan cho'p bilan sinab ko'ring) kuzating. Quzitilgan hodisani izohlab bering. Reaksiya tenglamasini yozing.



6. Tajriba:Vodorod peroksid bilan oqartirish.

Bir qiyqim odmi sherstni suyultirilgan ishqor eritmasi bilan ishlab yog’ini ketkazing va H2O2 ning 3 % li eritmasi solingan probirkaga tushiring. Bir necha soatdan so’ng sherst rangini o'zgarishini ko'rasiz.



Savollar:

        1. Nechta tipik metallmaslar mavjud va ular D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasining qaysi tomonida joylashgan?

        2. Metallmaslarning qanday umumiy xossalari mavjud?

        3. Vodorodning atom tuzilishi va umumiy xossalarini tushuntirib bering.

        4. Vodorod labaratoriya va sanoatda qanday olinadi?

        5. Nima sababdan suv yer sharida temperaturani tartibga solib turadi?

        6. Mineral suv nima va uning qanday turlari mavjud?

Download 33,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish