Laboratoriya mashg’uloti №26 Mavzu: Vodorod va vodorod peroksid. Suvga aktiv metall ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish. Kislotaga rux ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish



Download 45,1 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi45,1 Kb.
#417510
Bog'liq
27-LABORATORIYA ISHI


Laboratoriya mashg’uloti №26
Mavzu: Vodorod va vodorod peroksid. Suvga aktiv metall ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish. Kislotaga rux ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish.
Ishning maqsadi: Vodorod va vodorod peroksid birikmalari va ularni olinish usullarini va kimyoviy xossalarini amaliyotda sinab ko‘rish.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, Na-natriy metali bo`lakchalari, Zn-rux metali bo`lakchalari, Al-alyuminiy metali bo`lakchalari, CuO-mis (II)-oksid, FeCl3-temir (III)-xlorid eritmasi, KCNS-kaliy rodanid eritmasi, KMnO4-kaliy permanganat eritmasi, H2O2-vodorod peroksid eritmasi, K2Cr2O7-kaliy dixromat eritmasi, dietilefir, BaO2–bariy peroksid, H2SO4–sulfat kislota, Pb(NO3)2-qo`rg`oshin (II)-nitrat eritmasi, Na2S-natriy sulfid eritmasi, Cr(NO3)3-xrom (III)-nitrat eritmasi, NaOH-natriy gidroksid eritmasi, KI-kaliy yodid (rangsiz eritma), AgNO3-kumush nitrat eritmasi, ammiak eritmasi, Ba(OH)2-bariy gidoksidning to‘yingan eritmasi, fenolftolein eritmasi, kraxmal eritmasi.
Asbob uskunalar: shtativ, Kipp apparati, probirkalar, kristallizator, shisha stakanlar, spirt lampa, shisha plastinkalar, gaz gorelkasi, shisha vanna, metall qoshiqcha, qisqich, yumaloq tubli kolba, Shuster tomizg‘ichi, gaz o`tkazgichli tiqin va naylar.
1. Vodorodning olinishi va xossalari
1-tajriba. Suvga aktiv metall ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish
Kristallizatorga suv solib, 2-3 tomchi fenolftolein eritmasi qo‘shing. Probirkaga suv to‘ldirib, og‘zini barmoq bilan bekiting va kristallizatordagi suvga botiring; suv ichida barmog‘ingizni probirka og‘zidan oling.
Kichkina bir bo‘lak kalsiy metalini filtr qog‘ozga artib, qisqich bilan ushlab suv ostida kristallizatordagi probirka og‘ziga tuting. Ajralib chiqayotgan vodorod probirkadagi suvni siqib chiqarishini, kristallizatordagi suvning qizarishini kuzating. Probirka og‘zini suv ostida barmoq bilan berkitib, uni suvdan oling va gaz gorelkasi alangasiga yaqinlashtirib probirka og‘zini oching. Vodorodning kuchsiz tovush chiqarib yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Fenolftoleini bor suvning qizarish sababini tushuntiring.

72(a)- rasm. 73(b)-rasm.
2-tajriba. Kislotaga rux ta’sir ettirish yo`li bilan vodorod olish
Uchi cho‘zilgan shisha nay o‘tkazilgan probkali probirkani temir shtativga o‘rnatib, ichiga 2-3 bo‘lak rux metali soling. So‘ngra uning ustiga 1:5 nisbatda suyultirilgan sulfat kislota quying. Gaz ajralib chiqishini kuzating. Probirkadagi havo siqib chiqarilguncha bir oz kutib, uchi cho‘zilgan naydan chiqayotgan vodorodni yondiring. Vodorod alangasiga quruq shisha plastinka tuting. Plastinkada suv tomchilari hosil bo‘lishini kuzating. Reksiya tenglamalarini yozing.

3-tajriba. Gidroksidi amfoter xossaga ega bo‘lgan metallga ishqor ta’sir ettirish yo‘li bilan vodorod olish.Uchi cho‘zilgan shisha nay o‘tkazilgan probkali probirkani temir shtativga o‘rnatib, ichiga 2-3 bo‘lak alyuminiy metall soling. So‘ngra uning ustiga konsentrlangan o‘yuvchi natriy eritmasidan qo‘shing. Probirkani gaz gorelkasining alangasida bir oz qizdiring. Vodorod shiddatli ajralib chiqa boshlagach, uning tozaligini sinab ko‘ring. Alyuminiy metali suv bilan o‘zaro ta’sir etib, alyuminiy gidroksid hosil qilishini, bunda vodorod ajralib chiqishini, hosil bo‘lgan alyuminiy gidroksid o‘yuvchi natriy bilan reaksiyaga kirishib, natriy alyuminat hosil bo‘lishini nazarda tutgan holda reaksiya tenglamasini yozing.




Mashq va masalalar:
1. Quyidagi oksidlarni suv bilan reaksiya tenglamasini yozing: Na2O, BaO, N2O3, N2O5
Hosil bo‘lgan gidroksidlar qaysi sinfga mansub?
2. Quyidagi moddalar parchalanganda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan oksidlar formulasini yozing:
Cu(OH)2, Fe(OH)3, Zn(OH)2, H2SO4
3. Hajmi 20 l bo‘lgan gazometrni kislorod bilan to‘ldirish uchun qanday miqdordagi KMnO4 ni parchalash kerak? (Hisobni n.sh. uchun qiling).
4. 280 ml 0,1 n natriy yodid eritmasini kislotali muhitda oksidlash uchun tarkibida 12% O3 tutgan havodan qanday hajmda (n.sh.) kerak bo‘ladi?
5. Reaksiya natijasida 1,12 l (n.sh.) kislorod hosil bo‘lgan bo‘lsa, qanday massadagi 3%li H2O2 eritmasi va KMnO4 kristallgidrati kislotali muhitda reaksiyaga kirishgan?

Download 45,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish