Navoiyshunoslik (sharhlash) fanidan yakuniy nazorat savollari 3-kurs (5-semestr) “Sharh” istilohi. Unga berilgan ta’riflar. Sharqda badiiy asarlarni sharhlashning boshlanishi va unga bog‘liq masalalar haqida gapiring.
Sharh va tahlil. Ularning umumiy va farqli jihatlari. Navoiy asarlari sharhi va tahlili misolida tushuntiring.
Alisher Navoiy g‘azallarini sharhlashga bag‘ishlangan asarlar, tadqiqotlar. “Ma’nolar olamiga safar” asarida muallifning sharhlash uslubi va uning samarasi.
Navoiy g‘azallarining mavzu ko‘lami.
Hamd g‘azallar. Ulardagi muhim timsollarning g‘azal mazmun-mohiyatini ochishdagi o‘rni.
Hamd g‘azallar. Ularda keng qo‘llaniladigan badiiy san’atlarni muayyan g‘azal misolida tushuntiring.
Na’t g‘azallar. Ulardagi muhim timsollarning g‘azal mazmun-mohiyatini ochishdagi o‘rni.
Na’t g‘azallar. Ularda keng qo‘llaniladigan badiiy san’atlarni muayyan g‘azal misolida tushuntiring.
Orifona g‘azallar. Ulardagi muhim timsollarning g‘azal mazmun-mohiyatini ochishdagi o‘rni.
Orifona g‘azallar. Ularda keng qo‘llaniladigan badiiy san’atlarni muayyan g‘azal misolida tushuntiring.
Navoiy ishqiy mavzudagi g‘azallarining zulma’naynlik xususiyati.
Navoiyning “G‘azalda uch kishi tavridir ul nav’...” deb boshlangan qit’asidagi fikrlarini sharhlang. Shoir g‘azallarini tushunishda ushbu qit’aning o‘rni qanday?
Orifona g‘azallarning mavzu ko‘lami. Ularni qanday sharhlash mumkin?
Navoiy ruboiylarini sharhlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak?
Navoiy qit’alaridagi sarlavhalar. Ularning qit’alarni sharhlashdagi vazifalari.
Alisher Navoiyning “Masnaviy” (Sayyid Hasan Ardasherga she’riy maktub) asarida Sayyid Hasan Ardasher siymosi qanday tasvirlangan?
Musammatlarni sharhlashda e’tibor beriladigan muhim jihatlar (Navoiyning muxammas va musaddaslari misolida tushuntiring)?
Navoiyning “Sittai zaruriya” qasidalari mazmuniidagi uyg‘unlik.
Najmiddin Komilovning “Xizr chashmasi” asari haqida ma’lumot bering. Asardagi “Suqrot – komil inson timsoli” maqolasida sharhning muhim jihatlari.
Najmiddin Komilovning “Xizr chashmasi” asari haqida ma’lumot bering. Asardagi “Ishq otashining samandari” maqolasida sharhning muhim jihatlari.
Najmiddin Komilovning “Xizr chashmasi” asari haqida ma’lumot bering. Asardagi “Hikmat va ibrat dostoni” maqolasida sharhning muhim jihatlari.
“Xamsa” dostonlarida shohlik va oshiqlik masalasi (“Sab’ai sayyor” va boshqa dostonlar misolida).
Alisher Navoiy dostonlaridagi hamd boblarning vazifalari (“Xamsa”ning bir dostoni misolida tushuntiring).
Alisher Navoiy dostonlaridagi na’t boblarning vazifalari (“Xamsa”ning bir dostoni misolida tushuntiring).
“Sab’ai sayyor” dostonidagi yetti raqami va ranglarning asarni sharhlashda tutgan o‘rni. Qoliplovchi hikoya va uning tarkibidagi mushtarak jihatlarini izohlang, sharh bering.
“Farrux va Axiy” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Zayd Zahhob” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Sa’d” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Jo‘na va Mas’ud” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Mehr va Suhayl” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Muqbil va Mudbir” hikoyatini Bahrom qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Suvda yurib suv izlagan baliqlar” hikoyatini sharhlang.
“Shahzoda va uning oshiqlari” hikoyatini (Talab vodiysida) Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Asma’iy va oshiq” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Ko‘rlar va fil” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Shatranj o‘yini” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Mansur Halloj” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
. “Oshiq hayrati” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Parvonalar va sham” hikoyatini Simurg‘ qissasi bilan bog‘lab sharhlang.
“Mahbub ul-qulub” asarining bugungi ijtimoiy hayot bilan bog‘lab o‘rganganda qaysi jihatlar nazarga olinadi?
“Munshaot”dagi Badiuzzamonga bitilgan maktubni (56-raqamli) “Payg‘ambar sallallohi alayhi vassalam buyurubturkim”.... deb boshlanuvchi maktubini sharhlang.
Ibrohim Haqqulning “Kamol et kasbkim” monografiyasining qit’alarni sharhlashdagi prinsiplari.
Sultonmurod Olimning “Ishq, oshiq va ma’shuq” asarining “Lison ut-tayr” dostonini sharhlashdagi o‘rni va ahamiyati.
“Mahbub ul-qulub”da ishq tavsifi va tasnifi. Adibning ushbu masaladagi nazariy qarashlarini dostonlarini (“Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”... dostonlari) sharhlashga qanday tatbiq etish mumkin.
Har bir variantga bir bayt yoki bir necha bayt, ruboiy, qit’a yoki boshqa she’riy asardan sharhlash uchun parchalar beriladi.