Bolalarda nevroz kasalliklarini oldini olish asab kasalliklari



Download 44,53 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi44,53 Kb.
#520577
Bog'liq
BOLALARDA NEVROZ KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI OLISH


BOLALARDA NEVROZ KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI OLISH
Reja

  1. BOLALARDA NEVROZ KASALLIKLARI

  2. NEVROZ KASALLIKLARINI OLDINI OLISH

  3. ASAB KASALLIKLARI

O’quvchi yoshlar va talabalar o’rtasida nevroz kasalligini paydo bo’lishi va uni oldini olish choralari.Hozirda o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’ini saqlash masalalari keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, o’quvchilarning charchashi ya’ni, toliqishi va o’ta charchashining oldini olish vazifasini ham o’z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o’quvchining o’ta toliqishiga yo’l qo’ymaslik bilan bog’liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va tibbiy hamshiralar, ota – onalarning diqqat markazida turishi lozim.”Maktab kasalliklari” deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o’quvchilar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.Shuni aytib o’tish kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o’quvchisiga optimal o’quv yuklamasini belgilash muhim aktual vazifa hisoblanib, birinchidan o’quv dasturida belgilangan bilimlarni o’quvchi o’zlashtirishi ko’zda tutilsa, ikkinchidan o’quvchining o’z shaxsiy extiyoji uchun ham yetarli vaqt ajratiladi. Eng muximi, o’quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldi olinadi.


O’quv yuklamasining pedagogik va gigienik jixatlarini o’rganish, toliqishning oldini olish yo’llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o’qituvchilari oldida turgan muxim masalalardan biri xisoblanadi. 
Inson organizmining barcha tuzilma va organlardagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Inson tug’ilgandan boshlab to butun umri davomida aqliy hamda jismoniy faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, xunar o’rganishi miya po’stlog’idagi nerv markazlarining funktsional holatiga bog’liq. Miyaning faoliyati ikki hil sababga ko’ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to’qimasidagi tug’ma kamchiliklar, tug’ilgandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi; ikkinchidan miyaning funktsional kasalliklari, ya’ni gigienik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning zo’riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalliklari paydo bo’lishidir.
Ota-onalar va o’qituvchilar o’quvchi hulqida va holatida aqliy charchash alomatlarini sezsalar ko’pincha e’tibor bermaydilar, chunki bu o’zgarishlar vaqtinchalik bo’lib, tez o’tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanayotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo’lib, astenik sindrom deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishining bir turi xisoblanadi. Kasallik belgilarining paydo bo’lishi va kechish darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi. 
Birlamchi – giperstenik bosqichda serzardalik, o’ta ta’sirchanlik, o’zini tuta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo’ladi. Bolalar aktiv bo’lishadi ammo ularning faoliyatida tartib bo’lmaydi. Ular tinimsiz bo’lib, birorta ishni oxirigacha diqqat –e’tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovtalik bilan uxlashadi, odatdagidan xam ko’proq tush ko’rishadi. 
Agar o’z vaqtida chora ko’rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, kuchayib ikkinchi bosqichga o’tib ketadi. Bunda o’ta ta’sirchanlik va jizzakilik toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jaxldorlik yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o’quvchi yozgan vaqtida boshqalarga nisbatan grammatik hatolarni ko’proq qiladi, ba’zan so’zlardagi harflarni ham tushurib qoldiradi, yangi materialni qiyin o’zlashtiradi, lanjlik va bosh og’rishi o’quvchi ish faoliyatini susaytiradi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori maxsuldorligini ta’minlash, toliqishni oldini olish choralari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
1. “O’qituvchi yangi materialni o’quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo’lgan vaqtida tushuntirishi”;
2. Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullalarini qo’llab, o’quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuqori natijaga erishiladi.
3. Dars berish usulini o’zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5. O’quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb etish, o’quv texnika vositalarini keng qo’llash, ammo o’quv texnika vositalaridan, televizordan, dasturlashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafilmlardan foydalanishning o’zi asosoiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab etadi.
6. Dars materialini tushuntirishda ko’rgazma qurollaridan (rasmlar namoyish qilish, plakatlar, mulyajlardan foydalanish, tajribalar ko’rsatish) didaktiv o’quv vositalaridan maksimal foydalanish. Illyustrativ va demonstrativ vositalarni qo’llash.
7. Dars oralig’ida fizkulьminutlar o’tkazish.
8. O’qituvchining pedagogik maxorati, uning yangi materialni tushuntirish paytidagi ko’tarinki kayfiyati, o’qituvchining xar xil oxangdagi so’zlashi.
Bolaning jismoniy va ruhiy salomatligiga maktabgacha va maktab yoshida asos solinadi, shu sababli ularni gigienik jihatdan to’g’ri o’qitish uchun aqliy mehnat gigienasining ilmiy asoslariga tayanish kerak. Bu masalaga barcha ta’lim muassasalari pedagoglari va tibbiy mutaxassislar befarq qaramaslari lozim.
Nevroz — og‘ir ruhiy kasallik
Nevrozlar psixogen kasalliklardan hisoblanib, kuchi va o‘tkirligi kam bo‘lgan ruhiy jarohatlovchi vaziyatning uzoq vaqt ta’siri natijasida rivojlanadi. Bu holatlarda odatda, oilaviy-maishiy, ishlab chiqarish va mehnat jamoasidagi kelishmovchiliklar haqida gap ketib, ular hatto har doim ham bemor tomonidan ruhiy jarohatlovchi omil sifatida qabul qilinmaydi.
Ruhiy faoliyat buzilishlari chuqurligi nevrozlarda nisbatan kam uchraydi – bu yerda tafakkur, idrok va ongning chuqur buzilishlari kuzatilmaydi, atrofdagilar va o‘z holatiga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi.
Nevrozlar ko‘pincha mojaroli vaziyat orqali somatik kasalliklar, qattiq toliqish, boshqa qo‘shimcha zararli omillar bilan birga yuzaga kelib, ular xastalikning bevosita sababchisi bo‘lmasada, katta patogenetik ahamiyatga ega. Shuningdek, ba’zi tug‘ma konstitutsion xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi va ular bir qator shaxslarda nevrotik reaksiyalarning juda ko‘p uchrashi, og‘irligi va davomiyligini belgilaydi.
Nevrozlar klinikasi
Nevrozlar klinikasida asosan vegetativ, somatik va effektiv buzilishlar namoyon bo‘lib, ular yaqqol xulq-atvor buzilishlarini keltirib chiqarmaydi va davolash nisbatan oson kechadi. Ba’zi holatlarda, ruhiy jarohatlovchi vaziyat yillab davom etganda, nevroz shaxsning nevrotik rivojlanishiga o‘tishi mumkin.
Nevrozlar nevrasteniya (holdan toyish va o‘ta charchash natijasida nerv sistemasining funksional buzilishi, nevrozning bir turi), isteriya (nerv sistemasining funksional xarakterdagi nerv kasalligi, ruhiy buzilishning shakllaridan biri) va yopishqoq holatlar nevroziga ajratiladi.
Nevrasteniya ko‘pincha tez toliquvchanlikka moyil, kayfiyati turg‘un bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Bu xususiyatlar bunday shaxslarda oddiy holatlarda ham kuzatiladi. Ruhiy jarohatlovchi vaziyat ta’sirida ularda astenik (madorsizlik, umumiy holsizlik) sindrom shaklidagi nevrotik reaksiya yuzaga keladi. Ish qobiliyati hamda ishtaha pasayishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va holsizlik, uyquchanlik kuzatiladi.
Bemorlarda diqqat konsentratsiyasi buziladi. Ular tez xafa bo‘luvchan, sabrsiz bo‘lib qoladilar. Turli vegetativ, jumladan, arterial bosim o‘zgaruvchanligi, taxikardiya, ko‘p terlash, tremor, ko‘pincha jinsiy faoliyatning buzilishi kuzatiladi. Tez toliquvchanlik sababli qo‘zg‘alish bo‘sag‘asida yuqori ko‘tariladi. Bemorlar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib boradilar (qo‘zg‘aluvchan holsizlik), oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyatlari tez-tez buzilishiga moyil bo‘ladilar. Bu holatda nevrasteniyaning giperstenik shakli haqida gap ketadi. Agar kasallik klinikasida oldingi o‘ringa tez toliquvchanlik, apatiya, bo‘shashganlik chiqib qolsa – bu gipostenik shakli deyiladi.
Isteriya ko‘pincha ruhiy jarohatlovchi vaziyatga reaksiya sifatida isterik psixopatik fe’l-atvor belgilari bo‘lgan shaxslarda ham rivojlanadi, ammo patologik xususiyatlari bo‘lmagan shaxslarda ham u rivojlanishi mumkin. Nevrozning bu turi ko‘pincha ayollarda uchraydi. Isteriya kelib chiqishiga ega bo‘lgan buzilishlar – og‘riqlar, falajlik, qusish holatlari, spazmlar, ko‘rlik, karlik, tutqanoq va boshqalar tashqi ko‘rinishi bilan boshqa somatik va ruhiy kasalliklarning simptomlaridan kam farqlanishi mumkin.
Ammo bemorlarni batafsil tekshirish vaqtida, ularda xech qanday organik buzilishlar aniqlanmaydi. Ba’zida ruhiy jarohatlovchi vaziyat mazmunining u yoki bu isterik belgilar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin, ayniqsa kasallik simptomi bemor kechinmalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lganda kuzatiladi. Lokal buzilishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda isteriyali barcha bemorlar fe’l-atvorida kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, effektlarga moyillik, namoyishkorlik xos. Ular har qanday vositalar: tashqi ko‘rinishlari, so‘zlashishda o‘zini tutishlari, nigohlari, odatlari bilan o‘zini atrofdagilar diqqat markaziga qo‘yishga intiladilar. Shuningdek, ularning o‘z¬larini yuqori baholashlari, boshqalarga o‘xshamasliklarini ko‘z-ko‘z qilish xudbinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga bemorlar o‘ta ishonuvchan, taqlid qilishga moyildirlar.
Ko‘pincha isteriyada tutqanoq xurujlari kuzatiladi va ular epileptik tutqanoqlarni eslatadi. Ammo bu kasallikning boshqa belgilari kabi, epileptik tutqanoqlardan farqlanib, mojaroli vaziyatda yoki bemorga uni eslatilganda yuzaga keladi. Bemorlar o‘z xatti-harakatlarini ma’lum darajada idora etish qobiliyatlarini saqlab qoladilar.

Asab kasalligi – tibbiyotning bir kismi bulib, nerv sistemasi kasalliklarining etioligiyasi, patogenezi va klinik kurinishini urganadi va uning diagnostik metodlari, davosi va profilaktikasini ishlab chikadi.


Nervopatologiya – nerv sistema kasalliklari xakidagi fan. U nerv sistemasining xarakat, sezuvchanlik, sezgi organlar funktsiyasi buzilishi, nutk buzilishi bilan ifodalanuvchi jaroxatlarni urganadi va nerv kasalliklarining diagnostik metodlari, davosi va profilaktikasini ishlab chikadi.
Nervopatologiya ilmi asosan tibbiy xizmatchilarga zarur va ayrim xollarda oliy ma’lumotli tibbiyot xamshiralari uchun davolash profilaktika ishlarini bajarishda nafakat samarali, balki bemorlarda turli kasalliklarda paydo buladigan asabiy - ruxiy buzilishlarni aniklash zarur. Menimcha bunda tibbiyot xamshiralari bemorlarni parvarish kilishni tashkil etishlari, xamshiralik jarayoni etaplarini xujjatlashtirishi va zarur xollarda vrachgacha yordam kursatishlari kerak.
Tibbiyot xamshirasi ta’limi darajasiga kuyilgan zamonaviy talab tibbiyot xamshiralarida fikrlash madaniyatini oshishini, ilmiy bilim tasavvuri doirasining kengayishini, psixologiya asoslarini bilishini, kommunikatsion amaliyotini maxorat bilan egallashni talab etadi.
Nerv sistemasi kasalliklari xakidagi ilk ma’lumotlar eng kadimgi yozma manbalarda uchraydi. Bundan 3 ming yil avval Misr papiruslarida falajlik, sezgi buzilishi xakida bitilgan.
Gippokrat, Roziy, Ibn Sino ilmiy asarlarida turli-tuman nevrologik kasalliklar klinik kurinishlari, ularning diagnostik metodlari va davosi tasvirlangan. Allakachon usha zamonlarda bosh miya kasalligi (epilepsiya, migren) aloxida xolat sifatida yaxshi ifodalangan.
Klavdiy Galen (1129 atrofida – 1201) - atokli va xakikatguy vrach – 400 ilmiy makolalar yozgan. Olim tajribalarini maymunlarda utkazgan va birinchi bulib markaziy nerv sistemasi xakidagi muxim ma’lumotlarni tasvirlagan, ayrim xollarda 4 yunalishda kuruv va eshituvni bevosita munosabatini urgangan. U shuningdek adashgan va boshka bosh miya nervlarini tasvirlagan.
Galen ruxiy kechinmalar, sezgi va xarakat yurakdan emas balki markaziy nerv sistemasi orkali boshkarilishini tajribada isbotlagan.
Ammo, nevrologiya rivojlanishi nerv sistemasining tekshiruv metodlari mukammalligi va kurinishi bilan boglik. Urta asrlarda D.M. Morgani va G. Villiziy miyaning tegishli strukturalaridagi buzilishlarni aniklashga erishdi. Nerv sistemasining morfologiyasini rivojlanishiga Andrey Vizaliy, Yakob Silviy, Konstantsio Varoliy muxim xissasini kushgan. XVIII – asr nevrologiya rivojlanish davri xisoblanadi. Nerv sistemasi kasalliklari sindromlari va simptomlari xakidagi yangi ma’lumotlar paydo buldi. XIX- asr boshlarida xujayra tuzilishi nazariyasining paydo bulishi buyuk ixtiro buldi. Bu vaktlarda kator olimlar (Bets, Broun – Sekar, Darshkevich) bosh va orka miyaning turli tuzilmalarini anikladi va tekshirdi.
1865 yil Parij kasalxonasi Salpetrierda Jan SHarko ishlay boshladi. Oxirgi 10 yil ichida u kator kasalliklarni tarkok skleroz, yonbosh amiotrofik skleroz, siringomieliya, isteriya va boshkalarni urgandi. Uning kul ostida Parij universitetida birinchi nevrologiya kafedrasi ochildi. SHarko klinik nevrologiya asoschisi xisoblanadi. XX – asrda nevrologiya va psixiatriya Pavlovning reflektor nazariyasi, kanadalik olim G.Selening stresslar xakidagi kullanmalari asosida boyidi. Nevrologiya rivojlanishining asosiy yuli Rossiyada utdi.
1869 – yil Moskva universitetida atokli vrach, olim, pedagog A.Ya.Kojevnikov boshkargan 1-asab kasalliklari klinikasi, asab va ruxiy kasalliklar kafedrasi ochildi.
XIX asrda nerv sistema funktsiyasi va stukturasini urganish metodlari jadal rivojlandi, nerv sistemasi fiziologiyasi urganildi. Nerv sistemasining fiziologiya yunalishining rivojlanishi I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.Ye. Vvedenskiy, A.A. Uxtomskiy nomlari bilan boglik.
I.M.Sechenov (1829-1905) reflektor psixik faoliyat nazariyasi asoschisi xisoblanadi. U refleks – turli tashki ta’ssurotlarga miyaning universal javob reaktsiyasi ekanligini kursatadi. Ammo buyuk iste’dod egasi I.M. Sechenov shunday degan: inson psixik faoliyatining turli kurinishi – bu refleksdir, bu bosh miya reflektor faoliyatining tulik formasi ochilgunga kadar ilmiy nazariya edi. Bu masalani I.P.Pavlov (1849-1936) va uning maktabdoshlari yechdi, oliy nerv faoliyati xakidagi bilimlari ustida ishladi. Nevrologiya soxasida erishilgan yutuklar dastlab nerv sistema kasalliklari xakidagi bilimlar tibbiyotda mustakil soxa sifatida ajralib chikishidir. Bu soxa nevropatologiya deb nom oldi. Nevropatologiya yangi yutuklari patologoanatomiya soxasidan elektrofiziologiya shuningdek kasalliklarning klinik simptomlari ma’lumotlari asosida boyitiladi.
Buyuk namoyanda Moskva maktabi nevropatologi va psixiatri S.S.Korsakov (1854-1900) xisoblanadi. U psixiatriya yunalishidagi nozologiyalar asoschisi S.S. Korsakov 12 yil psixiatrik klinikada ishlab rus psixiatriyasini dunyo mikyosiga kutardi.
V.K.Rot (1848-1916) talantli klinitsist-nevropatolog, mushak kasalliklarini samarali urganish bilan shugullandi. Uning «Mushaklar kurishi xakida» monografiyasi bu izlanishlarning umumlashmasi xisoblanadi. V.K.Rot usha vaktlarda mushak atrofiyasi formalarini anik sistemalashtirdi.
G.I.Rossolimo (1860-1928) talantli klinitsist bulishi bilan birga utkir vrach pedagog. Unga bolalar nevropatologiyasi, psixonevrologiya, med psixologiya kabi kator ishlar tegishli. G.I.Rossolimo sovet defektologiyasiga asos soldi. U moskvalik nevropatologlar va psixiatr jamoasining uzgarmas a’zosidan biri «S.S.Korsakov nomli Nevropatologiya va psixiatriya jurnali» redaktori.
V.M. Bexterov XIX – asr buyuk olimlaridan biri, miya pustlogidagi aloxida soxalarni kuzgatish va tormozlash metodlarini kullash bilan katta tajriba ishlarini olib bordi. U bosh miya pustlogida joylashgan funktsiyalarida murakkab muommolarni yechishda katta xissa kushdi. V.M. Bexterov asabiy-ruxiy kasalliklarni gipnoz va ta’sir etish bilan davolashni usha paytlarda Rossiyada keng kullaganlardan biri xisoblanadi. U alkogolizmni davolash maksadida kollektiv gipnoz metodini kullashni ishlab chikdi.
Uzbekistonda nevropatologiya rivojlanishi buyuk olim – nevropatologlar akademik Raximjonov A.R. va akademik Madjidov N.M. lar nomi bilan boglik.
Sunggi yillarda nerv sistemasining infektsion zararlanishi chukur urganilmokda. Nerv sistemasining kon-tomir kasalliklari va nerv sistemasining yalliglanishi kasalliklari leptomeningit, meningoentsefalit, epilepsiya va tutkanok sindromlari, nerv sistemasining endogen intoksikatsiyasi profilaktikasi, davolash metodlari, klinik davosi asosi sinchiklab tekshirildi.
Bulim I. Nerv sistemasining funktsional anatomiyasi va fiziologiyasi
Bulim 1.1. Bosh miya va orqa miyaning klinik neyroanatomiyasi.
Bosh miya nervlari. Tuzilishi, funktsiyalari shikastlanish sindromlari printsiplari.
Nerv sistemasining asosiy funktsiyasi – doimiy tashqi muhit sharoitlari o’zgarib turgan sharoitda kechadi va fiziologik jarayonlarni nazorat qilish bilan xarakterlanadi. Nerv sistemasi oraliq tashqi muhitga moslashishini ta’minlaydi va barcha ichki jarayonlarni va ularni doimiyligini (gomeostaz) ni nazorat qiladi – masalan tana harorati, AKB, to’qimalarning va ularni kislorod bilan ta’minlashini boshqaradi.
Nerv sistemasi markaziy va periferik tuzilmalardan tashkil topgan. Markaziy nerv sistemaga bosh va orqa miya kiradi. Ularning 2 lasi xam bir biri bilan evolyutsion fiziologik va funktsional uzviy bog’liqdir, keskin chegarasiz birin- ketin keladi.
Periferik nerv sistemaga bosh miya, orqa miya nervlari va nerv shoxlari kiradi.
Neyron – nerv sistemasining asosiy struktura funktsional birligidir, neyron tanasi yadro, yadrocha va ularning atrofida esa protoplazma mavjud. Neyronda bir necha dendrit va 1 ta markaziy akson farqlanadi.


Nervnaya sistema (sxematicheskoy izobrajenie).



N erv hujayrasini asosiy elementlari bo’lib:
mitoxondriya – uning energetik almashinuvini ta’minlaydi
yadro, yadrocha – tsitoplzmatik to’r, ribosomalar oqsil sintezlash funktsiyasini ta’minlaydi.
lizosomalar va fagosomalar – hujayra ichi oziqlanishining asosiy organellalari.
akson, dendritlar – va sinapslar alohida-alohida hujayralarning morfofunktsional bog’liqligini ta’minlaydi.
Sxema neyrona: 1 — telo neyrona; 2 — dend-ritы; 3 — akson; 4 — mieli-novaya obolochka; 5 — osevoy tsilindr; 6 — nervno-mыshechnыy sinaps

Nerv hujayralarining bir-biri bilan o’zaro bog’liligi sinapslar yordamida amalga oshadi. Impulslarning o’tkazilishi mediator ishtiroqida bo’ladi. Xozirgi paytda neyromediatorlarning 30 xili ma’lum (atsetilxolin, serotonin, dofamin, noradrenalin, gamma-aminomoy kislota va boshqalar). Nerv sistemasida impulslar hujayralarning dinamik polyarizatsiya qonuniga mos xolda o’tkaziladi. Nerv impulslari nerv xujayrasining dendritlari bilan qabul qilinadi va ularning nerv hujayrasi tanasiga uzatiladi va akson tomon beriladi.
Download 44,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish