2 - LABORATORIYA ISHI
Tokarlik keskichining tuzilishi va geometriyasini o`rganish
Ishdan maqsad: tokarlik keskichlarining asosiy turlari bilan tanishish; keskich konstruksiyasini o`rganish; kesish qismining geometrik parametrlarini o`lchaydigan asboblar bilan tanishish.
Nazariy qism
Dastgohlarda bajariladigan ishlarning turlariga qarab, turli xil keskichlardan foydalaniladi. Keskichlar tuzilishi, geometriyasi, kesuvchi qismining materiali, surish yo`nalishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Keskichlar asosan 2 qismdan: kallak, ya’ni asosiy ishchi (kesuvchi) qismidan va tana qismidan iborat. Keskichning tana qismi uni supportga yoki keskich tutgichiga mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Keskichlarning vazifasiga ko`ra ular quyidagi asosiy turlarga bo`linadi:
o`tuvchi keskich – tashqi silindrik va konusli yuzalarni xomaki va tozalab yo`nish uchun ishlatiladi;
kesib tushiruvchi – keskich zagotovka yoki detallarni kesib tushirish uchun ishlatiladi;
galtel keskichlar – galtellar yo`nish uchun ishlatiladi;
rezba keskichlari – sirtqi va ichki rezbalar qirqish uchun ishlatiladi;
torets yo`nish keskichi – bo`ylama va ko`ndalang yo`nishda ishlatiladi;
yo`nib kengaytirish keskichi – mavjud teshiklarni kengaytirishda ishlatiladi;
fason keskichlar – ko`ndalang surish yo`li bilan shakldor yuzalar yo`nish uchun ishlatiladi.
4.1 - rasm. Tokarlik keskichlarining kallak shakllari
Tokarlik keskichlarini geometrik parametrlari va konstruktiv o`lchovlari
Keskichning geometrik parametrlarini aniqlash uchun maxsus koordinata tizimidan foydalaniladi (4.2-rasm).
- rasm. Kesikich geometriyasini o`lchashdagi koordinata tizimi
Keskich burchaklarini ta’riflash uchun asosiy va kesish tekisliklarini ko’rib chiqamiz:
asosiy tekislik – keskich o`rnatilgan gorizontal tekislikka kesuvchi qirraning birorta nuqtasidan parallel o`tkazilgan tekislik;
kesish tekisligi – asosiy kesuvchi qirradan o`tib, asosiy tekislikka perpendikulyar yo`nalgan tekislikdir.
Asosiy kesim keskichning asosiy kesuvchi qirrasining gorizontal proyeksiyasiga perpendikulyar holda o`tkaziladi (4.2-rasm). Bu kesimda quidagi burchaklar aniqlanadi.
Plandagi asosiy burchak – asosiy kesuvchi qirraning asosiy tekislikka proeksiyasi bilan surish yo`nalishi orasidagi burchak.
Plandagi yordamchi burchak – yordamchi qirraning asosiy tekislikka proeksiyasi bilan surish yo`nalishi orasidagi burchak.
Keskich uchidagi burchak – asosiy va yordamchi kesuvchi qirralarning asosiy tekislikdagi proeksiyalari orasidagi burchak.
Asosiy kesish tekisligidagi burchaklar:
asosiy ketingi burchak – keskichning asosiy orqa yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchak;
o`tkirlik burchagi –oldingi va orqa yuzalar orasidagi burchak;
oldingi burchak –keskichning oldingi yuzasi va asosiy tekislik orasidagi burchak. Yumshoq materiallarga ishlov berilganda, bu burchakning qiymati ortadi, qattiq materiallarga ishlov berilganda– kichrayadi, xatto manfiy bo`lishi ham mumkin.
kesish burchagi –oldingi yuza va kesish tekisligi orasidagi burchak. . Agar oldingi burchak musbat bo`lsa - , manfiy bo`lsa - bo’ladi. va burchaklar quyidagi formuladan aniqlanadi:
Y ordamchi kesim keskichning yordamchi kesuvchi qirrasining gorizontal proeksiyasiga perpendikulyar o`tkazilib, unda faqat yordamchi orqa burchak aniqlanadi (4.2-rasm). Agar bu burchak musbat (ya’ni keskich uchi pastroq) bo`lsa, qirindi ishlangan yuza tomon, aksincha manfiy bo`lsa, ishlanayotgan yuza tomon suriladi.
4.3-rasm. Oldingi burchak belgilanishi 4.4-rasm. Asosiy kesish qirrasining belgilanishi
Keskichning qo`shimcha geometrik elementlari
Yuqorida keltirilgan geometrik elementlar har bir kesish asboblarida mavjud. Ba’zan keskichlarning texnologik xarakteristikasini oshirish kerak bo`lganda, kesish qismining konstruksiyasiga qo`shimcha elementlar kiritiladi.
r – keskich balandligining aylana radiusi, ishlov berilgan yuzaning tozaligini oshirishga xizmat qiladi;
f – kesish qirrasidagi faska – qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berishda keskichning kesish qirrasini kuchaytirishga xizmat qiladi;
R – oldingi yuzadagi o`yiq cho`ziluvchan materiallarga ishlov berishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |