10-mavzu: Sportning globallashuvi. Reja



Download 51 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi51 Kb.
#843214
  1   2
Bog'liq
10-mavzu


10-MAVZU: Sportning globallashuvi.
Reja:



  1. Sportning global jarayonga aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Sport millatlar va davlatlararo o‘zaro aloqalarni o‘rnatish vositasi.

  3. Sport globallashuvining ijobiy va salbiy xususiyatlari.

  4. Sportning globallashuvida gegemoniyaning namoyon bo‘lishi. Nogironlar sporti globallashuvining ma’naviy axloqiy xarakteri.

  5. Sportning ijtimoiy-madaniy maqsadlariga rivojlantirishning global ahamiyati.

Insoniyat asrlar davomida sinovdan o`tgan ijtimoiy hodisa, jismoniy mashqlarni ya`ni, sportni – sog`lom turmush tarzini shakllantirishning garovi deb, bejiz aytmagan. CHunki sport millati, irqi, dinidan qat`iy nazar, barchaga o`zlarining sog`lom turmush tarzlarini tashkil etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradigan omillardan biridir.


Bugungi kunda davlatimiz tomonidan sportni ommalashtirish borasida ko`pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Sportga e`tiborning kuchayishi bevosita yangicha tafakkur hamda insonni shakllantirishga qaratilgan jamiyatning hayot faoliyati sohalariga yangi munosabatni taqozo qiladi. Biroq, ijtimoiy rivojlanishning mazkur sohasiga uzoq yillar mobaynida etarli e`tibor berilmadi. Boshqarishdagi eskicha printsip buyruqbozlik usuli pedagoglar, shifokorlar, olimlar, tarbiyachilar, murabbiy-trenerlar tashabbuslarining keng yoyilishiga muayyan darajada to`siq bo`lib keldi. Xalq ta`limi sohasi ham insonni tarbiyalash va unga ta`lim berishda insoniyatning yaratgan eng boy merosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi.
Ta`kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmokda. Bunda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining hayotga tatbiq qilinishi, o`quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi sport musobaqalari, shuningdek, xalq milliy o`yinlari, festivallari va turnirlarning muntazam tashkil qilinishi e`tiborga molikdir. Respublikamizning turli hududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmokda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil qilinmokda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmokda. Bunda ommaviy sog`lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta tashkilotchilik, diqqat-e`tiborni talab etadi.
Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o`zligimiz, azaliy qadriyatlarmizga yot va begona bo`lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g`arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkam qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta`sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va hatarlardan asrash masalalari bir zum ham e`tiborimizdan chetda qolmasligi yurtboshimiz tomonidan alohida qayd etib o`tilgan edi.1[141]
Tarixiy an`analarimiz va qadriyatlarimizni milliy sport turlari orqali yoshlarimiz ongiga singdirishimiz hamda ularning dunyoqarashiga salbiy ta`sir qiladigan illatlardan ogoh etib, aholi o`rtasida sportni ommalashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu vazifalar bizning nazarimizda, aholi istiqomat qiladigan joylarda jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlari mahalla kengashlari, sportni rivojlantirishga mutasaddi tashkilotlar, mutaxassis hodimlar va sport faollari bilan hamkorlikda olib borilsa o`zning ijobiy natijasini beradi.
Sport insonda yuksak ma`naviylik va axloqiylikni shakllantiradi. SHuning uchun ham I.A.Karimov “Sportni rivojlantirish jamiyatimizda mehr-muruvvat tuyg`usini yuksaltirish borasidagi maqsadimizga, kerak bo`lsa, siyosatimizga ham juda katta hissa qo`shadi. O`zini haqiqiy sportchi deb biladigan, sport bilan chin ko`ngildan shug`ullanadigan odam hech qachon birovning rizqiga hiyonat qilmaydi, qo`pollik, baxillik, hasad kabi illatlardan yiroq bo`ladi. Bunday bolalar hech qachon ko`chada odobsizlikka borib, kuchini namoyish qilmaydi, nega deganda, uning ichki dunyosiga sport orqali yangicha qarash, yangicha insoniy hissiyotlar kiradi”2[142], - degan edilar.
SHunday ekan, sportni ommalashtirishimizda avvalo, ma`naviy-axloqiy muhitni nazardan qochirmaslik kerak. Zero, jamiyatning ma`naviy – axloqiy muhiti davr ehtiyojlari va talablariga ko`ra takomillashib boradi. Bugungi O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti ham jamiyat ma`naviy-axloqiy muhitining yangi tushunchalar, axloqiy qadriyatlar, tamoyillar va me`yorlar bilan rivojlanib borishini taqozo etmoqda. SHaxsni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda ideal darajadagi qadriyatlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Bu borada, bizningcha, mutloq tushunchalarga yangicha nuqtai-nazardan qarash va asoslanishning vaqti keldi. Masalan, shaxsning axloqiylik darajasini belgilashda uning iroda erkinligiga, burchga va mas`uliyatga egaligini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bular mutloq axloqiylik elementlari hisoblanadi. Negaki, shaxsning iroda quvvatini, burch tuyg`usini va mas`uliyat hissining ko`lamini aniq belgilashning imkoni yo`q. Ayni paytda, bu sifatlarsiz shaxs axloqini shakllantirish masalasiga yondoshib bo`lmaydi.
Xalqimiz nafaqat boshqa sohalarda, balki sport sohasida ham o`zlarini ko`rsatishlari uchun o`z xalqining o`tmishi, azaliy odatlari va qadriyatlarini qanchalik bilishida katta ma`no bor. Barcha aholi orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o`yinlar, engil atletika to`garaklari, guruxlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog`lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayoxat va boshqa turlardan keng foydalanishni yo`lga qo`yish kerak. Aholi turar-joylarida ommaviy sport musobaqalarini o`tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me`yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamoxang bo`lishi kerak.
Mustaqillik sharofati bilan shakllangan milliy va umumxalq bayramlari kabi sport bayramlariga ham katta e`tibor qaratilayotganligi quvonarli xoldir. Bu esa barkamol avlodni jismonan sog`lom qilib tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etishda o`zining ijobiy natijasini beradi. Zero, sportni ommalashtirish orqali sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish mumkin.
Istiqlol sabab ta`lim sohasida eng maqbul dasturlarning o`z vaqtida uzoqni ko`zlab ishlab chiqilishi, ta`lim – tarbiya jarayonini tubdan isloh etish, takomillashtirish, kelajak poydevori bo`lgan yoshlarning aqli va salohiyatini zamonaviy bilimlar bilan charxlash, ta`lim maskanlarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, har tomonlama barkamol, chuqur bilim, mustahkam e`tiqod va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan avlodni voyaga etkazishda g`amho`rlik qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug`ullanishiga doimiy e`tibor qaratish davlat siyosati darajasiga molik bo`ldi. YUrt farzandlarining mamlakat va dunyo sport maydonlarida yuqori pog`onalarni egallayotgani yurtboshimiz tashabbusi va sa`y -harakati bilan o`tkazilayotgan uch bosqichdan iborat uzluksiz tizim-“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Universiada”dagi zafarli odimlar bu yo`nalishdagi e`tiborning mevasi desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Jamiyatning jon tomiri hisoblangan sog`lom, barkamol avlod tarbiyasi, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni takomillashtirish, aholining barcha qatlami orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada oshirish zamirida ikki jihat mujassam.

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish