11-mavzu nazorat savollari. Tashkilotning axborot ta'minoti deganda nimani tushunasiz?



Download 17,29 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi17,29 Kb.
#91993
  1   2   3   4
Bog'liq
11mavzu


11-mavzu nazorat savollari.

1.Tashkilotning axborot ta'minoti deganda nimani tushunasiz?

Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim:

1. Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo‘llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to‘g’ri kelishi kerak. Masalan, tijorat firmasida - foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak.

2. Axborot tizimi inson tomonidan Boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak.

3. To‘g’ri, kafolatli va o‘z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga yetkazishi lozim.

Axborot tizimini yaratish, tashkilotning Boshqaruv tuzilmasini tahlil qilishdan boshlanadi. Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo‘yilgan maqsadga erishish tushuniladi:

Tashkillashtirish - normativ hujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqalar.

Hisobga olish - bu funksiya firma yoki tashkilot ko‘rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan; buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisob-kitob, Boshqaruv hisoboti va boshqalar.

Tahlil (analiz) - rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi

Tashkiliy tizim –boshqarish, shuningdеk, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag`batlantirish qoidalari mеzonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va tеxnik vositalarning ishlatilish tartibini bеlgilovchi qoidalar yig`indisidir.



Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo`ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar tеxnik vositalarning o`ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv obyekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish opеratsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sеx, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv obyеktining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog`idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo‘ysundirilgan. Boshqaruv organi obyektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo`lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o`ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elеmеnti murakkab, faol tizim bo`lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modеllarini tuzish juda murakkab, ba'zan esa iloji yo`q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs hisoblanadi. Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o`ziga xosligi – ko`p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elеmеntlarini tashkil etuvchilariga ko`ra ko`plab miqdordagi tеxnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bilan bеlgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko`pqirraligi ko`pgina o`zaro bog`liq jihatlar bo`yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib kеladi. Bunda tizimning boshqa elеmеntlari bilan moddiy va axborot jihatdan o`zaro ta'sirini tashkil etish talab etiladi. Uchinchi o`ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o`z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo`lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o`zgarishlar bilan bog`liq holda qondirish yo`llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, obyektlar tarmoqlari doimiy o`zgaradi, uning elеmеntlari o`rtasida yangi aloqalar paydo bo`ladi. Shuningdеk, ham alohida obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o`zgaradi. Axborot tizimlari axborot va axborot tеxnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo`ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Axborot tizimi tеgishli iqtisodiy obyektlarda faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha rеsurslarni samarali boshqarish uchun iqtisodiy obyеktlarga kеrakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, iqtisodiy obyektni boshqarish uchun axborot va tеxnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Boshqaruv tizimini ko`rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko`rsatish mumkin: stratеgik, taktik va tеzkor. Ushbu har bir darajalarning o`z vazifalari bo`lib ularni hal etishda axborotga bo`lgan ehtiyoj, ya'ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga kеladi. Bu talablar axborot tizimidagi tеgishli axborotlarga qaratilgan. Axborot tеxnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini bеradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kеrakli qarorni qabul qilish uchun asos bo`luvchi axborot paydo bo`ladi.


Download 17,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish