13-MAVZU: SIYDIK AYRISH ORGANLAR TIZIMINI ANATOMIK TARKIBI. BUYRAK, SIYDIK YO’LI, QOVUQ, SIYDIK CHIQARISH KANALINI TUZILISHI
Darsning maqsadi: siydik ayirish tizimi organlari: buyrak, siydik yo’li, siydik qovug’i, siydik chiqarish kanali va siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: har xil hayvonlarning buyrak, siydik yo’li, siydik qovugpi va siydik chiqarish kanalini quruq va ho’l preparatlari, sxema va tirik hayvon. Darsning mazmuni: siydik ayirish organlari yordamida organizmda to’plangan ba’zi zararli va zaharli moddalarni tanadan chiqarilib yuboriladi. Buyrak – ren (nephros) - juft organ bo’lib, uy hayvonlarida asosan loviya shaklida bo’ladi. Uy hayvonlarning buyragini tashqi tuzilishi bir – biridan tubdan farq qiladi, ularni 4 tipga bo’lib o’rganiladi. Ko’p bo’lakchali buyrak – bunday buyrakni shakli uzum mevasiga o’xshash bo’lib, bir qancha buyraklar siydik ajratgich umumiy siydik yo’liga kelib quyiladi. Bunday buyraklar ayiq va kitsimon sut emizuvchilarda uchraydi. Usti notekis ko’p so’rg’ichli buyrak - bunday buyrakni shakli tut mevasiga o’xshash bo’lib, tashqi tomoni tekis bo’lmasdan ko’ndalang kesimida, so’rg’ichlar soni ko’p bo’lib, bunday buyraklar qoramollarda uchraydi. Usti tekis ko’p so’rg’ichli buyrak-shakli loviyasimon bo’lib, cho’chqada uchraydi, usti tekis bo’ladi, ko’ndalang so’rg’ichlar soni ko’p bo’ladi, siydik buyrak kosasidan buyrak jomiga quyiladi. Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.
Buyrak tiplari.
A-delfinning ko’p bo’lakchali buyragi B-sigirning notekis ko’p so’rg’ichli buyragi D-cho’chqaning tekis ko’p so’rg’ichli buyragi J-itning tekis bir so’rg’ichli buyragi 1-buyrakchalar 11-buyrak bo’lakchalari 2-siydik ayiruv qismi 3-chegaralovchi qism 4-siydikni olib ketuvchi qism 5-buyrak so’rg’ichlari 6-kosacha 8-siydik yo’li 9-buyrak egati 10-siydik yo’li nayi 11-buyrak jomi 15-yoysimon tomirlar 16-buyrak kapsulasi 17-buyrak chuquqrchasi 18-buyrak arteriyzsi 19-buyrak venasi
Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.
-Buyrak – ren ( nephros) tashqi tomondan zardob parda – capsula fibrosa bilan o’ralgan. Buyrakni medial chetida chuqur - darvoza – helus renalis joylashib, bu buyrak sinusi - sinus renalis ni hosil qiladi, bunga buyrak jomi - pelvis renalis kelib quyiladi.
Buyrak ko’ndalang kesimida uchta zonaga bo’linadi: a) po’qtloq yoki siydik ajratuvchi – zona corticalis; b) chegaralovchi – zona intermedula; v) mag’iz yoki siydik yigpuvchi – zona medullaris.
Siydik yo’li – uterus buyrak jomidan boshlanib tos tomoniga qarab o’tadi va qovuqda tugaydi.
Siydik pufagi – vesica urinarea ham naysimon organlar singari 3 (zardob, muskul, shilimishiq) pardalardan iborat, hayvonni yoshiga qarab o’zgaradi va tos bo’shlig’ida joylashadi, qovuqni tanasi– corpus vesicae, bo’yni – collum vesicae, uchi – vertex vesicae bo’ladi. qovuqning muskul qavati hisobidan qovuq qisqichi - sphinater vesicae hosil bo’ladi. Siydik chiqarish kanali – urethra - siydik qovug’idan urg’ochi hayvonlarda siydik jinsiy dahliziga, erkak hayvonlarda esa kalta bo’lib, siydik jinsiy kanaliga quyiladi va jinsiy azoni boshigacha siydik jinsiy kanali bo’lib boradi.
1-chap buyrak 2-o’ng buyrak 3-siydik yo’li 4-5-chap va o’ng buyrak usti bezlari 6-aorta 7-8-buyrak arteriyalari 9-kindik arteriyasi 10-11-12-ochib ko’rsatilgan siydik pufagi ( 10-uchi 11-bo’yni 12-tanasi) 13- siydik pufagining uchburchagi 14-siydik yo’li valigi 15-siydik yo’li teshigi 16- siydik yo’li burmasi 17- siydik chiqarish burmasi
Topshiriq va savollar:
Siydik ayirish organlarini o’rganib, uni rasmini chizing, lug’at tuzing.
Siydik ayirish organlarini anatomik tarkibi.
Buyrakni tuzilishi va topografiyasi.
Buyrak tiplari.
Siydik yo’li va siydik pufagini tuzilishi hamda topografiyasi.
Siydik chiqarish kanalini tuzilishi.
Qishloq xo’jalik hayvonlarini buyragini tuzilishi, tafovuti
Do'stlaringiz bilan baham: |