Andijon viloyati
jalaquduq tumani
8- umumiy o’rta ta’lim maktabi
kimyo fani o’qituvchisi
Asranova Dilfuzaxonning
Qotishmalar mavzusidagi
Metodik tavfsiya.
MAVZU: QOTISHMALAR
Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldur. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq.Amaliyotda toza temirdan kamroq,lekin uning qotishmalari hisoblanadigon-pólat va chóyan juda keng miqyosda foydalaniladi.Ularning ahamiyati shu darajada kattaki,ular alohida-qora metallar deb boshqa metallardan ajratilgan.
Qotishmalar – suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar,metalmaslar,murakkab moddalar erishidan hosil bo’lgan eritmalar.Qotishmalar kristall ko’rinishga ega bo’ladi.
Qotishmalar – qattiq va yumshoq,qiyin va oson suyuqlanuvchi,ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli turlarga bo’linadi.
Metallar qotishmalari – bu o’ziga xos xossalarga ega bo’lgan ikki yoki undan ortiq komponentdan iborat bo’lib,ulardan hech bo’lmaganda biri metaldir.
Qotishmalar tiplari –
Qattiq eritmalar;
Metallarning mexanik aralashmalari;
Intermetalidlar;
Qattiq eritmalar – suyuqlantirilgan metallar hohlagan tenglikda aralashtiriladi.
Masalan – Ag va Cu, Ag va Au, Cu va Ni.
Metallarning mexanik aralashmalari – Suyultirilgan metallarning aralashmalari sovutilganda qotishmalar hosil bo’ladi.U har bir metalning juda mayda kristalidan tashkil topgan.
Masalan – Pb va Sn, pb va Ag, Bi va Cd.
Intermetalidlar – Suyultirilgan metallar o’zaro kimyoviy brikmalar hosil qiladi. Zn va Cu, Ca va Sb, Pb va Na.
99% mis va 1% bereliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo’ladi.
50,1 % vismut, 24.9% qo’rg’oshin, 14.2% qalay, 10.8% kadmiydan iborat qotishma 65.5 ℃ da suyuqlanadi.
Rux Mis Alyuminiy aloxida bo’lganda suvda erimaydi.
Lehim - metallarni bir-biriga bog'lash uchun ishlatiladigan qotishma.
Elektrum - bu kichik miqdordagi mis va boshqa metallar bilan oltin va kumushning tabiiy qoldiqlari. Qadimgi yunonlar buni "oq oltin" deb hisoblashgan. Eramizgacha mil. Avv. 3000 yilga qadar tangalar, ichimlik idishlari va bezaklar uchun ishlatilgan.
Gamogen qotishmalar – Atom radiuslari o’lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo’lgan, kristal panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar. {Cu- Au }
Getrogen qotishmalar – Atom radiuslari o’lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo’lgan, kristal panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigon qotishmalar.{ Sn- Al };
Intermetall qotishmalar – Elektromanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo’lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi.
Ayrim qotishmalar haqida ma’lumot
Qotishmalar nomi
|
Qotishmalarning foiz tarkiblari,%
|
Qotishmalarning ishlatilish sohalari
|
Duralyuminiy
|
Al 95—97;Cu 1,4;
Mg 0,4—2,8;
Mn 0,2—1
|
Samolyotsozlikda
|
Nikelin
|
Cu 67; Ni 32,Mn 1
|
Isitish asboblari tayyorlashda
|
Pexral
|
Fe 73;Cr 18,Ni 9
|
Zanglamaydigan po‘lat sifatida
|
Volframli po‘lat
|
Fe 70–85,W 12–23,
Cr 2–6, C 0,5–0,6
|
Tez kesar asboblar tayyorlashda
|
Qo‘rg‘oshinli babbit
|
Pb 80-82,Sn 16–18
|
Podshiðniklar tayyorlashda
|
Qalayli babbit
|
Sn 82–84,Sb 10–12, Cu 6
|
Mashinasozlikda
|
Aralash babbitlar
|
Pb 64–66,Sn15–17, Cu 0,3
|
Mashinasozlikda va turli quymalar tayyorlashda
|
Ferronixrom
|
Ni40–70,Fe22–55, Cr 15–18
|
Elektr bilan qizdiriladigan asboblar tayyorlashda
|
Bosmaxona qotishmasi
|
Pb 55-75,
Sb 15–25,
Sn 10–20
|
Bosmaxonada
|
Metall va qotishma o'rtasidagi asosiy farq shundaki, metall sof moddadir , qotishma ikki yoki undan ortiq komponentlarning aralashmasidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |