2. 2xil bòladi. Normal va Anomal despersiya



Download 17.5 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi17.5 Kb.

1.Yorug’lik dispersiyasi deb, moddaning sindirish ko’rsatkichini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligidan yuz beradigan hodisalarga aytiladi. Yorugʻlik dispersiyasi -modda sindirish koʻrsatkichi p ning yoruglik chastotasi v ga yoki yorugʻlik toʻlqinlari faza tezligining ularning chastotasiga bogʻlikligi. Yo. d. tufayli oq yoruglik dastasi prizma orqali oʻtganida spektrga ajralishi yuz beradi. Spektrga ajralish hodisasini oʻrganishi oqibatida I. Nyuton Yo. d. hodisasini kashf etdi (1672).

2. 2xil bòladi. Normal va Anomal despersiya

3.Yorugʻlikning sochilishi -muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yo. sta sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yo. s. asosida molekulalar, suyukliklar va h. k.ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va b. xillari mavjud. Yorugʻlikning yutilishi - muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muxit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yutilgan yoruglik kvanti yutuvchi muxit elektronlari bilan oʻzaro taʼsirlashib, energiyasini ularga uzatadi.

4.1=10e~"x. Buger—Lambert—Ber konunitz. asosan yorugʻlik intensivligi yutuvchi muhit qatlami qalinligi x ga bogʻliq holda eksponensial kamayadi. / — x qatlamdan oʻtgan yoruglik intensivligi; /0 — muhitga tushayotgan yorugʻlik intensivligi; s — muhit xossasiga bogʻliq yutish koeffitsiyenta. Yutish koeffitsiyenta yutilgan yorugʻlik chastotasi v (toʻlqin uzunligi X) ga bogʻliq, lekin uning intensivligiga va demak, yutuvchi muhit qatlamining qalinligiga bogʻliq emas. Formuladagi x= ^ deb olinsa, ///0=ye boʻladi, yaʼni bunday muhitda yorugʻlik intensivligi ye=2,72 marta kamayadi. Yutish koeffitsiyenta yorugʻlik chastotasi (toʻlqin uzunligi)ga bogʻliq. Atom yoki molekulalari oʻzaro taʼsirlashmaydigan muhit (past bosimda gaz yoki metall bugʻlari) uchun yutish koeffitsiyenti baʼzi toʻlqin uzunliklarda nolga teng boʻladi. Metallda erkin elektronlar mavjudligi sababli, metallarning yutish koeffitsiyenti juda katta, yupqa qatlami ham yorugʻlikni deyarli toʻla yutadi. Yorugʻlik taʼsirida erkin elektronlarning harakatchanligi kuchayadi, katta chastotali tok hosil qiladi. Natijada yorugʻlik energiyasi metallning ichki energiyasiga aylanishi tufayli, intensivligi tez kamayadi. Yarimoʻtkazgichlar yorugʻlikni metallardan kamroq, dielektriklar yarimoʻtkazgichlardan ham kamroq yutadi. Dielektriklarda barcha elektronlar bogʻlangan. Bogʻlangan elektronlarning majburiy tebranish chastotasi katta, amplitudasi kichik, demak, yutish koeffitsiyenti ham kichik boʻladi. Dielektrikning yutishi selektiv (tanlovchan) harakterga ega, yaʼni yutilgan yorugʻlikning chastotasi elektronning majburiy tebranish chastotasiga moye kelgandagina yutilish koeffitsiyenti ortadi.



5.Eritmalarda Yo. yu. ularning konsentratsiyasi, trasi va xossalariga bogʻliq boʻladi. Jismlar tuzilishini oʻrganishda, geliotexnika va kimyo sanoatida Yo. yu. hodisasidan foydalaniladi.
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati