Oliy ta’lim muassasalarida berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirib buni amaliyotda qo’llay olishimiz juda muhim hisoblanadi. Men Sabirdjanova Sevara 02.11.2020 yildan 24.01.2021 yilgacha Chirchiq shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Ilmiy rahbarlarimiz tomonidan malakaviy amaliyot dasturi, maqsadi va vazifalari bilan tanishtirildi. Amaliyot kundaliklari berildi. Malakaviy amaliyot o’tishda to’g’ri yo’nalish ko’rsatildi. Umumiy o’rta ta’lim maktabida direktor tomonidan menga amaliyot rahbari tayinlandi.