1. Shifohonaga 56 yoshli bemor boldir sohasidagi yirngli jarohat tufayli qabul bo’limiga murojat qildi. Qabul bo’limining shifokori yiringli bo’shliqni kesib ochdi va uni yuvib, drenaj o’rnatib qo’ydi. Savollar



Download 13,83 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi13,83 Kb.
#621632
Bog'liq
Vaziyatli masala


1. Shifohonaga 56 yoshli bemor boldir sohasidagi yirngli jarohat tufayli qabul bo’limiga murojat qildi. Qabul bo’limining shifokori yiringli bo’shliqni kesib ochdi va uni yuvib, drenaj o’rnatib qo’ydi.
Savollar:
1) yiringli bo’shliqni kesib ochish antiseptikaning qaysi turiga mansub?
2) Yiringli bo’shliqni drenajlash antiseptikaning qaysi turiga kiradi?
3) Antiseptikaning fizik omillarini sanab bering
4) Aralash antiseptika iborasi nimani anglatadi?

2. Boldir sohasida yirtilgan jarohati bo’lgan bemor 2 sot o’tib shifokorga murojat qildi. Unga birlamchi jarrohlik ishlov berish bajarildi, qoqsholga qarshi zardob va qoqshol anatoksini yuborildi. Yara atrofidagi teri giperemik, palpatsiya paytida yara og'riqli.
Savollar:
1. Bunday yaralarni davolash uchun qanday antiseptik vositalardan foydalanish kerak?
2. Bunday holda yana qanday biologik antiseptikdan foydalanish mumkin?
3. Bunday holda qanday laboratoriya tekshiruvlari zarur?
4. Yaraga qanday bog’lam qo'yish kerak?

3. Operatsion blokda olib borilayatgan ta'mirlash ishlari tufayli faqat bitta stolda jarrohlik amaliyotini bajarish mumkin. Rejaga muvofiq yiringli yara va toza jarohati bo'lgan bemorlarga operatsiya qilish talab etiladi.
Savollar:
1. Operatsiyalar ketma-ketligi nimaga bog'liq?
2. Bu ikkita operatsiya oraligida operatsiya honasini tozalash shartmi?
3. Agarda qon ketayotgan bemor kasalxonaga olib kelinsa, jarrohlik operatsiyalari ketma-ketligi o'zgaradimi?
4. Qon ketayotgan bemorda operatsiya vaqtida qon ketishini to’htatishni qanday usullarini bilasiz?

4. Erkak chap qovurg’a pastki qismi bilan beton to'singa urilib yiqildi. Darhol qornida og'riq, bosh aylanishi, holsizlik sezidi. Jabrlanuvchi shoshilinch ravishda hirurgiya qabul bo’limiga olib borilgan va u erda jarroh tomonidan tekshirilgan. Tekshiruv natijalari: bemor rangpar, sovuq ter bilan qoplangan, harakatsiz yotibdi, puls 1 daqiqada 120ta, qon bosimi 80/40 mm sim. ust., nafas olish ritmik, biroz tezroq. Palpatsiya paytida qorin yumshoq, keskin og'riqli.
Savollar:

1. Qorinni palpatsiya qilish qaysi tekshirish usuliga kiradi.
2. Tashxisni tasdiqlash uchun zarur bo'lgan qo'shimcha tekshirish usullarini aytib bering.
3. Tashxisni aniqlashtirish uchun qanday laboratoriya tekshirish usullari zarur.
4. Qorin bo'shlig'ida qaysi a’zolarga zarar yetgan bo’lishi mumkin.
5. Bemor klinikaga bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish shikoyatlari bilan murojaat qildi. Anamnezdan ma'lumki, u bir kun oldin boshini erga urib yiqilgan va peshona qismidan jarohat olgan. Qisqa muddatli hushini yo'qotish bo’lgan, u jarohatlanish holatlarini eslay olmaydi. Tekshiruvda: bemor rangpar, qon bosimi 130/80, bradikardiya daqiqada 58 martagacha, mahalliy nevrologik alomatlar yo'q.
Savollar:
1. Tashxisni aniqlashtirish uchun qanday tekshirish usullarini bajarish kerak
2. Shifokor bemorning boshiga qanday bog’lam qo'yishi mumkin
3. Bosh sohasiga qo’yiladigan qanday bog’lam turlarini bilasiz?
4. Bemorga laboratoriya tadqiqot usullarini bajarish kerakmi

6. Shoshilinch yordam xonasiga kofe quyqasi qusgan bemorni tez yordam mashinasi olib keldi. Tekshiruvda: terisi rangpar, taxikardiya 1 daqiqada 120 gacha, AQB 90/50 mm. sim.ust.teng. Anamnez: 5 yildan ortiq o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi bilan hasta.
Savollar:
1. Qon ketishining qaysi turida bemor kofe quyqasi rangida qayt qiladi
2. Qanday qo'shimcha tekshiruv usullarini bajarish kerak
3. Nima uchun qusilgan massa kofe quyiqasi rangida bo’ladi

7. Bemor jarrohlik bo'limiga rejali operatsiya uchun yotqizilgan. Operatsiyadan oldin tekshiruv poliklinikada o'tkazilgan. Bemorga operatsiya maydonini tayyorlash uchun navbatchi hamshira operatsiyadan bir kun oldin, kechqurun tuklarini tozaladi.
Savollar:
1. Ambulatoriya sharoitida bemorga qanday tekshiruvlar o'tkazildi?
2. Navbatchi hamshira to'g'ri ish qildimi?
3. Operatsiya maydoniga Grossix-Filonchikov usuli bo'yicha qanday ishlov beriladi?


8. Bemor 20 yosh, erkak. Qabul bo’limiga tez yordam mashinasida o’ng oyoq boldir suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan olib kelindi. Anamnezidan 15 daqiqa avval fudbol maydonida jaroxat olgan, boldir suyagi singan. Tez yordam shifokorining so’ziga ko’ra transport immobilizatsiyasini o’tkazayotgan mahal ko’p miqdorda qon ketgan. Shu sababli son pastki 1/3 qismiga jgut qo’ygan. Ob’yektiv ko’rikda bemor hushida, AQB 110/80 mm.sim.ust. Puls 85 ta/min.
Savollar:

  1. Tez yordam shifokorining hatolari?

  2. Sizning taktikangiz?

  3. Suyak sinishlarining tasnifi?

9. Vrach-intern bo‘yinda karbunkuli bo’lgan bemorda operatsiya maydoniga ishlov berishda avval antiseptik modda bilan karbunkilni, so'ngra esa atrofidagi terini artdi.
Savollar:
1. Operatsion maydonga to‘g‘ri ishlov berilganmi?
2. Xatoligi nimada?
3. Operatsion maydonga ishlov berishda qaysi aseptikdan foydalaniladi?
4. Yiringli o’choq bo’lganda operatsion maydonga ishlov berish qoidalari?
5. Operatsion maydonni operatsyaga tayyorlash tadbirlarini ayting.

10. Rejali operatsiyadan so’ng, ikkinchi operatsiya boshlanishidan oldin kichik tibbiyot xodimi opеratsiya xonasini shamollatish uchun oyna va eshiklarni, ochib yеlvizak qilishga qaror qildi.
Savollar:
1.Kichik tibbiyot xodimining xarakatlari toqrimi ?
2. Opеratsiya xonasida xavo tomchi infеktsiyasi profilaktikasi usullarini sanab, izox bеring?
3. Opеratsiya xonasini tozalash usullarini sanab, izox bеring?
Download 13,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish