1. Tibbiy-pedagogik nazorat.(Tpn), asosiy vazifalari. Tibbiy-pedagogik nazoratni tashkil qilish asoslari



Download 46,32 Kb.
bet1/6
Sana16.07.2022
Hajmi46,32 Kb.
#809917
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5Спорт педагогик назорат ўтказиш мазмуни ва методлари (2)


Sport pedagogik nazorat o‘tkazish mazmuni va metodlari.
Reja:
1.Tibbiy-pedagogik nazorat.(TPN), asosiy vazifalari.
2.Tibbiy-pedagogik nazoratni tashkil qilish tashkil qilish asoslari
3. Tibbiy-pedagogik nazorat o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar.

  1. Tibbiy-pedagogik nazorat.(TPN), asosiy vazifalari.

Tibbiy pedagogik nazorat deb, vrach va trener birgalikda trenirovka, jismoniy tarbiya darslarida yoki musobaqalar paytida o‘tkaziladigan tekshirishlariga tushuniladi. Bunday nazorat yordamida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullag‘unuvchilarning organizmiga jismoniy mashqlarning ko‘rsatgan ta’siri baholanadi, organizmning funksional jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi va shu tekshirishlar asosida o‘quv trenirovka jarayoni takomillashtiriladi.
Sportda tibbiy pedagogik nazorat kompleks nazoratning asosini tashkil qiladi. Kompleks tekshirishlar pedagogik, psihologik va meditsina tekshirishlarini o‘z ichiga oladi. TPN ning nazariy va amaliy asoslari 40-50 yillarda sport tibbiyoti namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday tekshirishlar asosida sportchining funksional holatining ko‘rsatkichlarini ancha aniq baholasa bo‘ladi. TPN jarayonida sportchining yuklamadan keyin to‘liq bo‘lmagan tiklanish belgilari va o‘ta charchash yoki o‘ta zo‘riqish holatlari yaqqol ko‘rinadi. Murabbiy shu natijalardan xulosa chiqarib o‘quv trenirovka jarayonini ko‘rib chiqib tuzatishlar kiritadi.
Murabbiy qaysi mashq organizmning qaysi qismiga qanday ta’sir ko‘rsatishini yaxshi bilishi kerak. Har mashg‘ulot, mikrosikl, mezosiklda bajariladigan mashqlar va ularning qaytarilish soni to‘g‘ri tanlansa, trenirovka jarayonining samaradorligi ancha oshadi. Hozirgi vaqtda yuklamaning orga-nizmga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash maqsadida uch xil: qisqa muddat ichidagi, ma’lum vaqtdan so‘ng aniqlanadi va yig‘ma trenirovka samarodorligi aniqlanadi. Qisqa muddat ichidagi trenirovka effekti deganda ayni mashq bajarish va eng yaqin dam olish vaqtida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tushuniladi. Ma’lum vaqtdan keyingi trenirovka effekti deganda tiklanishning so‘ngi fazalaridagi, ya’ni trenirovkadan keyingi va ertasi kuni organizmdagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tushuniladi. Yig‘ma trenirovka effekti qisqa muddatli va ma’lum muddatdan keyingi trenirovka effektlarini o‘z ichiga oladi va organizmda uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladigan yaxshi va yomon o‘zgarishlarni aniqlaydi, o‘quv trenirovka jarayonining kerakli darajada shaxsiylashtirish uchun TPN vrach va murabbiy bilan hamkorlikda bajariladigan ishning muhim formasidir. Lekin vrach har doim ham TPN da qatnasha olmasligi mumkin. Shuning uchun oddiy meditsina tekshirish metodlarini bilishi va shu bilimlar yordamida mashqlar ta’sirini baholashda, hamda trenirovka jarayonining to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal qilishda foydalanishi kerak.
Oddiy metodlarga pulsni sanash, qon bosimini o‘lchash,o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash, muskullar kuchini aniqlash. Bu tekshirish usullari yordamida jismoniy mashq bajaruvchi va sportchining zo‘riqish darajasi,charchoqlik darajasi aniqlanadi. Vizual kuzatuvlar yordamida trener,o‘qituvchi va vrach sportchida trenirovkalar vaqtida tashqi belgilariga qarab charchoqlik va toliqish daraajalari aniqladi.
-Tashqi ko‘rik- Vrach sportchini so‘rab-surishtirib, anamnez yig‘ib tashqi ko‘rik palpatsiya, perkussiya auskultatsiya kabi tekshirishlar o‘tkazadi. Vrach sportchi yuzining rangi va tuzilishi, teriva shiliq qavatlar, rangi, muskullar rivojlanishi,teri osti yog‘ qavat,shishi, trvmalarni tekshirib ko‘radi.
- Nafas organlari kasallilarda fizkultura mashg‘ulotlari katta rol o‘ynaydi. Davolashdan maqsad undagi to‘qimalarni oziqlanishini yaxshilash,plevra bo‘shlig‘ida to‘plagan ekssudat suyuqligining tezroq so‘rilishini tezlashtirish,nafas olishning boshqarilishini yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olinadi, nafas olish uzayadi, nafas mushaklari mustahkamlashadi, ko‘krak qafasiniing harakatlanishi oshadi. Bundan tashqari fizkultura mashqlari organizmning kuchini va nafas organlariniing sig‘imini oshiradi.
- Tibbiy pedagogik kuzatishlarni o‘tkazishda 5 ta asosiy masalaga etibor berilishgi kerak.
1. O‘quv trenirovka masalalarida mashg‘ulotlarida trener va o‘qituvchi ishining sifatini tibbiy nuqtai nazardan baxolash
2. Shug‘ullanayotganlarning sog‘lomligini aniqlash kasallik oldi va kasallik tarafiga o‘zgarishlar trenirovkalar vaqtida namayon bo‘lishi mumkin
3. Sportchining organizmidagi funksional axvolini avniqlash, aloxida mashg‘ulotlarga katta axamiyat berish
4. O‘tkazilayotgan trenirovkalarning doimiyligiga sportchi malakasini oshirish rejasini amalda sinav ko‘rish.
5. Tibbiy, pedagogik, psixologik metodlarni tanlash va baxolash sportchining mashg‘ulotdan keyingi axvolini yaxshilash ishiga katta axamiyat berish (dori darmonlar, fizioterapiya, uqalash, suv muolajalari, xammom)
Tibbiy pedagogik kuzatuvlar aniq va ravshan bo‘lishi kerak.
- Maxsus mashq qilinganligi aniqlash uchun takroriy nagruzkalar beriladi.



Download 46,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish